Xalqaro axborot bazalarini yaratilish tarixini oprgatish


CiteSeer, CiteULike, Google Scholar, arXiv.org, pubMed va boshqa ko’plab saytlardan hujjatlarni avtomatik tarzda kutubxonaga import qilish uchun Bukmarklet



Download 94.81 Kb.
bet22/29
Sana29.08.2021
Hajmi94.81 Kb.
TuriReferat
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
CiteSeer, CiteULike, Google Scholar, arXiv.org, pubMed va boshqa ko’plab saytlardan hujjatlarni avtomatik tarzda kutubxonaga import qilish uchun Bukmarklet.




Mendeley bibliografik menejerini o’rnatish uchun ko’rsatma

Mendeley – bibliografik axborotni boshqarish, saqlash va ishlarni pDF va  DOC formatlarida ko’rish imkonini beradigan dastur hisoblanadi. Dastur bilan ishlashning ikkita usuli bor:

1. O’z kompgpyuteringizga o’rnatish orqali. Dastur Windows, MacOS, Linux shuningdek mobil qurilmalar uchun iOS va Android.

2.  Dastur bilan brauzer orqali ishlash.

Biz sizga dasturni o’z kompgpyuteringizga o’rnatishni tavsiya qilamiz. CHunki brauzerli versiyasi funktsional imkoniyati cheklangan holda ishlaydi. Dasturni o’rnatish va ro’yxatdan o’tish.

O’rnatish bo’yicha ko’rsatma

1. Mendeley Community axborot saytiga diqqatingizni qarating.

2. Siz qo’llaydigan versiyani tanlang (Desktop, Web, iOS va Android).

3. Tegishli ko’rsatmani oching.

Mendeley bilan qulay ishlash uchun quyidagilar tavsiya qilinadi:    

1. http://www.mendeley.com/ saytiga kiring va Create a free account tugmasini bosing.

2. O’z ma’lumotlaringizni kiriting: ism va familiya, email (sizning elektron pochtangiz manzili) va parolgp. Pochta manzili sizning loginingiz bo’ladi. Sizning pochtangizga tasdiq xati keladi. SHu xatdagi havola bo’yicha o’tsangiz, endi sizning tizimda o’z o’rningiz bor. Agar siz ro’yxatdan o’tgan bo’lsangiz saytning o’ng pastki burchagidagi havolani bosish orqali Mendeley dasturini yuklab oling. Bu albatta parol va login kiritilgandan keyin amalga oshadi.   

Qo’shimcha:   

1. Microsoft Word dasturi bilan ishlash uchun qo’shimchani o’rnatish kerak. Microsoft Office paketining barcha ilovalarini bekitgan holatda Mendeley dasturini ishga tushiring va Mendeley dasturining Tools menyusidan Install MS Word plugin punktini tanlang. Qo’shimcha imkoniyatlar statsionar dasturda ishlaydi.   

2. Sichqoncha yordamida maqolani osongina import qilish uchun sizga Web  Importer bookmarket talab qilinadi. Brauzerda http://www.mendeley.com/import sahifasini oching. Brauzer zakladkasi paneliga Save to Mendeley tugmasini surib keling. Bu jarayonni siz maqolani o’qiydigan va havolalarni saqlaydigan barcha brauzerlarda takrorlash kerak. Keyin matnda siz saytlar ro’yxatini ko’rasiz. Ularni bir bosish bilan Mendeley tizimiga import qilish imkonini beradi. Bu saytlarga ehtiboringizni qarating – «podderjivaemqe istochniki» deb nomlanadi va ularga keyinroq to’xtalamiz.

     GOST stilini o’rnating. Buning uchun View menyusidan Citation Styles, undan esa More Styles punktini tanlang. Get More Styles zakladkasida qidiruv qatoriga GOSTni kiriting. Sizga ikkita natija kerak. Sichqoncha yordamida «Russian GOST R 7.0.5-2008 (Russian)» natijasini bosing va keyin o’ngda Install tugmasini bosing. «Russian GOST R 7.0.5-2008 (Numeric)» natijasi bilan shu jarayonni takrorlang. Birinchisi [muallif, yil] ko’rinishidagi havola uchun kerak, ikkinchisi esa – [1] ko’rinishidagi havola uchun ishlatiladi. Ayni shu oynada paydo bo’lgan Use this style tugmasini bosish orqali ulardan ixtiyoriy birini tanlash mumkin. Stilni xohlagan vaqtda o’zgartirish mumkin.

Umumiy guruhni yaratish

5. Mendeley dasturida chapda Groups zakladkasi ostida Create Group punktini tanlang. Guruh nomini kiriting masalan, «Amalga oshgan ishlar hisoboti».        

Agar ishda sizni qo’shganda 4ta va undan kam odam ishtirok etsa, private Group optsiyasini tanlang. Tekin versiyada bitta odam faqat bitta xususiy guruhni yaratishi mumkin. Unda ahzolar sizni qo’shganda 4ta odam bo’ladi. Agar siz guruhga ko’p qatnashchilarni qo’shmoqchi bo’lsangiz u holda public Group optsiyasini tanlang.  SHundan so’ng Create Groupni bosing.   

NB: agar siz public Group yaratgan bo’lsangiz, uning tarkibi (manbaga havolalari) siz tomoningizdan taklif qilingan qatnashchilar, Mendeleyning barcha foydalanuvchilari uchun ko’rinadigan bo’ladi.

    Umumiy guruhda maqolaning to’liq matnini saqlab bo’lmaydi.

6. Yangi oyna ochiladi. Manzillar maydoniga barcha loyiha  ishtirokchilarining pochta manzili nuqta vergul bilan kiriting (bu manzil aynan ro’yxatdan o’tish vaqtida qo’llanilgani).  

7. Guruh ichida papkalar yaratish mumkin (masalan, hisobotni tayyorlashning aniq bir qatnashchisi uchun). Guruh nomi ustida sichqoncha o’ng tugmasini bosing. Papka ichida papkaosti yaratish mumkin.    

 

8. Umumiy guruhga manbalarning bibliografik izohini qo’shish uchun avval Mendeley dasturidagi o’z kutubxonangizda ularni belgilab oling, keyin esa tegishli papkani chapga ko’chiring.    



Mendeley – pdf, doc formatlaridagi maqolalarni va kutubxona havolalarini yaratish va saqlash uchun ajoyib yordamchi hisoblanadi.  

9. «Podderjivaemqx istochnikov»dan import qilish. Siz har doim «Podderjivaemqx istochnikov» sayti mavjudmi yoki yo’qligini ko’rib turasiz: bu saytlarning brauzer panelida «Save to Mendeley» tugmasi mavjud. Maqola izohi mavjud sahifada «Save to Mendeley» tugmasini bosing (birinchi martasida tizim login va parolni so’rashi mumkin, biroq keyinchalik ishlash davomida tizim buni eslab qoladi). Mendeley sahifada topgan maqolalar ro’yxatini ochadi. Keraklisini belgilang va «Save»ni bosing. Agar joriy sahifada maqolaning to’liq matniga o’tish imkoni mavjud bo’lsa, u holda Mendeley maqolaning pdf-faylini avtomatik tarzda saqlashga harakat qiladi. Agar maqola pdf-fayl ko’rinishida bo’lmasa, aytaylik sayt sahifasida oddiy matn ko’rinishida bo’lsa, u holda Mendeley shu matnli sahifaning web-sahifasi nushasini saqlab qo’yadi.         

10. Agar siz maqolani elektron nashrlar bazasidan topgan bo’lsangiz (Jstor va boshqa turdagi), brauzer panelida «Save to Mendeley» tugmasini bosganingizdan keyin kompgpyuter bibliografik tavsif topilmagani haqida xabar beradi yoki agar sahifada «Save to Mendeley» mavjud bo’lmasa, u ham qo’rqinchli emas. Barcha elektron bazalar bibliografik ma’lumotlarni formatlarda saqlashga moslashtirilgan (BibTex, RIS va boshqalar).   

Saqlash tugmalari har ko’rinishda bo’lgani bilan ularni har doim tanib olish mumkin: «Export»  «Export citation» «Cite» «Download citation» va boshqalar. Odatda «poslatgp statgpyu po pochte», «raspechatatgp» optsiyalari qaerda bo’lsa, ular ham shu yerda joylashgan bo’ladi. Sizga BibTex, RIS, Zotero, Endnote XML formatlari mahqul keladi. Bibliografik ko’rsatmalari bo’lgan mikro-faylni saqlang.  Mendeley tizimining «File» menyusidan «Import» punktini va saqlangan mikro-faylni tanlang.

11. Agar sizning kompgpyuteringizda maqolaning pDF-faylidagi matni saqlangan bo’lsa, Mendeley matnning o’zidan bibliografik ko’rsatmalarni ajratib chiqarishi mumkin. Variant 1. Dasturning «File» menyusidan «Add File» punktini tanlang. Agar sizning pDF-faylingizda matn ko’p bo’lsa, u holda vaqtni tejang. Barcha matnlarni bitta papkaga to’plang va «File» menyusidan «Add Folder»ni tanlang. Variant 2. Oddiygina qilib pDF-fayl yorlig’ini dastur oynasiga olib keling.   

Keyinchalik, siz pDF-fayllaridagi yangi matnlarni saqlash uchun yangi papka yaratishingiz mumkin va Mendeley avtomatik tarzda sizning kutubxonangizga qo’shadi.

Eslatma: agar manba haqidagi ma’lumotlar to’liq bo’lmasa, u holda manba tavsifi ostida sariq fonda yozuv paydo bo’ladi: «These details need reviewing…». Sarlavha to’g’riligini tekshirib ko’ring (probellar, tinish belgilari), keyin esa Mendeley dasturida «Search by Title» tugmasini bosing. Qolgan maydonlar Google Scholar axborotlaridan avtomatik tarzda to’ldiriladi. Axborotni yana bir marta tekshirib ko’ring.                

 12. Agar «Search by Title» tugmasi yo’q bo’lsa (yahni Mendeley manba haqidagi ma’lumotlar to’liq), siz ma’lumotlarni kiritishingiz va tegishli maydonlar qiymatini o’zgartirib, qo’lda ishlash rejimida o’zgartirish kiritishingiz kerak. Yoki siz yozuvni to’liq emas singari qayd etish va «Search by Title» qo’llashingiz: manba ustida o’ng tugmani bosing, avval «Mark As…», keyin esa  «Needs Review»ni bosing.

13. Agar qandaydir sababga ko’ra bibliografik tavsifni saqlab bo’lmasa, u holda yozuvni qo’lda kiritish yo’li qoladi. «File» menyusida «Add Entry Manually» tanlang va zarur axborotni kiriting. Paydo bo’lgan muloqot oynasida yo’q maydonni keyin tahrirlash rejimida to’ldirish mumkin bo’ladi.     

Eslatma: Mendeley dasturining o’ziga xos jihatlari bor. Ular CSL-stillari bilan ishlashda noxushliklar keltirib chiqarishi mumkin (masalan, biz o’rnatgan GOST stillari bilan). Ayniqsa, chop etilmaydigan hujjatlar bilan ishlashda (working papers): hisobotlar, ArXiv / SSRN materiallari, preprintlar. Biz barcha chop etilmagan hujjatlarni «Working paper» sifatida emas, balki «Report» sifatida saqlashni tavsiya qilamiz. Bunda albatta bibliografiyani yakuniy rasmiylashtirishni tekshirib ko’ring.                             

Eslatma: «Institution» maydoni (hujjatni nashr qilgan tashkilot haqida axborot) bibliografiyaga tushmaydi. Uning aks etishi uchun «publisher» maydonini qo’llashni tavsiya qilamiz. Uning batafsil detallari bilan tanishish uchun quyidagi havola bo’ylab o’ting -  http://support.mendeley.com/customer/portal/articles/364144-csl-type-mapping.   




14. Hisobot uchun o’z fragmentingizni MS Word dasturida oching. Bibliografiyani boshqarishning barcha elementlari Word panelining «Mendeley Cite-O-Matic» zakladkasida «Ssqlki» joylashgan. TSitata qo’yish uchun kursorni matnning kerakli joyiga qo’ying va Alt+M bosing yoki «Insert Citation» tugmasini bosing. Birinchi marta paydo bo’lgan oynadan chap pastki qismida (sozlama o’zgartirilmagan bo’lsa) «My Library» turibdi. Siz bibliografik ma’lumotlar manbasini almashtirish va hisobot uchun tayyorlangan Mendeley umumiy guruhini oling. Buni faqat bir marta qilinadi va natija saqlanadi. Manba haqidagi ko’rsatmalarni paydo bo’lgan maydonga kiritishni boshlang: sarlavha, muallif familiyasi, yil. SHundan keyin Enter yoki OK bosing. Havola hujjat ichida paydo bo’ladi. SHuningdek, siz Mendeley dasturida ham kerakli manbani tanlab olishingiz mumkin: dasturning asosiy oynasida kerakli maqolani toping, uni tanlang va «Cite» bosing ( u yuqoridagi panelda paydo bo’ladi). Havola qo’yishni bekor qilish uchun usha yerda «Cancel» tugmasini bosing. 

15. Agar siz boshqa matn muharriridan foydalansangiz, Mendeley bibliografik ma’lumotini nushasini oling (Ctrl-C) va matn muharririga formatlangan bibliografik ma’lumotni qo’ying (Ctrl-V). SHuningdek, Mendeley dasturining asosiy oynasiga qayta bog’lanish mumkin: «Library As Citations»da «View» bosing va o’sha yerdan bevosita bibliografik ma’lumotlarni nushalang.                          

16. Havolani tahrirlash uchun unga kursorni qo’yish va Alt+M yoki «Insert Citation» tugmasini bosish kerak bo’ladi.

17. Hujjatga adabiyotlar ro’yxatini qo’yish uchun ro’yxat qo’yilishi kerak bo’lgan joyga kursorni qo’ying va MS Word yuqoridagi panelida «Insert Bibliography» tugmasini bosing. Agar siz hujjatga keyinchalik boshqa havolalar qo’shsangiz, u holda bibliografiyani yangilash uchun MS Word yuqoridagi panelida «Refresh» tugmasini bosing.

18. Havola va bibliografiya rasmiylashtirish standartini tanlash uchun kerakli stilni «Style» ochiladigan ro’yxatidan tanlang. Havola va bibliografiyalar avtomatik tarzda rasmiylashtiriladi.          

19. Bibliografik ro’yxatni ayniqsa nashr qilinmagan ishlarni va boshqa ishlarni tekshirib ko’ring (standartlar, qonunlar, EHM uchun dasturlarni ro’yxatga olish haqidagi guvohnomasi va boshqalar). Ular bilan turli muammolar kelib chiqadi. Havolalar va bibliografiyalar bilan ishlashning so’nggi bosqichida o’zgartirishga to’g’ri kelsa qo’lda o’zgartirish kiriting. 

20. Agar hujjat matnida sizning bibliografiyangizda yo’q bo’lgan maqolaga havola mavjud bo’lsa,  u holda dastur ularni qo’shishni taklif qiladi.  





Download 94.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat