Xalqaro hisob-kitoblar


- jadval Xalqaro hisob-kitoblarda qo’llaniluvchi asosiy valyutalar



Download 220 Kb.
bet2/21
Sana29.08.2021
Hajmi220 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
5 - jadval

Xalqaro hisob-kitoblarda qo’llaniluvchi asosiy valyutalar

(tartib raqami valyutalarning xalqaro hisob-kitoblardagi salmogiga qarab belgilangan)





Valyutalarning turi

Xalqaro savdo bo’yicha hisob-kitoblarda salmogi, foizda

Valyutalarning xalqaro miqyosda tan olingan belgilanishi

Valyutalarga nisbatan qo’llaniluvchi koeffitsientlar

1

AQSH dollari

40

USD

1

2

Evro

30

EURO

100

3

Yaponiya ienasi

15

JPY

100

4

Buyuk Britaniya funt sterlingi

8-11

GVR

1


Xalqaro hisob-kitob shakllaridan mamlakat hududida foydalanish tartibini, odatda, Markaziy bank belgilaydi. Masalan, cheklarni amal qilish muddatini belgilash, chet el valyutasidagi bank pozitsiyasiga nisbatan limitlar o’rnatish tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi.

1976 - 1978 yillarda Yamaykaning Kingiston shaxrida to’rtinchi jahon valyuta tizimi yuzaga keldi. Ushbu davlatlararo kelishuvning muhim natijalaridan biri -oltindan bevosita va to’g’ridan-to’g’ri xalqaro hisob-kitoblarda ishlatish ta’qiqlandi. Ya'ni, oltin quymalar va oltindan yasalgan buyumlar bilan davlatlararo to’lovni amalga oshirishga chek qo’yildi.

Hozirgi kunda davlatlar o’z oltinlarini jahon oltin bozorlarida sotib, undan tushgan valyuta mablag’lari hisobidan xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshiradilar. Jahon oltin bozorlarida sotiladigan oltinlarning 50 foizdan ortiqrogi London va Tsyurix bozorlarida sotiladi. London oltin bozorlarida beshta bank har kuni ikki marta auktsion o’tkazadi. Ushbu auktsionlarda oltining bozor bahosi aniqlanadi.



Tashqi iqtisodiy bitimlarning, shu jumladan, tashqi savdo bitimlarining amalga oshishi, ya'ni ularni o’z vaqtida va kam xarajat sarflagan holda amalga oshirish shartnomalari moliyaviy va to’lov shartlariga bog’liq. Shu sababli, tashqi savdo munosabatlarida ishtirok etuvchi sub'ektlar, shartnomani imzolash paytida, uning barcha jihatlarini puxta kelishib oladilar. Bunda, odatda, eksport qiluvchi va import qiluvchi manfaatlarining qarama-qarshiligi yuz beradi. Masalan, eksport qiluvchi to’lov summasining ma'lum qismini oldindan tulab qo’yilishini, ko’pchilik hollarda talab qiladi. Ushbu to’lov summasining miqdorini aniqlashda qarama-qarshilik yuzaga keladi. Eksport qiluvchi imkoniyat darajasida ko’proq summani oldindan to’lashni talab qiladi, import qiluvchi esa, iloji boricha, kamroq summani oldindan to’lashga harakat qiladi, chunki bu summa ma'lum vaqt import qiluvchining xo’jalik aylanmasidan chiqib ketadi. Yoki hisob-kitob shakllarini tanlash masalasini olaylik. Eksport qiluvchi imkon qadar to’lov kafolatlanadigan hisob-kitob shaklini tanlashni taklif qiladi. Masalan, hujjatlashtirilgan akkreditiv ana shunday hisob-kitob shakli. Import qiluvchi uchun esa, bu shakldan foydalanish makbul emas. Chunki, bunda import qiluvchining chikimi ko’payadi. Masalan, hozirgi kunda G’arbiy Yevropa mamlakatlarining tijorat banklari hujjatlashtirilgan akkreditiv xizmati ko’rsatganligi uchun 3-5 foiz miqdorida xizmat haki oladi.

Tashqi savdo shartnomasining quyidagi to’rt moliya- to’lov shartini ajratib ko’rsatish mumkin:

  1. Baho valyutasi;

  2. To’lov valyutasi;

  3. To’lov sharti;

  4. Hisob-kitob shakli.

Baho valyutasi - bu tovarning bahosi ulchanadigan valyuta. Ushbu valyutani tanlashda tovarning turi, hukumatlararo shartnomalarning shartlari, va ayniqsa, valyutaning barqarorligi hisobga olinadi. Shartnomada ko’rsatilgan baho tarkibiga tovarlarni ishlab chiqarish, uni yuklash, import qiluvchi mamlakat portiga tushirish, omborxonalarga joylashtirish, import qiluvchiga uni yetkazib berish xarajatlari kiradi. Tovarlar bahosini shartnomada belgilashning 5 asosiy usuli mavjud:

  1. Qat’iy belgilangan baholarni o’rnatish. Ushbu baho shartnoma imzolanayotgan vaqtda urnatiladi va shartnoma ijro etilishi mobaynida o’zgarmasdan koladi.

  2. Tovarlar bahosini, shartnoma imzolanayotgan paytda yuzaga kelgan bozor bahosida hisobga olish. Agar xom-ashyo eksport qilinayotgan bo’lsa, ularning biron-bir tovar birjasida (London yoki Nyu-York tovar birjalari va h.k.) xorijiy bahosi asosida shartnoma ijro etiladi.

  3. Baho qat’iy belgilab qo’yilishi. Ammo, shartnoma imzolanayotgan paytda tovarlaming bahosi keskin o’zgarsa, belgilangan baho o’zgartiriladi.

  4. Tovarlar bahosi katiy belgilab qo’yiladi, ammo xarajatlar tarkibida o’zgarish bo’lgan taqdirda belgilangan baho o’zgartiriladi. Bu usul, ko’pchilik xoUarda, asbob-uskunalarni sotishda qo’llaniladi.

  5. Aralash shakl. Tovarlaming ma'lum qismi qat’iy belgilangan baholarda, ma'lum qismi o`zgartiriladigan baholarda sotiladi.


Download 220 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat