Vii bob. Hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni statistik o‘rganish usullari



Download 354.5 Kb.
bet1/10
Sana21.07.2021
Hajmi354.5 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

VII BOB. HODISALAR O‘RTASIDAGI BOG‘LANISHLARNI STATISTIK O‘RGANISH USULLARI
7.1. Mavzuning asosiy mazmuni va namunaviy misollar
Hayotda barcha hodisa va jarayonlar bir-biri bilan uzviy ravishda bog‘langan. Ular o‘rtasida muayyan aloqadorlik mavjud bo‘lib, birining o‘zgarishi albatta ikkinchisining o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, sanoat korxonalarining faoliyati boshqa tarmoqlardagi (qishloq xo‘jaligi, transport va boshqalar) korxonalar faoliyatiga bog‘liq. Agar qishloq xo‘jalik tarmoqlari xom ashyoni, transport esa ushbu xom ashyoni o‘z vaqtida sanoat korxonalariga etkazib bermasa, ishlab chiqarish jarayoni to‘xtovsizligi buziladi. Bu esa o‘z navbatida mehnat unumdorligining pasayishiga, moddiy manfaatdorlikning susayishiga, korxona rejalarining bajarilmasligiga sabab bo‘ladi. SHuning uchun ham ijtimoiy hodisalarni o‘rganishda belgilar o‘rtasidagi bog‘lanishni aniqlash muhim ahamiyatga ega.

Real ijtimoiy-iqtisodiy voqelikda hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishlar ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘lganligi sababli biron-bir sababga ko‘ra o‘zgarayotgan hodisaga ta’sir etuvchi asosiy omil aniqlanishi zarur. Buning uchun boshqa omillar ta’siri mavhumlashtiriladi (abstraksiyalanadi). Abstraksiyalash usuli ikki belgi o‘rtasidagi bog‘lanishni (juft korrelyasiya) tahlil etishda keng qo‘llaniladi. Ammo o‘rganilayotgan hodisalar qanchalik murakkab bo‘lsa, ularga ta’sir etuvchi omillar va sabablarni aniqlash shunchalik qiyin bo‘ladi.

Ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanish sabablari va oqibatlarini o‘rganishning asosiy xususiyati ularning tranzitivligi bilan izohlanadi. YA’ni sabab va oqibat belgilar munosabatlari orqali emas, balki bevosita munosabatlar orqali bog‘lanishda bo‘ladi. Masalan, yalpi foyda ( ) omili asosiy va aylanma fondlarni yalpi jamg‘arish ( ) hisoblanadi. SHunga qaramasdan yalpi foyda hajmining ( ) o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi yalpi ishlab chiqarish ( ), ish haqi ( ) va boshqa omillar hisobga olinadi. Hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishlarning sabab va oqibatlarini to‘g‘ri ochib berish alohida omillarning iqtisodiy faoliyat natijalariga ta’sir kuchini aniqlash imkonini beradi.

Ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar ko‘plab omillarning bir vaqtdagi ta’siri natijasida sodir bo‘ladi. Demak, mazkur bog‘lanishlarni o‘rganishda asosiy, bosh sabablarni, ikkilamchi sabablarni abstraksiyalashtirgan holda aniqlash zarur.

Ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni o‘rganish bir necha bosqichlarda amalga oshiriladi (7.1.1-chizma).




Download 354.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat