Vobkent tuman 27-umumiy o`rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani bo`yicha metodbirlashmasining yig’ilish
bayonnomasi.
7-noyabr 2022 yil kuni “Ona tili va adabiyot” metodbirlashmasining yig’ilishi bo`lib o`tdi.Yig’lishda O’TIBDO’ ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari A.Sharipov, ona tili va adabiyot metodbirlashma raisi Sh Ro’ziyeva ,a’zolari M.Amonova,S.Pirova,A.Ortiqova,N.Rustamovalar qatnashdilar.
K u n t a r t i b i
Metodbirlashma 1-chorakda amalga oshirgan ishlari va 2-chorakda belgilangan vazifalar.
2.Me’yoriy hujjatlarning yuritilishi va yo’l qoyilgan kamchiliklar
Eshitildi
1-masala yuzasidan uslub birlashma rahbari Sh.Ro’ziyeva so`zga chiqib, 1-chorakda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi va kelishib olindi.
2-masala yuzasidan ham o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari A.Sharipov so`zga chiqib,a’zolarning me’yoriy hujjatlari o`rganib chiqildi hamda maktab rahbariyatiga taqdim etildi.Metodbirlashma a’zolarida quyidagi yutuq va kamchiliklar aniqlandi:
1.N.Rustamova-6 soat (6-A,sinf ona tili va adabiyot darslari)aylanma daftarlari tekshirilgan.Ish reja qalam bilan sanalar qo’yilgan-ogohlantirildi ruchkada to’g’irlanadi.Me’yoriy hujjatlarning birortasi direktor tomonidan tasdiqlanmagan,nazorat ishlari manbasi yo’q,fan to’garagi umuman yuritilmagan.Bo’sh va iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash daftari yo’q ,yuritilmagan.
2.S.Pirova – 14 soat(7-A,B hamda 5-sinflar ona tili darslari)aylanma daftarlari to’liq emas,ish rejada sanalar qalam bilan yozilgan,nazorat ishlar bazasi to’liq ,nazorat ishini yozmagan o’quvchilarga baho qo’yilgan,daftarlar to’liq emas,aylanma hamda nazorat ishi daftarlarini tekshirishda xatolikka yo’l qo’yilgan.Me’yoriy hujjatlar jumladan ,bo’sh va iqtidorli ,to’garak,tahlil daftarlari direktor tomonidan tasdiqlanmagan.Sinf rahbarlik yig’ma jildi yo’q,ota onalar bilan suhbat daftari yo’q.Sinf soati tasdiqlanmagan.dars tahlili 2 ta kam.
3. M.Amonova- 20 soat ( 9-A,B,11-A,B ona tili va adabiyot darslari hamda 6-sinf adabiyot darsi)9-B sinf aylanma daftarlari tekshirilmagangan,7 ta o’quvchini daftari yo’q.Milliy dastur bor.Bo’sh ,iqtidorli,to;garak hujjatlari yozilmagan. Sinf rahbarlik ,ota onalar suhbat daftari bor.Tahlil hamda ish rejalar yuritilgan.
4.Sh.Ro’ziyeva -20 soat (8-A,B hamda 10-A,B sinflar ona tili va adabiyot ,5-sinf adabiyot darslari) aylanma daftarlari tekshirilgan,barcha sinflar daftar soni to’liq, milliy dastur.DTS bor. Bo’sh ,iqtidorli,to’garak hujjatlari joyida. Sinf rahbarlik hujjatlari joyida.,ota onalar suhbat daftari yozilgan,nazorat ishi manbasi bor faqat ekspert xulosa qismida O’TIBDO’ga tasdiqlatish kerak.Metodbirlashma hujjatlari ish rejasi tasdiqlangan.Barcha me’yoriy hujjatlar yuritilgan.
5.A.Ortiqova (4 soat 6-B sinf ona tili ) Aylanma daftarlarini tekshirishda xatolik bor,daftarlar soni 1 ta kam,nazorat ishi manbasi yo’q,test bor faqat.Me’yoriy hujjatlar direktor tomonidan tasdiqlanmagan.
.
Y i g’ i l i s h q a r o r q i l a d i.
1.Metodbirlashma yig’lishlarida uslub birlashma a’zolari bilan kengashib,ilg’or pedagog tajribalarini o`rganish va targ’ib qilish.
2.Har bir fan o`qituvchisi o`ziga yuklangan vazifa va kamchiliklar bartaraf etilishini nazorat qilish Sh.Ro’ziyeva zimmasiga yuklatilsin.
Uslub birlashma rahbari: Sh.Ro’ziyeva
Do'stlaringiz bilan baham: |