O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNVERSITETI
Fizika- matematika fakulteti “Fizika” ta’lim yo’nalishi 173-guruh talabasi
O’rinbayeva Zarifa Optika fanidan yozgan
Mavzu: Elektr va magnit maydonida yorug’likning ikkilanib sinishi
Bajardi: ________ O’rinbayeva Z
Qabul qildi: ________ Matyoqubov. H
Baholash: ________
Urganch-2019
KURS ISHI
MUNDARIJA
I
KIRISH
II
ASOSIY QISM
2.1 Yorug’likning ikkilamchi sinishi.
2.2
Elektr maydonida yorug’likning ikkilanib sinishi.
2.3
Magnit maydonida yorug’likning ikkilanib sinishi.
III
XULOSA
IV
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
KIRISH
Kristallarda yorug’lik tarqalishida bo’ladigan asosiy optikaviy hodisa bu nurning
ikkilanib sinishi, ya’ni kristalga tushgan yorug’likning sinishi natijasida ikkiga
ajralishidir.
Oddiy va g’ayrioddiy bo’lgan nurlarga bo’linadi, bunday ikki nurga
bo’linishning asosiy sababi muhitning anizatropligidir.
Kristalga kirib ajralgan har ikkala yorug’lik nurlar o’zaro perpendikulyar
yo’nalishlarda chiziqli qutblangandir.
Kristallarda shunday yo’nalish mavjudki, agar ana shu yo’nalishi bo’yicha
yorug’lik nuri tashlansa yorug’likning ikkilanib sinish hodisasi ro’y bermaydi, Bu
yo’nalishga kristallning optik o’qi deyiladi.
Hozirgi vaqtda fan va texnikada qutblangan yorug’lik hosil qilish uchun
ikkilanib sindiruvchi kristallardan tayyorlangan qutblantiruvchi prizmalar
qo’llaniladi.
Yuqorida aytganimizdek yorug’likning ikkilanib sinish hodisasi anizatrop deb
ataluvchi muhitlarda hosil bo’ladi.Anizatrop muhitlar izotop muhitlardan keskin
farq qilib bu muhitlarga elektromagnit to’lqin tushgan vaqtida muhitning atomlari
bilan to’qnashish jarayonida hosil bo’ladigan fizik qonuniyatlarning kattaligi
molekulaning erkinlik darajalari bo’yicha turlicha bo’ladi.Izotop muhitlarda
energiya erkinlik darajalari bo’yicha bir xil qiymatli qabul qiladi.
Tabiyatda amorf jismlar izotop xususiyatga ega bo’ladi.Lekin bunday izotop
xususiyatga ega bo’lgan muhitlarni tashqi elektr, magnit maydoni ta’siri natijasida
anizatrop muhitlarga aylantirish mumkin.Amorf jismlarga elektr maydoni ta’sir
ettirib, yorug’likning ikkilamchi sinish hodisasi 1875-yil Kerr tomonidan
kuzatilgan.Keyinchalik bu hodisa suyuqliklarda ham kuzatilganligi ma’lum bo’ldi.
Shu jumladan, Magnit maydonida yorug’likning ikkiga ajralib sinish hodisasi
1905-yilda Kotton va Muton tomonidan kashf etildi. Bu hodisani mohiyati
quyidagidan iborat. Magnitning ikki qutblari o’rtasiga izotrop suyuqlikni
joylashtirsak, magnit maydoni ta’siri ostida izotrop jism bir o’qli kristall hossasiga
ega bo’ladi va bu jismning optik o’qi magnit maydon yo’nalishiga parallel bo’ladi.
Bu holda ham yorug’lik ikkiga ajralib sinadi.
Endi shular bilan yaqindan tanishib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |