Vi bob to’qima to’G’risida ta’limot umumiy gistologiya


Eozinofil leykotsitlar yoki eozinofillar (granulocyti eosinophilici)



Download 3.37 Mb.
bet19/34
Sana15.07.2021
Hajmi3.37 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34
Eozinofil leykotsitlar yoki eozinofillar (granulocyti eosinophilici). Ular neytrofillarga nisbatan birmuncha yiriqroq bo`.lib, diametri qonda 10-11 mkm, qon surtmasida esa 12-15 mkm ga teng.

Eozinofillar fiziologik holatda leykotsitlar umumiy miqdorining 2-5% ini tashkil etadi. Eozinofillar yadrosi, neitrofillarnikiga o`xshash tuzilgan bo`lib, alohida bo`laklardan (segmentlardan) iborat. Bo`laklar soni eozinofillarda asosan 2 ta bo`lib, 3 yoki undan ko`p segmentli yadro saqlovchi eozinofillar juda kam uchraydi. Eozinofillarni boshqa leykotsitlardan aljatib turuvchi asosiy xususiyati ular sitoplazmasida joylashgan maxsus donachalarning o`ziga xos tuzilishidir. Eozinofil donachalari ikki turli bo`lib, birinchisi yumaloq yoki oval shaklga ega va neytrofillarnikiga nisbatan yirikroqdir (diametri 0,3-1,5 mkm). Ular ko`p miqdorda bo`lib, Romanovskiy usuli bilan bo`yalganda eozin bilan qizil rangga bo`yaladi va tashqi ko`rinishi bo`yicha «qizil ikrani» eslatadi.

Elektron mikroskop ostida eozinofillar o`zlarining hujayra organellalari tuzilishi bo`yicha neytrofillardan deyarli farq qilmaydi. Ular sitoplazmasidagi maxsus eozinofil donadorligi esa o`ziga xos ultramikroskopik tuzilishga ega.

Odamda va kalamush eozinofillarida birinchi tur donachalar oval yoki cho`zinchoq shaklga ega bo`lib, har xil elektron zichlikka ega bo`lgan qismlardan iborat (60-rasm). Donachalarning markazida yoki markazdan sal chetroqda katta elextron zichlikka ega bo`lgan prizma, trapetsiya yoki to`g`ri burchak shaklidagi kristalloid tuzilma joylashgan bo`lib, qolgan qismi esa elektron zichligi kamroq donador materialdan iborat. Ikkinchi tur donachalar maydaroq (0,1-0,5 mkm) bo`lib, gomogen yoki donador tuzilishga ega. Ularda kristalloid uchramaydi. Bu donachalar oz miqdorda bo`lib, o`zida kislotali fosfataza va arilsulfataza fermentlarini saqlaydi. Ularga birinchi tur donachalar hosil bo`lishidagi dastlabki bosqich deb qaraladi.

Bioximiyaviy va sitoximiyaviy usullar bilan birinchi tur eozinofil donachalarda kislotali fosfataza va arilsulfatazadan tashqari oksidlanish fermentlari - peroksidaza, diaminoksidaza (gistaminaza) va katalazalar borligi aniqlangan. Peroksidaza eozinofillarda neytrofillarga nisbatan 2,5 baravar ko`p bo`lib, ximiyaviy tarkibi bilan laktoperoksidazalarga kiradi. Peroksidaza donachalarning periferik qismida joylashib, kristalloid tuzilmalarda uchramaydi. Fermentlardan tashqari donachalar tarkibida ko`p miqdorda asosiy va kation oqsillar bor. Barcha ko`rsatilgan moddalar eozinofillarning maxsus vazifalarni bajarishini ta’minlaydi.

Eozinofil leykotsitlar aktiv harakat qilish va birmuncha fagotsitoz qobiliyatiga ega. Biroq eozinofil leykotsitlarning fagotsitoz qilish qobiliyati juda past bo`lib, neytrofillar fagotsitoz aktivligining faqat yarmini tashkil etadi. Eozinofillarning allergik reaktsiyalarda ishtirok etishi hozirgi paytda to`la tasdiqlangan.

Turli allergik holatlarda eozinofillarning soni bilan gistamin moddasi almashinuvi orasida o`zaro bog`lanish bo`lib,. eozinofillar gistaminni aktiv ravishda yutadi va gistaminaza fermenti yordamida parchalaydi. Arilsulfataza va asosiy oqsillar ham allergik reaksiyalarda hosil bo`ladigan moddalar (mediatorlarni) ni neytrallashda aktiv ishtirok etadilar. Peroksidaza, asosiy va kation oqsillar organizmga tushgan turli xil parazitlarga va ularning lichinkalariga sitotoksik ta’sir ko`rsatadi.

Eozinofillar sonining oshib ketishi eozinofiliya deb atalib, turli xil allergik holatlarda, jumladan, bronxial astmada, zardob kasalligida, parazitar kasalliklarda va boshqalarda uchraydi. Eozinofillar takomili va ularning qonga tushishi gumoral boshqaruv mexanizmlari ta’siri ostida bo`ladi. Buyrak usti bezi po`st moddasining gormonlari (glyukokortikoidlar) va gipofiz gormonlarining (AKTG) miqdori oshgan paytda eozinofillar sonining kamayib ketishi kuzatiladi (eozinopeniya). Shu sababdan eozinofillar miqdori ko`rsatilgan gormonlar yorda-mida boshqarib turiladi deb hisoblanadi. Eozinofillarning yashash muddati 10-12 sutkaga teng bo`lib, shundan 4 sutkasi suyak ko`migida o`tadi. Ular qonda qisqa vaqt (4-12 soat) bo`lib, keyin to`qimalarga chiqadi va o`z asosiy vazifalarini bajaradi.




Download 3.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
ta’limi vazirligi
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
bilan ishlash
fanining predmeti
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
maxsus ta'lim
pedagogika universiteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
o’rta ta’lim
Ўзбекистон республикаси
sinflar uchun
haqida umumiy
fanlar fakulteti
fizika matematika
Alisher navoiy
Ishdan maqsad
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
moliya instituti
таълим вазирлиги
nazorat savollari
umumiy o’rta
respublikasi axborot
Referat mavzu
махсус таълим