Xalqaro hisob-kitoblar


Inkasso shartlari bo’yicha kelishib olish.Import



Download 220 Kb.
bet11/21
Sana29.08.2021
Hajmi220 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Inkasso shartlari bo’yicha kelishib olish.Import qiluvchi eksport qiluvchi korxonasidan aniq bir mahsulot taklifi to’g’risida suraydi.

Sotuvchi taklifida va oldi-sotdi shartnomasida to’lov shartlari o’rnatiladi, misol uchun, «naqd pul to’loviga qarshi hujjatlar», «aktseptga qarshi hujjatlar» (taqdim qilingandan so’ng 60 kun mobaynida).

Oldi-sotdi shartnomasida va taklifida to’lov to’g’risidagi kelishuv quyidagi inkasso turlaridan biriga taalluqlidir:



1) To’lovga qarshi hujjatlarni taqdim qilish (documents against payment, D/P).

Taqdim qiluvchi bank to’lovchiga faqat, o’z vaqtidagi to’lovga qarshi hujjatlarni taqdim qilishi mumkin. "Tezda", xalqaro qoidaga ko’ra "eng uzoqdan mahsulot kelganida" degan ma'noni anglatadi. Agarda sotuvchi o’z mablag’larini ko’p kutishni hohlamasa, u inkasso topshiriqnomasida hujjatlar taqdim qilinishi bilan to’lov amalga oshirilishini talab qilishi mumkin. Ammo, oldi-sotdi shartnomasi hamda to’lov o’z ichiga, inkasso qiluvchi bankka hujjatlar kelganidan so’ng, tezda ular to’lovchiga taqdim qilinishi lozimligi to’g’risidagi nizomda aytib o’tilishi lozim.

To’lov muddatiga tegishli bo’lgan to’lov shartlarida, taqdim qilinganda yoki o’rnatilgan muddatda, yoki belgilangan kundan kechikmasdan ko’rsatilishi mumkin.

2) Aktseptga qarshi hujjatlami taqdim etish.

Taqdim qiluvchi bank to’lovchiga 30-180 kun mobaynida, taqdim qilingandan so’ng, to’lov amalga oshirilishi lozim bo’lgan sarf-chikimni, yoki aniq bir muddatga amalga oshirilishi lozim bo’lgan sarf-chikimni aktseptlashga qarshi hujjatlami taqdim qiladi. Taqdim qiluvchiga aktseptlanadigan veksellami, kvitantsiyaga qarshi naqd pul to’lovi bilan tenglashtirish mumkin. Shunday qilib, trassat to’lov amalga oshirilgach, mahsulot egasiga aylanadi, u tezda mahsulotni sotib yuborishi mumkin va bu bilan veksel to’lovi uchun zarur bo’lgan summani olishi mumkin. Bunda, aktsept unga to’lov muddatini belgilaydi va ombordagi zahiralarni qisqa muddatli kreditlashdan himoya qiladi.

Sotuvchi uchun mahsulotni bergandan so’ng ta'minot sifatida trassat aktsepti hisoblanadi. Shunday qilib, veksel bo’yicha to’lov muddati davrigacha, u to’lov amalga oshirilmasligi xavf-xatariga duch keladi. Ammo u, aktsept inkasso qiluvchi bank yoki boshqa birinchi darajali bankning qo’shimcha avali bilan ta'minlashini talab qilishi mumkin. Aval - bu veksel bo’yicha kafolatnomadir, u vekselning oldi tomonidagi imzo bilan yoki aval haqida veksel aylanmasi qismida aniq bir belgi bilan beriladi. Bu bilan sotuvchiga to’lov amalga oshirilishiga kafolati, yoki uning o’rtacha muddatga amal qilishini hisobga olgan holda, vekselni forfetlash yoki bunak olish imkoniyati oshadi.

Ikkinchi holatda, eksport qiluvchi to’lov uchun import qiluvchiga uzoq muddat berishi mumkin va import qiluvchi eksport qiluvchi tomonidan unga qo’yilgan o’tkazma vekselni aktseptlashga qarshi hujjatlami olishi mumkin.

3) To’lovga qarshi hujjatlar bilan birga aktseptni taqdim qilish.

Mazkur uchinchi tur inkasso amaliyotdan ko’ra, ko’proq maxsus adabiyotlarda uchraydi. Asosan, Uzoq Sharq davlatlaridan keladigan bunday inkasso topshiriqnoma-larida, sotuvchi trassat hujjatlami taqdim qilinishi bilan vekselni aktseptlashni talab qiladi. Misol uchun, taqdim qilingandan 60 kundan so’ng, to’lovni amalga oshirish muddati bilan bo’ladi. Ammo, hujjatlar veksel to’lovini amalga oshirgandan so’ng, xaridorga taqdim qilinishi mumkin. Bu paytgacha mahsulot saqlanib turishi lozim, ushbu holatda, import qiluvchi hujjatlarni inkasso qiluvchi bank vositasida, unga aniq bir muddatga yoki belgilangan davrga, to’lovni yozma majburiyat bilan berish orqali hujjatlami oladi.


Download 220 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat