Xalqaro iqtisodiy munosabatlar


Ishchi kuchi malakasi modeliga ko‘ra



Download 0.51 Mb.
bet11/23
Sana21.05.2021
Hajmi0.51 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Ishchi kuchi malakasi modeliga ko‘ra, ishlab chiqarishda uchta emas, balki to‘rtta: malakali ishchi kuchi, malakasiz ishchi kuchi, kapital va yer ishtirok etadi. Kasbiy mahoratga ega bo‘lgan xodimlar va yuqori malakali ishchi kuchi-ning nisbatan ko‘pligi malakali mehnatning katta miqdorini taqozo etuvchi tovarlarning eksport qilinishiga olib keladi. Malakasiz ishchi kuchining ko‘pligi esa ishlab chiqarishda yuqori malaka talab etilmaydigan tovarlarning eksportiga imkon yaratadi.

Hozirgi zamon iqtisodiy fani Xeksher-Olin nazariyasining faqat yutuqli jihatlarini emas, balki cheklangan tomonlarini ham ochib beradi. Jumladan, quyidagi jarayonlar bu nazariyaga muvofiq kelmaydi:



  • yuqori rivojlangan mamlakatlarning sanoati va savdosidagi tarkibiy siljishlarning yaqinlashuvi;

  • daromadlarning bir xilda yuqori darajasiga ega bo‘lgan mamlakatlar o‘rtasidagi savdoning ahamiyatli va muntazam o‘sib boruvchi solishtirma salmog‘i;

  • jahon savdosida o‘xshash sanoat tovarlarini bir-biriga yetkazib berish-ning yuqori va o‘sib boruvchi solishtirma salmog‘i.

Sanab o‘tilgan holatlar iqtisodiy fan oldiga Xeksher-Olin nazariyasini kengaytirish yoki asosiy qoidalarini yangilash yo‘llarini qidirish vazifasini qo‘yadi. Bu bir tomondan, nazariyaning kengayishiga, ishlab chiqarish omilla-rining yangicha talqin etilishiga, ikkinchi tomondan esa, uning to‘liq inkor etilishiga hamda XMT samaradorligi muammosiga mutlaq yangi yondashuv-larning paydo bo‘lishiga olib keladi.

Xalqaro mehnat taqsimoti neoklassik nazariyalari o‘rtasida amerika-lik iqtisodchi G.Xaberlerning muqobil xarajatlar modeli yetakchi o‘rin tutadi. U har bir mamlakat uchun barcha resurs va eng yaxshi texnologiyalardan foydalan-gan holda ikki turdagi tovarni qanday nisbatda ishlab chiqara olishi mumkin-ligini ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘idan foydala-nishni taklif etadi. Bu qarashlarga ko‘ra, har bir mamlakat boshqa mamlakat-larga taqqoslaganda yuqori texnologiyaga ega bo‘lgan tarmoqlardagi mahsulot-larni eksport qiladi.


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat