Xalqaro hisob-kitoblar



Download 220 Kb.
bet14/21
Sana29.08.2021
Hajmi220 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
To’lovchiningmanzili. Inkassoni aniq bajarish maqsadida, to’lovchining to’liq va aniq manzili ko’rsatilishi lozim. Mazkur moddadagi xatolik, katta muammolarni keltirib chiqaradi («Koida»ning 8 moddasi).

Hujjatlarni taqdim qilish usullari. Bank extiyotkorlikdan kelib chiqqan holda, to’lovchiga to’lovga qarshi inkasso uchun taqdim qilingan hujjatlarni, boshqa hech qanday ko’rsatmalar berilmagan holda berishi mumkin. Aktseptga qarshi hujjatlar (documents against acceptance D/A) inkasso topshiriqnomasida aniq ko’rsatilgan holatda taqdim qilinadi. Agarda shunday bo’lsa, taqdim qiluvchi bank veksel to’liq va rasmiy aniq aktseptga ega bo’lishligini nazorat qilishi lozim. Bank imzolar to’g’riligi, yozuvlardagi o’zgartirishlar yoki trassatni to’lovga qobiliyatliligi uchun mas'ul bo’lmaydi.

Hujjatlar. Hujjatlar turi va miqdori import qiluvchi davlatdagi buyruklar bilan belgilanadi. Agarda, bunday ma'lumotlar buyurtma yoki oldi-sotdi shartnomasida mavjud bo’lmasa, u holda eksport qiluvchi import qiluvchi davlatida konsullik vakolatxonasidan ma'lumot olishga harakat qiladi. Agarda, zarur hujjat mavjud bo’lmasa, xaridor yaxshilab sinchiklab tekshirgandan so’ng, hujjatlarni qabul qilishi (yoki to’lashi) mumkin yoki buni kilmasligi mumkin. Barcha hujjatlarda rakam va belgilar bir xil bo’lishi, tovar uralishi va saqlanishi xalqaro andozalarga to’g’ri kelishi darkor.

Maxsulotlarni havo transporti, pochta, temir yo’llari yoki avtomobil transporti orqali yuborishda, bevosita to’lovchi manziliga, u inkasso hujjatlarini to’laganligiga yoki tulamaganligiga qaramasdan yuboriladi. Shu sababli, eksport qiluvchi mahsulotlarni taqdim qiluvchi bankka, yoki boshqa inkasso qiluvchi bankiga junatishi mumkin. Albatta bu holda, mazkur bankning oldindan roziligini olish lozim.

Agarda, inkasso qiluvchi banki, mahsulotni o’z manziliga yuborishiga rozilik bersa, u holda to’lovchi tomonidan to’lov amalga oshirilmasa, u remitent bankiga tezda xabar berishi zarur. Maxsulotni omborga kuyish, junatish va orqaga junatish eksport qiluvchining, yoki uning vaqilining belgilangan mamlakatdagi vazifasi bo’lib hisoblanadi. Ayrim holatlarda inkasso qiluvchi bank yordam berishga tayyor ekanligini bildirishi mumkin. Yuzaga keladigan xarajatlarni eksport qiluvchi ko’taradi.



Bank manzili. Agarda eksport qiluvchi to’lovchi bankini bilsa yoki inkasso aniq birgina tomonidan amalga oshirilishini zarur deb hisoblasa, u holda inkasso topshiriqnomasida u bankning to’liq manzili ko’rsatiladi. Agarda, oldingi tajribalarga yoki import qiluvchi davlatdagi chegaraluvchi nizomlarga suyangan holda remitent banki, bank tanlovidan rozi bo’lmasa, u holda eksport qiluvchi bilan bog’lanib, boshqa to’g’ri keladigan inkasso qiluvchi bankni taklif qiladi.

Veksel. Xaridorga taqdim qilingan o’tkazma vekselni, eksport qiluvchi hujjatlarga ilova qiladi. Inkasso topshiriqnomasida ko’rsatilgan ko’rsatmalardan kelib chiqqan holda, inkasso qiluvchi banki aktseptlangan vekselni remitent bankiga eksport qiluvchi hisobiga yuboradi, yoki o’ziga to’lov muddati kelgunga kadar, mas'ul saqlashga qoldiradi. Aktseptlangan veksel to’lovidan so’ng, u inkasso bo’yicha summani remitent bankiga o’tkazadi va remitent banki eksport qiluvchi hisobvaragini kreditlaydi.


Download 220 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat