Xalq ta`limi vazirligi respublika ta`lim markazi



Download 172 Kb.
Sana07.09.2017
Hajmi172 Kb.
#19145

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI




RESPUBLIKA TA`LIM MARKAZI

UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTABLARINING

10- SINF O`QUVCHILARI UCHUN GEOGRAFIYA, MILLIY ISTIQLOL G`OYASI, XORIJIY TILLAR, TARIX FANLARIDAN BOSQICHLI IMTIHON MATERIALLARI VA METODIK TAVSIYALAR

TO`PLAMI



10-SINF
GEOGRAFIYA FANI

So`z boshi.

Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining 10 - sinfini tugatgan o‘quvchilar geografiya fanining barcha kurslari bo‘yicha ma‘lum darajada bilimga ega bo‘ladilar.

O‘quvchilarning olgan bilim, malaka, ko‘nikmalarini aniqlash maqsadida 2007- 2008 o‘quv yilida 10- sinflarda geografiya fanidan yozma bosqichli nazorat ishi bilet savollariga yozma javob berish usulida o‘tkaziladi

Bosqichli nazorat yozma savollariga: dastlabki tabiiy geografik bilimlar, materik va okeanlarning tabiiy geografik xususiyatlari, O‘rta Osiyo va O‘zbekistonning tabiiy geografik tavsifi, mamlakatimizning milliy iqtisodiyotining tarmoqlari, tarkibiy tuzilishi, iqtisodiy rayonlar tavsifi, jahon mamlakatlarining umumiy va mintaqaviy tavsifi, amaliy geografiyaning tadqiqot usullari, tabiat komplekslari, geografik baholash usullari, georafik ekspertiza, geosiyosat asoslari, O‘zbekistonning geosiyosiy o‘rni haqidagi tushunchalar kiritildi.

Har bir o‘quvchining bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash uchun 2 ta nazariy va 1 ta amaliy topshiriq beriladi.
Nazariy savollarga berilgan javoblarni baholash mezoni.




Baholash mezoni

baho

1.

Savollar mazmunan tula ochib berilsa, tushunchalar to’liq va

aniq yozilsa



5

2.

Javoblar asosan to’g’ri, lekin izchillik buzilgan, qonuniyatlar va nazariyalar tavsifida qisman noaniqliklarga yo‘l qo‘yilib

yozilgan bo‘lsa



4

3.

Javoblar qisman to’g’ri, tushunchalarni izohlashda bir

qancha xatoliklarga yo’ qo‘yilib yozilgan bo‘lsa



3

4.

Javoblar to’g’ri xulosalanmagan, yozilgan fikrlarda chalkashlik va xatoliklar ko’p bo‘lsa

2

5.

Tushunchalar noto’g’ri bayon etilib, javoblar xato yozilgan bo‘lsa

1

Amaliy topshiriqlarini bajarish uchun zarur o‘quv jihozlari (Gulobus, Dunyo siyosiy va tabiiy xaritalari, O‘rta Osiyo tabiiy xaritasi, 5-9 sinf o‘quv atlaslari va boshqa materiallar) o’qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yiladi.


1 - Bilet

1. Masshtab deb nimaga aytiladi? Masshtab necha xil ko‘rinishda bo‘ladi? Ularga misollar keltiring.

2. Mirzacho‘l va Samarqand iqtisodiy rayonlariga qiyosiy tavsif bering. (iqtisodiy geografik o‘rni, rayonning respublika xalq xo‘jaligida tutgan o‘rni, yetakchi sanoat tarmoqlari).

3. 10 kg neft necha shartli yoqilg‘iga teng issiqlik beradi? Javobingizni hisoblab yozing.


2 - Bilet

1. O‘rta Osiyoda qanday tuproqlar, o‘simliklar va hayvonlar tarqalgan? Qizil kitobiga kiritilgan o‘simlik va hayvonlarni nomini yozing.

2.Geografik bashorat nima? Bashorat usullari. Sayyoraviy, mintaqaviy, mahalliy bashoratlar haqida nimalarni bilasiz?.

3. Tepalikning balandligi 24 m. uning g‘arbiy qismi tik, sharqiy qismi esa qiya. Tepalikni gorizontallarda aks ettiring. Izoh: Gorizontallarni har 3 m. dan o‘tkazing.


3 - Bilet

1. Janubiy Amerika iqlimi va ichki suvlariga ta’rif bering.

2. Aholiga xizmat ko‘rsatish sohalariga nimalar kiradi? O‘zbekistonda qaysi transport turlari yaxshi rivojlangan?

3. Berilgan ma’lumotlar asosida Buxoro shahridagi yillik o‘rtacha havo harorati grafigini chizing. ( I-9oС, II-13oС, III-4oС, IV 8oС, V 13oС, VI 18oС, VII 21oС, VIII 18oС, IX 15oС, X 11oС, XI 5oС, XII 0oС )


4 - Bilet

1.Yer yuzining kashf etilishi va o‘rganilishi. (Nosir Hisrov, Xristofor Kolumb, Fernan Magellan sayohatlari). Buyuk allomalar (Muhammad al-Xorazimiy, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Qoshg‘ariy) tomonidan qilingan ishlarni yozing.

2. Surxondaryo va Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonlariga qiyosiy tavsif bering. (iqtisodiy geografik o‘rni, rayonning respublika xalq xo‘jaligida tutgan o‘rni, yetakchi sanoat tarmoqlari).

3. 30° g‘arbiy uzunlikdagi nuqtani qaysi soat mintaqasida joylashganligini aniqlab yozing.



5 - Bilet

1. O‘rta Osiyoning tabiy geografik o‘lka sifatida ajratilishiga asos bo‘ladigan o‘ziga xos xususiyatlarini yozing.

2. Atrof – muhit monitoringi va turlarini yozing.

4. O‘zbekiston foydali qazilmalari jadvalini to‘ldiring.




Foydali qazilmalar

Qayerdan qazib olinadi

Oltin

Tabiiy gaz

Qo‘ng‘ir va tosh ko‘mir

Marmar


Osh tuzi

Volfram



… , … , … .

… , …. , … .

……… , ………..
… , … , . . .

… , . … , … .

… , . … , … .



6 – Bilet

1. Gidrosfera nima? Dunyo okeani.Okean suvining xususiyatlarini yozing.

2. Toshkent iqtisodiy rayoni va Farg‘ona iqtisodiy rayoniga qiyosiy tavsif bering. (iqtisodiy geografik o‘rni, rayonning respublika xalq xo‘jaligida tutgan o‘rni, yetakchi sanoat tarmoqlari va transport tugunlari)

3.Yer sharining quruqlik va okeanlar maydonini foiz (%) larda hisoblab chiqib, diagrammada tasvirlang.

I. Quruqlik - 149 mln kv.km

II. Shimoliy muz okeani – 14.7 mln kv.km

III. Tinch okeani – 178.6 mln kv.km

IV. Hind okeani –76.17 mln kv.km

V. Atlantika okeani – 91.6 mln kv.km .

7 - Bilet

1.Atmosfera va uning tuzilishi. (havo bosimi, normal bosim deb nimaga aytiladi?)

2. Endogen, ekzogen jarayonlar deb nimaga aytiladi? Yer yuzida kuchli zilzilalar bolib o‘tgan joylarni yozing.

3. “Shaharlar nima?” javobingizni “Klaster” tarzida ifodalang.


8 - Bilet

1.Avstraliya va Okeaniyaning o‘ziga xos tabiiy geografik xususiyatlarini yozing.

2.Dunyo siyosiy xaritasi. Jahon mamlakatlari davlat tuzumi va boshqaruv shakllariga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi?

3. Siz maktabga 240o azimut bilan borgan bo‘lsangiz, uyga qaysi yo‘nalishda qaytasiz? Oziq- ovqat do‘koniga 45o azimut bilan borgan bo‘lsangizchi?


9 - Bilet

1. O‘zbekistonning tabiiy geografik o‘rni, chegaralari, chekka nuqtalari, maydoni va tabiatining o‘ziga xos xususiyatlarini yozing.

2. Xalqaro iqtisodiy bloklarning asosiylarini yozing.

3. Farg‘ona iqtisodiy rayonidagi 3 ta viloyatdan qaysi biri yuqori urbanizatsiya darajasiga ega? Berilgan ma‘lumotlar asosida hisoblab yozing.

a) Farg‘onada aholi soni 2 mln 841 ming, shahar aholisi 795 ming kishi

b) Andijonda aholi soni 2 mln 343 ming kish, shahar aholisi 850 ming kishi

c) Namanganda aholi soni 2mln 073 ming, shahar aholisi 756 ming kishi.

10 - Bilet

1. Afrika iqlimining o‘ziga xos xususiyatlarini yozing.

2. O‘zbekistonning metallurgiya sanoatiga tavsif bering.

3. Davlatlar poytaxtini yozing




Davlat nomi

Poytaxti

Islandiya

Birma


Yaman

Norvegiya

Indoneziya





11 - Bilet

1. Qashqadaryo tabiiy o‘lkasi va Quyi Amudaryo tabiiy o‘lkasiga qiyosiy tavsif bering.

2. Geosiyosiy omillarga nimalar kiradi ular haqida yozing.

3. 225°, 135°, 315° li azimutlar gorizontning qaysi tomonlariga to‘g‘ri keladi?


12 – Billet

1. Dunyoning geografik mintaqalari va tabiat zonalarini yozing.

2. Jahon tabiiy resurslari. Tugaydigan va tugamaydigan tabiiy resurslarga nimalar kiradi?.

3. Kiyevdan Moskvagacha bo‘lgan 750 km li masofa birinchi xaritada 5 sm ga, huddi shu masofa ikkinchi xaritada 2 sm ga teng bo‘lsa, bu xaritalarning masshtabini aniqlab yozing. Aniqlangan masshtablarning qaysi biri yirik?


13 – Billet

1. O‘rta Osiyoni tabiatini o‘rgangan allomalardan kimlarni bilasiz? Ularning o‘lka tabiati va tarixi haqida yozib qoldirgan qanday asarlarini bilasiz?

2.O‘zbekistonda tabiiy komplekslar murakkablik darajasiga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi?

3. Jahonda yuk va yengil avtomobillar eng ko‘p eksport qiladigan 10 davlatni ajratib yozing.


14 – Billet

1. Yevrosiyo materigida iqlim hosil qiluvchi asosiy omillarni yozing.

2. Jahon xo‘jaligi tarmoqlari. Yoqilg‘i – energetika sanoati.(gaz, neft, toshko‘mir qazib chiqarish bo‘yicha jahonda yetakchi davlatlarni yozing)

3. Chizmada O‘zbekistonning jahon mamlakatlari bilan bog‘lovchi halqaro havo yo‘llarini tasvirlang.


15 – Billet

1. Shimoliy Amerika relyef shakllari (Kordilyera tog‘lari, Buyuk va Markaziy tekisliklar, Appalachi tog‘lari) ga qisqacha ta’rif bering.

2.Jahon xo‘jaligi qanday tarmoqlardan tashkil topgan? Xalqaro iqtisodiy integratsiya haqida yozing.

3.Quyida qaysi orollarning geografik koordinatalari berilgan? Geografik atlas yordamida aniqlab yozing.

a) 5° - 10° shimoliy kenglik va 80° - 83° sharqiy uzunlik

b) 40° - 44° janubiy kenglik va 145° - 149° sharqiy uzunlik


16 – Billet

1. Geografik kenglik va uzunlik deb nimaga aytiladi? Quyosh turish kunlari deb qaysi kunlarga aytiladi?

2.O‘zbekistonda geografik - ekologik ekspertiza o‘tkazish. (Tuyamo‘yin, So‘x suv omborlari misolida )

3.2005 yil O‘zbekiston aholisi taxminan 25 000 000 kishi bo‘lib, shundan

2 mln kishi oliy va o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan. Umumiy aholi soniga nisbatan u necha foizni tashkil etadi?

17 – Billet

1.Qashqadaryo tabiiy o‘lkasi va Quyi Amudaryo tabiiy o‘lkasiga qiyosiy tavsif bering. (tabiiy geografik o‘rni va bir-biridan farqlanadigan tabiiy geografik xususiyatlari haqida)

2.Yevropadagi iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlatga ta’rif bering.

3.Quyidagi nomli masshtablarni sonli masshtablar bilan ifodalang va yozing.

1sm da 20 km. b) 1 sm da 350 km.

c) 1 sm da 1000 km. d) 1 sm da 1300 km.


18 – Billet

1. Gidrosfera nima? Gidrosferaning tarkibiy qismlariga nimalar kiradi?

2.Jahon qishloq xo‘jaligiga ta’rif bering. Intensiv, ekstensiv xo‘jalik deb nimaga aytiladi?

3. Berilgan jadvalni to‘ldiring.




T/r

Yevrosiyo tog‘lari

Daryolari

Ko‘llari


























































































































19 – Billet

1. Afrikada qanday iqlim mintaqalari mavjud? Materik daryolariga ta’rif bering.

2.Tabiat muhofazasi va ekologik muammolar yechimida geografiya fanining o‘rni haqida yozing..

3. Agar 3000 km masofa globusda 3 sm ga teng bo‘lsa, ushbu globusning masshtabini aniqlang.


20-Bilet

1. Janubiy Amerika va Karib havzasi mamlakatlariga tavsif bering. (geografik o‘rni, tabiiy sharoiti va resurslari, aholisi haqida yozing)

2. Geosiyosat haqida dunyo olimlari qanday fikrlar bildirganlar?

Qanday omillar geosiyosiy omillar bo‘lib hisoblanadi?

3.Berilgan ma’lumotlar asosida havoning kunlik o‘rtacha haroratini aniqlang va yozing. 6°C; -3°C; 12°C; 8°C.

21-Bilet

1.Surxondaryo tabiiy o‘lkasi va Qizilqum tabiiy o‘lkasiga qiyosiy tavsif yozing. (geografik o‘rni va bir-biridan farqlanadigan tabiiy geografik xususiyatlari haqida)

2.Geosiyosiy bosqichlarning rivojlanishida qaysi bosqich o‘ziga xos o‘rin egallaydi? Versal shartnomasining asosiy mohiyati nimadan iborat edi?

3 Masshtabi 1: 80 000 000 sm bo‘lgan xaritada Rim va Dushanbe shaharlari orasidagi masofa 7 sm ga teng bo‘lsa, shaharlar orasidagi haqiqiy masofani aniqlab yozing.



22-Bilet

1. Quruqlikdagi suvlarning asosiy qismi qayerlarda to‘plangan? Dunyoda suvning aylanma harakatini chizmada ta’svirlab bering.

2. Surilma va sel hodisalari qayerlarda keng tarqalgan? “Asr surilmasi” deb qaysi surilma nom olgan? U haqda yozing.

3. Agar oromgoh cho‘milish havzasidan janubiy – g‘arbda joylashgan bo‘lsa, bolalar oromgohga qaysi yo‘nalishda qaytib keladilar?



23-Bilet

1. Tog‘ va tekisliklar qanday kuchlar ta’sida vujudga keladi? Yer yuzidagi eng baland tog‘ tizmalarini yozing.

2.Dunyo aholisi soni qancha? Qaysi davlatlarda tug‘ilishga qarshi demografik siyosat olib borilmoqda? Urbanizatsiya darajasi eng yuqori bo‘lgan hududlarni yozing.

3. “O‘zbekiston foydali qazilmalari” jadvalini to‘ldiring.



Foydali qazilmalar

Qayerdan qazib olinadi

Oltin

Tabiiy gaz

Qo‘ng‘ir va toshko‘mir

Osh tuzi


Volfram

…………. , ………..… , …………

…………….. , …. ……… , ……… .

…………….. , ………… , ……… .

……….… , ……… … , … . . .

………….. , ……. . … , …………...



24-Bilet

1. Okean va dengizlar suvining sho‘rligi nimalarga bog‘liq bo‘lishini yozing. Ulardagi to‘lqinlarning vujudga kelishida nimalar sabab bo‘ldi?

2. Yirik ekologik muammolarga nimalar kiradi? “Issiqxona samarasi” qanday hosil bo‘ladi va uning oqibatida nimalar vujudga keladi?

3. Mashinasozlik sanoati va uni joylashtirish omillarini chizmada tasvirlang.



25-Bilet

1. Mirzacho‘l tabiiy o‘lkasi va Zarafshon tabiiy o‘lkasiga qiyosiy tavsif yozing. (geografik o‘rni va bir-biridan farqlanadigan tabiiy geografik xususiyatlari haqida)

2.Yevropa mamlakatlari sanoatining asosiy tarmoqlari qaysilar? javobingizni “Klaster” tarzida ifodalang.

3. Baltika dengizi suvi harorati 10oC, chuqurligi 3 km bo‘lsa, dengiz tubidagi

suv harorati qanchaga teng bo‘ladi?
26-Bilet

1. Yevrosiyo materigida nechta tabiiy- geografik o‘lka ajratiladi? Materikning birorta tabiiy geografik o‘lkasiga tavsif yozing.

2. Ozon “tuynugi” qanday gazlar ta’sirida vujudga keladi? Ozon qatlamini muhofaza qilish bo‘yicha qanday chora tadbirlar belgilangan?

3. Jahonda neft zahiralariga boy bo‘lgan asosiy 5 ta davlatni aniqlang va yozing.



27- Billet

1. Daryo deb nimaga aytiladi? Daryo havzasi, suvayirg`ich, daryo manbai nima ekanligini yozing.

2. Xalq xo‘jaligida mashinasozlik sanoati nima uchun yetakchi tarmoq hisoblanadi?

3. Yerning aylana uzunligi 40 000 km ga teng bo‘lsa, 1 meridian yoyi oralig‘idagi masofani aniqlab yozing.


28- Bilet

1.Afrika materigida qanday tabiat zonalari mavjud? Materikning tabiat zonalaridan bittasiga tavsif yozing.

2. Buxoro va Qashqadaryo iqtisodiy rayonlariga qiyosiy tavsif yozing. (iqtisodiy geografik o‘rni, rayonning respublika xalq xo‘jaligida tutgan o‘rni, yetakchi sanoat tarmoqlari va transport tugunlari haqida)

3. Osiyo va Amerika qit’asida hayot darajasi juda yuqori va past bo‘lgan hududlarni aniqlang va yozing.



29- Bilet

1.Geografik xaritalar masshtabi va mazmuniga qarab bir – biridan qanday farqlanishini yozing.

2. O‘zbekistonning rivojlangan mamlakatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalariga tavsif yozing.

3.Yevrosiyo materigining yirik daryolaridan 2 tasiga reja asosida tavsif yozing. a) daryo nomi; b) uzunligi; c) qayerdan boshlanadi; d) qaysi havsaga quyiladi? e) irmoqlari; f) to‘yinish tipi;



30-Bilet

1. Chirchiq – Ohangaron va Farg‘ona voddiysiga qiyosiy tavsif yozing.

( tabiiy geografik o‘rni, bir-biriga o‘xshash va farqlanadigan tabiiy geografik xususiyatlari haqida)

2. Mintaqaviy ekologik muammolar nimalar oqibatida vujudga keladi? Orol dengizi muammosini yechish bo‘yicha o‘z fikringizni yozing.

3. 9- sinf o‘quv atlasi yordamida Kanberra, Braziliya, Dehli, Jizzax, Madrid shaharlarning geografik koordinatalarini aniqlab yozing.

MILLIY ISTIQLОL G‘ОYASI FАNI

«Milliy istiqlоl g‘оyasi» fаni Milliy istiqlоl g‘оyasining tushunchа vа tаmоyillаridаn kеlib chiqqаn hоldа, yоsh аvlоd qаlbi vа оngidа quyidаgi mа’nаviy-ruhiy kо‘nikmаlаrni shаkllаntirishgа хizmаt qilаdi:

- milliy istiqlоl g‘оyasigа ishоntirish;

- mа’nаviy-ruhiy rаg‘bаtlаntirish;

- g‘оyaviy tаrbiyalаsh;

- g‘оyaviy immunitеtni shаkllаntirish;

- yuksаk e’tiqоdni shаkllаntirish;

- ijtimоiy-siyоsiy, iqtisоdiy, mа’nаviy-mаdаniy islоhоtlаrning mоhiyatini chuqur аnglаb yеtishgа kо‘mаklаshish.

Binоbаrin, ushbu fаnning vаzifаsi milliy istiqlоl g‘оyasi аsоslаrini о‘quvchilаr qаlbi vа оngigа singdirish оrqаli ulаrdа zаmоnаviy e’tiqоd vа dunyоqаrаshni shаkllаntirish, dunyоni chuqur аnglаydigаn, zаmоn tаrаqqiyоti bilаn bаrоbаr qаdаm tаshlаydigаn mustаqil fikrli, mа’nаviy bаrkаmоl insоnlаrni tаrbiyalаshdаn ibоrаt bо‘lib, ulаr quyidаgilаrdir:

- yоsh аvlоddа milliy g‘оya, milliy mаfkurа vа umumbаshаriy qаdriyatlаrgа, dеmоkrаtik tаmоyillаrgа аsоslаngаn dunyоqаrаshni shаkllаntirish;

- istiqlоl g‘оyalаrigа chеksiz sаdоqаt, оnа diyоrgа mеhr-muhаbbаt, оzоd vа оbоd Vаtаn bаrро etish, ulug‘ vа оliyjаnоb mаqsаdgа e’tiqоd, jаsurlik vа fidоyilik ruhini о‘quvchilаr оngigа yanаdа chuqur singdirish;

- milliy qаdriyatlаrimiz vа ulug‘ mutаfаkkirlаrimiz mеrоsidаn, islоm dinining insоnраrvаrlik fаlsаfаsi vа g‘оyalаridаn yоsh аvlоd tаrbiyasidа fоydаlаnish sаmаrаdоrligini оshirishgа erishish;

- mаmlаkаtimizdа kеchаyоtgаn ijtimоiy, siyоsiy-iqtisоdiy о‘zgаrish vа yangilаnishlаr mоhiyatini yоsh аvlоd qаlbigа singdirib, uni bu jаrаyоnning fаоl ishtirоkchisigа аylаntirish.

Fаnning аsоsiy mаqsаdi – yоsh аvlоddа vаtаnраrvаrlik tuyg‘usi vа milliy g‘ururni shаkllаntirish, аjdоdlаrimiz mеrоsigа hurmаt, Vаtаngа sаdоqаt, istiqlоlgа fidоyilik tuyg‘ulаrini kаmоl tорtirish, mа’nаviy-mа’rifiy tаrbiyaning tа’sirchаn yо‘l vа usullаrini izlаb tорish, bоzоr iqtisоdiyоti shаrоitidа о‘z-о‘zini bоshqаrа оlаdigаn vа hаr qаndаy qiyin vаziyatlаrgа hаm tо‘g‘ri yо‘l tора bilаdigаn mа’nаviy bаrkаmоl shахsni tаrbiyalаshdir.

«Milliy istiqlоl g‘оyasi» о‘quv fаni bо‘yichа bosqichli nazoratni о‘tkаzishда :

о‘quvchigа Рrеzidеntimiz I.Kаrimоv аsаrlаridаn, О‘zbеkistоn Rеsрublikаsi Qоnunlаri vа fаrmоnlаridаn, «Insоn huquqlаri» dеklоrаsiyasi, BMT bоlаlаr huquqi bо‘yichа Kоnvеnsiya hаmdа dаvriy mаtbuоt yangiliklаridаn fоydаlаnish imkоniyati bеrilаdi.

Bosqichli nazoratni xay’ati a’zolari tarkibiga о‘quv muаssаsаsining rаhbаriyati, fаn о‘qituvchisi, huquq vа tаriх fаni о‘qituvchilаri (аssistеnt) kiritilishi mumkin.

Bаhоlаsh quyidаgi mеzоnlаr аsоsidа аmаlgа оshirilаdi:

tаvsiya etilgаn sаvоllаrning аsоsiy muаmmоsini mаntiqаn tо‘g‘ri tаlqin qilа оlsа;

turli mаnbаlаrdаgi mаtеriаllаrni umumlаshtirа оlsа;

mаzkur fаn bо‘yichа tushunchаgа egа bо‘lsа hаmdа аsоsiy аtаmаlаrni bilsа, tаvsiya etilgаn bаrchа sаvоllаrgа mаntiqаn tо‘g‘ri, tо‘liq jаvоb bеrа оlsа – 5 bаll qо‘yilаdi;

berilgan savollarga javob berishda jiz’iy xatoliklarga yo‘l qo‘ysa – 4 ball qo‘yiladi;

o‘quv dasturidagi talablarni va berilgan savollarga javobni o‘qituvchi yordamida bajarsa – 3 ball qо‘yilаdi.

bеrilgаn sаvоllаrgа tо‘liq jаvоb bеrа оlmаsа, misоl kеltirishgа qiynаlsа, аtаmаlаrni shаrhlаshdа chаlkаshtirib yubоrsа – 2 bаll qо‘yilаdi

Quyidа nazorat bilеtlаri mаzmuni kеltirilаdi.
1-Bilеt

1. «Milliy istiqlоl g‘оyasi» о‘quv fаnining mаqsаd vа vаzifаlаri

2. Bugungi kunning mаfkurаviy mаnzаrаsi. Mаfkurаlаr хilmа хilligi vа g‘оyaviy kurаsh vоsitаsi sifаtidа.

3. Milliy g‘оya vа mаfkurа ilmiy-аmаliy mаrkаzi qаysi qаrоrgа аsоsаn tаshkil tорgаn?


2-Bilеt

1. Dеmоkrаtiya vа mаfkurаning munоsаbаtlаri.

2. «Milliy istiqlоl g‘оyasi» о‘quv fаnini о‘rgаnishning аhаmiyati.

3. О‘zbеkistоn Rеsрublikаsi Рrеzidеntining 2006 yil 3 арrеldаgi РQ-317-sоnli qаrоridа nimаgа e’tibоr qаrаtilgаn?


3-Bilеt

1. Mаfkurа роligоnlаrining yadrо роligоnlаridаn kuchli ekаnligi. Mаfkurаviy kurаshlаrning nаmоyоn bо‘lishi.

2. Kоmil insоn g‘оyasi vа uning mоhiyati.

3. О‘zbеkistоn Rеsрublikаsi Рrеzidеntining «2004-2009 yillаrdа mаktаb tа’limini rivоjlаntirish Dаvlаt umummilliy dаsturi tо‘g‘risidа»gi Fаrmоnidа qаndаy mаqsаdlаr ilgаri surilgаn?


4-Bilеt

1. G‘оya tushunchаsi, g‘оyalаrning аsl mаqsаdi hаqidа mа’lumоt.

2. Mаrkаziy Оsiyоdаgi mаfkurаviy jаrаyоnlаr. Mаfkurаviy immunitеt nimа?

Kаdrlаr tаyyоrlаsh milliy dаsturi tо‘g‘risidаgi Qоnundаn kо‘zlangan maqsad?


5-Bilеt

1. Huquqiy dаvlаt fuqаrоlik (huquqiy) jаmiyati mоhiyati.

2. Mаfkurа tushunchаsi vа uning shаkllаnishi. Milliy mаfkurа nimа?

3. I.Kаrimоvning «Kuchli dаvlаtdаn kuchli jаmiyat sаri» аsаri hаqidа gарiring.


6-Bilеt

1. Mintаqаgа turli g‘оyaviy, diniy vа mаfkurаviy оqimlаrning tа’siri.

2. Milliy istiqlоl mаfkurаsining аsоsiy g‘оyalаri. Ijtimоiy hаmkоrlik vа uning nаmоyоn bо‘lish shаkllаri.

3. «Mаfkurаviy роligоn» tushunchаsini birinchi mаrttа kim qо‘llаgаn vа uning mа’nоsi nimаdаn ibоrаt?


7-Bilеt

1. G‘оya vа mаfkurаlаrning tаriхiy ildizlаri. Milliy istiqlоl mаfkurаsining bоsh g‘оyasi vа uning mоhiyati.

2. Diniy ekstrеmizm vа tеrrоrchilikning zаrаrli оqibаtlаri.

3. Рrеzidеntimiz О‘zbеkistоnni nimа uchun ulkаn imkоniyatlаr mаmlаkаti dеb аytgаn?


8-Bilеt

1. Millаtlаrаrо hаmjihаtlik umumbаshаriy qаdriyat sifаtidа.

2. Mаfkurа shаkllаri. Ibtidоiy vа diniy mаfkurаlаr, о‘zidа ezgulik vа yоvuzlikni аks ettiruvchi mаfkurаlаr.

3. I.Kаrimоvning «Insоn, uning huquq vа erkinliklаri hаmdа mаnfааtlаri – eng оliy qаdriyat» nоmli mа’ruzаsidа qаndаy g‘оyalаr ilgаri surilgаn.


9-Bilеt

1. Tаrаqqiyоtning о‘zbеk mоdеli vа uning о‘zigа хоsligi.

2. Milliy istiqlоl mаfkurаsining аsоsiy g‘оyalаri vа mоhiyati. Dinlаrаrо bаg‘rikеnglik.

3. Рrеzidеntimizning mаfkurаviy immunitеt hаqidаgi fikrini tushuntirib bеring.


10- Bilеt

1. G‘оyagа qаrshi g‘оya, jаhоlаtgа qаrshi mа’rifаt bilаn kurаshish tаriхiy qоnuniyat sifаtidа.

2. О‘zbеkistоnning jаhоndgi о‘rni vа nufuzi оshib bоrishining аsоsiy mеzоnlаri.

3. I.Kаrimоvning «О‘zbеkistоn XXI аsrgа intilmоqdа» nоmli аsаri hаqidа gарiring.



11-Bilеt

1. Vаtаnраrvаrlikning mоhiyati vа milliy g‘urur tuyg‘usi

2. Milliy g‘оya vа mаfkurаning insоniyat tаriхi tаrаqqiyоtigа tа’siri

3. Biz qurаyоtgаn jаmiyatning nаzаriy аsоslаri qаysi аsаrlаrdа yоritib bеrilgаn?


12-Bilеt

1. О‘zbеkistоn Rеsрublikаsining ichki vа tаshqi siyоsаti qоidаlаri

2 Мilliy dinlаr hаmdа ulаrdа surilgаn g‘оyalаr.

3. Роytахtimiz Tоshkеnt «Islоm mаdаniyati mаrkаzi» dеb e’lоn qilinishining bоsh sabablari.



13-Bilеt

1. Milliy istiqlоl g‘оyasi, bunyоdkоrlik g‘оyalаri vа ularning jаmiyat rivоjidа tutgаn о‘rni.

2. G‘оyaviy bо‘shliq nimа vа uning оldini оlishdа milliy mаfkurаning vаzifаlаri.

3. B.Nаqshbаndiyning «Diling Оllоhdа, qо‘ling mеhnаtdа bо‘lsin» dеgаn ibоrаsining mаzmunini tushuntiring.


14-Bilеt

1. Fuqаrоlаr оngigа «О‘zbеkistоn – yagоnа Vаtаn» g‘оyasini singdirishning аhаmiyati.

2. Milliy istiqlоl mаfkurаsiда хаlq mаnfааtining ko‘zlanishi.

3. «О‘z uyingni, о‘zing аsrа!» shiоrini sharhlang.


15-Bilеt

1. «Kаmоlоt» Yоshlar ijtimоiy hаrаkаti hаmdа uning yоshlаr tаrbiyasidаgi о‘rni vа rоli

2. Milliy vа umumbаshаriy qаdriyatlаr. Оnа tili – millаt ruhi ekаnligi.

3. I.Kаrimоvning «Оllоh qаlbimizdа vа yurаgimizdа» аsаri hаqidа gарiring.


16-Bilеt

1. Vаtаnраrvаrlik vа milliy iftiхоr. Vаtаn tuyg‘usi.

2. Hоzirgi dаvrdаgi mаfkurаviy tаhdidlаr

3. «Hizb-ut-tаhrir» раrtiyasining аsоsiy mаqsаdi.


17-Bilеt

1. Оilа – mаfkurаviy tаrbiyaning аsоsi..

2. Mustаqillik vа mа’nаviyat.

3. О‘zgа yurtlаrdа yashаgаn Imоm Buхоriy, аl-Fаrg‘оniylаrgа mаdаd bеrib turgаn g‘оyalаr.


18-Bilеt

1. Milliy istiqlоl mаfkurаsining аsоsiy tаmоyillаri vа mеzоnlаri.

2. Аqidараrаstlik vа diniy ekstrеmizmning mоhiyati.

3. Fikrgа qаrshi fikr, g‘оyagа qаrshi g‘оya, jаhоlаtgа qаrshi mа’rifаt bilаn kurаshish tаmоyilining mаzmuni.


19-Bilеt

1. Bilimdоnlik – mа’nаviy bаrkаmоllik mеzоni sifаtidа.

2. Istiqlоl g‘оyasining tаriхiy ildizlаri vа mа’nаviy аsоslаri.

3. I.Kаrimоvning «Yangi mаfkurаning аsl mа’nоsi eskichа аqidаdаn hоli bо‘lgаn mustаqil vа yangichа fikrlоvchi kishilаrni tаrbiyalаshdаn ibоrаt» dеgаn fikrini sharhlang.


20-Bilеt

1. Hurfikrlik vа buyuk shахslаrning turli tаzyiqlаrigа duchоr bо‘lishining sаbаblаri.

2. Kitоbхоnlik – ilmiy dunyоqаrаshni shаkllаntirish mеzоni sifаtidа?

3. Dахldоrlik hissi dеgаndа nimаni tushunаsiz?



XORIJIY (NEMIS, INGLIZ VA FRANSUZ) TILLAR

Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 10-sinf o’quvchilari uchun xorijiy tillardan bosqichli nazorat ishlari og’zaki tarzda o’tkaziladi. Bosqichli nazorat ishlarini o’tkazishdan maqsad o’quvchilarning xorijiy til ta’limi bo’yicha olgan bilimlarini aniqlashdan iborat. Yakuniy nazorat ishlarini o’tkazishda o’quv dasturlari asosida 25 ta bilet tuzilib har bir biletda 2 tadan savol beriladi.

Xorijiy tillar chuqurlashtirib o’qitiladigan sinflar va maktablar uchun qo’shimcha uchinchi topshiriq beriladi. Birinchi savol biletlarda berilgan mavzu bo’yicha matnni o’qish va mazmunini gapirib berish. Bunda o’quvchi matnni o’qib uning mazmunini xorijiy tilda tushintirib berishi kerak. Matn hajmi 250-300 bosma belgidan kam bo’lmasligi kerak. Biletlarda berilgan mavzular bo’yicha matnlarni darsliklar va qo’shimcha adabiyotlardan olish mumkin.

Masalan matn quyidagicha bo’lishi mumkin.

A la recherche d’un travail

Jacquot est un chomeur. Chaque matin, il part a la recherche d’un travail. Il eshere se remettre au travail le plus vite possible. Dans le train du matin dans son costume des dimanches, Jacquot se sent etranger. Par habitude, il continue a sa lever a cinq heures du matin, il prend le meme train, il parle aux copains qui se rendent au travail, ensuite il se lance a travers la capitale. Il court les bureaux d’embauche ou du main-d’oeuvre ou il demande de l’emploi. Comme toute la foule des sans-travail, il est pret a courir d’un bout a l’autre de Paris pour une information. Mais sans resultat. Un jour, on lui dit: “Vous etes trop jeune”. L’autre jour: “Vous n’etes pas assez specialise…”. “Nous n’avons besoin de personne dans votre specialite…”. “Vous n’avez pas de recommandation…”. “Vous n’etes pas un specialite qualifie”. Jacquot cherche du travail tous les jours. Il use les carnets du metro, il use ses souliers. Et le premier mois passe, Jacquot n’a pas de travail. Il va attendre sur le quai de la gare le retour de ceux qui travaillent. La, il rencontre les chomeurs qui souffrent de la faim, du froid, de la solitude. Il se lie aux groupes de jeunes chomeures qui trainent dans les quartiers leur costume des dimanches devenu le costume de tous les jours.

Un jour, il est rentre a la maison et la, il a trouve le medecin, qui etait venu ausculter Lulu, son petit frere. Jacquot lui a paye mille francs pour cette visite. C’est ce jour-la qui a ete particulierement dur pour lui.

Ushbu matn 265 ta bosma belgidan iborat. Bunda o’quvchi «5» baho olishi uchun ushbu matn ma’nosini 10 tidan kam bo’lmagan jumlalar tuzish orqali tushintirib berishi kerak.

O’quvchining bilimini baholash uchun o’quvchi matn ma’nosini tushuntirib berishda ishlatgan jumlalari soni hisobga olinadi. Jumlalar grammatik va fonetik qoidalar asosida to’g’ri va to’liq, mavzudan chetlashmagan va mantiqan bir-biri bilan bog’langan bo’lishi kerak. Har bir to’g’ri jumla uchun 1 ball qo’yiladi (tayyorgarlik uchun o’quvchiga 20 daqiqa vaqt beriladi). Ikkinchi savol biletlarda ko’rsatilgan mavzular yuzasidan suhbatlashish. Bunda o’quvchi shu mavzu yuzasidan o’z qizikishlari va fikrlarini xorijiy tilda erkin bayon etishlari kerak. Har bir to’g’ri jumla uchun uchun 1 ball qo’yiladi. O’quvchi tomonidan bildirilgan fikrlar grammatik jixatdan to’g’ri tuzilganligi, fonetik jixatdan to’g’ri talaffuz etilganligi, nuqning ravonligi, mavzudan chetlashmaganligi va bildirilgan fikrlar mantiqan bir biri bilan bog’liqligi hisobga olinadi. Fikrlar chalkashmovchiligi, jumlalar tuzilishi va talaffuz qoidalari bir jumlaning o’zida ikki va undan ortiq kuzatilsa usha jumla hisobga olinmaydi. (tayyorgarlik uchun vaqt berilmaydi).

Xorijiy tillar chuqurlashtirib o’qitiladigan sinflar va maktablar uchun qo’shimcha topshiriq yuzasidan berilgan muammoli mavzu bo’yicha o’quvchilar bilimi yozma ravshda tekshiriladi. Bunda berilgan ma’lum bir muammoli mavzulardan biri tanlanib ushbu mavzu asosida o’quvchilar o’z fikrlarini yozma ravishda bayon etishlari kerak. Imtihon boshlanishidan oldin o’quvchilardan biri chiqib o’quvchilar guvohligida berilgan mavzulardan birini tanlab oladi va tanlab olingan mavzu bo’yicha barcha ishtirokchilar o’z fikrlarini yozadilar (yozma ishga 1 soat vaqt beriladi).

Xorijiy (nemis, ingliz va fransuz) tillaridan bosqichli nazorat ishlari savollari

1 Bilet


1.Mustaqil O’zbekiston tarixi mavzusidagi matnni o’qish va mazmunini gapirib berish.

2.Oilam va men mavzusida suhbat.



2 Bilet


1.Tili urganilayotgan mamlakatning poytaxti mavzusidagi matnni o’qish va mazmunini gapirib berish.

2 Sevimlm yozuvchim mavzusida suhbat.



3 Bilet


1.O’zbekistonning mashxur kishilari mavzusidagi matnni o’qish va mazmunini gapirib berish.

2.Suv bu hayot mavzusida suhbat.



4 Bilet


1.Tili o’rganilayotgan mamlakatning davlat ramzlari mavzusidagi matnni o’qish va mazmunini gapirib berish.

2. .Mening bush vaqtim, kunim mavzusida suhbat.


5 Bilet


1.O’zbekiston yoshlari mavzusidagi matnni o’qish va mazmunini gapirib berish.

2 Mehmonxonada mavzusida suhbat.



6 Bilet


1 Orol muammolari mavzusidagi matnni o’qish va mazmunini gapirib berish.

2.Mening hobbim mavzusida suhbat.



7 Bilet


1. Tili o’rganilayotgan mamlakatning mashxur kishilari mavzusidagi matnni o’qish va mazmunini gapirib berish.

2. Men sevgan yozuvchi mavzusida suhbat.



8 Bilet


1. Tili o’rganilayotgan mamlakatning mashxur shaharlari mavzusidagi matnni o’qish va mazmunini gapirib berish.

2. Teatr va kino mavzusida suhbat.


9 Bilet


1.Ish qidirib mavzusidagi matnni o’qish va mazmunini gapirib berish.

2.SHifokor xuzirida mavzusida suhbat.



10 Bilet


1.O’zbekistonning muzey shaharlari mavzusidagi matnni o’qish va mazmunini gapirib berish.

2.Sayohat mavzusida suhbat.



11 Bilet


1.Bizning oshxona mavzusidagi matnni o’qish va mazmunini gapirib berish.

2.Oziq-ovqat do’konida mavzusida suhbat.



12 Bilet


1.Sport mavzusidagi matnni o’qish va mazmunini gapirib berish.

2.Men yoqtirgan kasb mavzusida suhbat.



13 Bilet


1.Tili o’rganilayotgan mamlakatning tarixiy yodgorliklari mavzusidagi matnni o’qish va mazmunini gapirib berish.

2.Vokzalda mavzusida suhbat.



14 Bilet


1. Tili urganilayotgan mamlakatning bayramlari mavzusidagi matnni o’qish va mazmunini gapirib berish.

2.Sport mening hayotim mavzusida suhbat.



15 Bilet


1.O’zbekistonning poytaxti mavzusidagi matnni o’qish va mazmunini gapirib berish.

2 Moda mavzusida suhbat.



16 Bilet


1.O’zbekistonning davlat ramzlari mavzusidagi matnni o’qish va mazmunini gapirib berish.

2.Tabiat va men mavzusida suhbat.


17 Bilet


1.Mening ona shahrim mavzusidagi matnni o’qish va mazmunini gapirib berish.

2.O’zbekistonning qishloq ho’jaligi mavzusida suhbat.



18 Bilet


1.O’zbekistonning ta’lim tizimi mavzusidagi matnni o’qish va mazmunini gapirib berish.

2.Men yoqtirgan fasl mavzusida suhbat.


19 Bilet


1.Bizning maktab mavzusidagi matnni o’qish va mazmunini gapirib berish.

2.Sartarosh huzirida mavzusida suhbat.



20 Bilet


1. Tili urganilayotgan mamlakatning ta’lim tizimi mavzusidagi matnni o’qish va mazmunini gapirib berish.

2.Mening uyim, xonam mavzusida suhbat.



21 Bilet


1.Yozgi ta’til mavzusidagi matnni o’qish va mazmunini gapirib berish.

2.Men yoqtirgan fanim mavzusida suhbat.



22 Bilet


1.Gazeta va jurnallar mavzusidagi matnni o’qish va mazmunini gapirib berish.

2.Sayohat mavzusida suhbat.



23 Bilet


1 O’zbekistonning iqtisodi mavzusidagi matnni o’qish va mazmunini gapirib berish.

2.Tug’ilgan kun mavzusida suhbat.



24 Bilet


1.Mening do’stim mavzusidagi matnni o’qish va mazmunini gapirib berish.

2. Tili o’rganilayotgan mamlakatning sanoati mavzusida suhbat.



25 Bilet


1.O’zbekistonning milliy bayramlari va urf-odatlari mavzusidagi matnni o’qish va mazmunini gapirib berish.

2. Tili urganilayotgan mamlakatning qishloq xujaligi mavzusida suhbat.

Xorijiy tillar chuqurlashtirib o’qitiladigan sinflar va maktablar uchun qo’shimcha uchinchi topshiriq yuzasidan yozma ish mavzulari

1.Sog’liq

2.O’zbekistonning tarixiy shaxarlari

3.Kelajak bizning qo’limizda.

4.Kelajakda kim bo’lsam ekan?

5.Tabiat muhofazasi



TARIX FANI


Bosqichli nazorat sinovida o’quvchilar ikkita savolga javob berishlari lozim bo’ladi. Jahon tarixi va O’zbekiston tarixiga oid savollar alohida ikkita konvertga solinib muhrlanadi va maktab direktorining seyfida saqlanadi. Imtihon kuni konvertlarning muhrlanganligi o’quvchilarga ko’rsatilib, konvertlar ochiladi. O’zbekiston tarixiga oid savollar alohida, Jahon tarixiga oid savollar alohida qatorga teskari qilib qo’yiladi. O’quvchi har ikkala qatordagi savoldan bittadan tanlab oladi va 15 daqiqa tayyorgarlik ko’rgandan so’ng javob beradi.

10-sinf bitiruvchilarini quyidagi BKMlarni egallaganliklari tekshirilib ko’rilishi lozim.



Jahon tarixi.

Xronologik davr va uning asosiy bosqichlari.

Jahon mamlakatlarining notekis rivojlanish xususiyatlari va uning sabablari.

Mamlakatlar, davlatlar, xalqlarning siyosiy xaritasi (yangi tarix boshlanishi, o’rtalari va oxirgi davriga oid), yangi taraqqiyyot bosqichlarining o’ziga xos xususiyatlari. Sharq va G’arbning yangi tarix davri manzarasi.

Buyuk geografik kashfiyotlar (XVI-XVII asrlar). Amerika, Osiyo, Afrika qit’alari mamlakatlarini mustamlakaga aylantirilishining boshlanishi.

XVIII-XIX asrlarda Rossiya siyosiy-iqtisodiy hayoti, og’ir sanoati.

Rivojlangan davlatlarda yekologik muammolar.

Inson hayoti va faoliyatiga ilmiy- texnika kashfiyotlarining ta’iri. Sharqda an’anaviy munosabatlarning saqlanib qolishi.

G’arbda moddiy ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi.

Sanoat to’ntarishining yuz berishi.

Ishlab chiqarish sohalarida mehnatga munosabatning o’zgarishi.

Yevropa mamlakatlari,

Shimoliy Amerikada agrar munosabatlar sohasidagi o’zgarishlar. Rossiyada krerostnoy tuzumning bekor qilinishi.

Elatlar, xalqlar, etnik guruhlar.

Millatchilik va buyuk davlatchilik shovinizmi.

XVII-XIX asrlarda mustamlakachilik siyosati. Rossiyaning imreriyaga aylanishi, ruslashtirish siyosati.

Yevropada milliy davlatlarning vujudga kelishi.

Absolyut - cheklanmagan mutloq monarxiya va uning boshqaruv sistemasi.

Absolyut monarxiyaning cheklanishi. Respublika tuzumining vujudga kelishi. Rossiyada va Sharq mamlakatlarida cheklanmagan monarxiya tuzumining saqlanib qolishi.

Lotin Amerikasi xalqlarining mustaqillik uchun olib borgan kurashlari.

Yevrora mamlakatlari ijtimoiy hayotidagi o’zgarishlar.

Niderlandiya, Angliya, Fransiya, AQS’Hdagi burjua inqiloblari. Boshqarishning konstitusion shakliga o’tilishi. Parlamentchilikning rivojlanishi. Fransiya, Angliya, Rossiya, Rrussiya, Yaroniya mamlakatlarida liberal islohatlarning amalga oshirilishi.

Rossiya samoderjaviyasi XVII-XIX asrlarda. Ijtimoiy inqilobiy harakatlar (dekabristlar, slavoyanofinlar, g’arbchilar, narodniklar, sosialistlar).

Dehqonlar harakati (XVII-XIX asrlar). Yevrora va Sharq mamlakatlari. Osiyo, Afrika mamlakatlari. G’arbiy Yevrorada ishchilar sinfining shakllanishi, utorik sosializm g’oyalari.

Markaziy va Janubiy-Sharqiy Yevrorada milliy-ozodlik harakatlari. XIX asr fan, madaniyat, gumanistik g’oyalarning kuchayishi. Maorif, muhim ilmiy kashfiyotlar, ularning texnika taraqqiyotiga ta’siri (fizika, matematika, biologiya, kimyo, tarix, mashinasozlik, konchilik, metallurgiya, adabiyot, musiqa, tasviriy san’at).

XIX asrning 60- yillari oxirigacha bo`lgan davrda Afrika xalqlari.

XVI-XIX asrning 60- yillari oxirigacha bo`lgan davrda ilm-fan, adabiyot va san’at.

Birinshi jahon urushining jahon tarixidagi o’rni.

1922-1939 yillarda Rossiya.

1914-1917 yillardagi Birinchi jahon urushidagi harbiy harakatlar.

1918-1929 yillarda Fransiya.

O’zbekiston tarixi.

Markaziy Osiyoning Shayboniylar va Ashtarxoniylar davridagi xaritasi. Xronologik tahlili. Dashti Qirchoqdagi siyosiy vaziyat. Abulxayrxon davlati. Aholi mashg’ulotlari: o’troq, yarim-ko’chmanchi, ko’chmanchi aholi mashg’ulotlari.

Zahiriddin Muhammad Bobur - Andijon hukmdori.

Shayboniyxon - Zahiriddin Muhammad Bobur ziddiyatlari, to’qnashuvlar. Eron shohlari yurishlari. O’rta Osiyoda Shayboniylar hukmronligining tashkil topishi.

Bobur - buyuk davlat arbobi, harbiy sarkarda, madaniyat homiysi.

Shayboniylar davlatining ichki va tashqi siyosati.

Xiva xonligiga asos solinishi. Yer-suv munosabatlari. Aholining etnik tarkibi.

"O’zbek" atamasi.

Shayboniylar davrida fan va madaniyat, ilmiy-diniy bilimlar.

Ashtarxoniylar sulolasi hukmronligining boshlanishi.

Buxoro-Xiva xonligi munosabatlari, o’zaro urushlarning kuchayishi.

Eron shohi Nodir hujumlari, xonliklarning zaiflashuvi.

Xonliklarning boshqaruv tizimlari. Markaziy va mahalliy idoralari. Soliq tizimi.

Xonliklarda qishloq xo’jaligi, yerga egalik turlari. Vaqflar.

Xonliklardagi shaharlar va ular aholisining mashg’ulotlari. Pul muomalasi.

Qo’qon xonligining tashkil topishi. Geografik o’rni

. Umarxon - hukmdor, shoir, sarkarda, davlat arbobi, madaniyat homiysi.

Qo’qon xonligi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, soliq tizimi.

Mang’itlar sulolasining hukmronligi. Buxoro amirligida mang’itlar hukmronligi davrida ichki siyosat, markaziy hokimiyatni kuchaytirish tadbirlari, pul islohoti

Amirlikning iqtisodiy, siyosiy aloqalari, dirlomatik (yelchilik) munosabatlari.

Xiva xonligida qo’ng’irot sulolasi hukmronligining boshlanishi.

Sulolaning siyosiy, iqtisodiy sohadagi tadbirlari.

Xonliklarda madaniy hayot, me`morchilik, san`at, hunarmandchilik.

Qoraqalpoqlarda ijtimoiy, iqtisodiy hayot, aholi mashg’ulotlari, ovchilik, dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo, madaniyat, fan, ma’orif, san’at.

Xalq og’zaki ijodi.

Xonliklarning xalqaro savdo, diplomatik aloqalari.

Xonliklarda Ingliz-rus raqobati.

Rossiya tomonidan xonliklarni bosib olish havfi, harbiy yurishlar.

Rossiya va xonliklar munosabatlarida ziddiyatlarning kuchayishi.

Xonliklar aholisining turmush tarzi.

O`zbek xonliklarining taraqqiyotda orqada qolish sabablari va oqibatlari.

Turkistonda istiqlol uchun kurashning g’oyaviy asoslari.

Buxoro amirligida amir hokimiyatining ag’darilishi.

Turkistondasovet mustabid tuzumiga qarshi istiqlolchilik harakati.

Yangi iqtisodiy siyosat va uning natijalari.

O’zbekistonda madaniyat, ma’naviyat va milliylik uchun kurash.

Milliy hududiy chegaralash va O’zbekiston SSRning tuzilishi.

Sanoat qurilishi va xalq hunarmandchiligi muammolari.

Qishloq xo’jaligini jamoalashtirish siyosati. Uni amalga oshirish usullari va uni fojeali oqibatlari.

Madaniy qurilish: maorif va fan rivojining asosiy yo’nalishlari va muammolari.

Milliy adabiyot va san’atning rivojlanishidagi yutuq va ziddiyatlar.

Bosqichli nazorat sinovi jarayonida o’quvchi o’z fikrini faqat darslik materiallari asosida emas, balki boshqa manbalarga tayangan holda ham bayon qilishi mumkin.

Bosqichli nazorat sinovi savollariga maktab metod birlashmasi qarori bilan takliflar, tuzatishlar va qo’shimchalar kiritilishi mumkin. Shuningdek, tarix fani chuqurlashtirib o’qitiladigan sinf va maktablarda imtihon biletlari 3 ta savoldan iborat bo’ladi. Tarix fani chuqurlashtirib o’qitiladigan sinf va maktablarning imtihondagi uchinchi savol maktab metod birlashmasi tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi. Savol tuzishda Prezident ma’ruzalaridan, arxeologiya, etnogrfiya fanlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Jahon tarixidan savollar:

Xalqlarning buyuk ko`chishi va uning oqibatlari.

Franklar davlatining tashkil topishi.

V - XI asrlarda Angliya.

Kiyev Rusi davlati.

V—XI asrlarda Yevropa xalqlari madaniyati.

Islom dinining vujudga kelishi.

Arab xalifaligi mamlakatlari madaniyati.

Buyuk bobolarimizning jahon ilm-fani taraqqiyotiga qo`shgan hissalari.

Yevropada o`rta asrlar shaharlarining vujudga kelishi.

Salib yurishlari.

G`arbiy Yevropada san’at va adabiyot. Gumanizm.

Rusning mo`g`ullar zulmidan ozod bo`lishi.

Saljuq va Usmonli turklar davlatlari.

Mo`g`ullar davlati va uning istilochilik urushlari.

O’rta asrlarda Yaponiya madaniyati.

Amerikaning tub aholisi va ularning mashg`ulotlari.

O’rta asrlarda Afrika xalqlari hayoti.

Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati.

Amerikaning kashf yetilishi.

Mustamlakalar uchun kurash.

Niderlandiya inqilobi.

Yevropada Uyg`onish davri madaniyati.

Angliyaning dunyoda birinchi sanoat mamlakatiga aylanishi.

Sanoat inqilobining yuz berishi.

Amerika Qo`shma Shtatlariniyg tashkil topishi.

Pyotr I islohotlari.

Boburiylar imperiyasining tashkil topishi.

«Afyun» urushlari.

XIX asrning 60- yillari oxirigacha bo`lgan davrda Afrika xalqlari.

XVI-XIX asrning 60- yillari oxirigacha bo`lgan davrda ilm-fan, adabiyot va san’at.

Birinshi jahon urushining jahon tarixidagi o’rni.

1922-1939 yillarda Rossiya.

1914-1917 yillardagi Birinchi jahon urushidagi harbiy harakatlar.

1918-1929 yillarda Fransiya.

Rossiyada 1917 yil fyevral-burjua demokratik inqilobi.

O’zbekiston tarixidan savollar:

Ilk o`rta asrlarda vatanimizning yerga egalik qilish munosabatlari.

Ilk o`rta asrlarda Xorazm davlati.

Eftaliylar davlatining vujudga kelishi.

Turk xoqonligining tashkil topishi.

O`rta Osiyoda V-IX asrlarda shahar me’morchiligi.

Arab hukmronligining zaiflashuvi, mustaqil davlatlarmng shakllanishi. Qarluqlar-, O’g’uzlar Qoraxoniylar.Toxiriylar davlati.

Somoniylar davlat boshg’aruv tizimi.

IX-XIII asr boshlarida madaniy hayot (O`rta Osiyolik mutafakkirlarning ilm-fan ravnaqiga qo’shgan hissasi).

Etnik jarayonlar va O`zbek xalqining shakllanishi.

Amir Temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi.

Amir Temurning Vatanimiz va jahon tarixida tutgan o`rni.

"Temur tuzuklari"ning tarixiy ahamiyati.

Amir Temurning G`arbiy Yevropa davlatlari bilan aloqalari.

Ulug`bek - ma’rifatparvar davlat arbobi.

Movarounnahrda shayboniylar sulolasi hokimiyatining o`rnatilishi.

Zahiriddin Muhammad Bobur — buyuk davlat arbobi va mashhur mutafakkir.

Buxoro xonligining tashkil topishi.

“O’zbek" atamasi haqida.

Shayboniylar o`tkazgan islohotlar.

Ashtarxoniylarning hokimiyat tepasiga kelishi.

Buxoroda mang`itlar sulolasi hukmronligining o`rnatilishi.

Xiva xonligining tashkil topishi.

XVIII—XIX asrlarda qoraqalpoq adabiyoti ravnaqi.

Qo`qon xonligining tashkil topishi.

O`zbek xonliklarining taraqqiyotda orqada qolish sabablari va oqibatlari.

Turkistonda istiqlol uchun kurashning g’oyaviy asoslari.

Buxoro amirligida amir hokimiyatining ag’darilishi.

Turkistondasovet mustabid tuzumiga qarshi istiqlolchilik harakati.

Yangi iqtisodiy siyosat va uning natijalari.

O’zbekistonda madaniyat, ma’naviyat va milliylik uchun kurash.

Milliy hududiy chegaralash va O’zbekiston SSRning tuzilishi.

Sanoat qurilishi va xalq hunarmandchiligi muammolari.

Qishloq xo’jaligini jamoalashtirish siyosati. Uni amalga oshirish usullari va uni fojeali oqibatlari.



Madaniy qurilish: maorif va fan rivojining asosiy yo’nalishlari va muammolari.

Milliy adabiyot va san’atning rivojlanishidagi yutuq va ziddiyatlar.
Download 172 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish