Xalqaro hisob-kitoblar



Download 220 Kb.
bet4/21
Sana29.08.2021
Hajmi220 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Inkasso - bu banklar tomonidan olingan yo’riqnoma-lar asosida moliyaviy yoki tijorat hujjatlari bilan birgalikda quyidagi operatsiyalarni bajarish maqsadidagi amaliyotdir:

  1. to’lov (aktsept) olish yoki,

  2. tijorat hujjatlarni to’lovga (aktsept) qarshi yoki boshqa shartlarda berish.
    Shunday qilib, inkassoda qo’llaniladigan to’lov shartlari quyidagilardir:

  1. hujjatlarni to’lovga qarshi berish;

  2. hujjatlarni aktseptga qarshi berish;

  3. vekselga qarshi hujjatlar, yoki majburiyatlarga qarshi hujjatlar.

Birinchi holatda, muddatiga tegishli bo’lgan to’lov shartlarida taqdim qilinganda yoki o’rnatilgan muddatda yoki belgilangan kundan kechikmasdan ko’rsatilishi mumkin.

Ikkinchi holatda, eksport qiluvchi to’lov uchun import qiluvchiga uzoq muddat berishi mumkin va import qiluvchi eksport qiluvchi tomonidan unga qo’yilgan o’tkazma vekselni aktseptlashga qarshi hujjatlarni olishi mumkin.

Uchinchi holatga kelganda, import qiluvchi hujjatlarni inkasso qiluvchi bank vositasida, unga aniq bir muddatga yoki belgilangan davrga to’lovni yozma majburiyat bilan berish orqali hujjatlarni oladi.

Moliyaviy hujjatlar termini o’z ichiga to’lovni olishda ishlatiladigan o’tkazma veksellarni, oddiy veksellarni, cheklarni, to’lov raspiskalarni yoki shunga o’xshash hujjatlarni oladi.

Tijorat hujjatlari deyilganda esa,hisobvaraqlar, tovar junatish hujjatlari yoki moliyaviy hujjat bo’lib hisoblanmagan boshqa hujjatlar tushuniladi.

Inkasso ikkiga bo’linadi: sof inkasso (faqat moliyaviy hujjatlar bo’lsa) va hujjatlashtirilgan inkasso (tijorat hujjatlari bilan birga bo’lgan moliyaviy hujjatlar inkassosi).

Ishtirok etuvchi tomonlar:


  1. o`z bankiga inkasso bo’yicha amaliyotni topshiruvchi mijoz (doveritel – ishonchnoma egasi);

  2. bank-remitent - ishonchnoma egasi inkasso bo’yicha amaliyotni topshirgan bank;

  3. inkasso banki - inkasso topshiriqnomasini bajarishda ishtirok etuvchi remitent-bank bo’lmagan, boshqa bank;

  4. taqdim qiluvchi bank- to’lovchiga topshiruvchi inkasso banki;

5) to’lovchi inkasso topshiriqnomasiga ko’ra, unga topshiriq beriladigan shaxs.
Hujjatlashtirilgan inkasso shakli tanlangandan so’ng, xalqaro hisob-kitob bo’yicha eksport

qiluvchiga xaridor tomonidan tulaolmaslik yoki aktseptlanmaslik xataridan himoya qilinishini ta'minlash zarur. Agarda, sotuvchi tijorat krediti shaklida mahsulotni yuborsa, mazkur holatda unga sarf-chikimlarni aktseptlanmaslik xavf-xataridan sug’urta qilish haqida uylashi kerak. Bu bilan sotuvchi xaridor bankidan, yoki birinchi darajali bankdan xaridor tomonidan aktseptlangan sarf-chikim taqdimi bo’yicha to’lov kafolatlashini surashi lozim. Hujjatlarni rasmiylashtirish davrida, sotuvchi hujjatlashtirilgan inkassoning quyidagi elementlarini hisobga olishi lozim.

  • yuk yuborish hisobvaragi xaridor mahsulotiga rasmiylashtiriladi;

  • mahsulot huquqiy hisobvaragi egasi nomiga yuboriladi;

  • xaridor sarf-chikim aktsepti yoki hisobvaragi to’lovidan so’ng mahsulotni oladi.
    Yuqorida ko’rsatib o’tilgan hujjatlarning rasmiylashtirish tamoyillarining buzilishi, xalqaro

hisob-kitoblarda muammolarni keltirib chiqaradi.

To`gri rasmiylashtirilgan inkasso topshiriqnomasi, turli xil kelishmovchiliklarning oldini oladi, sababi- hujjatlarning shartnoma shartlari bilan to’g’ri kelmasligi mijozning sarf-chikim aktseptidan, yoki to’lovdan voz kechishgacha olib keladi. Natijada, sotuvchi qo’shimcha xarajatlar qilishiga to’g’ri keladi.

Inkasso topshiriqnomasini rasmiylashtirishda quyidagilarga e'tibor berish lozim:



  • inkasso olingan bank rekvizitlari, xususan, uning to’liq nomi, manzili (pochta va SVIFT),
    teleks, telegraf, faks rakami hamda izohlar rakami;

  • ishonchnoma egasining rekvizitlari - uning to’liq nomi, pochta manzili hamda zarur hisoblanganda telefon, teleks va faks rakamlari;

  • to’lovchi rekvizitlari - to’liq nomi, pochta manzili va yuridik manzili (u bo’yicha hujjat taqdim qilinadi);

  • taqdim qiluvchi bank rekvizitlari - to’liq nomi, pochta manzili;

  • inkasso qilinadigan valyuta qiymati;

-har bir hujjat nusxalari va ilova qilinadigan hujjatlar ro’yxati;

-olinadigan to’lov va aktseptning sharti va tartibi, shu bilan birga, hujjatlar berish shartlari (to’lovga va aktseptga qarshi);

  • stavkani va foizlar hisoblash davrini hisobga olgan holda olinishi lozim bo’lgan foizlar;

  • to’lov turi va uning xabar berish shakli;

-to’lov to’lanmaganda, aktseptlanmaganda va boshqa yo’riqnomalarga to’g’ri kelmagan holatlardagi ko’rsatma.

Inkasso topshiriqnomasida to’lovchining to’liq manzili ko’rsatilishi lozim. Agarda, manzil to’liq bo’lmasa, unda inkasso qiluvchi bank to’g’ri manzilni aniqlashi mumkin, lekin bu safar o’ziga hech qanday majburiyatni olmaydi. Agarda, manzil to’liq bo’lmasa, u holda bank inkasso qiluvchi bank muddat uchun javob bermaydi.

Inkasso topshiriqnomasida to’lovchi kachon harakat qilishi uchun, aniq bir vaqt ko’rsatilishi kerak.



Hujjatlar qabul qilib olingan shunday shaklda, ular to’lovchiga taqdim qilinadi. Inkasso qiluvchi bank ishonchnoma egasi tomonidan ko’rsatiladi, agarda ko’rsatilmagan bo’lsa, unda bank-remitent yoki o’zi, yoki bank tanlovi bo’yicha, to’lovni amalga oshirishi zarur bo’lgan davlatda yoki boshqa shartlar bajariladigan davlatda bo’ladi. Inkasso qiluvchi bank hujjatlarni va inkasso topshiriqnomasini bank-remitentdan yoki boshqa bank orqali oladi. Agarda, taqdim qiluvchi bank ko’rsatilmasa, unda u inkasso qiluvchi bank tomonidan tanlanadi. Taqdim qiluvchi bank kechiktirmasdan, agarda taqdimotda ko’rsatilgan bo’lsa, hujjatlarni to’lovga taqdim qilishi lozim, agar boshqa muddat bo’lsa, to’lov muddati kelmasdan aktsept yoki to’lovga taqdim qilinishi lozim.

Shartnoma tuzilgandan so’ng, xaridor o’z bankiga mahsulot hujjatlashtirilgan inkasso qo’llangan holda amalga oshirilishi haqida ma'lumot beradi. Xususan, xaridor bankka inkasso shartlari, hujjatlar turlari haqida ma'lumot beradi. Bundan tashqari, u bankka unga mahsulot kelayotganligi haqida ma'lumot berishi lozim. O’z navbatida, bank o’z mijozini mahsulot kelganligi to’g’risida xabar beradi.

Birinchi kelishuvdan to, bitimning to’liq amalga oshirilishigacha sotuvchi va xaridor o’rtasida ko’pgina alohida qadamlar zarur bo’lib hisoblanadi. Shunga qaramasdan, bu jarayonni uch bosqichga ajratish mumkin:

1. Inkasso shartlari bo’yicha kelishuv - eksport qiluvchi o’z taklifida, oldi-sotdi shartnomasida to’lov shartlarini xaridor bilan birgalikda o’rnatadi;

  1. Inkasso topshiriqnomasini topshirish va hujjatlarni taqdim qilish;

  1. To’lovchiga hujjatlarni taqdim qilish. Inkasso qiluvchi bank, xaridorga hujjatlar kelganligi va ularning sotib olish shartlari haqida xabar beradi. Xaridor uning to’lovni yoki aktseptni qabul qiladi va unga hujjatlarni topshiradi. Tulangan summa inkasso bo’yicha bank-remitentga o’tkaziladi, u esa o’z navbatida, eksport qiluvchi summasini kreditlaydi.

«Yagonalashgan qoidalar»ga binoan, inkasso amaliyotlari uchun import qiluvchi banki inkasso topshiriqnomasida ko’rsatilgan, mahsulot biriktirilgan hujjatlari mavjudligini tekshiradi. Bundan tashqari, to’lovchining banki quyidagilarni bilishi lozim:

1. Eksport qiluvchi bankining ruxsatsiz, xaridorning bankidan, import qiluvchi to’lovining bir qismini qabul qilish huquqiga ega emas.

2. Import qiluvchi banki to’lov bo’lmasa, yoki aktsept bo’lmasa, bu haqida tezda xabar berishi lozim. Bu xakda xabar olgan sotuvchi banki, hujjatlami kaytib berish yo’riqnomasini beradi. Agarda, zaruriy yo’riqnoma xabar berilgan kundan boshlab, 90 kun mobaynida olinmasa, u holda xaridor banki hujjatlami eksport qiluvchi bankiga qayta yuborishga majbur bo’ladi.

3. Xaridorning banki hisob-kitob shartlariga binoan, xaridorga o’z vaqtida hujjatlar berilishidan tashqari, hech qanday majburiyatni olmaydi. Tekshiruvdan so’ng, bank import qiluvchiga, uning nomiga inkasso topshiriqnomasi qabul qilinganligi haqida tezda xabar beradi. Bu bilan, amaliyotni bajarish bo’yicha bankning majburiyati chegaralanadi. Import qiluvchi bankiga kelgan hujjatlarni tekshirishning asosiy jarayoni mahsulotni sotib oluvchi tomonidan amalga oshiriladi.

Bunda hujjatlar mazmuni va miqdori, shartnoma shartlariga to’g’ri kelishi shart. Bundan tashqari, xaridor:

  • hujjatlar to’g’ri rasmiylashtirilganini;

  • barcha hujjatlar berilganligini;

-hujjatlarda shartnoma tomonidan ko’rsatilgan talablar hisobga olinganligini; -mas'ul shaxslar tomonidan barcha hujjatlar imzolanganligini;

-xaridor nomiga schet-faktura, sug’urta hujjatlari va veksel rasmiylashtirilganligini tekshiradi.

Hujjatlami tekshirishda xaridor quyidagi hisob-kitob elementlariga e'tibor berishi lozim:

- hisobvaraqni to’lashdan avval, hujjat mazmuni va tarkibini tekshirish;

-eksport qiluvchi bankining ruxsatisiz xaridorga sotuvchi tomonidan qo’yilgan hisobvaraqni to’lovigacha, mahsulot holatini tekshirishga ruxsat berilmaydi;



-agarda import qiluvchi yaxshi va barqaror mijoz bo’lsa, bank unga ishonch bo’yicha kelgan hujjatlami topshirishi mumkin. Ammo, bu bankdan hujjatlami bajarilmagan holatidagi zarari, yoki kaytib kelishi mas'uliyatidan voz kechilmaydi.

Hujjatlashtirilgan inkassoning turli shakllari mavjud: to’lovga qarshi hujjatlar, sarf-chikim aktseptiga qarshi hujjat, xat-majburiyatga qarshi hujjatlar.


Download 220 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat