Xabarlarni uzatish tizimlari va qabul-nazorat


Asbob quyidagilarni ta’minlaydi



Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/90
Sana27.09.2021
Hajmi3.34 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   90
Asbob quyidagilarni ta’minlaydi:
a) telefon o‘rnatilgan obyektlardan tashvish xabarlar-
ni uza 
tish. Bu obyektda shaxsiy raqamli telefon appara-
ti yoki blokirator yordamida parallel yoki juftlangan sxe-
ma bo‘yicha ulangan telefonlar qo‘llanishi mumkin. Telefon 
o‘rnatilmagan obyektlardan qo‘shni obyektning telefon lini-
yasi yoki telefon-taksofon liniyasi orqali tashvish xabarlarni 
uzatish mumkin;
b) obyektda o‘rnatilgan blokni har xil qo‘riqlash va 
yong‘indan saqlash (kontaktlari normal yopiq yoki ochiq chi-
qish kontaktli) datchiklarini ulash imkoniyati bor. Asbobga 
ulan 
gan signalizatsiya shleyfining doimiy tok bo‘yicha qar-
shiligi 1,5 kOm dan oshmasligi va shleyfining elektr izolatsiya 
qarshiligi esa 20 kOm dan kichik bo‘lmasligi kerak;


31
d) shleyfga ulangan xabarlovchilardan birontasi ishlab ket-
sa yoki signalizatsiya shleyfining qarshiligi 1,5 kOm dan oshib 
ketsa yoki shleyfda qisqa tutashuv bo‘lsa, asbob avtomatik ra-
vishda «Tashvish xabar» signalini liniyaga berishi kerak
e) qo‘riqlashga qabul qilingan obyektda qo‘l bilan tash vish 
xabarini (telefon aloqasini buzmasdan shu korxonaning ish 
vaqtida va xodimlarning obyektda bo‘lgan vaqtda) uzatish im-
koniyati bo‘lishi kerak;
f) 
obyektda o‘rnatilgan blokdagi yorug‘lik indikatori 
bo‘yicha shu obyektning blokirovka signali zanjirining holatini 
dastlabki nazorat qilish imkoniyati bo‘ladi;
g) asbobning bir xil ulama qismlarini o‘zaro almashtirish 
imkoniyati mavjud. 
Tashvish xabar tugmalardan, datchiklardan va obyektning 
blokirovka shleyfidan iborat bo‘lgan elektr zanjir signal zanjiri 
deb aytiladi.
Chiziqli komplektlar bloki tarkibidagi o‘nta chiziqli kom-
plektlardan har birining doimiy tok bo‘yicha chiqish qarshiligi: 
«Norma» rejimida 3,2–4,0 kOm (18±0,18 kGts chastotada 
va kirishdagi kuchlanish 30 mV dan kichkina bo‘lmaganda); 
«Tashvish xabar» rejimda 50 kOm dan kichik bo‘lmaydi 
(18±0,18 kGts chastotada, kirishdagi kuchlanish 0 dan 3 mV 
oralig‘ida bo‘lganda).
Obyektda o‘rnatilgan blokning elektr ta’minoti chastotasi 
50 Gts bo‘lgan o‘zgaruvchan tok tarmoqdan 220/127±10%  V 
kuchlanish bilan amalga oshiriladi. Chiziqli komplektlar blo-
kining ta’minoti telefon stansiyaning tarmog‘idan 60±10% V 
kuchlanish bilan amalga oshiriladi.
Obyektda o‘rnatilgan blokning va chiziqli komplektlar blo-
kining iste’mol qilish quvvati 5 Vt ni tashkil qiladi. 
Asbob quyidagi sharoitlarni hisobga olgan holda uzluksiz 
(sutka davomida) ishlashga mo‘ljallangan: 
1) «Asosiy blok» – atrofidagi havo harorati -30°C dan 
+ 40°С gacha, havo namligi 30 dan 80% gacha, atmosfera bo-
simi esa 630–800 mm rt. st. tashkil etishi kerak; 


32
2)  «Ulanish bloki», ya’ni filtr atrofidagi havo harorati -40°C 
dan +40°C gacha, havo namligi 30 dan 80% gacha, atmosfera 
bosimi esa 630–800 mm rt. st. tashkil etishi kerak. 
Gabarit o‘lchamlari va massasining og‘irligi: 
1) «Asosiy blok» – 210x160x85 mm va 2 kg dan og‘ir 
emas;
2)  «Asosiy blok» – 85x75x54 mm va 0,3 kg dan og‘ir emas; 
3) «Chiziqli bloklar komplekti» – 500x300x100 mm va 10 
kg dan og‘ir emas. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat