««xalqaro audit»


 Xalqaro audit standartlari tarkibi



Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/88
Sana30.10.2020
Hajmi1.06 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   88
 
4.2. Xalqaro audit standartlari tarkibi 
Bozor 
infratuzilmasining 
unsurlari, 
avvalambor, 
auditorlik 
firmalari 
faoliyatining o’zimizga xos, milliy andozada ishlab chiqarish zaruriyatini tug’diradi. 
Shu bilan birgalikda bozor munosabatlarini jadallashtirishda respublikamizning jahon 
bozoriga chuqurroq integratsiyalashuvi iqtisodiy islohotlarni rivojlantirishni, iqtisodiy 
munosabatlarni yanada kengroq amalga oshirish uchun auditorlik faoliyatini xalqaro 
andozalarga moslashtirishni ham taqozo qilmoqda. 
Mamlakatimizda  asta-sekin  auditning  milliy  andozalari  ishlab  chiqilmoqda. 
Auditning milliy andozalarini ishlab chiqishda, avvalo, xalqaro andozalarga murojaat 
etiladi.  Auditning  xalqaro  andozalari  Xalqaro  buxgalteriya  andozalari  bo’yicha 
qo’mita  (XBABQ)  tarkibida    doimiy  qo’mita  huquqlariga  ega  bo’lgan  Auditorlik 


 
40 
amaliyoti bo’yicha xalqaro qo’mita tomonidan ishlab chiqiladi. Ushbu qo’mita 1973 
yilda  to’qqiz  mamlakat,  ya’ni  Kanada,  Avstriya,  Germaniya,  Frantsiya,  Yaponiya, 
Meksika,  Niderlandiya,  Buyuk  Britaniya  va  AQShning  professional  buxgalteriya 
tuzilmalari tomonidan ta’sis etilgan.  
Auditorlik  amaliyoti  bo’yicha  xalqaro  qo’mita  Xalqaro  buxgalterlar 
federatsiyasi  kengashi  nomidan  audit  standartlarini  chop  etdi,  shuningdek,  audit 
tekshirishlarini  o’tkazish  bilan  bir  vaqtda  qo’shimcha  xizmat  ko’rsatish  bo’yicha 
xalqaro standartlarni ishlab chiqdi.  
  Hozirgi kunda 30 dan ortiq auditorlik faoliyatining xalqaro andozalari ishlab 
chiqilgan. Respublikamizda esa 10 dan ortiq auditorlik faoliyatining milliy andozalari 
ishlab 
chiqilgan. 
Bozor 
munosabatlarini 
erkinlashtirish 
va 
uni 
yanada 
chuqurlashtirish, 
iqtisodiy 
integratsiyani 
rivojlanish 
sharoitida 
moliyaviy 
axborotlarning  jahon  miqyosida  amaliyotga  keng  joriy  qilish  zaruriy  va  to’xtovsiz 
jarayonlardan biri hisoblanadi. 
Shu  bilan  birgalikda  O’zbekiston  suveren  davlat  sifatida  audit  bo’yicha 
hukumatlararo va xalqaro professional tashkilotlarga kirishi hamda auditning xalqaro 
andozalarini  ishlab  chiqishda  faol  ishtirok  etishi  lozim.  Bu  esa  milliy  auditorlik 
andozalarini xalqaro andozalar bilan muvofiqlashtirish imkonini beradi. Bu tadbirlar 
oxir-oqibatda  respublikamizning  jahon  iqtisodiy  integratsiyasiga  tobora  chuqurroq 
qo’shilishiga imkon beradi. 
Hozirgi kunda auditning xalqaro standartlari ro’yxati quyidagilardan iborat: 
«Xalqaro audit standartlari va turdosh xizmatlarga izoh» - 100-son XAS 
«Terminlar glossariysi» - 110-son XAS 
«Xalqaro audit standartlarining kontseptual asoslari» - 100-son XAS 
«Moliyaviy  hisobotlar  auditining  maqsadi  va  uni  tartibga  soluvchi  asosiy  
tamoyillar» - 200-son XAS 
«Audit o’tkazish to’g’risidagi kelishuv xati» - 210-son XAS 
 «Audit sifatini nazorat qilish» - 220-son XAS 
«Hujjatlashtirish» - 230-son XAS 
«Aldash va xato» - 240-son XAS 


 
41 
«Moliyaviy  hisobot  auditi  bo’yicha  qonunlar  va  me’yoriy  hujjatlarni  ko’rib 
chiqish» - 250-son XAS 
«Auditni rejalashtirish» - 300-son XAS 
«Biznesni bilish» - 310-son XAS 
«Auditda muhimlik» - 320-son XAS 
«Tavakkalchilikni va ichki nazorat tizimini baholash» - 400-son XAS 
«Kompyuter axborot tizimi sharoitida audit» - 401-son XAS 
«Xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar xizmatlaridan foydalanuvchi sub’ektlar auditiga 
doir savollar» - 402-son XAS 
«Auditorlik dalillar» - 500-son XAS 
«Auditorlik  dalillar  –  aniq  moddalarga  taalluqli  qo’shimcha  savollar»  -  501-son 
XAS 
«Dastlabki  moliyaviy  hisobot  auditida  boshlang’ich  qoldiqlar  bo’yicha 
auditorning ma’suliyati» - 510-son XAS 
«Tahliliy amallar» - 520-son XAS 
«Auditorlik tanlash va testlashning boshqa tanlash amallari» - 530-son XAS 
«Hisob baholashlarning auditi» - 540-son XAS 
«Manfaatdor tomonlar» - 550-son XAS 
«Kelgusi davr moliyaviy ma’lumotlarini o’rganish» - 560-son XAS 
«Uzluksiz faoliyat» - 570-son XAS 
«Sub’ekt rahbariyatiga tushuntirish berish» - 580-son XAS 
«Boshqa auditorlar ish natijalaridan foydalanish» - 600-son XAS 
«Ichki audit xizmati ishini ko’rib chiqish» - 610-son XAS 
«Ekspert xizmatidan foydalanish» - 620-son XAS 
 «Moliyaviy hisobot bo’yicha auditorlik xulosasi» - 700-son XAS 
«Taqqoslanadigan ko’rsatkichlar» - 710-son XAS 
 «Tekshirilgan moliyaviy hisobotlarda boshqa axborotlar» - 720-son XAS 
«Maxsus  maqsaddagi  audit  shartnomasi  bo’yicha  auditorlik  hisobot»  -  800-son 
XAS 
«Istiqbolli moliyaviy ma’lumotlarni tekshirish» - 810-son XAS 


 
42 
 «Moliyaviy hisobotning sharhi bo’yicha kelishuv» - 910-son XAS 
«Moliyaviy  hisobotga  taalluqli  amallarni  bajarish  bo’yicha  kelishuv»  -  920-son 
XAS 
«Moliyaviy ma’lumotlarning kompilyatsiyasi bo’yicha kelishuv» - 930-son XAS 
Auditni xalqaro talablarga muvofiq o’zgartirish keyingi vaqtlarda O’zbekiston 
uchun  tobora  dolzarb  ishga  aylanmoqda.  Bozor  munosabatlarini  jadallashtirishda 
respublikamizning  jahon  bozoriga  yanada  chuqurroq  kirib  borishi  iqtisodiy 
islohotlarni rivojlantirishni, iqtisodiy munosabatlarni yanada kengroq amalga oshirish 
uchun auditorlik faoliyatini xalqaro standatlarga moslashtirishni taqozo qilmoqda. Bu 
borada auditorlik faoliyatining milliy standartlari ishlab chiqilmoqda.  
 

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
vazirligi muhammad
махсус таълим
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
pedagogika fakulteti
fizika matematika
universiteti fizika
Navoiy davlat