««xalqaro audit»



Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/88
Sana30.10.2020
Hajmi1.06 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   88
puxta bilimga egalik (kompetentlilik).  
Standartlashtiriladigan  har  bir  ob’ekt  bo’yicha  100  ta  raqam  (pozitsiya) 
berilgan.  Standartlash  ob’ektlari  11  ta  bo’lgani  uchun  jami  1100  standart  ishlab 
chiqilishi  mumkin.  Amaliyotda  bunday  miqdordagi  standartlar  uchun  ehtiyoj 
bo’lmaganligi  sababli  ularning  ko’pchiligidan  foydalanilmaydi.  Masalan, 
«Rejalashtirish»  (300-399)  deb  nomlangan  standartlash  ob’ekti  uchta  standartdan 
iborat: 300-«Rejalashtirish», 310-«Biznesni bilish», 320-«Auditda jiddiylik». Demak, 
rejalashtirish  masalalari  bo’yicha  yana  7  ta  standart  qabul  qilish  mumkin.  Bundan 
tashqari,  har  bir  standartga  10  tagacha  substandart  ochish  mumkin.  Bizga  ma’lum 
bo’lgan  manbalar  asosida  Auditning  Xalqaro  Standartlarini  va  ularning  qisqacha 
mazmunini quyidagi jadval ko’rinishida keltiramiz.  
Ushbu standartlar xalqaro miqyosda auditorlik faoliyatining sifati va mavqeini 
oshirishda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Bu  standartlar  va  me’yorlar  bir  qancha 
sohalar bo’yicha ishlab chiqiladi: 
a) audit bo’yicha xalqaro me’yorlar; 
b) boshqaruv hisobining xalqaro amaliy qoidalari; 
v) jamoat sektori bo’yicha xalqaro me’yorlar. 
IFAC  hisob  va  auditga  doir  barcha  faoliyatini  o’zining komitetlari  orqali  tashkil 


 
38 
etadi  va  amalga  oshiradi.  Hozirgi  vaqtda  bular  jumlasiga:  auditorlik  amaliyoti 
bo’yicha  komitet,  o’qitish  bo’yicha  komitet,  etika  (axloq)  bo’yicha  komitet, 
moliyaviy  hisob  va  boshqaruv  hisobi  bo’yicha  komitet,  rejalashtirish  bo’yicha 
komitet, jamoat sektori bo’yicha komitet va boshqalar kiradi. 
Butun  dunyo  auditorlari  mazmunan  o’xshash  ishni  bajarsalarda,  har  bir 
mamlakatda  auditorlik  faoliyatini  tashkil  etish  o’zining  milliy  xususiyatlariga  ega 
bo’lishi  mumkin.  Auditorlik  faoliyatining  xalqaro  standartlari  va  me’yorlari  esa  u 
yoki bu mamlakatning milliy standartlari va me’yorlarini bekor qilmaydi. 
Ko’plab  mamlakatlar  (O’zbekiston  1999  yildan  boshlab)  o’zlarining  milliy 
standartlarini  va  boshqa  me’yoriy  hujjatlarini  ishlab  chiqmoqdalar.  Ular  IFACning 
asosiy talablarini ta’minlash zaruratiga yo’naltirilgan o’z auditorlik uslubiyatiga ega. 
Standartlar  boshqa  normativ  hujjatlar  kabi  quyidagi  rekvizitlardan  tashkil 
topadi:  standart  nomeri,  amalga  kiritilish  sanasi,  standartning  qo’llanish  sohasi, 
muammo tahlili va boshqalar. 
Auditorlik standartlari 4 xil bo’ladi: 
1. 
Auditning umumiy standartlari; 
2. 
Auditning ishchi standartlari; 
3. 
Hisobot standartlari; 
4. 
Maxsus standartlar. 
Auditning umumiy standartlariga quyidagilar kiradi: 
Auditning asosiy tamoyillari 
Moliyaviy hisobotlar auditining maqsadi va hajmi 
Auditni o’tkazishga rozilik haqida auditorlik tashkilotining xat-majburiyatidir. 
Auditning ishchi standartlariga quyidagilar kiradi: 
Auditni rejalashtirish 
Auditorlik isbotlash 
Auditni hujjatlashtirish 
Audit  davomida  buxgalteriya  hisobi  va  ichki  nazorat  tizimini  o’rganish  va 
baholash 
Buxgalteriya hisobotida o’zgarishlar bo’lganida auditorning hatti-harakati 


 
39 
Ekspert xizmatidan foydalanish 
Auditorlik tanlash 
Audit  o’tkazish  natijalari  bo’yicha  iqtisodiy  sub’ekt  rahbariga  auditorning 
yozma axboroti. 
Hisobot standartlariga quyidagilar kiradi: 
Moliyaviy hisobotni tekshirganligi xususida auditorlik hisoboti 
Buxgalteriya hisoboti to’g’risida auditorlik xulosasini tuzish tartibi 
Auditorlik  xulosasini  imzolash  sanasi  va  buxgalteriya  hisoboti  tuzilgan  va 
taqdim qilingandan keyingi sanadan yuz beradigan voqealarni aks ettirish. 
Maxsus standartlarga quyidagilar kiradi: 
Bank auditi bo’yicha maxsus standartlar 
Sug’urta faoliyati auditi bo’yicha maxsus standartlar 
Bojxona auditi bo’yicha maxsus standartlar. 
Bu  standartlarda  auditorlik  tekshiruvini  o’tkazish  hamda  auditorlik  xulosasini 
tuzishning  asosiy  qoidalari  ifodalanadi.  Bular  yordamida  auditor  auditorlik 
tekshiruvining  hajmi  va  ko’lamini,  shuningdek,  muayyan  uslubini  tanlashi  mumkin. 
Shu bilan birgalikda audit standartlari auditorlik tekshiruvi sifatini baholovchi mezon 
bo’lib xizmat qiladi.  

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
vazirligi muhammad
махсус таълим
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
pedagogika fakulteti
fizika matematika
universiteti fizika
Navoiy davlat