1. O’quv-metodik majmua nima?
* a) darslik, mashq daftari, o’qituvchi uchun metodik qo’llanma, darsliklarning multimediali ilovasidan iborat majmua.
2. Mashq daftari nima?
* a) davlat ta’lim standartlariga muvofiq o’quvchilar tomonidan egallangan bilim va ko’nikmalarni mustahkamlash hamda o’quv fanining mavzulariga mos ravishda ishlab chiqilgan, mantiq va tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlardan iborat bo’lgan didaktik vosita.
3. Davlat ta’lim standartining maqsadi nimadan iborat?
* a) umumiy o’rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg’or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
4. O’quv -uslubiy majmualarni yaratishga qanday zamonaviy talablar qo’yiladi?
*a) Didaktik. ilmiy-metodik,pedagogik-psixologik ,estetik ,gigienik talablar
5. 11-chi sinf “Biologiya” fanini o’qitishda nechta labaratoriya mashg’uloti o’tkaziladi?
* a)5ta
Do'stlaringiz bilan baham: |