Vetinariya 2016. pmd


-Mavzu. Jarrohlik operatsiyalari elementlari



Download 2.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/75
Sana08.09.2021
Hajmi2.62 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   75
5-Mavzu. Jarrohlik operatsiyalari elementlari.

Jarrohlik operatsiyalari turlari

Ko‘pchilik jarrohlik operatsiyalari uch asosiy qismdan iborat

bo‘ladi: to‘qimalarni kesib ajratish, qon oqishini  to‘xtatish va chok

qo‘yish.


Har bir qonli operatsiyalar to‘qimalar butunligining buzilishi

bilan bog‘liq. Shu sababli to‘qimalarga nisbatan ehtiyotlik talab

qilinadi. Buning uchun veterinariya vrachlarini jarrohlik operatsiyalari

o‘tkazishga tayyorlash zarur. To‘qimalarni kesganda qanchalik ehtiyot

bo‘linsa,  ularning bitishi shunchalik tez va yaxshi bo‘ladi.

Yumshoq to‘qimalarni ajratish. Yumshoq to‘qimalarni kesganda

katta qon tomirlar, nerv tolalarining shikastlanishiga hamda

muskullarning ko‘ndalang yo‘nalishda kesilishiga yo‘l qo‘ymaslik

zarur. Agar muskul tolalarining yo‘nalishi qon tomir-nerv

bog‘lamlari yoki chiqaruv yo‘llari yo‘nalishiga to‘g‘ri kelmasa muskul

tolalari kesiladi. Muskul tolalarini ko‘ndalang kesish patologik

to‘qimalarga yoki organlarga kirish uchun hamda jarohatdan

ajralayotgan suyuqlikning erkin oqib chiqib ketishini ta’minlash

zarur bo‘lganda ham bajariladi. Shu sababli to‘qimalarni kesishda

operatsiya o‘tkazuvchi kesish uzunligi, shakli va yo‘nalishini to‘liq

tasavvur qilgandan keyingina ishga kirishadi.

Kesish uzunligi – shikastlangan joyning kengligiga bog‘liq

bo‘lmay, balki to‘qimalarning chuqur joylashishiga ham bog‘liqdir.

Operatsiya qilinadigan organ qancha chuqur joylashgan bo‘lsa, uni

qoplab turuvchi qavatlarni kesish shuncha uzun bo‘ladi. To‘qima-

larni kesish, albatta, jarrohlikning asosiy qoidalariga amal qilgan

holda olib borilishi zarur. Kesish kattaligi talab qilingan darajada katta

bo‘lish bilan birga, to‘qimalarning kamroq shikastlanishini

ta’minlashiga xarakat qilinadi.



Kesish shakli – ko‘pincha to‘g‘ri chiziqli bo‘ladi. Lekin o‘sma,

yara va oqmalarni eksterpatsiya qilinganda kesish urug‘simon shaklda

bo‘ladi. Bundan tashqari to‘plangan ekssudatning to‘la oqib chiqi-

shini, chuqur to‘qimalarga kirib borishni ta’minlash uchun turli

shakldagi yamoqsimon kesishlar:burchakli, taqasimon, T harfli va

boshqa shakllarda bo‘lishi mumkin.




24

Kesish yo‘nalishi – teri burmalari, jun qoplamasining o‘sishi va

eng muhimi, chuqur yotgan nerv-qon tomir bog‘lamlari, paylar,

pay qinlari va boshqa hayotiy muhim organlar joylashuviga hamda

ularning yo‘nalishiga qarab kesiladi.



Suyak ajratish – suyaklarni to‘liq kesish uchun varaqli

(plastiksimon), yoysimon, simsimon arralardan, qovurg‘a pichog‘i

va qovurg‘a qaychilaridan foydalaniladi. Qovurg‘a pichog‘i va qovurg‘a

qaychilari bilan qovurg‘alar qirqiladi. Suyak qobig‘ini respotorlar

bilan suyakning ilik qismi,oqma devorlarini o‘tkir qoshiqchalar

(kyuretkalar) bilan qirib olinadi,ajralgan va o‘lgan to‘qimalar olib

tashlanadi.


Download 2.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat