Xalqaro axborot bazalarini yaratilish tarixini oprgatish


Infometriya, bibliometriya, kibermetriya, naukometriya va vebometriya tushunchalari o’rtasida munosabatlar quyidagicha



Download 94.81 Kb.
bet7/29
Sana29.08.2021
Hajmi94.81 Kb.
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Infometriya, bibliometriya, kibermetriya, naukometriya va vebometriya tushunchalari o’rtasida munosabatlar quyidagicha: 

Infometriya — predmeti bo’lib saqlanayotgan va qo’llanilayotgan axborotni miqdoriy o’lchash hisoblangan fan hisoblanadi. Infometriya statistikaning matematik metodlarini va ehtimollik nazariyasini, informatikani, sotsiometriyani va boshqa ilmlarni qo’llaydi. 

Naukometriya – ilmiy axborot oqimlari dinamikasi va tuzilmasining statistik tadqiqotlari bilan shug’ullanadi. Ko’pincha bibliometriyaning metodlariga tayanadi.

Bibliometriya — bibliografik ma’lumotlarni tahlili bilan shug’ullanadi, nashrlarni vaqti bo’yicha, bilim sohasi bo’yicha, geografik hududi bo’yicha taqsimlanishini tahlil qiladi, obhektlar orasida aloqalarni aniqlab beradi va ularni tasniflaydi.

Kibermetriya – elektron ko’rinishda saqlanayotgan axborotni qayta ishlash bo’yicha yangi imkoniyatlarni qo’llaydi va ularni vizuallashtiradi. Vizualizatsiyaning tekstomayning va datamayning metodlarini qo’llaydi.

Vebometriya – kibermetriyaning ko’pligi (podmnojestvo kibermetrii) ostidagi eng yangi termin bo’lib, web-fazoning parametrlarini va unda axborotli profillar va tuzilmalarni o’rganadi. Almaynd va Ingversenlar tomonidan 1997 yilda kiritilgan.

Ilmni aniqlashning bir qancha ko’rsatkichlari mavjud bo’lib, ular indekslar deb yuritiladi. Hozirda keng qo’llanilayotgan indekslarga quyidagilar kiradi:

    Xirsh indeksi

    Kardashyan

    RINTS

    g-indeks

    i-indeks

Endi ushbu indekslar bilan batafsil tanishib chiqamiz.

G-indeks

g-indeks (naukometriya) — bibliografik ko’rsatkichlar asosida hisoblanadigan ilmiy mahsuldorlikni o’lchash uchun indeks hisoblanadi. 2006 yilda Leo Eggh tomonidan taklif qilingan.

I-indeks

i-indeks — bu indeks ilmiy tashkilotning nashriy faolligini bibliografik ko’rsatkichlar asosida aniqlaydi. 2006 yilda M.Kosmulgpskiy va G.Pratxapomlar tomonidan taklif qilingan. 

Impakt-faktor (IF yoki IF) — ilmiy jurnal muhimligining sonli ko’rsatkichi. 1960-yillardan boshlab har yili ilmiy axborot instituti tomonidan (angl. Institute for Scientific Information, ISI) amalga oshirib kelinib, 1992 yilda Thomson korporatsiyasiga o’tkaziladi va (avval Thomson Scientific deb nomlangan) «Journal Citation Report» jurnalida nashr qilinadi. IFga muvofiq ravishda jurnallarning darajasini, ularda chop etilgan maqolalar sifatini baholashmoqda (asosan boshqa mamlakatlarda, biroq so’nggi vaqtlarda Rossiyada ham ko’plab uchraydi).

 

Kardashyan indeksi (ingliz tilidan K-Index) — ijtimoiy medianing olimga bo’lgan qiziqishi va uning nashrlari statistikasi o’rtasidagi nomutanosiblik mehyoridir. 2014 yilda taqdim qilingan bo’lib, indeksda olimning Tvitterdagi izdoshlari (muhlislari) soni bilan uning chop ettirgan maqolalariga iqtibosliklar soniga taqqoslanadi. Nomi esa ijtimoiy tarmoqlardagi yuqori mashhurlikka ega bo’lgan amerika aktrisasi Kim Kardashyan nomiga havola hisoblanadi.

h-indeks yoki Xirsh indeksi — San-Diegodagi Kaliforniya universiteti  argentina-amerika fizigi Xorxe Xirsh tomonidan 2005 yilda taklif qilingan naukometrik ko’rsatkich hisoblanib, dastlab fiziklarning ilmiy mahsuldorligini baholash uchun qo’llanilgan. Indeks Xirsh indeksi olimning, olimlar guruhining, ilmiy tashkilotning yoki to’liq mamlakatning mahsuldorligining miqdoriy (sonli) xususiyati hisoblanadi. Yahni nashrlar soniga va shu nashrlarga  tsitata keltirishlar soniga asoslanadi.





Download 94.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat