Vi bob to’qima to’G’risida ta’limot umumiy gistologiya


VOYAGA YETGAN ORGANIZMDA QON YARATILISHI



Download 3.37 Mb.
bet29/34
Sana15.07.2021
Hajmi3.37 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
VOYAGA YETGAN ORGANIZMDA QON YARATILISHI
Voyaga yetgan organizmda qon yaratuvchi asosiy organlar qizil suyak ko`migi, taloq, limfa tugunlari va bo`qoq bezi (ayrisimok bez) hisoblanadi. Barcha qon shaklli elementlari uchun yagona boshlang`ich hujayra qonning o`zak hujayralaridir. Uzak hujayralarning mavjudligini kanadalik olimlar Mak Kullox va Till 1960 yilda isbot qildilar va bu bilan rus olimi A. A. Maksimovning asrimiz boshida barcha qon hujayralari uchun yagona boshlang`ich hujayra mavjud ekanligi to`g`risidagi fikrini tasdiqladilar. Uzak hujayralar qon yaratilishining barcha yo`nalishlarida, ya’ni eritrotsitopoez, granulotsitopoez, limfotsitopoez, monotsitopoez va trombotsitopoez yo`nalishlarida rivojlana oladigan hujayralar sinfiga kiradi. Ularning asosiy xususiyatlari o`z-o`zini saqlab qolish qobiliyatining borligi ko`payish imkoniyatiga egaligi va turli yo`nalishlarda rivojlana olishi hisoblanadi. Uzak hujayralar ma’lum bir miqdorda bo`lib, bo`linganida ham ularning soni o`zgarmay doimiy qoladi, ya’ni o`zak hujayra bo`linishi natijasida hosil bo`lgan ikki hujayraning faqat bittasigina takomillashishni davom ettirib, ikkinchisi o`zgarmay, o`zak hujayraligicha qoladi. Bu hujayralar tuzilishi bo`yicha mayda qoramtir limfotsitlarga o`xshab ketadi. Hujayralar diametri o`rtacha 8-10 mkm bo`lib„ sitoplazmasi tor. Hujayra organellalari va polisomalar kam„ erkin ribosomalar esa ko`p. Uzak hujayralarni o`rganish ular-ning koloniyalar (ma’lum bir yo`nalishda takomil etuvchi hujayralar to`plami) ni hosil qilish xususiyati bilan chambarchas bog’liqdir. Bir o`zak hujayra faqat bitta koloniya hosil qila-di va uni koloniya hosil qiluvchi birlik deb ataladi. Uzak. hujayralar asosan ikki yo`nalishda differensiallanishi aniqlangan. Birinchi yo`nalishda yarim o`zak hujayra yoki miyelopoezning boshlang`ich hujayrasi (M B H) hosil bo`ladi. Bu hujayra eritro-, granulo-, mono- va megakariotsitopoezlar yo`nalishida differensiallanadi. Ikkinchi yo`nalishda boshqa yarim o`zak hujayra yoki limfotsitopoezning boshlang`ich hujayrasi (L B H) hosil bo`ladi. U o`z navbatida T- va B-limfotsitopoezlar yo`nalishida differensiallanish qobiliyatiga ega. Yarim o`zak hujay-ralar (MBH, LBH) dan tashqari gemotsitopoezning har bir qa-tori uchun xos bo`lgan boshlang`ich unipotent hujayralar ham mavjudligi aniqlangan. Masalan, eritrotsitlarning (EBH),, neytrofillarning (NBH), bazofillarning (BBH), eozinofillarning (EOBH), monotsitlarning (MNBH), megakariotsitlarning (MGBH), T- va B-limfotsitlarning (TlBH, BlBH) o`z bosh-lang`ich hujayralari bor. Ulardan o`z navbatida morfologik jihatidan identifikatsiya qilinishi mumkin bo`lgan blast hujayralar-eritroblastlar, monoblastlar, miyeloblastlar, megakarioblastlar, T-va B-limfoblastlar differentsiallashadi.

Shunday qilib, gemotsitopoez jarayonida turli hujayralar sinflari mavjudligi ko`riladi: o`zak (yoki polipotent) hujayralar, yarim o`zak hujayralar (MBH va LBH), unipotent hujayralar (EBH, EOBH, NBH, BBH, MNBH, MGBH, TlBH, BlBH), blast hujayralar, yetiluvchi hujayralar, yetuk hujayralar. Uzak hujayralardan boshlab to yetuk qon shaklli elementlari hosil bo`lguncha kechadigan jarayon qon yaratuvchi a’zolarda mavjud bo`lgan mikromuhit ta’sirida bo`ladi. Mikromuhitni hosil qiluvchi asosiy elementlar bo`lib, retikulyar, interdigitik, dendritik hujayralar va makrofaglar hisoblanadi.

Bo`qoq bezi yoki timusda esa bu jarayonda retikuloepitelial hujayralar asosiy rol o`ynaydi. Mikromuhit hujayralari o`zak yoki yarim o`zak hujayralarining qon shaklli elementlariga differensialanishini ta’minlovchi biologik aktiv moddalar ishlab chiqaradi. Bu moddalarga eritrotsitopoezda aktiv ishtirok etuvchi eritropoetin, megakariotsitopoezda qatnashuvchi trombopoetin yoki T-limfotsitlarning hosil bo`lishida aktiv rol o`ynaydigan timopoetin va boshqalar misol bo`la oladi.

Gemotsitopoez jarayoni to`g`risida ko`p nazariyalar yaratilgan. Ularni polifiletik (ya’ni bir necha o`zak hujayralari mavjudligini tan oluvchi), dualistik (ikki o`zak hujayrasi mavjud deyuvchi) va unitar (yagona o`zak hujayrasi borligini tan oluvchi) nazariyalarga bo`lish mumkin. Hozirgi paytda barcha talablarga javob beradigan qon yaratilishi nazariyasi unitar nazariya hisoblanadi. Bu nazariya rus va sovet olimlari A. A. Maksimov, A. N. Kryukov, I. A. Kassirskiylarning ishlari va, nihoyat, oxirgi 15-20 yillar ichida olib borilgan eksperimental ishlar natijasida rivojlandi va mustahkamlandi. Unitar nazariya bo`yicha barcha qon elementlari uchun yagona polipotent o`zak hujayrasi mavjud. Bu hujayra qonning barcha shaklli elementlari uchun eng bosh hujayra hisoblanadi. Gemotsitopoez jarayonini shartli ravishda ikki to`qimada - miyeloid va limfoid to`qimalarda kechadi deb hisoblanadi. Miyeloid to`qimada (textus myeloideus) asosan eritro-, granulo-, mono- va megakariotsitopoezlar sodir bo`ladi. Bu to`qimaga asosan qizil suyak ko`migi kiritiladi. Limfoid to`qimaga (textus lymphoideus) esa timus, taloq, limfa tugunlari va boshqa limfoid tuzilmalar kirib, bu yerda limfotsitlar va plazmatik hujayralar hosil bo`lishi kuzatiladi. Ammo bu ikkala to`qimaning ajratilishi juda shartli bo`lib, ular ichki muhit to`qimasining faqat bir qismidir. Gemotsitopoez sxematik tarzda 65-rasmda keltirilgan .




Download 3.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
haqida tushuncha
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
nomidagi samarqand
bilan ishlash
Darsning maqsadi
fanining predmeti
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
Ўзбекистон республикаси
pedagogika universiteti
sinflar uchun
fanlar fakulteti
o’rta ta’lim
Toshkent axborot
Alisher navoiy
haqida umumiy
fizika matematika
Ishdan maqsad
moliya instituti
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
махсус таълим
respublikasi axborot
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
nazorat savollari