Vazirlar Mahkamasining



Download 34,65 Kb.
Sana13.02.2017
Hajmi34,65 Kb.
#2466
Vazirlar Mahkamasining                                                  Vazirlar Mahkamasining

  2000 yil 9 iyuldagi                                                           2011 yil 7 sentyabrdagi



223-son qarori bilan                                                        249-son qarori bilan 

 tasdiqlangan                                                                 o’zgartirish va

                                                                                          qo’shimchalar kiritilgan

 
O’zbekitston Respublikasi



Fanlar akademiyasining

U S T A V I

 

I. UMUMIY QOIDALAR

 

1. O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi fan, texnika, madaniyat va ma’rifat sohasida fundamental, amaliy va innovatsiya ilmiy tadqiqotlarni (keyingi o’rinlarda – ilmiy tadqiqotlar deb yuritiladi) amalga oshiruvchi, ilmiy ishlanmalarni muvofiqlashtiruvchi va ularga samarali rahbarlikni ta’minlovchi, davlatning intellektual, iqtisodiy va ma’naviy salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan fan va keng qamrovli ilmiy texnologiya yutuqlarini o’z vaqtida ishlab chiqarishga joriy etuvchi mamlakatning oliy ilmiy tashkiloti hisoblanadi. Fanlar akademiyasi akademiklar va uning xorijiy a’zolarini hamda o’z tasarrufidagi ilmiy muassasalar ilmiy xodimlari va mutaxassislarini birlashtiradi. Fanlar akademiyasining faoliyati davlat byudjeti va belgilangan tartibda jalb qilingan byudjetdan tashqari mablag’lar asosida yuritiladi.



2. Fanlar akademiyasi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Ustavga amal qiladi.

3. Fanlar akademiyasi O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy rivojlanishini ta’minlash talablaridan kelib chiqqan holda ustuvor, istiqbolli va ilg’or ilmiy yo’nalishlarni belgilaydi, istiqbolli ilmiy tadqiqotlar dasturlarini ishlab chiqadi va ularni amalga oshiradi, o’z tasarrufidagi muassasalarning shu maqsadga qaratilgan tashkiliy va tarkibiy masalalarini hal etadi.

4. Fanlar akademiyasining asosiy vazifalari:

fan va texnika sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi;

davlat va jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi istiqbolli ilmiy yo’nalishlar bo’yicha ilmiy tadqiqotlar va ilg’or texnologiyalarni rivojlantirish strategiyasini belgilaydi;

tabiiy, texnikaviy, tibbiy, ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ma’naviy-ma’rifiy rivojiga ko’maklashuvchi ilmiy tadqiqotlar olib boradi;

tabiat, jamiyat va insoniyat taraqqiyoti, millatlar, milliy madaniyatlar, davlat va milliy munosabatlarning rivojlanishi muammolarini, ta’lim va ma’rifat masalalarini o’rganadi, tahlil qiladi va ilmiy natijalar asosida ushbu yo’nalishlarga oid masalalarning echimi haqida takliflar ishlab chiqadi;

Fanlar akademiyasi o’z faoliyatida yaratilgan va yaratilayotgan “nou-xau” va intellektual mulkni amaldagi qonunchilik asosida rasmiylashtiradi, himoya qiladi va ulardan foydalanadi;

yangi texnika, zamonaviy texnologiyalarni va ulardan amaliyotda foydalanish tamoyillarini ishlab chiqadi;

ilmiy ishlanmalarning natijalari va intellektual mulk ob’ektlaridan samarali foydalanishning zamonaviy mexanizmlarini amaliyotga joriy qilinishini ta’minlaydi;

ilm-fanni ko’p talab qiluvchi xalq xo’jaligi tarmoqlarining rivojlanishiga, jahon fani va texniasi yutuqlarini umumlashtirish va ulardan foydalanishga, tashqi va ichki investitsiyalarni ilmiy muassasalarga jalb etish va ulardan oqilona foydalanishga ko’maklashadi;

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga muvofiq ta’lim tizimini zamonaviy darsliklar, o’quv qo’llanmalari, o’qitishning texnik vositalari va pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash bo’yicha aniq maqsadga yo’naltirilgan ishlarni olib boradi;

ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda Kadrlar tayorlash milliy dasturining talablariga javob beruvchi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni ta’minlash bo’yicha faoliyatni amalga oshiradi;

oliy ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlikni amalga oshiradi, ularda tegishli ilmiy tadqiqotlarning rivojlanishini, Akademiyaning ilg’or ilmiy va texnologik bazasidan foydalangan holda fan yo’nalishlari bo’yicha yuqori malakali magistrlar tayyorlashni ta’minlaydi;

yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish ishlarini olib boradi va olimlarning samarali ijodiy faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi;

taraqqiy topgan mamlakatlarning akademiyalari, nufuzli xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari va muassasalari bilan xalqaro ilmiy va texnologik hamkorlikni tashkil etish va rivojlantirishni ta’minlaydi;

olimlar va ilmiy tadqiqot olib borayotgan jamoalarning ilmiy asarlarini e’lon qilish bo’yicha matbaachilik faoliyatini amalga oshiradi, o’zining davriy nashrlari ishlarini ta’minlaydi;

Fanlar akademiyasining atoqli olimlar nomidagi medal va mukofotlarini ta’sis etadi hamda yuksak ilmiy va ilmiy-texnikaviy yutuqlari uchun olimlar va ijodiy jamoalarni ushbu medal va mukofotlar bilan mukofotlaydi;

ilmiy bilimlarni ommalashtiradi, fan va ta’limning jamiyat hayotidagi nufuzi va ahamiyatini oshirish, ilmiy xodimlarning ijtimoiy himoya qilinishi va huquqlari to’g’risida g’amxo’rlik qiladi.

5. Fanlar akademiyasi o’zining asosiy vazifalarini bajarish uchun:

o’z tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarini, ularning filiallarini va boshqa yordamchi tashkilotlarni belgilangan tartibda tashkil qiladi, qayta tashkil etadi va tugatishi mumkin;

tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari, akademik litseylar, oliy ta’lim muassasalari (avvalambor, magistratura bo’limlari), vazirliklar, davlat ko’mitalari, idoralar, korporatsiyalar, kontsernlar, uyushmalar, ilmiy hamda ilmiy-texnika jamiyatlari, ijodiy uyushmalar, firmalar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar bilan o’zaro manfaatli ilmiy hamkorlikni rivojlantiradi;

ilmiy tadqiqotlarning eng muhim yo’nalishlari bo’yicha ilmiy kengashlar, jamiyatlar va boshqa birlashmalar tashkil etadi hamda fanni rivojlantirishda ushbu jamoa tashkilotlari imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanadi;

eng muhim ilmiy va ilmiy-texnikaviy muammolarning echimi bo’yicha tanlovlar tashkil etadi, ko’rikdan o’tgan ilg’or loyihalarni ilmiy jihatdan mukammallashtirish va amaliyotga joriy etish bo’yicha tashkiliy ishlarni amalga oshiradi;

olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarni o’z vaqtida zarur axborotlar bilan ta’minlaydi va buning uchun barcha shart-sharoitlarni yaratadi;

respublika taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan ilmiy muammolar bo’yicha ilmiy, ilmiy-texnikaviy konferentsiyalar, simpoziumlar, seminarlar tashkil qiladi, buyuk allomalar, taniqli fan va madaniyat arboblari sharafiga ilmiy-ommabop tadbirlar o’tkazadi.

6. Fanlar akademiyasi har yili o’z faoliyati to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot taqdim etadi.


II. FANLAR AKADEMIYASINING TARKIBI

 

7. Fanlar akademiyasi ilmiy-tarmoq va hududiy tamoyillar bo’yicha tuziladi.



8. Fanlar akademiyasi tarkibiga boshqaruv apparati, Hay’at, mintaqaviy bo’limlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari (ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy-o’quv markazi, muzeylar, botanika bog’lari, konstruktorlik byurolari, tajriba-sinov zavodlari va boshqa ilmiy tashkilotlar) "Fan" nashriyoti va bosmaxona, fundamental kutubxona, mehmonxona, arxivlar, jurnallar tahririyatlari, madaniy-ma’rifiy va davolash-sog’lomlashtirish hamda xo’jalik bo’linmalari kiradi.

9. Fanlar akademiyasi prezidenti huzurida jamoatchilik asosida ishlaydigan ilmiy-tadqiqot muassasalari direktorlarining Kengashi tuziladi.

Ushbu Kengash ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoniga eng maqbul tarzda muvofiqlashtirib boradigan maslahat organi hisoblanadi.

Kengashning faoliyati ushbu Ustav va Fanlar akademiyasi Umumiy majlisi tasdiqlagan Nizom asosida olib boriladi.

10. Fanlar yo’nalishlari bo’yicha vitse-prezidentlar huzurida jamoatchilik asosida ishlovchi Ilmiy kengashlar tuziladi.

Ilmiy kengashlar mamlakatimizda olib borilishi lozim bo’lgan va jamiyatimizning taraqqiyotiga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo’nalishlarini aniqlashga, ushbu yo’nalishlar bo’yicha bajarilayotgan ilmiy ishlarning mavqei va samaradorligini jahon fanining yuksak talablari darajasida baholashga hamda etakchi konsultativ-ekspert ilmiy jamoa sifatida faoliyat ko’rsatib, mamlakatimiz ilm-fanining nufuzini jahon miqyosida oshirishga bevosita xizmat qiladigan maslahat organi hisoblanadi.

Ilmiy Kengashlar tarkibiga Fanlar akademiyasining akademiklari, ilmiy-tadqiqot muassasalari (jumladan, tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari) va oliy ta’lim muassasalari vakillari hamda yuqori malaka va tajribaga ega bo’lgan (ilmiy darajasi bor yoki yo’qligidan qat’i nazar) amaliyotchi-mutaxassislar kiradi.  
Vitse-prezidentlar huzuridagi Ilmiy kengashlar ushbu Ustav va Fanlar akademiyasi Hay’ati tasdiqlagan Nizom asosida ish olib boradi.

11. Fanlar akademiyasi boshqaruv apparatida halqaro aloqalar bo’yicha vitse-prezident lavozimi kiritiladi.

Xalqaro aloqalar bo’yicha vitse-prezident o’z faoliyatida halqaro ilmiy va texnologik hamkorlikni rivojlantiradi, fanga tashqi investitsiyalar keng jalb qilinishini ta’minlaydi.

12. Bosh ilmiy kotib va vitse-prezidentlar tasarrufida yuqori malakali mutaxassislar va ekspertlardan iborat bo’lgan ma’muriy xizmatlar tashkil etiladi.

13. Fanlar akademiyasi boshqaruv apparatining xo’jalik ishlarini ta’minlash hamda akademiklarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash bilan bog’liq bo’lgan masalalar Fanlar akademiyasi ishlar boshqaruvchisi tomonidan amalga oshiriladi.

Ishlar boshqaruvchisi va unga qarashli tuzilmalar faoliyati ushbu Ustav hamda Fanlar akademiyasi Hay’ati tasdiqlagan Nizom bilan belgilanadi.

14. Fanlar akademiyasi va uning muassasalari huzurida belgilangan tartibda firmalar, kichik va qo’shma korxonalar, xo’jalik jamiyatlari, shirkatlar hamda mulkchilikning turli shakllariga asoslangan tashkilotlar va korxonalar uyushmalari, shuningdek, nodavlat va notijorat tashkilotlar, ilmiy tadqiqotlarni qo’llab-quvvatlovchi jamg’armalar tashkil etilishi mumkin.

15. Fanlar akademiyasi, uning mintaqaviy bo’limlari, mustaqil ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va ularga tenglashtirilgan ilmiy tashkilotlar yuridik shaxs maqomiga ega bo’ladi.

Fanlar akademiyasi va uning muassasalari amaldagi konunchilik doirasida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradi, shuningdek, milliy va chet el valyutasida bank hisob raqamlarini ochishga haqlidir.

Fanlar akademiyasining manzili: 100047, Toshkent sh., akademik Yahyo Fulomov ko’chasi, 70-uy.

 

III. FANLAR AKADEMIYASINING UMUMIY MAJLISI

 

16. Fanlar akademiyasi akademiklari va ilmiy-tadqiqot muassasalari direktorlaridan tashkil topgan Umumiy majlis Fanlar akademiyasining yuqori organi hisoblanadi.



17. Fanlar akademiyasi Umumiy majlisi a’zolari Umumiy majlisda ko’rib chiqiladigan barcha masalalarni hal etishda teng huquqga egadirlar.

18. Fanlar akademiyasi Umumiy majlisi ilm-fanni rivojlantirish va Akademiya faoliyatining eng muhim masalalarini ko’rib chiqish uchun uning Hay’ati tomonidan har yili kamida bir marta chaqiriladi.

19. Umumiy majlisning asosiy vazifalari:

ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor, istiqbolli va ilg’or yo’nalishlarini va ularga taalluqli ilmiy dasturlar loyihalarini muhokama qiladi hamda ular bo’yicha zarur qarorlar qabul qiladi;

Fanlar akademiyasining akademiklari va xorijiy a’zolarini saylaydi;  
Fanlar akademiyasi prezidentini, vitse-prezidentlarini va bosh ilmiy kotibni saylaydi va ularni egallab turgan lavozimidan ozod qiladi;

Fanlar akademiyasi Ustavi va tuzilmasini qabul qiladi, unga o’zgartirishlar kiritadi hamda tasdiqlash uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;

ilmiy-tadqiqot muassasalarining Namunaviy nizomini tasdiqlaydi;  
Fanlar akademiyasi Hay’atining ma’ruzalari va hisobotlarini muhokama qiladi va tasdiqlaydi;

Fanlar akademiyasining atoqli olimlari nomidagi medallar va mukofotlarni ta’sis etish to’g’risida qarorlar qabul qiladi hamda belgilangan tartibda etakchi olimlar va ilmiy jamoalarni mukofotlaydi;

belgilangan tartibda ilmiy-tadqiqot muassasalarini tashkil qilish, qayta tashkil qilish va ularning faoliyatini tugatish to’g’risidagi masalalarni ko’rib chiqadi;

Fanlar akademiyasi o’z vazifalarini amalga oshirish jarayonida dolzarb va ustuvor muammolarni hal qilish maqsadida qonunchilik faoliyati sohasida tashabbus ko’rsatish huquqiga ega;

zarurat bo’lganda Fanlar akademiyasi faoliyatiga taalluqli boshqa masalalarni hal etish huquqiga egadir.

20. Navbatdan tashqari Umumiy majlis Fanlar akademiyasi akademiklari yoki uning tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari direktorlarining kamida uchdan bir qismining taklifiga ko’ra, shuningdek mintaqaviy bo’limlarning ular tomonidan taklif etilgan kun tartibini muhokama qilish uchun chaqirilishi mumkin.

21. Umumiy majlisda Fanlar akademiyasi Hay’ati taklif etgan shaxslar qatnashishlari va kun tartibi bo’yicha so’zga chiqishlari mumkii.

22. Umumiy majlis a’zolari ro’yxatidagi tarkibning kamida uchdan ikki qismi majlisda qatnashganda va qaror qabul qilish uchun qatnashchilarning kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda Umumiy majlis to’la huquqli bo’ladi va uning qarorlari qabul qilingan hisoblanadi.

23. Fanlar akademiyasining Hay’ati maxsus qaror bilan chet elda xizmat safarida bo’lgan yoki salomatligi tufayli majlisda qatnasha olmaydigan Umumiy majlis a’zolarini ovoz berayotganda hisobdan chiqarish huquqiga egadir.

24. Umumiy majlis qarorlarini bajarish Fanlar akademiyasining barcha tashkilotlari, a’zolari va xodimlari uchun majburiy hisoblanadi.




IV. FANLAR AKADEMIYASINING

AKADEMIKLARI VA XORIJIY A’ZOLARI

 

25. Fanlar akademiyasnniig a’zolari tarkibiga akademiklar va uning xorijiy a’zolari kiradi.



26. Fanlar akademiyasining akademiklari va xorijiy a’zolari bir umrga saylanadilar.

27. Fanlar akademiyasining akademiklari ilm-fanni jahon andozalari talablari darajasida yuksak ilmiy ahamiyatga ega bo’lgan ilmiy ishlar bilan boyitgan, ilmiy jamotchilik tomonidan tan olingan ilmiy maktab yaratgan, ilmiy yutuqlari mamlakatning intellektual va iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish va kuchaytirishga javob beradigan, yoshi 65 dan oshmagan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bo’lgan fan doktorlaridan saylanadi.

28. Fanlar akademiyasining xorijiy a’zolari ilmiy yutuqlari jahon va mamlakat ilm-fani, O’zbekiston Respublikasi xalq xo’jaligi va madaniyati rivojiga ijobiy ta’sir ko’rsatgan, xalqaro hamkorlikka, tinchlik, barqarorlik ishiga va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga salmoqli hissa qo’shgan xorijiy fuqarolardan saylanadi.

29. Fanlar akademiyasi a’zoligiga saylovlar ushbu Ustav hamda Fanlar akademiyasi Hay’ati tomonidan tasdiqlangan saylovlar to’g’risidagi Nizom asosida o’tkaziladi.




V. FANLAR AKADEMIYASI AKADEMIKLARINING

HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

 

30. Fanlar akademiyasi akademigining majburiyatlari:



ilmiy tadqiqotlarda faol ishtirok etadi, ularning istiqbolli va ilg’or yo’nalishlarini shakllantiradi va o’zi saylangan fan sohasi ilmiy darajasini yuksaltirish uchun mas’uldir;

yuqori malakali ilmiy kadrlar va mutaxassislar tayyorlash ishlarida, ilg’or ilmiy maktablarni shakllantirish va rivojlantirishda bevosita ishtirok etadi;  


ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishda, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlashda shaxsan erishgan yutuqlari, ilmiy asarlarini o’z ichiga olgan ilmiy va ilmiy-tashkilotchilik faoliyati haqidagi yillik hisobotni hamda o’zi saylangan fan sohasini rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalarni har yilda Fanlar akademiyasiga taqdim etadi;

Fanlar akademiyasi Hay’ati, Fanlar akademiyasi prezidenti, vitse-prezidentlari va bosh ilmiy kotibning topshiriqlarini bajaradi, Fanlar akademiyasining Umumiy majlisi ishida faol qatnashadi.

31. Fanlar akademiyasi akademigining huquqlari:

Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish;  


Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalarida tanlovdan o’tmasdan ilmiy lavozimlarni egallash;

o’zining ilmiy asarlarini nashr etish;

Fanlar akademiyasi Umumiy majlisi va Hay’atida ko’rib chiqish uchun ilmiy va ilmiy-tashkiliy masalalarni kiritish va ularning muhokamasida ishtirok etish;  
belgilangan tartibda akademiklikka nomzodlar ko’rsatish;

vitse-prezidentlar huzuridagi Ilmiy kengashlar faoliyatida, ular fanning qaysi yo’nalishiga taalluqli ekanligidan qat’i nazar, ishtirok etish;

vitse-prezidentlar huzurida ilm-fanning dolzarb yo’nalishlari bo’yicha muayyan Ilmiy kengashlar tuzish haqida takliflar kiritish;

Fanlar akademiyasining akademiklari akademiklik unvoni uchun har oyda belgilangan gonorar oladilar va belgilangan huquq va imtiyozlardan foydalanadilar.

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari O’zbekiston fuqaroligini boshqa mamlakat fuqaroligiga belgilangan tartibda almashtirgan taqdirda Akademiyaning xorijiy a’zolari tarkibiga o’tadi.

Fanlar akademiyasining xorijiy a’zolari akademiklarga tegishli barcha huquqlardan foydalanadilar. Akademiyaning rahbariyatiga saylanish, akademiklarni saylashda ovoz berish, akademiklik unvoni uchun gonorar olish bundan mustasnodir.




VI. FANLAR AKADEMIYASINING AKADEMIKLARI VA XORIJIY

A’ZOLARINI SAYLASH TARTIBI

 

32. Fanlar akademiyasi a’zoligiga vakant va yangi ochiladigan o’rinlarni hamda saylovlar o’tkazish muddatlarini Akademiya Hay’ati tavsiyasiga binoan, ilm-fan sohalarining turli yo’nalishlarida mavjud ehtiyojlarni hisobga olgan holda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.



Fanlar akademiyasi Hay’atining akademiklar safiga saylovlar o’tkazilishi haqidagi xabari saylovlar o’tkazilishidan kamida ikki oy oldin respublika matbuotida e’lon qilinadi.

33. Fanlar akademiyasining xorijiy a’zolari Hay’atning taqdimnomasiga binoan Fanlar akademiyasining Umumiy majlisida ochiq ovoz berish yo’li bilan saylanadi.

34. E’londa ko’rsatilgan ixtisosliklar bo’yicha akademiklikka nomzodlar ko’rsatish huquqi akademiklar, ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari ilmiy kengashlariga beriladi.

35. Ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari tomonidan nomzodlar ko’rsatish ilmiy (ilmiy-texnika) kengashlar majlislarida yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tkaziladi. Ovoz berishda qatnashgan kishilarning kamida 50 foiz ovozini olganlar nomzodlikka ko’rsatilgan hisoblanadi. Ovoz berishda Kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashishi shart.

Akademiklikka nomzodlar ko’rsatgan muassasalar nomzodlarning ilmiy va ilmiy-tashkilotchilik faoliyatini tavsiflovchi xujjatlarni o’rnatilgan tartibda Fanlar akademiyasining kadrlar bo’limiga ro’yxatdan o’tkazish uchun taqdim etadi.

36. Fanlar akademiyasi Hay’ati nomzodlarning hujjatlarini ekspertizadan o’tkazadi, ularning ilmiy faoliyati yo’nalishlari e’lon qilingan ixtisosliklarga mos yoki mos emasligini aniqlaydi va saylovda ishtirok etishga ruxsat berilgan nomzodlarning ro’yxatini respublika matbuotida saylovdan kamida 20 kun oldin e’lon qiladi.

Matbuotda e’lon qilingan nomzodlarning ilmiy va ilmiy-tashkilotchilik faoliyati haqidagi materiallar Fanlar akademiyasi Hay’ati tomonidan Umumiy majlisning barcha a’zolariga tanishtiriladi.

37. Akademiklikka saylovlar Fanlar akademiyasining Umumiy majlisi qaroriga muvofiq ochiq yoki yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tkaziladi.

Akademiklarni saylashda Umumiy majlisning barcha a’zolari hal qiluvchi ovoz berish huquqiga egadirlar. Fanlar akademiyasi Umumiy majlisi ro’yxatidagi a’zolarning kamida uchdan ikki qismi ovoz berishda qatnashishlari shart.

38. Ovoz berishda qatnashgan Umumiy majlis a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ovozini olgan nomzodlar saylangan hisoblanadilar.

39. Agar dastlabki saylovda nomzodlardan birortasi ham saylanish uchun etarli miqdorda ovoz ololmasa, Umumiy majlis uch marta qayta saylov o’tkazish huquqiga egadir.

Ovoz berishda qatnashganlarning kamida uchdan bir yoki undan ko’p qismi qo’llab-quvvatlagan nomzodlar keyingi ovoz berishlarga qo’yiladi.

Ovoz berishning uchinchi martasiga ikkinchi martasida eng ko’p ovoz olgan nomzod qo’yiladi.

40. Saylovlarni o’tkazish uchun Fanlar akademiyasi Umumiy majlisi tomonidan hisob komissiyasi saylanadi. Hisob komissiyasi saylov yakunlari bo’yicha bayonnoma tayyorlaydi. Hisob komissiyasining bayonnomasi Umumiy majlis tomonidan tasdiqlanadi.

41. Fanlar akademiyasi tarkibiga saylangan yangi a’zolar ro’yxati respublika matbuotida e’lon qilinadi.

VII. FANLAR AKADEMIYASI HAY’ATI VA UNING A’ZOLARINI

SAYLASH TARTIBI

 

42. Fanlar akademiyasi Hay’ati Akademiya zimmasiga yuklatilgan barcha vazifalarni amalga oshiruvchi tashkiliy-boshqaruv organi hisoblanadi va o’z tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarining faoliyatiga bevosita ilmiy-uslubiy rahbarlik qiladi.  


Fanlar akademiyasi Hay’ati tarkibiga prezident, 4ta vitse-prezident (shu jumladan fanlar yo’nalishlari bo’yicha 3 nafar va xalqaro aloqalar bo’yicha 1 nafar), bosh ilmiy kotib, mintaqaviy bo’limlar raislari kiradi.

43. Fanlar akademiyasi prezidenti lavozimiga nomzodlar muqobillik asosida akademiklar qatoridan ilmiy-tadqiqot muassasalari direktorlarining Kengashida muhokama etiladi va ma’qul deb hisoblangan nomzod Fanlar akademiyasining Umumiy majlisiga saylash uchun tavsiya etiladi. Umumiy majlis ochiq ovoz berish yo’li bilan Fanlar akademiyasi prezidentini saylaydi. Agarda tavsiya etilgan nomzod saylov natijalariga ko’ra Umumiy majlis qatnashchilarining ko’pchilik ovoziga ega bo’la olmasa, unda ilmiy-tadqiqot muassasalari direktorlari Kengashining raisi ikkinchi (oxirgi) tur saylovlarini tashkil etadi. Bu holda, u dastlab Umumiy majlis a’zolari va tasdiqlovchi organ bilan tegishli konsultatsiyalar o’tkazadi hamda shu asosda eng maqbul nomzodni saylash uchun Umumiy majlisga tavsiya etadi. Fanlar akademiyasi Umumiy majlisi Akademiya prezidentligiga saylangan nomzodni lavozimga tasdiqlash uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat qiladi.

44. Fanlar akademiyasining vitse-prezidentlari va bosh ilmiy kotibi fan va texnikaning rivojiga ulkan hissa qÿshgan, ilmiy-texnik ishlanmalarni yaratish va amaliyotga joriy etish, ilmiy kadrlar va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda katta xizmat qilgan olimlar qatoridan ilmiy tadqiqot muassasalari direktorlarining Kengashi bilan kelishilgan holda Fanlar akademiyasi prezidentining tavsiyasiga binoan Umumiy majlisda ochiq ovoz berish yÿli bilan saylanadilar.

45. Fanlar akademiyasining Qoraqalpog’iston bo’limi va boshqa mintaqaviy bo’limlari raislari lavozim talablariga to’liq javob beradigan olimlar qatoridan Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan tayinlanadi.

46. Fanlar akademiyasining prezidenti, vitse-prezidentlari va bosh ilmiy kotibi besh yil muddatga va ketma-ket ko’pi bilan ikki muddatga saylanishlari mumkin.

47. Fanlar akademiyasining Hay’ati o’z faoliyati haqida Umumiy majlisga hisobot beradi.

48. Fanlar akademiyasi prezidentining asosiy vazifalari:

Fanlar akademiyasiga umumiy rahbarlikni va O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy, intellektual va ma’naviy yuksalishini ta’minlashga doir ilmiy strategiyasini amalga oshiradi, kundalik masalalarni operativ tarzda hal etadi;  


Akademiyadagi ishlarning ahvoli uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va Fanlar akademiyasining Umumiy majlisi oldida shaxsan javob beradi;  
davlat yuqori organlari oldida va halqaro maydonda Fanlar akademiyasi nomidan ish yuritadi va uning manfaatlarini himoya qiladi;

Akademiyaning boshqaruv apparati lavozim vazifalarini tasdiqlaydi va ushbu vazifalarning rahbar xodimlar tomonidan bajarilishini nazorat qiladi;

o’z huzuridagi ilmiy-tadqiqot muassasalari direktorlari Kengashi faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi hamda uning tavsiyalari va takliflarini ko’rib chiqadi;

ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqishga, Fanlar akademiyasi faoliyatining samaradorligi va rivojlanishiga to’siq bo’lib turgan kamchiliklarning bartaraf etilishini ta’minlaydi;

rejalashtirilgan ilmiy tadqiqotlarning bajarilishini nazorat qiladi hamda fan yutuqlari va yangi texnologiyalar amaliyotga o’z vaqtida tadbiq etilishini ta’minlaydi;  
ilmiy-tadqiqot muassasalarning oliy ta’lim muassasalari va akademik litseylar bilan samarali hamkorligini ta’minlaydi;

Fanlar akademiyasining nashr ishlarini va “Fan” nashriyoti faoliyatini nazorat qiladi;

ilmiy kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishiga rahbarlik qiladi;  
Fanlar akademiyasi mintaqaviy bo’limlari raislari, ilmiy-tadqiqot muassasalari direktorlarini amaldagi qonunchilik va belgilangan tartib bo’yicha lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi, shuningdek, ilmiy-yordamchi va xo’jalik bo’limlari rahbarlarini shartnoma asosida lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

ilmiy-tadqiqot muassasalarida ilmiy ishlar bilan band bo’lgan xodimlar faoliyatini erkinlashtirishga, ularning ilmiy tadqiqotlari samarali bo’lishiga yordam beruvchi sharoitlar yaratilishi, ilmiy jamoalarda ijodiy iqlim tashkil etilishini ta’minlaydi;

Fanlar akademiyasi kreditlarining asosiy boshqaruvchisi hisoblanadi va ularning to’g’ri sarflanishini nazorat qiladi.

Fanlar akademiyasi prezidentining topshiriqlari va ko’rsatmalari yuzasidan buyruqlar va yo’riq xatlar chiqariladi, rasmiylashtiriladi va tegishli manzilga etkaziladi.

 

VIII. FANLAR AKADEMIYASINING MINTAQAVIY BO’LIMLARI

 

49. Fanlar akademiyasining mintaqaviy bo’limlari O’zbekiston Respublikasining muayyan xududlarida ilmiy va ilmiy-texnikaviy salohiyatni rivojlantirish uchun tashkil etiladi. Mintaqaviy bo’limlarni tashkil qilish, qayta tashkil qilish va tugatish Fanlar akademiyasi Hay’atining tavsiyasi bilan umumiy majlis tomonidan amalga oshiriladi.



50. Fanlar akademiyasining mintaqaviy bo’limlari o’z faoliyatida bevosita Fanlar akademiyasi prezidentiga bo’ysunadi.

Mintaqaviy bo’lim tasarrufidagi muassasalarga rahbarlikni bo’lim raisi, uning o’rinbosari va bosh ilmiy kotibi amalga oshiradi.

51. Mintaqaviy bo’lim raisi o’rinbosari va bosh ilmiy kotibi bo’lim raisining tavsiyasiga binoan Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.  
Mintaqaviy bo’limlar raislari Fanlar akademiyasi Umumiy majlisi va Hay’ati qarorlari hamda Fanlar akademiyasi prezidenti buyruqlarining bajarilishini ta’minlaydilar.

52. Mintaqaviy bo’limlar o’z faoliyatlarini ushbu Ustav va Fanlar akademiyasi Hay’ati tomonidan tasdiqlangan mintaqaviy bo’limlar Nizomlari asosida olib boradi.

 

IX. FANLAR AKADEMIYASINING QORAQALPOG’ISTON BO’LIMI

 

53. Qoraqalpog’iston bo’limi o’z faoliyatini ushbu Ustav va Qoraqalpog’iston bo’limi Nizomiga muvofiq amalga oshiradi va bevosita Fanlar akademiyasi prezidentiga bo’ysunadi.



Bo’lim muassasalariga ilmiy-uslubiy rahbarlikni uning Hay’ati amalga oshiradi. Uning tarkibiga bo’lim raisi, raisning o’rinbosari va bosh ilmiy kotib kiradi.

54. Qoraqalpog’iston bo’limi raisining o’rinbosari va bosh ilmiy kotibi Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan Qoraqalpog’iston bo’limi raisining tavsiyasiga binoan 5 yil muddatga tayinlanadi.

Qoraqalpog’iston bo’limi o’z bo’limiga ajratilgan akademiklarning vakant o’rinlariga nomzodlarni muhokama qiladi va sohalar bo’yicha saylash uchun o’z tavsiyasini Fanlar akademiyasining prezidentiga beradi.

Qoraqalpog’iston bo’limining Hay’ati Fanlar akademiyasining Umumiy majlisi va Hay’ati, bo’lim umumiy majlisi qarorlarining hamda Fanlar akademiyasi prezidenti buyruqlarining bajarilishini ta’minlaydi.

Qoraqalpog’iston bo’limining Hay’ati o’z faoliyatida Fanlar akademiyasi Hay’atiga bo’ysunadi.

55. Qoraqalpog’iston bo’limining Nizomi Fanlar akademiyasi Hay’ati tomonidan tasdiqlanadi.




X. FANLAR AKADEMIYASINING ILMIY-TADQIQOT MUASSASALARI

 

56. Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot va ilmiy-ishlab chiqarish faoliyati uning ilmiy-tadqiqot muassasalarida amalga oshiriladi.



57. Ilmiy-tadqiqot muassasasi o’zining ilmiy-tashkiliy faoliyatini tegishli fanlar yo’nalishlari bo’yicha vitse-prezidentning xizmati bilan birgalikda olib boradi. Bunda vitse-prezidentning asosiy vazifasi ilmiy-tadqiqot muassasasi faoliyatini muvofiqlashtirib borish va unga samarali ko’mak berishdan iborat bo’ladi.

58. Ilmiy-tadqiqot muassasasi rahbari mutasaddi vitse-prezident tavsiyasi bilan Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan yirik olimlar - fan doktorlari orasidan amaldagi qonunchilik va belgilangan tartib bo’yicha shartnoma asosida 5 yilgacha muddatga tayinlanadi. Ilmiy-tadqiqot muassasasi direktori o’zi rahbarlik qilayotgan ilmiy muassasaning faoliyati uchun shaxsan javobgardir.

59. Ilmiy-tadqiqot muassasasi direktorining ilmiy ishlar bo’yicha o’rinbosari (fan doktori yoki nomzodi), ilmiy kotibi (fan doktori yoki nomzodi) mutasaddi vitse-prezident bilan kelishilgan holda ilmiy-tadqiqot muassasasi direktori tomonidan tayinlanadi. 

Direktorning ilmiy ishlar bo’yicha o’rinbosari hamda ilmiy kotibning huquq va majburiyatlari direktor tomonidan ilmiy-tadqiqot muassasasi Nizomiga muvofiq belgilanadi.

Ilmiy-tadqiqot bo’linmasi (ilmiy-tadqiqot muassasasi bo’limi, laboratoriyasi) mudiri, odatda, ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashi tanlovidan o’tgan fan doktorlari qatoridan direktor tomonidan tayinlanadi.

60. Ilmiy-tadqiqot muassasasi direktori huzurida laboratoriya (bo’lim) mudirlarining Kengashi tuziladi. Kengash maslahat organi sifatida ushbu Ustav va ilmiy-tadqiqot muassasasi direktori tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida ish yuritadi.

61. Ilmiy-tadqiqot muassasalari ushbu Ustav va Fanlar akademiyasi Hay’ati tomonidan tasdiqlangan nizomlarga muvofiq ish yuritadilar.

 

XI. FANLAR AKADEMIYASI FAOLIYATINING IQTISODIY ASOSLARI

 

         62. Fanlar akademiyasi faoliyatining iqtisodiy asosini uning tarkibidagi barcha muassasalarga davlat tomonidan cheklanmagan muddatga foydalanish va tasarruf qilish uchun berilgan asosiy fondlar, Akademiyaning o’zi yaratgan mol-mulk va intellektal mulk mahsulotlari hamda boshqa mol-mulklar tashkil etadi.



Fanlar akademiyasining asosiy fondlari va boshqa mol-mulklarini uning roziligisiz yoki amaldagi qonunchilikka zid ravishda begonalashtirish yoki qayta tuzish mumkin emas.

63. Fanlar akademiyasining faoliyati davlat byudjeti va belgilangan tartibda jalb qilingan byudjetdan tashqari mablag’lar (tashqi va ichki investitsiyalar, ishlab chiqarish va intellektual mulk mahsulotlarini sotishdan keladigan daromadlar, homiylarning beg’araz badallari va boshqalar) asosida yuritiladi.

Davlat byudjetidan ilmiy tadqiqotlarni olib borishga ajratilgan mablag’lar Fanlar akademiyasi orqali bevosita uning muassasalariga etkaziladi.

64. Ilmiy-tadqiqot muassasalari ularga ajratilgan mablag’larning sarf-xarajatini amaldagi qonunchilik va belgilangan tartibda tasdiqlangan harajatlar smetasi asosida mustaqil ravishda amalga oshiradilar.

65. Fanlar akademiyasi tarkibidagi xo’jalik yurituvchi muassasalar, birlashmalar, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari o’z xo’jalik faoliyatlarini amaldagi qonunchilik va ushbu Ustav asosida amalga oshiradilar.

66. Fanlar akademiyasi, uning tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalar amaldagi qonunchilik asosida aktsiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarning muassislari bo’lish huquqiga egadirlar. Ular ushbu faoliyatlarida ilmiy ishlanmalar maxsulotlarini, ilmiy-texnika va reklama-tijorat xizmatlarini ichki va tashqi bozorda sotishdan olinadigan foydaga egalik qilish va tasarruf etish bo’yicha huquq sub’ektlari hisoblanadilar.

Fanlar akademiyasi tashkilotlari va muassasalari byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan amaldagi qonunchilikka zid bo’lmagan turli sohalar bo’yicha o’zining Nizomlariga binoan faoliyat yuritish huquqiga ega.

67. Davlat byudjetidan mablag’ bilan ta’minlanadigan ilmiy tadqiqotlar natijalari bÿyicha hisobotlar, Fanlar akademiyasi olimlari va ilmiy-tadqikot muassasalarining mualliflik huquqini himoya kilish normalariga rioya etish asosida, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qÿmitasiga topshiriladi.

68. Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy xodimlari va mutaxassislari shu muassasalarda yaratilgan intellektual mulk natijalariga nisbatan, amaldagi qonunchilik va belgilangan tartibga binoan, mualliflik huquqiga ega bo’lgan sub’ektlar hisoblanadilar.

Fanlar akademiyasining muassasalari, tashkilotlari va boshqa bo’linmalari, amaldagi qonunchilik va belgilangan tartib asosida, shu muassasalarda yaratilgan intellektual mulkka va uning ob’ektlariga (ilmiy tadqiqotlar natijalari, "nou-xau", tajriba-konstruktorlik ishlanmalari, kashfiyotlar, sanoat namunalari, selektsiya-urug’chilik yutuqlari va boshqalarga) nisbatan egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish huquqiga ega.

69. Fanlar akademiyasi o’z mablag’lari va o’z tasarrufidgi muassasalarining xo’jalik hamda tadbirkorlik faoliyatlaridan olinadigan daromadning bir qismi, shuningdek, jalb qilingan boshqa mablag’lar hisobiga maxsus moliya va innovatsiya fondlarini (ilmiy-texnika va ijtimoiy rivojlantirish, olimlarni ijtimoiy himoyalash va boshqa fondlarni) tashkil etish huquqiga ega. Bunday fondlarni tashkil etish va ularning mablag’larini sarflash tartibi Fanlar akademiyasi tomonidan ishlab chiqilgan va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan maxsus Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

 

XII. FANLAR AKADEMIYASINING ALOHIDA HUQUQLARI

 

70. Fanlar akademiyasi olimlarning, adabiyot, madaniyat va san’at arboblarining qo’lyozmalari va arxivlarini, shuningdek, o’z muassasalarining fan tarixi uchun ahamiyatli bo’lgan arxiv va boshqa materiallarini saqlash huquqiga ega.



71. Fanlar akademiyasi boshqa mamlakatlarning ilmiy muassasalari, oliy ta’lim muassasalari, kutubxonalari, muzeylari, nashriyotlari bilan matbaa nashrlarini ayirboshlash huquqiga ega.


XIII. FANLAR AKADEMIYASI USTAVINING AMALDA BO’LIShI  VA UNI O’ZGARTIRISH TARTIBI

 

72. Fanlar akademiyasining Ustavi Umumiy majlis tomonidan qabul qilinadi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi. Fanlar akademiyasining Ustavi tasdiqlangan kundan boshlab kuchga kiradi.



73. Fanlar akademiyasi Ustaviga o’zgartirish kiritish Umumiy majlisning qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Bu o’zgartirishlar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi.

 

Ustav Fanlar akademiyasining                                 Ustavga o’zgartirish va qo’shimchalar

        2000 yil 19 maydagi Umumiy                                            2011 yil 29 aprelda

            majlisida qabul qilingan                                         Umumiy majlisda kiritilgan



Qo’shimcha ma’lumotlar olish uchun O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga murojaat qilishingiz mumkin, tel:.233-59-86, e-mail: analytic@academy.uz

 
Download 34,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish