Xalq ta’LIMI VAZIRLIGI NAMANGAN VILOYATI xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi tillarni o’qitish metodikasi kafedrasi Muxitdinova Barno Qodirjonova Mavzu



Download 73,37 Kb.
Sana27.11.2019
Hajmi73,37 Kb.
#27397
Bog'liq
World and climate

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI


NAMANGAN VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI

Tillarni o’qitish metodikasi kafedrasi
Muxitdinova Barno Qodirjonova
Mavzu: 6-sinfda the world and climate mavzusini savol javob metodi o’rqali o’tish
MALAKA ISHI
Kafedra mudiri: L. Kozlova

Ilmiy rahbar B.Jafarov


Namangan —2019 Noyabr


Reja: Kirish………………………………………………………….………..............…..3

Asosiy qism:

1. 6-sinf o’quvchilariga tabiatni muhofaza qilish tushunchasini singdirish …………7

2. Chet tilini savol javob metodi orqali o’qitishning effektivligi ……………..........12

3. “World and climate” mavzusiga doir dars ishlanma va so’z iboralari…...............16



Xulosa va tavsiyalar……………………………………..…...........................……19

Adabiyotlar………………………………………………………....…..….....……25

Ilovalar

Kirish

Mavzuning dolzarbligi:

Paolo Freire ta’kidlashicha faqatgina o’zaro aloqa orqaligina odamlar hayoti mazmunli bo'ladi.1 (1993) Til aloqa birligi bo'lib, tilni yaxshi bilganlar chet elga sayohat qilish, o'qish va ishlash uchun chiqadiganlar uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega.

O‘zbekiston Respublikasida ta’limning barcha bosqichlarida chet tilini o‘qitishning asosiy maqsadi o‘rganuvchilarning ko‘p madaniyatli dunyoda kundalik, ilmiy va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi uchun chet tilida kommunikativ kompetenstiyasini shakllantirishdan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-maydagi 124-sonli qarori bilan “Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standartlari” tasdiqlandi.2 Har bir mamlakatning buguni va kelajagi ko'p jihatdan mamlakatda ta'lim tizimi qanchalik rivojlanganligiga bog'liq. Darhaqiqat, vatan taraqqiyoti va millatning kelajagi yigit-qizlarning etukligi bilan chambarchas bog'liqdir. Shu ma'noda, uzluksiz ta'lim bu chuqur yaxlit ta'lim demakdir shu orqali biz tegishli mutaxassislarni tayyorlaymizsh va o'qitishning turli usullari va yondashuvlarining kombinatsiyasini ishlab chiqamiz.

Taraqqiyot yo‘limizning ajralmas tarkibiy qismi sanalgan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy sohalardagi rivojlanishni ta’minlayotgan asosiy omillardan biri sifatida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Mazkur hujjatlarda, birinchi navbatda, inson manfaatlari ustuvorligi, uning zamon talablariga mos holda ortib borayotgan ehtiyoj va qiziqishlari, imkoniyatlarini to‘liq yuzaga chiqarish hamda amalga oshirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish belgilab qo‘yilgan. Mamlakatimizda inson kapitaliga yo‘naltirilayotgan investistiyalarning yildan-yilga o‘sib borishi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadallik bilan rivojlanayotgan, globallashuv, dunyo bozorida raqobat tobora kuchayib borayotgan bir davrda, demokratik taraqqiyot, modernizatsiya va yangilanish borasida belgilangan maqsadlarga erishishda eng muhim qadriyat va hal qiluvshi kuch bo‘lgan bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash muhim omil bo‘lmoqda.Ta’lim tizimida o‘quvchilarning nafaqat keng bilim va professional malakalarni egallashi, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or uslublarini joriy etish yo‘li bilan, o‘sib kelayotgan yosh avlodga chet tillarni o‘qitish, shu tillarda erkin muloqot qila oladigan mutaxassislarni tayyorlash hamda buning negizida, ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlaridan keng ko‘lamda foydalanishlari, ulkan intellektual boylikni egallashlariga katta imkoniyatlar yaratiladi.

Hozirgi kunda sodir bo’layotgan o’zgarishlar ta’lim tizimidagi ijobiy o’zgarishlarni o’zida aks etmoqda. Har bir ta’lim tizimifa bog’liq bo’lgan maktab, litsey va kollejlarda ta’lim sifatiga e’tibor qaratilgan. Respublika bo’ylab maxsus Temuriylar maktabi, ichki ishlar va mudofaa vazirligiga qarashli litseylar joriy qilinganligi bundan tashqari viloyatimizdagi Ibrat maktabi bunga yorqin misol bo’ladi. Ta’lim tizimiga davlatimiz tomonidan alohida e’tibor qaratilishi O’zbekistaon kelajagi bo’lmish yoshlarni yuksak cho’qqi va marralarni zabt etishiga yordam beradi deb o’layman.

Ko'p yillar davomida tilshunoslar va til o'qituvchilari til o'rganuvchilarning ehtiyojlarini to'liq qondiradigan va o'quv jarayonini oson, yoqimli va samarali natijalar beradigan eng yaxshi yondashuvlar va usullarni qidirishgan. Mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga integrastiyalashuvi, fan texnika va texnologiyaning rivojlanishi yosh avlodning ko‘p madaniyatli dunyoda raqobatbardosh bo‘lishi bir necha chet tillarni mukammal egallashni taqozo etadi, bu esa O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga chet tillarni o‘rgatish bo‘yicha xalqaro standartlarni joriy etish orqali ta’minlanadi.

Yevropa Kengashining “Chet tilni egallashning umumyevropa kompetensiyalari: o‘rganish, o‘qitish, baholash” to‘g‘risidagi hujjati (CEFR) umume’tirof etilgan xalqaro me’yorlardan biridir. 3Ushbu hujjatning ayrim holatlarini nazarda tutgan holda O‘zbekiston Respublikasining uzluksiz ta’lim tizimida chet tillarni o‘rganish bo‘yicha yangi Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturi ishlab chiqildi. Chet tilini o’qitishda og’zaki nutqni rivojlantirish muhim va dolzarb xisoblanadi. Sababi til o’rganuvchi birinchi bo’lib, qaerga bormasin horijliklar bilan muloqot og’zaki nutq orqali amalga oshiradi. Og’zaki nutqni rivojlantirishda esa savol javob metodikasining roli muhim ahamiyat kasb etadi. Savol berish va javob bera olish uchun esa til o’rganuvchi ma’lum grammatik savodhonligiga va leksik til boyligiga ega bo’lishi lozim. Til o’rganuvchi world and climate mavzusida gapira olish qobiliyati savol va javob metodi orqali o‘rgatiladi. Chet tilda o‘rganiladigan lisoniy (leksik, grammatik, talaffuzdagi) birlikda lingvomadaniy xususiyatlar tajassum topgan va nutqiy jarayon (diskurs)da ularga o‘quvchi e’tibori qaratiladi. Mazkur metodik qoida doirasida chet til o‘qitish maqsadi va mazmuni belgilanadi.

Maqsad deganda, chet tili o‘rgatish va o‘rganishning ongli tarzda rejalashtirilgan natijasi ko‘zda tutiladi. O‘qitish sharoitidan kelib chiqib, muayyan maqsad qo‘yiladi. Sharoit tushunshasi qamroviga o‘quv muassasasi turi (maktab), o‘quvchining psixologik (yosh) xususiyati, til tajribasi, o‘quv predmetiga ajratiladigan vaqt (dars soatlari) kiradi.

O‘qitish mazmuni jahonda e’tirof etilgan didaktik ta’limotga binoan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z ichiga oladi. Chet tilni amaliy o‘rganishda lingvistik nazariy bilimlar umuman bayon etilmaydi. Bilim til materialini bilish (ko‘nikma) va uni o‘zlashtirishda yuz beradigan qiyinchiliklarni oddiy so‘zlar bilan sodda tilda tuchuntirish, ya’ni xatolarning oldini olishga qaratilgan ko‘rsatma ma’nosini bildiradi.



Ta’lim mazmunining komponentlaridan til materiali o‘rganish chet til tizimidan minimum sifatida tanlab olinadi (o‘quvchi uchun u lisoniy maksimum hisoblanadi). Minimum til o‘rgatish uchun zarur va etarli bo’lishi kerak. Tanlangan minimumdagi lisoniy birliklarni o‘zlashtirishda qiyinchilik tug‘diradigan qismigina til materialining o‘rgatish mazmunini tashkil etadi va o‘quv dasturidan o‘rin oladi.

Tadqiqotning o’rganganlik darajasi. Hozirgi kunda til bilgan el biladi maqoli davrimiz talabiga hamohangdir. Savol-javob orqali tilni o’qitish darajasi ancha yildan beri tilsunos va metodistlar yordamida o’rganilib borilgan. Savol-javob metodi eng dolzarb va muhim mavzulardan biri hisoblanadi zero bu ko’nikmalarga ega bo’lgan shaxs horijiy tilde muloqot o’rnata oladi. (V. Gumboldt, R. Freire, J. Harmer, V. G. Kostomarov, T. D. Tomaxin, V. A. Maslova).

Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Malakaviy ishining ilmiy yangiliki shundaki, umumta’lim va o’rta maxsus ta’limda 6- sinf o’quvchilarida ingliz tili darsida “World and climate” mavzusi orqali o’quvchilar nafaqatgi ingliz tilida savo-javob qila olish imkoniyatiga ega bo’ladi balki shu dars orqali tabiatga nisbatan mehr va uni muhofaza qilishni dars jarayonida o’rganadi.

Tadqiqotning amaliy ahamiyati. 6- sinf o’quvchilarini dars jarayonida tili o’rganilayotgan mamlakatning klimati yani ob-havosi bilan tanishtirish metodikasi.

Tadqiqot predmeti: 6- sinf o’quvchilarini dars jarayonida tili o’rganilayotgan mamlakatda world and climate mavzusiga doir yangi so’z va iboralar bilan tanishtirish va ularni savol-javob metodikasi orqali dars davomida qo’llash.

Tadqiqot obekti: 6- sinf o’quvchilarini dars jarayonida savol-javob metodlarini o’tkazish jarayoni

Tadqiqotning tuzilishi va tarkibiy qismlari. Malakaviy ishi kirish, asosiy qism, umumiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.



  1. 6-sinf o’quvchilariga tabiatni muhofaza qilish tushunchasini singdirish

Global iqtisodiy o’zgarishlar bilan birga bizning davlatimiz O’zbekistonning ta’lim tizimiga oxirgi 15 yil ichida bir qator ijobiy o’zgarishlar kiritildi. Ayni paytda ingliz tilini o’qitishda CEFR Umum Yevropa standartlarini milliy ta’lim tizimiga moslashtirish orqali o’tilmoqda. Bu jarayon ingliz tilini o’qitishdagi ko’plab vujudga keladigan to’siqlarni bosib o’tishda o’ziga yarasha ko’mak vazifasini o’tamoqda va shu orqali ko’plab samarali natijalarga erishilmoqda. Richards va Rodjerslar til haqida quyidagicha mulohaza yurutishgan: «Til va muloqot til so'zlovchining maqsadini muloqot qilish orqali yetkaza olishi uchun xizmat qilishi kerak va shu ma'noda ular bir-biri bilan o'zaro bog'liqdir»4 (2014). Chunki so’zlovchi va tinglovchi o’rtasidagi muloqot jarayonida til asosiy ko’prik vazifasini bajaradi. Agar suhbatdoshlar chet tilini bilishsa va unda muloqot qilish imkoniyatiga ega bo’lishsa bu holatda so’zlashuvchi maqsadli xabarni tinglovchiga samarali yetkaza oladi va tinglovchi xabarni tushunib anglaydi.

Shubhasiz, atrof-muhit muammolari zamonamizning eng dolzarb muammolaridan biridir. Shuning uchun bizning insoniy burchimiz mamlakatimizda biologik xilma-xillikni saqlab qolish, tabiatni saqlab qolish va himoya qilish, unga zarar bermaslik va bu sohada tadqiqotlar o'tkazishdir. Ta'lim tizimi yoshlarni tabiat va atrof-muhit kabi qadriyatlarga o'rgatadigan model sifatida xizmat qilishi kerak. Biz o’qituvchilarning asosiy vazifasi bu atrof muhitni qadrlash tushunchasini kelajak avlodga singdirishdir.

O‘zbekiston tabiati... Uning hashamatli tog‘lari, zilol suvlari, salqin havosi, chechaklar ifori ufurib turgan havosidan necha asrlardan buyon shoiru-yozuvchilar bahramand bo’lib, bu go’zal tarannum etuvchi tabiatimizni o’z ijodlarida aks ettirishgan. Ammo so‘nggi yillarda tog‘ yonbag‘irlariga dam olgani chiqqan kishi tabiatdan zavq olish o‘rniga soy bo‘ylarida, qir yonbag‘irlarida, daraxtlar tagida sochilib yotgan chiqindilarni ko‘rib, kayfiyati buziladi. Bu hodisa nafaqat O’zbekistonda, balki dunyon bo’ylab sodir bo’layotgan ayanchli jarayondir.

Yapon yozuvchisi Xirosi Noma: "Mabodo kelgusida yerda hayot tamom bo‘lsa, u atom urushidan emas, suv yetishmasligidan bo‘ladi", - deb aytgan edi. Shuning uchun suvni toza saqlash choralarini ko‘ra olsak, kelgusida yerdagi hayotni saqlagan, xalqimizning sog‘lom va farovon turmush kechirishini ta'minlagan bo‘lamiz; uyda elektr chiroqlarni o’chirib yurishga o‘rganing. Zero, issiqlik va yorug‘likni tejash orqali biz havoning global isish muammosining oldini olishga oz bo‘lsa-da, o‘z hissamizni qo‘shgan bo‘lamiz. Bundan tashqari, farzandingizning o‘zi foydalanmayotgan narsalarni o‘chirib qo‘yishi, oilaviy byudjetingizga ham yordam beradi. Uyingizda xonaki gullar o‘stiring. Ularni farzandingiz bilan birga parvarishlang. Bolaga gullarning xona havosini tozalashdagi ahamiyati, ulardan olinajak estetik zavq haqida so‘zlab bering. Nafaqat tabiat qo‘yniga chiqqanda o‘simliklar va hayvonot dunyosini asrashni, balki uyda, mahallada, bog‘chada, maktabda ham bolalaringizni o‘zganing mehnatini qadrlash, yashayotgan, o‘qiyotgan joyini toza tutish va ularga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga o‘rgating. Hovlida yoki pod'ezd oldida turgan siniq kursini, bolalar arg‘imchog‘ini farzandingiz bilan birga tuzating. Bahorda uyingiz atrofini bolalar bilan birgalikda obodonlashtirib gullar eking, daraxt ko‘chatlarini o‘tqazing. Bunda bola ham turli asboblar bilan ishlash ko‘nikmasini o‘rganadi. Sizning "ehtiyot qilish, sindirmaslik va chiqindilar tashlamaslik" haqidagi pand-nasihatlaringiz esa yoshlar uchun amaliy saboqqa aylanadi. Bugun biz ekologik madaniyat haqida ko‘p gapirayapmiz. Ammo tarbiyani o‘zimizdan boshlamas ekanmiz, so‘zlar havoda muallaq qolib ketaveradi, atrof-muhit esa ifloslanishda davom etadi.

Biz yoshlarimiz va o'quvchilarimiz uchun mas'ulmiz va bu masalani ahamiyati va dolzarbligini ta’kidlashimiz juda muhimdir. Avvalo, talabalarda ona tabiat va Vatanga nisbatan muhabbat ruhini tarbiyalash va rivojlantirish kerak. Shundan so'ng o’quvchilar Vatan va tabiat tushunchalari o'rtasidagi uzviy aloqani his etadilar.

Oddiy misol: toza havo, suv va quyosh nurlari dunyodagi barcha dori-darmonlardan ko'ra yaxshiroqdir va ularni iste'mol qilsak, sog'lom hayot kechirishimiz mumkin. Tabiatni ona bilan taqqoslash mumkin. Tabiat buyuk kuch, inoyat va yaxshi ta'limotga ega bo'lgan onalarimiz kabi, bir xil kuch va qobiliyatga ega.

Ayni paytda asosiy fojeamiz bo’lgan Orol muammosi xalqaro muammolardan biridir, shuningdek Pop tumanlari va viloyatimiz boshqa tumanlarida suv tarkibida uran moddasi borligi ham ikkinchi asosiy muammolardandir. O’quvchilarga bu mavzular yuzasidan darslar o’tib berib, filmlar qo’yib bersak bu muammolar naqadar dolzarbligini ular tushunib yetadilar. Dars davomida o’quvchilarga vazifa qilib uzoq muddatli proyektlar ham tuzilsa bo’ladi. Bu proyekt ishlarida o’quvchilar ma’lumot to’plashadi. Har bir olayotgan ma’lumotlari orqali farzandlarimiz tabiat haqidagi qimmatbaho bilimga ega bo’ladilar va ularda atrof-muhitga nisbatan mehr uyg’onadi. O’zlarini olgan foto sur’atlari, internetdan yuklab olgan video filmlari va global tabiatni muhofaza qiluvchi tashkilotlar “Green peace”, “Ecosan” haqidagi ma’lumotar bunga yaqqol misol bo’ladi. Global harakatlarni vujudga keltirgan shvetsiyalik qizaloq Greta Thunerg 5 butun dunyo ta’n olgan iqlim o’zgarishi bo’yicha ekologik faol qizaloq hisoblanadi. Bu atrof muhitni muhofaza qiluvchi targ’ibotchi faol qizaloq butun dunyo bolajonlari uchun yaqqol misol bo’ladi. Sababi u maktabda o’rgangan ekologik bilimlarini dunyo bo’ylab yetkazishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi. Bu qizaloqni qo’llab quvvatlash maqsadida butun Yevropa bo’ylab 20000 dan ortiq maktab o’quvchilarini atrof muhitni himoya qilish maqsadida davlat parlamentlari oldida katta namoyishlar o’tkazishdi. Greta UNICEF, UNCAS tashkilotlari va Amerika, Kanada bo’ylab tabiatni asrash dasturi bo’yicha tushuntirish ishlari olib bordi. Ayni paytda katta kompaniya va korporatsiyalarga ekologik muhofaza haqida bilimlarni targ’ibot qilmoqda.

Yuqoridagi misollarni inobatga olgan holda ta’lim jarayonida tabiatni muhofaza qilish bo’yicha bilimlarni berish zarur.



Amaliy maqsadi: Til o’rganuvchi dars jarayonida atrof muhitga doir so’z va iboralarni ingliz tilida o’rganadi va ma’lumotlarni ham ingliz tilida to’playdi. Talaba poster prezentatsiyasi, flashcard, PPT, ma’ruza yoki insholar yozishi mumkin. Bunday darsni “Yer kuni” 22 aprelgacha asta sekinlik bilan tayyorlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Sababi o’quvchi shu davr ichida xonada gullarni parvarishlash, atrofni ozoda tutish, daraxtlarni ekish kislorodni ahamiyati haqidagi mavzulari haqida bilimga ega bo’lib boradi. O’quvchilarda vataniga, atrof muhitga nisbatan mehr oshib boradi. O’quvchilar o’zlari amaliyotda dunyo va iqlim haqidagi mavzularni amaliyotda qo’llashadi.

Madaniy (Tarbiyaviy) maqsadi: Atrof muhit va iqlim haqida tasavvurlar til o’rganuvchilar uchun juda muhim, chunki shu bilim orqali o’quvchilar Yevropa madaniyati haqida ma’lumotga ega bo’lishadi, u yerda tabiatni muhofaza qiluvchi tashkilotlarni sa’yi-haraktalari haqida bilimga ega bo’lishadi. Millatlar haqida ma’lumot olish va boshqa millat vakillarini hurmat qilish esa tarbiyaviy maqsadimizning ajralmas qismidir. Tarbiyaviy jihatdan shuningdek atrof muhitdagi har bir daraxt, novda, qush va hayvonot olamini qadrlash bizning asosiy burchimizdir. Sababi, atrofimizdagi olamsiz hayot biz uchun batamom tugaydi va odamzodni qirilishiga olib keladi. Shuningdek, til o’rganubchi davlat madaniyati haqida ham o’quvchilarimiz bilimga ega bo’ladi. Ob-havoning Angliyada naqadar dolzarb mavzuligini u yerni iqlimini o’rganganida talabalar tushunisha boshlashadi. Bunday ma’lumot bilan kelajakda shu mamalakatga sayohat qilishganda ob-havo haqida savol va javoblarni berib muloqot qilishni boshlashadi. Natijada maktabda olingan bilim o’quvchilarga kelajakda yordam beradi.

Ta’limiy maqsadi: Atrof muhit va tabiat haqidagi ma’lumotlarni didaktik bilim olish orqali o’rganishadi. Savol-javoblar bunday metodikada asosiy ro’l o’ynaydi. Avvalo o’quvchilarni so’z boyligi oshiriladi, har xil tabiatga taalluqli bo’lgan iboralar o’rgatiladi. Shularga doir qisqa metrajli video roliklar qo’yib beriladi. Talabalar Brain ring, quiz va savol-javoblar orqali olgan bilimlarini mustahkamlab oshirishlari mumkin bo’ladi. O’quvchilar o’zlari mavzuga doir savollarni tuzib kelishsa har bir tuzgan savollari yuzasidan bilimlari mustahkamlanadi. Har bir savol tuzish uchun izlangan axborotni ular qaytadan ko’rib chiqishadi va ingliz tilida shu mavzuga doir savol tuzishadi. Natijada o’quvchilar mavzu bo’yicha olingan bilimlari mustahkam bo’ladi.

Rivojlantruvchi maqsad: Til o’rganuvchi dars paytida va darsdan tashqari o’zi yoki tengdoshari bilan mustaqil izlanadi. Har bir darsga tayyorgarlik qilishni o’zi bolani shaxsiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. O’quvchi yon-atrofida sodir bo’layotgan yangiliklar, muammo va yechimlar haqida o’ylanadi va bunday hodisa tinglovchilarimizni ham ma’nan ham aqlan rivojlantiradi. Rivojlanish bosqichida o’quvchi qancha ko’p o’zining yoshiga kerakli va qiziqishiga doir ma’lumotlarni olsa, shunchalik darajada aqli teran bolib ulg’ayadi. Atrof-muhit haqidagi bilimlar esa farzandlarimizni kelakak haqida qayg’urishga va g’amxo’rlik qilishga o’rgatadi. Ular o’z fikrlarini nafaqat o’zbek tilida balki ingliz tilida bemalol bayon qilishni boshlashadi. Bu rivojlantiruvchi maqsad o’quvchilarimizni kelajakda O’zbekistonni ravnaqi va istiqbolini o’ylaydigan haqiqiy farzandlar bo’lishiga ishontiradi.


  1. Chet tilini savol-javob metodi orqali o’qitishning effektivligi

Hozirgi kunda ingliz tilini o’qitishda jahon tajribasidan kelib chiqqan holda qator innovatsion metodikalar vujudga keldi. Pedagog va lingvistlar zamonaviy, innovatsion metodlar orqali til ko’nikmalarini yangi usullar orqali til o’rganuvchilarga qo’llashmoqda. Xilma xil o’yinlar, brainstorming, case study, project-based learning va kommunikativ til o’qitish metodikalari orqali talabalar til o’rganishda o’zlarida motivatsiya sezishyapti va shu orqali ularda tilga nisbatan qiziqish yanada ortib bormoqda.

Bugungi kunda insonni shaxs sifatida - uning ongi, ma'naviyati, madaniyati, axloqi, shuningdek, yuqori darajada rivojlangan intellekt va intellektual salohiyatiga ko'proq e'tibor qaratilmoqda. Shuning uchun o'qituvchi bir nechta muammolarga duch keladi: o'quvchilarni chet tilini o'rganishga doimiy qiziqishlarini qanday saqlash, o'quv jarayonini tarkibiy qismi sifatida talabalarning faoliyatini kommunikativ yo'nalishga yo'naltirish, bolalarda til o'rganish uchun faol motivatsiyani yaratish va ushlab turish uchun nima qilish kerak? Ushbu muammolar ma'lum darajada maktabdan tashqari mashg'ulotlarni yechishga yordam beradi deb o'ylayman. Chet tilidagi darsdan tashqari ishlar ularning mazmuni va maqsadi bo'yicha turli muammolarni (amaliy, o'quv, tarbiyaviy) yechishga yordam beradi, talabalarni foydali faoliyat bilan tanishtirishga, ma'naviy fazilatlarini rivojlantirishga yordam beradi.

Bir tomondan, o'qituvchi tomonidan sinfdan tashqarida olib boriladigan ishlar talabalarning muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirish, mavzu bo'yicha bilimlarni chuqurlashtirish, shaxslararo munosabatlarni mustahkamlash, o'quvchilarning so'z boyligini kengaytirish va o'rganilayotgan til mamlakatlari to'g'risida qo'shimcha lingvistik va geografik ma'lumot olishga qaratilgan. Albatta, ingliz tili o'qituvchisi tomonidan olib boriladigan darsdan tashqari ishlar chet tilini o'rganishga bo'lgan qiziqishni oshirishga hissa qo'shishi kerak. Motivatsiya talabalar faoliyati bilan uzviy bog'liqdir. Faoliyat muayyan sharoitlarda sodir bo'ladi. Talaba ingliz tilini o'rganish zarurligini his qilishi va ushbu ehtiyojni qondirish uchun zarur shart-sharoitlarga ega bo'lishi kerak. Talabaning qiziqishi uning tilni puxta egallashiga bog'liq. Va agar talaba tilni o'zlashtirishda ma'lum yutuqlarga erishganini ko'rsa, uni qiziqish bilan o'rganadi.

Boshqa tomondan, o'qituvchi talabalar bilan yanada yaqinroq va do'stona aloqa o'rnatish imkoniyatiga ega bo'ladi, bu esa muloqotdagi qiyinchiliklarni bartaraf qiladi, talabalarning ijodiy faoliyatini faollashtirishga yordam beradi. O'quvchilarning darsdan tashqari mashg'ulotlarda erishgan yutuqlari ularga o'zlarini tasdiqlashga yordam beradi. Muvaffaqiyat, o'zini o'zi tasdiqlash, yutuqlarni targ'ib qilish talabalarni xorijiy tilda o'quv va sinfdan tashqari mashg'ulotlarga yanada rag'batlantirish uchun zarur shartdir.

Va albatta, darsdan tashqari ishlar o'qituvchiga talabalardagi bo'shliqlarni bartaraf etishga yordam beradi, ba'zida vaqt etishmasligi sababli sinfda bardosh bera olmaydilar. Darhaqiqat, agar o'qituvchi darsda ma'lum miqdordagi yangi materialni o'tkazmasa, o'quv yilining oxiriga kelib, hatto to'g'ri rejalashtirishni tuzatish bilan ham, o'tmagan barcha materiallarni yig’ish juda qiyin bo'ladi. Maktabdan tashqari mashg'ulotlarni to'g'ri rejalashtirish muammoli masalalarni bemalol va qiziqarli ravishda hal qilish imkoniyatini beradi. Dastur mavzulariga yaqin bo'lgan darsdan tashqari mashg'ulotlar uchun material tanlab, o'qituvchi shu tariqa dars va o'quvchilarning darsdan tashqari mashg'ulotlarining uzluksizligini ta'minlaydi.

Sinfdan tashqari ishlar juda katta (ko'p sonli talabalar jalb qilinishi mumkin), arzon, qiziqarli va o'rganilayotgan tilda aloqaning haqiqiy sharoitlariga imkon qadar yaqin. Faoliyatni mazmunli va qiziqarli shaklda o'tkazish til va ijtimoiy-madaniy barkamollikni rivojlantirish, talabalarning shaxsiy fazilatlarini shakllantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi. Shu bilan birga, ushbu muammolarning barchasini hal qilish uchun shaxsga yo'naltirilgan ta'lim tamoyillari asosida tadbirlarni tashkil etish juda muhimdir.

Maktabdan tashqari mashg'ulotlarning turli shakllari orasida, yosh o'quvchilar uchun eng ma'qul bo'lgan - bu matinlar, viktorinalar, tanlovlar va, albatta, chet tili haftalari. Haftani tayyorlashda o'qituvchi turli janrlarni: she'rlar, qo'shiqlar, dramalar, ertaklar, dialoglarni hisobga olishi kerak. Bu talabalarga sinfdoshlariga, o'qituvchilariga, ota-onalariga ijodiy qobiliyatlarini to'liq ochib beradigan va qilayotgan ishlaridan qoniqish hosil qiladigan sohada o'z mahoratini namoyish etish imkoniyatini beradi.

Har qanday darsdan tashqari mashg'ulotlarni o'tkazish bu o'qituvchi tomonidan e'lon qilingan rejani amalga oshirishdir. O'qituvchining hozirgi talabalar faoliyatini tashkillashtiruvchi rolini inobatga olgan holda, rejalashtirish qobiliyati eng muhimlaridan biri hisoblanadi, chunki bu tadbirni o'quvchilarining yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda tayyorlash kerak. Bunday holda, tadbirni rejalashtirayotganda, o'qituvchi o'z o'quvchilarining xohish-istaklarini va manfaatlarini e'tiborga olishi kerak.

Buning uchun tegishli ingliz tili bo’yicha mutaxassislik bilimlari talab etiladi (til bilimlari, madaniy bilimlar, metodik va didaktik kompetentsiyalar). Bunda ma'lum fanlararo bilim va tajribalar ham ahamiyat kasb etadi. Bular jumlasiga quyidagilar kiradi:

muloqot qilish istagi;

madaniyatlararo muloqot yuritish qobiliyati va unga bo’lgan hohish;

tahlily, muammolar yechimiga yo’naltirilgan fikr yuritish qobiliyati;

o’quv strategiyalarini aniqlash, ularni yetkazib berish va qo’llash kompetentsiyasi;

umri davomida o’rganishni o’zi va barcha o’quvchilar uchun printsip darajasiga chiqarish;

tafakkur va ta'lim sohasidagi yangi qarashlarga nisbatan ochiqko’ngillikni rivojlantirish;

bolalar hamda hamkasblar bilan inoq va samarali hamkorlik qilish qobiliyati;

axborot texnologiyalaridan foydalanish kompetentsiyasini doimiy tarzda rivojlantirib borish;

O’qituvchining til bilish mahorati fonetik, ohang va ifoda jihatidan ham bolalarga o’rnak bo’lishi kerak. O’qituvchining vazifasi o’quvchini nafaqat yangi til dunyosiga yetaklashdan iborat, balki u bolani ehtiyotkorlik bilan tili o’rganilayotgan xalqning madaniyatiga ham olib kirishi lozimdir.

Til o’qitish jarayonida o’qituvchining roli juda muhim xisoblanadi. Zero, o’qituvchi nafaqat til ko’nikmalarini talabalarga singdiradi balki til o’rganish jarayonida mayoq vazifasini bajaradi. O’qituvchi har bir darsda talabalarni yo’naltiradi ularga har bir vazifa bo’yicha tushuntirishlar olib boradi. Til o’rganuvchi o’quvchining asosiy vazifasi dars mobaynida o’qituvchi tushuntirayotgan qoidalarni yaxshilab sinchiklab tushunish va dars jarayonida olgan bilimini to’g’ri qo’llash. Savol-javob metodi hozirgi kunda an’anaviy metodlar biri bo’lib, bu metod orqali o’qituvchi til o’rganuvchilar bilimini ham tekshirishi shu bilan birga mustahkamlashi ham mumkin bo’ladi. Savol-javob metodikasiga kiruvchi har hil mashg’ulotlar ya’ni, dars harakatlari mavjud. Ulardan eng ko’p qo’llaniladiganlari quyidagilar:


  1. Butun sinfga beriladigan savol-javob

  2. Individual tarzda beriladigan savol-javob

  3. O’quvchilar o’zaro bir birlariga berishadigan savol-javoblari

  4. True-false savollari

  5. Yes and No javoblari

  6. Brain ring

  7. Who wants to be a millionaire?

  8. Pantomima savoli

  9. Give me definition

  10. What’s news today?

Yuqorida berilgan activity va uyinlar savol-javob metodining eng ko’p qo’llanidan uyin va harakatli mashqlar bo’lib, o’quvchilarni doimo darsda faol bo’lishlariga yordam beradi. Savol-javob metodining asosiy maqsadi til o’rganuvchilarni o’zaki mutqini rivojlantirish va shuningdek o’quvchilarning fikrlash va tanqidiy fikrlashini rivojlantirish.

Chеt tilini o‘qitishda eng samarali yondashuvlar qatorida axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalari vositasida, masofaviy ta’limda til o‘rgatish mеtodikalarini ko‘rsatish mumkin. Kompyutеr tеxnologiyalari, ayniqsa, Intеrnеtdan foydalanib, til o‘rganishda juda kеng imkoniyatlar mavjud. Ular quyiidagilarda namoyon bo‘ladi:

1) chеt tilida og‘zaki munosabatlar bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlari va malakalaridan amaliyotda faol foydalanib, olgan til matеriallaridan faqat o‘zining nutqida emas, balki Intеrnеt orqali tanishgan suhbatdoshi nutqini tushunishda ham foydalanishga o‘rganish;

2) o‘zlashtirgan nutqiy bilimlarini munosabatning o‘zgaruvchan vaziyatlariga ko‘chirish moslashuvchan ko‘nikmasini shakllantirish;

3) norasmiy muloqot shaklida amalga oshiriladigan suhbatni uyushtirishga, so‘zlashishni o‘rganishga nisbatan kuchli, darhol yuzaga kеladigan motivatsiyani va haqiqatga yaqin munosabat motivatsiyasini yaratish;

4) psixologik to‘siqlarni yеngish, xususan, chеt tilida so‘zlashishdan va xatoga yo‘l qo‘yishdan cho‘chish, to‘sig‘ini hamda ichki va tashqi tortinish hamda uyalish hissini yo‘qotish;

5) ta’lim sifatining yuqori darajaga ko‘tarilishi va darhol natijaliligi; mashg‘ulotlar ikkinchi mashqidayoq, foydalanuvchilar asosiy o‘quv matnida bеrilgan nutqiy qolipda o‘rganayotgan chеt tilida so‘zlasha boshlaydilar; matn ta’sir ko‘rsatish suggеstiv vositalaridan (shu jumladan, xotiraga kiritish) foydalanilib, mashg‘ulotlar birinchi mashqdayoq e’tiborga olinadi;

6) ko‘p sonli nutqiy, yuksak va grammatik birliklarni taqdim etish va o‘zlashtirish; bir taqdim etishda 150-200 yangi so‘zlar, 30-50 nutqiy namunalar va bir nеcha odatiy nutqiy hodisalar kiritiladi va o‘zlashtiriladi.




  1. World and climate” mavzusiga doir dars ishlanma va so’z iboralari

The aim of the lesson:

Educational: - According to the lesson’s educational purpose, to improve pupils’ personal qualities like behavior, education etc. to improve pupils’ ideal-political knowledge, to form their developing skills and abilities.

Developing: According to the lesson’s educational purpose, to develop pupils’ personal skills, English learning, motivational skills, to develop pupils’ self-educational skills, analyzing and systematizing skills of knowledge, to develop to report own ideas, communicative skills.

Linguistic competence: At the end of the lesson pupils will be able to speak about popular jobs in their country, -use ‘to be going to’, - write an essay about “What we are doing to protect our environment” in English

Sociolinguistic competence: - to enable pupils to choose needed lexical units in an appropriate form

Pragmatic competence: - to enable pupils to find and use learnt materials in different situations

Equipments: “English” pupil’s book 10, handouts, DVD, technical aids, a blackboard and a piece of chalk.

Procedure of the lesson:

I. Organizing moment: Greeting.

1. Who is on duty today?

2. The pupil on duty, give your report, please.

II. Asking homework:

- Check for homework given on previous lesson.

Ask pupils all new words learnt on previous lesson.

Brainstorming: Teacher writes on the blackboard the word environment and then students will try to find out as many related words as possible. For instance: nature, clean water, surrounding, climate, preserving the nature, global world, keep clean, pollution, air, mountains, rivers and animals.

Main part of the lesson 25min:

Activity 1. Ask pupils to look at the questions and check their grammar modal verbs: must and have to

Then teacher shows flashcards with the words and explanations on them related to the topic.

Pre-watching activity:

Protection of the environment, mother nature, global warming, climate change, air pollution, trash, keep clean, care about nature and etc.. Teacher and students read out and repeat the words and word espressions then teacher shows a short film on “World and climate”

While watching activities:

Students will watch and listen to the film and then fill in the gaps of the given passage. The passage is on the same topic so it will not be difficult for student to write down the missed words.

After watching activities:

Activity 2. Students will be given cards with questions on them. Each question related to the topic. There are about 10 questions:



  1. What is air pollution?

  2. What is climate change?

  3. What can we do to protect our environment?

  4. What the heroes must do to keep the water clean?

  5. Why the activists care about the nature?

  6. Why the activists worried about global warming?

  7. What do you want to do to preserve our environment?

  8. Why the world of animals is not happy with human beings?

  9. Why do you want to keep our environment clean from the trashes?

  10. What is the reason that Greta worries about climate change?

Students will be given 5 minutes to find an answer to the question. The above given questions are vital for students to think critically over them. Students will work in pairs and will discuss their question. Then they will write their cooperative respond on a piece of paper using modal verbs have to and must. Possible answers:

  1. Everyone should care about nature and environment around us.

  2. We should keep our environment clean

  3. We must keep clean our school yard and do not toss the rubbish everywhere

  4. I must make a research on climate change

Afterwards everyone will read out their respond so that everyone will understand the questions and responds.

Activity 3 Make your own diary for a week.

Ask pupils to write their own diaries with their own activities for a week in order to prevent the surroundings around them.

Activity 4 Ask your partner to tell what he/she wrote about their plan for a week on preserving environment. Everyone will share their plans with a partner.

Activity 5. Teacher and students will talk about project work which will continue for a month. Teacher explains them what the main aim of the project is and what results they are going to have at the end of the project.

At the end of the lesson teacher and students will revise new words and word expressions. Teacher will assess students and put marks on the register. At the end of the lesson teacher will give them homework to read the passage on “Air pollution” and to make up 10 questions for the passage.

«CONFIRM»

Deputy director on educational affairs: ____________________________



Xulosa va tavsiyalar

Mening ushbu malaka ishim” 6- sinf o’quvchilarida quyidagi mavzu “World and climate” nomlanadi. Malaka ishim Kirish, asosiy qism, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan iborat bo’lib krish qismida Mavzuning dolzarbligi va ahamiyatliligi haqida to’liq ma’lumotlar berilgan.

Malaka ishining asosiy qismi 3 qismlarni o’z ichiga oladi. Ingliz tili fanini rivojlantirishdagi muammolar va ularni bartaraf etish bo’yicha takliflar keltiradigan bo’lsam, xozirgi kunda ingliz tilini o’qitishda bir qancha talablar, muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari mavjuddir.

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida chet tillarini, ayniqsa ingliz tilini o’qitishdagi asosiy muammolar har qanday chet tilini ikkinchi til sifatida o’qitishda kelib chiqishi mumkin bo’lgan muammolar bilan bir hil. Ammo gap maktab o’quvchilari, yosh jihatidan ancha kichik bo’lgan o’rganuvchilar haqida ketganda esa o’rgatish jarayoni bir necha barobarga qiyinlashgandek tuyuladi. Shaxsan men maktabda ishlashdan avval katta yoshli (20-30 yoshlar) o’rganuvchilarga ingliz tilini mustaqil o’rgatuvchi sifatida o’rgatganman. Dars uslubim, tajribam ham katta yoshdagilar bilan ishlashga moslashib ulgurgan bir vaqtda maktabga ishga o’tdim va yosh o’rganuvchilar bilan til topishishim ancha qiyin kechdi. Ularga chet tilini o’rgatishda alohida uslub bilan yondoshish, katta yoshli o’rganuvchilarga nisbatan ko’proq e’tibor qaratish va ingliz tilini o’rgatishning soddalashtirilgan usullarini ishlab chiqish zaruratini sezdim. Shaxsiy tajribam va kuzatishlarim natijasida maktab yoshidagi o’rganuvchilarga ingliz tilini o’qitishda quyidagi asosiy 10 ta muammo eng ko’p uchraydi, degan qarorga keldim:




  1. O’quvchilarning o’qituvchiga haddan ortiq suyanib qolishi.

Men bu holatni guruhlarga bo’linib ishlash jarayonida ham, alohida o’quvchilar bilan ishlash jarayonida ham ko’p kuzatganman. O’quvchilar ba’zi savollarning to’g’ri javoblarini bilmay qolishsa, jim qolgan holatda o’qituvchining to’g’ri javobni aytishini kutadi. Balki bu bolaning o’rganish psixologiyasiga bog’liqdir. Ammo bunday vaziyatlarda menimcha o’qituvchi o’quvchini mustaqil fikrlashga, kerak bo’lsa kitobi yoki daftaridan foydalanib bo’lsa ham javobni mustaqil ravishda topishga undashi to’g’riroq bo’ladi. O’qituvchiga haddan ortiq bog’lanib qolishni hatto to’g’ri javobni bilgan va uni ayta olgan o’quvchilarda ham kuzatish mumkin. Siz savol berasiz, o’quvchi to’g’ri javobni biladi, javobni aytadi, ammo baribir Sizga to’g’ri javobni olish nigohi bilan qaraydi. Bu hatti-harakatni javobning to’g’riligini bilish emas, ko’proq o’z javobiga ishonmaslik hissi, deb hisoblayman. O’quvchilarda bunday holatlarni kamaytirish, imkon qadar ularning mustaqil fikrlashlariga yordamlashish maqsadida har bir ingliz tili o’qituvchisi ularni ruhlantirib turishlari kerak. Ruhlantirish bu vaziyatda juda muhim, chunki u orqali o’quvchida o’ziga ishonch hissi oshadi.

2. Ona tilidan ko’p foydalanish.

Chet tili darslarida to’liq xorijiy tilda gapirib dars o’tishning imkoni yo’q. Balki maktabning katta sinflarida, ayniqsa bitiruvchilar bilan bu yo’sinda dars o’tish mumkindir, ammo yosh o’rganuvchilar bilan o’zbek tilini ishlatmasdan ingliz tilini o’rgatish imkonsiz, deb hisoblayman. Ammo birinchi til (ona tili)ni ham haddan ortiq ko’p ishlatish o’quvchilarning chet tilini o’rganishlariga katta to’siq bo’lishi mumkin. Sinflarda ingliz tili darsi vaqtida o’qituvchining ingliz tili va o’zbek tilidan foydalanib dars o’tishi o’rtasida balans bo’lishi kerak. Ammo bu me’yorni qanday qilib topish mumkin? Agar o’zbek tilida ko’p gapirilsa-yu, ingliz tilida o’quvchilarga yetarlicha gapirilmayotgandek tuyulsa. Aksincha, ingliz tilida ko’p gapirilib, natijada o’quvchilar nima haqida gapirilayotganligiga tushumay qolishsa, ba’zi topshiriqlarni to’liq anglab olisholmasa. Har qanday holatda ham ona tili va ingliz tili o’rtasidagi sinflarda tilning ishlatilish me’yoriga aloqador muammo, menimcha, ko’pchilik o’qituvchilarni o’ylantiradi.

3. Shovqinli, to’polonchi, darsga halal beruvchi o’quvchilar.

Bunday o’quvchilar har qanday darsning buzilishiga sabab bo’lishiga qaramasdan, ingliz tili darslarida bunday o’quvchilarning bo’lishiga birinchi navbatda o’qituvchi va ikkinchi navbatda shu o’quvchini qiziqtira olmagan, yetarlicha jihozlar bilan qurollanmagan dars aybdor. O’zbek tilida o’tiladigan tarix, geografiya kabi fanlarda bunday o’quvchilarning bo’lishini «bola fanga qiziqmapti-da», deb izohlashimiz mumkin bo’lar, ammo faqat ingliz tilida emas. Ingliz tilida bola darsga qiziqishi, fanga qiziqish bilan qarashi uchun eng avvalo u fanni oz bo’lsa ham tushunishi kerak. Tushuntirish faqat og’zaki ma’lumot berish bilan emas, balki ko’rgazmali qurollar, multimedia vositalari asosida bo’lishi juda muhim. Chet tili darlarida o’quvchilarni qiziqtirish, fan ma’lumotlari bilan oz bo’lsada tanishtirish uchun dars imkon qadar rangli rasmlar, chizmalar bilan boyitilishi, tilni bilmagan holda ham o’quvchilar uchun ma’lumotni yetkazib berishda yordam beruvchi multimedia vositalari bilan ta’minlanishi zarur.

4. O’quvchilar o’rtasidagi o’zaro tortishuvlar.

Ba’zan do’stona muhitda o’tayotgan bahs-munozara ham kutilmaganda katta tortishuvga, salbiy ko’rinishga ega bo’lgan janjallarga ham olib borishi mumkin. Bunday holatda faqat ingliz tili darslarida emas, balki har qanday boshqa fan darslarida ham yuz berishiga qaramasdan, bunday holatlarning kelib chiqishida o’quvchilarning fanga yetarli darajada qiziqmasliklari yoki tushunmasliklari sabab bo’ladi. Darsda bo’lishi mumkin bo’lgan bunday salbiy holatlarning oldini olish uchun har bir o’qituvchi yuqorida, 3-muammoda berilgan tavsiyalarga imkon qadar amal qilishga harakat qilishlari zarur.

5. O’quvchilarning topshiriqni to’liq tushunmasliklari.

Ingliz tili darslarida, ona tilidan foydalanishni ham unutib qo’ymagan holda, imkon qadar barcha topshiriqlar ingliz tilida berilishi ma’qul. Ammo o’quvchilar ingliz tilida berilayotgan topshiriqlarga yetarli darajada tushunishmasachi? Tushuntirishning aniq bo’lishi uchun o’qituvchi qo’llar harakati, yuz tuzilishi, mahsus harakatli belgilar asosida o’quvchiga topshiriqni ko’rgazmali tarzda tushuntirishga ham urinishi kerak. Og’zaki+ko’rgazmali tushuntirish har doim ikki barobar yaxshi natija olib keladi.

6. O’quvchilarning zerikib qolishi.

Zerikarli tarzda o’tilayotgan darslarda o’quvchilarning, yoshlaridan qat’iy nazar, tez-tez zerikib qolishlari tabiiy hol. Darslarni yanada qiziqarliroq o’tkazish uchun o’qituvchilar sinfdagi har bir o’quvchi bilan suhbatlashib bo’lsa-da sinf a’zolarining shaxsiy qiziqishlari haqida bilib olishi va sinfning umumiy qiziqishlarini hisobga olgan holda mavzuni tushuntirishga o’tishi kerak.

7. Bitta yoki bir nechta a’lochi o’quvchining doimiy ustunlik qilishi.

A’lochilarning doimiy alochi bo’lishi va ikkichilarning har doim ikkichi bo’lib qolib ketaverishlariga sabab bo’ladigan bu holatga ingliz tili darslarida yo’l qo’ymaslik kerak. Ingliz tili darslarida hamma teng ishtirok etib, hamma teng o’rganishi kerak. Ba’zi boshqalarga nisbatan bilimliroq bo’lgan talabalarga darsda yaxshi baholar, ma’lum darajada ko’proq rag’batlantirishlar berilsa ham, ularga nisbatan sustroq o’zlashtirayotgan yoki darsga toliq qatnashmayotgan o’quvchilarni butunlay unutib qo’ymaslik kerak. Ularni boshqlarga nisbatan ko’proq ruhlantirib, darsda faol qatnashishlariga imkon yaratib berish kerak.

8. O’quvchilarning darsga tayyorlanmay kelishlari.

Bu holatning birinchi sababi o’zlashtirgan dars mavzusiga oid topshiriqning bajarilishini o’qituvchi tomonidan yetarli darajada e’tibor bilan talab qilinmasligida. Agar o’qituvchi har darsning belgilangan qismini faqat o’tilgan mavzu asosida berilgan topshiriqlarni tekshirish uchun sarflasa va bunda sinfdagi hech bir o’quvchi chetda qoldirilmasa, sinfning darsga tayyor holda kelishlari sezilarli darajada oshadi. Darsga tayyorlanmay kelishning ikkinchi sababi o’quvchilarning «tushunmadim» degan sababga ko’ra uyga vazifani bajarishmay kelishlari bo’lishi mumkin. Bunday holatning oldini olish uchun esa har dars so’ngida o’qituvchi uyga vazifani aniq tushuntirishi, har bir o’quvchi tushunganligiga ishonch hosil qilishi va kerak bo’lganda o’quvchilar bilan darsdan keyin olohida ishlash orqali uyga vazifani to’g’ri bajarish haqida ko’rsatmalar berishlari kerak.

1.Hamkorlikda o’qitishning «Birgalikda o’qiymiz» metodi

Hamkorlikda o’qitishning «Birgalikda o’qiymiz» metodi 1987yili Minnesot universiteti professorlari D.Jonson, R.Jonsonlar tomonidan ishlab chiqilgan. Sinf o’quvchilari 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratiladi. Har bir guruh darsda bajarilishi lozim bo’lgan topshiriqni ma’lum qismini bajaradi. Guruhlar topshiriqlarning to’liq bajarilish natijasida o’quv materialining yaxlit o’zlashtirilishiga erishiladi. Mazkur metodning asosiy printsiplari-komandani taqdirlash, o’quvchilarga individual yondashish, muvaffaqiyatlarga erishish uchun bir xil imkoniyatlarni vujudga keltirish.

2. “O’z o’rningni top ” metodi

Agar sinfda u yoki bu mavzu bo’yicha tortishuvlar vujudga kelsa bu metod yordamida muammoning yechimini topish mumkin. Bunda o’quvchilar o’z fikrini bayon qilishi, muloqot ko’nikmalarini qaytadan tuzatishga imkoniyatlar mavjud bo’ladi va dars so’ngida o’qituvchi tomonidan mavzuni o’zlashtirish darajasini baholash aniq amalga oshiriladi.

1.Sinfning qarama-qarshi burchaklariga 2ta plakat osiladi. Ularning biriga “Roziman”, boshqasiga “Rozi emasman” degan so’zlar yozilishi kerak. Plakatlarda ba’zi bir mavzuga oid savollar bo’yicha bildirilgan qarama-qarshi fikrlar ham yozilishi mumkin. Masalan: “Anjir gullaydi va meva tugadi ”, yoki “Anjir gullamasdan meva tugadi ”.

2. Darsni tashkil etish qoidalari muhokama qilinadi.

3. Qaralayotgan muammo yuzasidan o’z fikrlariga mos keladigan plakat yoniga borish zarurligi talablarga taklif etildi.

4. Bo’lingan o’quvchilardan o’z qarashlarini asoslash so’raladi. Bu paytda bir guruhdan ikkinchi guruhga o’tish ruxsat etiladi va shu tariqa sinfga o’quvchilarning hammasi jalb etiladi.

3. “Guruhlarda o’qitish” metodi

Komandada o’qitishda o’quvchilar teng sonli ikkita komandaga ajratiladi. Har ikkala komanda bir xil topshiriqni bajaradi. Komanda a’zolari o’quv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir o’quvchi mavzudan ko’zda tutilgan bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga e’tiborni qaratadi. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi mualliflaridan biri bo’lgan R.Slavinning ta’kidlashicha, o’quvchilarga topshiriqlarni hamkorlikda bajarish uchun ko’rsatma berilishi yetarli emas. O’quvchilar o’rtasida tom ma’nodagi hamkorlik har bir o’quvchining qo’lga kiritgan muvaffaqiyatidan quvonish, bir-biriga sidqidildan yordam berish hissi, qulay ijtimoiy-psixologik muhit vujudga kelishi zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. 2. O‘zbekiston Respublikasi uzliksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari. – Xalq ta’limi ilmiy-metodik jurnal. 4-son / 2013. 10-b.

3. Freire, P. 1970/1993. Pedagogy of the oppressed. Harmondsworth: Penguin.

4. Jalolov J.J. Chet til o‘qitish metodikasi. – T.: O‘qituvchi, 2012. 246-b.

5. Richards J.C., Rodgers Th.S. Approaches and Methods in Language Teaching.

- New York.: Cambridge University Press, 2001.

6. Irisqulov A.T., va mualliflar jamoasi. Kids’ English Class 1. – T.: O‘zbekiston,

2013.

7.Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. T. 1993. 23 Hozirgi o’zbek adabiy tili. T. 1996



8.Azizov O. Tilshunoslikka kirish. T. 1963.

9.Mirzayev M., UsmonovS., Rasulov R. O’zbek tili. T. 1979. 1-2

10.Shodmonov E., Nafasov T. Hozirgi o’zbek tili. Laboratoriya mashqlari. T. 1986

11. Jalolov J.J. Chet til o‘qitish metodikasi. – T.: O‘qituvchi, 2012. 246-b.

12. Richards J, G and Rodgers T, S. 2014. Approaches and methods in language teaching, Third edition.

13.Byram, M., Nichols, A. and Stevens, D. (2001) Developing Intercultural Competence in Practice.

14.Adrian, H., Martin , H., John, K. (2010) Intercultural Communication. Routledge London and New York.

15.Crystal, D (2003) English as a Global Language. Cambridge University Press, New York.

16. Utley, D. (2004) Intercultural Resource Pack: Intercultural communication resources for language teachers. Cambridge: CUP

17. Alimova,K Brewerton, B., Mukhammedova,N. (2016) Becoming a Teacher. UWL. Fan va texnologiya.

18. Kid’sEnglish4Teacher’sbookS.Xan,Jurayev,O.Maxsudova,K.Inogomova:

-Toshkent.: “O’zbekiston”.-2016

19. Fly high English 7.-T.:”Yangiyo’l polygraph service”.-2010

Qo’shimcha adabiyotlar ro’yxati:

1.Corbett, J.,(2010) Intercultural Language Activities Cambridge: CUP

2.Austin, J. (1995) Pride and Prejudice Dover: Dover publications

3.Syal M.(2004) Anita and Me London: Harper Perennial Barry, T., Susan, S. (2009) Cultural Awareness. Oxford.
Foydalanilgan internet saytlar:

1 https://en.wikipedia.org/wiki/Greta_Thunberg

2.www.ziyonet.uz.

3.http://www.edunet.uz - mаktаblаr, o’quvchi vа o’qituvchilаr sаyti

4.http://britishcouncil.org+uzbekistan

5.http://britishcouncil.org.uk

6.http://busyteacher.org.

7.www.ziyonet.uz



8.http://go.mail.ru/search


1 Freire, P. 1970/1993. Pedagogy of the oppressed. Harmondsworth: Penguin.

2 O‘zbekiston Respublikasi uzliksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari. – Xalq ta’limi ilmiy-metodik jurnal. 4-son / 2013. 10-b.

3 . O‘zbekiston Respublikasi uzliksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari. – Xalq ta’limi ilmiy-metodik jurnal. 4-son / 2013. 10-b.

4 Richards J, G and Rodgers T, S. 2014. Approaches and methods in language teaching, Third edition.

5

Download 73,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish