Vi bob to’qima to’G’risida ta’limot umumiy gistologiya


AGRANULOTSITLAR (DONASIZ LEYKOTSITLAR, AGRANULOCYTI)



Download 3.37 Mb.
bet21/34
Sana15.07.2021
Hajmi3.37 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34
AGRANULOTSITLAR (DONASIZ LEYKOTSITLAR, AGRANULOCYTI)
Agranulotsitlar yoki donasiz leykotsitlar o`z sitoplazmalarida maxsus donachalar saqlamaydigan oq qon tanachalaridir. Ammo «agranulotsitlar» termini ko`p jihatdan shartli bo`lib, hujayralarning tuzilishini to`la ifodalamaydi. Tuzilishi va funksiyasi jihatidan agranulotsitlar limfotsitlarga va monotsitlarga bo`linadi (62-rasm).

Limfotsitlar (lymphocyti). Ular voyaga yetgan organizmda leykotsitlar umumiy sonining 20-35% ini tashkil qiladi. Organizmda o`rta hisobda 1,5 kg atrofida limfotsitlar bo`lib, shundan faqatgina 5 g ga yaqinigina periferik qonda, 70 g suyak ko`migida, qolganlari esa to`qima va organlarda taqsimlangan bo`ladi. Limfotsitlar yirik (diametri 10-15 mkm), o`rta(diametri 7-9 mkm) va mayda limfotsitlarga (diametri 4,5-6 mkm) ajratiladi. Normal sharoitlarda qonda faqat 10% ga yaqin yirik limfotsitlar bo`lib,. qolgan 90% ini esa o`rta va mayda limfotsitlar tashkil qiladi. Limfotsitlarning umumiy tuzilish prinsipi juda oddiy, ular ko`pincha markazda joylashgan yirik, yumaloq va loviyasimon shaklga ega bo`lgan yadro saqlaydi.

Elektron mikroskop ostida yadro strukturasining yirik, o`rta va mayda limfotsitlarda har xil ekanligi ko`rinadi. Mayda limfotsitlarda yadro yumaloq yoki birgina botiqlikka ega bo`lib, xromatin zichlashgan va yadro bo`ylab barobar taqsimlangandir. Urta va yirik limfotsitlar ochroq yadroga ega bo`lib, xromatin mayda donachalar shaklida asosan yadro qobig`i ostida to`plangan. Bu limfotsitlar yadrosida ko`pincha bir yoki bir necha yadrochalarni uchratish mumkin. Limfotsitlar sitoplazmasi ingichka„ ba’zida esa keng hoshiya shaklida yadro atrofida joylashib. Romanovskiy usuli bilan bo`yalganda to`q ko`kish rangdan (o`ta bazofil) och havorang tusgacha (sust bazofil) bo`yalishi mumkin.

62- rasm. Agranulotsitlarning yoki donasiz leykotsitlarning ultramikroskopik tuzilishi (sxema). A-limfotsit; B- monotsit; 1- yadro; 2-ribosomalar; 3 -mikrovorsinkalar: 4 - lizosomalar 5-Golji kompleksi; 6-mitoxondriyalar; 7- pinotsitoz pufakchalar (N.A.Yurina va L.S. Rumyan- tsevadan).
Elektron mikroskop yordamida mayda va o`rta limfotsitlar sitoplazmasida ko`p sonli erkin ribosomalarni va bir necha mitoxondriyalarni ko`rish mumkin. Endoplazmatik to`r va Golji kompleksi sust taraqqiy etgan bo`ladi. Ba’zida yadroning botiq zonasida hujayra markazi va mayda pufakchalar uchraydi. Rastrlovchi elektron mikroskop ostida limfotsitlarning yuzasida tur-li miqdorda va kattalikda bo`lgan mikrovorsinkalar ko`rinadig (63-rasm). yirik limfotsitlar sitoplazmasi nisbatan ko`prots va tekis taqsimlangan mitoxondriyalar bo`lishi, ba’zi bir hollarda esa elektron zich donachalar saqlashi bilan xarakterlanadi. Shuni qayd etib o`tish kerakki, limfotsitlar garchand donasiz leykotsitlar qatoriga kirsada, ularning ma’lum bir miqdorida sitoplazmada zich donachalar va parallel yo`nalgan naychalar-(PYN) sistemasi topilgan. Bu limfotsitlar asosan yirik bo`lib, «yirik donador limfotsitlar» nomi bilan yuritiladi. Ular umumiy limfotsitlarning taxminan 10-15% ini tashkil etib, yot hujayralar yoki mikroorganizmlarni halok etishda asosiy rolni o`taydi. Sitoximiyaviy va bioximiyaviy usullar bilan limfotsitlar tarkibida ko`p miqdorda nukleoproteidlar, katepsinlar, glikogen, gistidin, fermentlardan nukleazalar, amilaza, kislotali fosfataza, sitoxromoksidaza va boshqalar bo`ladi. Limfotsitlar immunitet jarayonida eng faol ishtirok etadigan hujayralardir.

Immunologik va funktsional nuqtai nazardan limfotsitlarning ikki turi - T- va B-limfotsitlar sistemasi farqlanadi. T-limfotsitlar buqoq bezida (Thymus) rivojlanadi. Ularning nomi ham shu organning bosh harfidan kelib chiqadi. Timusga kelgan o`zak hujayralar shu a’zoda hosil bo`luvchi moddalar ta’sirida T-limfotsitlarga aylanadi. T-limfotsitlar qon orqali periferik organlarga (taloq, limfa tuguni, murtaklar va boshqalar) boradi va shu a’zolarning ma’lum qismida (T-zonasida) joylashadi. Taloqda T-zona periarterial qismda, limfa tugunida esa parakortikal qismda joylashadi. Hozirgi vaqtda T-limfotsitlarning anchagina turi farqlanadi. B-limfotsitlar xaqidagi ta’limot birinchi marta qushlarda topilgan Fabritsiy xaltasi (Bursa Fabricius) bilan bog`liq bo`lib, shu tufanli B-l i m f o si t l a r deb yuritiladi. Ammo qushlarda mavjud bu a’zo odamda yo`q, demak, uning o`rnini bosuvchi a’zolar bo`lishi kerak. Ko`p yillik muhokamalar odam organizmida bu xaltaning (bursaning) o`rnini qizil suyak ko`migini (ingl.- bone marrow) bosishini ko`rsatdi.



63-rasm. Periferik qondagi mikrovorsinkalar tutuvchi limfotsit. Rastrlovchi elektron mikroskopda ko`rinishi. X 8.000.

1-mikrovorsinkalar.
Demak, odamda T-sistemaning asosiy a’zosi bo`lib timus xizmat qilsa, V-sistemaning asosiy a’zosi qizil suyak ko`migidir. Unda hosil bo`lgan B-limfotsitlar taloq, limfa va boshqa limfoid tuzilmalarga borib, u yerda ma’lum bir qismlarda yetuk B-limfotsitlarga shakllanadi. Bu qismlar B-l i m f o s i t l a r zonasi yoki B-z o n a deb nomlanadi. B-limfotsitlar organizm biror antigen bilan uchrashganda ko`paya boshlaydi. Dastlab B-blastlar hosil bo`lib (yirik, yosh hujay-ra), ulardan esa antitelolar sintez qiladigan plazmatik hu-jayralar hosil bo`ladi. T-limfotsitlar hujayraviy immunitet reaksiyalarida ishtirok etsa, B-limfotsitlar gumoral immunitet reaktsiyalarini ta’minlaydi. Limfotsitlarning immunologik reaksiyalarda tutgan o`rni, T-, B-limfotsitlarning xususiyatlari va o`zaro munosabatlari darslikning «Immunologik reaktsiya-larning morfologik asoslari» bobida keltirilgan.

Limfotsitlarning ma’lum sharoitlarda turli moddalar - stimulyatorlar (masalan, fitogemagglyutinin - FGA, bakterial antigenlar) ta’sirida kam differensiallangan blast hujay-ralarga aylanishi ularning muhim xususiyatlaridan biridir. Blast hujayralar bo`linish va differensiallanish qobiliyatiga ega bo`lib, natijada, ular hisobiga aktivlashgan limfotsitlar (immunotsitlar) kloni hosil bo`ladi.

Limfotsitlarning yashash muddati turlicha bo`lib, ular orasida qisqa muddat (hafta va oylab) yashovchi B-limfotsitlar 10- 20% ni tashkil etadi. Uzoq muddat (bir necha yilgacha) yashovchi limfotsitlar ko`proq (80% gacha) bo`lib, asosan, T-limfotsitlardan iboratdir. Limfotsitlar miqdorining absolyut ko`payib ketishi (limfotsitoz) turli kasalliklarda kuzatilishi mumkin. Yangi tug`ilgan chaqaloqlarda limfotsitlar 50-60% ni tashkil etadi.

Limfotsitlar sonining kamayib ketishi (limfopeniya) nur kasalligida va turli xil intoksikatsiyalarda uchraydi.




Download 3.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
haqida tushuncha
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
nomidagi samarqand
bilan ishlash
Darsning maqsadi
fanining predmeti
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
Ўзбекистон республикаси
pedagogika universiteti
sinflar uchun
fanlar fakulteti
o’rta ta’lim
Toshkent axborot
Alisher navoiy
haqida umumiy
fizika matematika
Ishdan maqsad
moliya instituti
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
махсус таълим
respublikasi axborot
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
nazorat savollari