Viloyat hokimligining ma’muriy masalalar, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, o’zini o’zi boshqarish organlari va yoshlar siyosati kotibiyati to’g’risida nizom



Download 31,3 Kb.
Sana24.01.2017
Hajmi31,3 Kb.
#1039
Viloyat hokimligining ma’muriy masalalar, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, o’zini o’zi boshqarish organlari va yoshlar siyosati kotibiyati to’g’risida

NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Viloyat hokimligining ma’muriy masalalar, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, o’zini o’zi boshqarish organlari va yoshlar siyosati kotibiyati (keyingi o’rinlarda kotibiyat deb ataladi) viloyat hokimligi boshqaruv apparatining (keyingi o’rinlarda boshqaruv apparati deb ataladi) tarkibiy bo’linmasi hisoblanib, o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O’zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonuni va boshqa qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari viloyat Kengashining va viloyat hokimining hujjatlariga, Sirdaryo viloyati hokimligi boshqaruv apparati to’g’risidagi Nizomga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.

2. Kotibiyat o’z faoliyatini viloyat hokimining rahbarligida amalga oshiradi. Kotibiyat o’z vakolatiga kiruvchi masalalar bo’yicha viloyat hokimining birinchi o’rinbosariga bo’ysunadi.

3. Kotibiyat o’z faoliyatini viloyat hokimligining boshqa tarkibiy bo’linmalari, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari, tumanlar, shaharlar hokimliklari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

II. Kotibiyatning vazifalari va funktsiyalari
4. Quyidagilar kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi:

jamoat tartibiga rioya etishni, fuqarolar xavfsizligini, ularning huquqlari va erkinliklari va sog’lig’ini muhofaza qilishni, huquqbuzarliklarning oldini olishni ta’minlash, pasport-viza rejimiga rioya qilish, huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish masalalarida huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini qonunchilikda belgilangan vakolatlar doirasida muvofiqlashtirish;

huquqbuzarliklar va jinoyatlar sodir etgan shaxslar bilan ishlash masalalarida huquqni muhofaza qilish va davlatning boshqa organlari va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik qilishni ta’minlash;

huquqbuzarliklarning oldini olish bo’yicha davlat dasturlari tayyorlanishi va amalga oshirilishini ta’minlash;

huquqbuzarliklarning oldini olish bo’yicha hududiy dasturlar ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va amalga oshirilishini ta’minlash;

huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning holatini tahlil qilish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va jinoyatchilikni qisqartirish shakllari va usullarini, shuningdek chora-tadbirlarini ishlab chiqish ishlarini tashkil etish;

jinoyatchilik, terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashishga jamoatchilikni keng jalb etish ishlarini tashkil qilish yo’li bilan qonun ustuvorligini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

davlat strategik va safarbarlik zaxiralarini shakllantirishni, shu jumladan ularni to’plash, saqlash va yangilab borishni, shuningdek davlat strategik va safarbarlik zaxiralaridan belgilangan tartibda tezkorlik bilan foydalanishga doimiy tayyor bo’lishni ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish;

O’zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegaralar yaqinidagi muammolarni hal etish, nolegal migratsiyaga qarshi kurashish, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlarni noqonuniy olib kirish masalalari bilan bog’liq tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshirish;

ommaviy tadbirlarni tayyorlash va tashkil etish masalalarini muvofiqlashtirish, ommaviy tadbirlarni o’tkazishning belgilangan tartibiga rioya etish yuzasidan nazoratni ta’minlash;

demokratik o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, joylarda ijtimoiy-ma’naviy muhitning barqarorligini mustahkamlash, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda mahalla institutining roli va ahamiyatini kuchaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari oldida turgan, shu jumladan yoshlarni ma’rifiy, ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, kasbga yo’naltirish, kichik va xususiy tadbirkorlikni, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini manzilli ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish, jamoatchilik nazoratini tashkil etish, tabiatni muhofaza qilish, hududlarni obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohasidagi vazifalarni samarali bajarishga yo’naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda, ijtimoiy masalalarni hal etishda mahalla institutining ahamiyati to’g’risida aholini, ayniqsa yoshlarni keng xabardor qilish, shuningdek eng avvalo, kamol topayotgan avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, yosh oilalarni qo’llab-quvvatlash, keksalarga va aholining ijtimoiy nochor qatlamlariga manzilli yordam berish, ish bilan ta’minlash, odamlarning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash va hududlarni obodonlashtirishda mahallalarning faoliyatini har tomonlama yoritish bo’yicha tizimli ishlarni ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda tashkil etish;

fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha hududiy kengashning samarali faoliyatini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirish uchun davlat organlari tomonidan zarur sharoitlar yaratish, fuqarolar yig’inlariga qonunchilikda berilgan vakolatlarini ro’yobga chiqarishda ko’maklashish ishlarini tashkil etish;

fuqarolar yig’inlarining nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklik mexanizmlarini shakllantirish va rivojlantirishga yo’naltirilgan faoliyatini takomillashtirishga ko’maklashish;

O’zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining viloyat bo’limiga uning vazifalarini amalga oshirishda, shu jumladan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga metodik, amaliy va moddiy-texnik yordam ko’rsatish sohalarida ko’maklashish;

fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini, kasbiy va boshqaruv ko’nikmalarini, huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarini oshirishni muntazam tashkil etish, viloyat hokimligi huzuridagi fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari xodimlari malakasini oshirish o’quv kursi faoliyatiga tashkiliy rahbarlikni ta’minlash;

fuqarolar yig’inlari raisi va uning maslahatchilari saylovlarini tashkil etish va o’tkazishda fuqarolar yig’inlariga davlat organlarining ko’maklashishini ta’minlash, zarur hollarda ularni xonalar, transport vositalari va aloqa vositalari bilan ta’minlash;

fuqarolar yig’inlari ishlarini tizimli tahlil qilish, shu jumladan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining viloyat bo’linmasi bilan o’zaro hamkorlik qilish imkoniyatlaridan foydalangan holda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyati sohasida qonunchilikni va huquqni qo’llash amaliyotini yanada takomillashtirish bo’yicha takliflar tayyorlash;

har tomonlama kamol topgan, qat’iy e’tiqodga va qarashlarga ega bo’lgan, mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalashga yo’naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek yoshlarni turli mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish;

yosh avlodning huquqiy savodxonligini va ijtimoiy faolligini oshirishga, shuningdek yoshlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olishga yo’naltirilgan ishlarni tashkil etish;

yoshlarning ish bilan bandligi, ularni kichik va xususiy tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, shuningdek yosh oilalarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash masalalarini hal qilish;

iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro’yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish;

bolalar va yoshlarni sport bilan muntazam shug’ullanishga keng jalb etish, jismoniy sog’lom yosh avlodni shakllantirish, sport inshootlarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash va ulardan samarali foydalanish, ularni jahon standartlariga javob beradigan jihozlar va uskunalar bilan ta’minlash;

uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash jarayonini tashkil etish, ta’lim jarayoniga xalqaro normalar va talablarga javob beradigan ilg’or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, ta’lim standartlarini joriy etish ishlarini amalga oshirish, ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, ularni zamonaviy o’quv va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash hamda shu asosda ta’lim tizimini isloh qilish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, uning faoliyati samaradorligini oshirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;

madaniyat va san’atni rivojlantirish, milliy madaniy va ma’naviy merosni ehtiyotlab asrash va ko’paytirish, aholining madaniy saviyasini oshirish va uning doimiy ravishda o’sib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini ta’minlash, yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish, shuningdek madaniyat, bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularning faoliyati samarador-ligini oshirishni muvofiqlashtirish va takliflar ishlab chiqish.

5. Kotibiyat o’ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

o’z vakolatiga kiradigan masalalar bo’yicha axborotlarni to’plash va umumlashtirish;

tegishli tarmoqlarda va hududlarda ishlarning ahvolini o’rganish hamda viloyat hokimi va uning o’rinbosari uchun tegishli materiallarni tayyorlash;

tegishli tarmoqlarni rivojlantirish, tegishli tarmoqlarda islohotlarni chuqurlashtirish dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish monitoringini olib borish;

O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti-ning hujjatlari va topshiriqlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, shuningdek xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimining hujjatlari ijrosini nazorat qilish;

tegishli tarmoq va sohalar bo’yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini ta’minlash;

viloyat hokimi (tegishli o’rinbosar) ko’rib chiqishi uchun tahliliy, ma’lumotnoma materiallar va boshqa materiallarni tayyorlash;

viloyat hokimligiga kiritilgan hujjatlar loyihalari ekspertiza-sini amalga oshirish va ularni ishlab chiqish, ular yuzasidan zarur tahliliy va ma’lumotnoma materiallar tayyorlash;

viloyat hokimi va tegishli o’rinbosar tomonidan o’tkaziladigan yig’ilishlarga materiallar tayyorlash va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirish;

o’ziga yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xo’jalik boshqaruvining mutasaddilik qilinadigan organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

viloyat hokimi va tegishli o’rinbosar boshchilik qiladigan tegishli komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo’mitalar ishi samaradorligini ta’minlash, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish va ularda qo’yilgan masalalarni hal etish bo’yicha takliflar tayyorlash, ularning o’z vaqtida ko’rib chiqilishini nazorat qilish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish.

Kotibiyat qonunchilik hujjatlariga va viloyat hokimining hujjatlari (topshiriqlari)ga muvofiq boshqa ishlarni amalga oshiradi.



III. Kotibiyatning huquqlari va javobgarligi
6. Kotibiyat o’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

o’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun zarur bo’lgan materiallar va ma’lumotlarni boshqaruv apparatining boshqa tarkibiy bo’linmalaridan, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalaridan, tumanlar, shaharlar hokimliklaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so’rash va olish;

boshqaruv apparati, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari, tumanlar, shaharlar hokimliklari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari (vakillari) ishtirokida yig’ilishlar o’tkazish;

viloyat hokimining (tegishli o’rinbosarning) topshirig’iga binoan davlat organlari, xo’jalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning majlislari va yig’ilishlarida qatnashish;

zarurat bo’lganda viloyat hokimligida ko’rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari (vakillarini) belgilangan tartibda jalb etish, ushbu maqsadlarda ishchi guruhlar tashkil etish.

Kotibiyatning zarur materiallar, ma’lumotlar, shuningdek boshqa hujjatlar taqdim etish bo’yicha talablari boshqaruv apparatining tarkibiy bo’linmalari, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari, tumanlar, shaharlar hokimliklari tomonidan kotibiyat belgilagan muddatlarda bajarilishi zarur.

7. Kotibiyat:

o’ziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;

O’zbekiston Respublikasi qonunlarining, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa hujjatlarining, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, topshiriqlarining o’z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun;

viloyat hokimligiga kiritilgan takliflar va masalalarni ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqishning tashkil etilishi uchun;

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil
12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi ta’minlanishi uchun;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda ko’rib chiqilishi uchun javob beradi.


IV. Kotibiyatning tuzilmasi
8. Kotibiyatning tuzilmasiga kotibiyat mudiri, bosh, etakchi va
I-toifali mutaxassislar kiradi.

9. Kotibiyat mudiri va mutaxassislari hokimning birinchi o’rinbosari taqdimnomasi bo’yicha hokimning qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

10. Ma’muriy masalalar, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, o’zini o’zi boshqarish organlari va yoshlar siyosati kotibiyati to’g’risidagi nizom va kotibiyat mudirining funktsional vazifalari viloyat hokimi tomonidan, kotibiyat xodimlarining funktsional vazifalari viloyat hokimining birinchi o’rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
V. Kotibiyat faoliyatini tashkil etish
11. Kotibiyat ishlari O’zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonuni va boshqa qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, viloyat hokimining qarorlari va topshiriqlariga, Sirdaryo viloyati hokimligi boshqaruv apparati to’g’risidagi Nizomga, ushbu Nizomga, boshqaruv apparatida amalda bo’lgan ichki mehnat tartibi qoidalariga, boshqaruv apparatida ish yuritish bo’yicha yo’riqnomaga muvofiq yarim yillik ish rejalar asosida tashkil etiladi.

Kotibiyatning yarim yillik ish rejalari belgilangan tartibda viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanadi.

12. Kotibiyat mudiri:

kotibiyatga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, kotibiyat mutaxassislari ishini tashkil qiladi hamda kotibiyatga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi, ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi;

viloyat hokimligiga kiritilgan kotibiyat mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar bo’yicha hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni ko’rib chiqadi, mazkur loyihalarga rozilik beradi hamda ular yuzasidan ekspert xulosalarni imzolaydi;

viloyat hokimligining majlislarida, viloyat hokimi va uning birinchi o’rinbosari tomonidan o’tkaziladigan yig’ilishlarda, tegishli komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo’mitalar majlislarida qatnashadi;

kotibiyat mutaxassislari o’rtasida vazifalarni taqsimlaydi;

viloyat hokimligining boshqaruv apparatida amalda bo’lgan Yo’riqnomaga muvofiq ish yuritilishini ta’minlaydi;

vakolati doirasida chiqadigan xat-xabarlarni imzolaydi;

kotibiyat ishlarini takomillashtirish, mutaxassislarning ish malakasini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

kotibiyat mutaxassislarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni rag’batlantirish hamda ularga tanbeh berish to’g’risidagi takliflarni viloyat hokimining birinchi o’rinbosariga taqdim etadi.

13. Kotibiyat mudiri vaqtincha bo’lmagan taqdirda uning vazifasini kotibiyat bosh mutaxassisi bajaradi.

14. Kotibiyatning bosh, etakchi va I-toifali mutaxassislari:

funktsional vazifalarga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va o’z vaqtida tayyorlanishi hamda funktsional vazifalarga muvofiq topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;

tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular bo’yicha tahliliy materiallarni va ekspert takliflarni tayyorlaydi, shuningdek ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zarur tarzda kelishilishini ta’minlaydi;

materiallar va hujjatlar loyihalari to’g’risida kotibiyat mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda hokimning birinchi o’rinbosariga axborot beradi;

qabul qilingan hujjatlar bo’yicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, tegishli tarmoqlar va sohalar bo’yicha - O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi va hokimning hujjatlari bajarilishini tahlil qiladi;

tegishli funktsional masalalar va hujjatlar bo’yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi;



hokim va (yoki) uning birinchi o’rinbosari tomonidan o’tkaziladigan majlislarda, shu jumladan har haftalik apparat yig’ilishlarida va o’ziga biriktirilgan masalalar bo’yicha har xil komissiyalar majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etadi;

Ushbu nizomga va funktsional vazifalarga muvofiq boshqa funktsiyalarni amalga oshiradi.
Download 31,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish