Vazifalari va mazmuni



Download 218,5 Kb.
bet1/9
Sana26.02.2022
Hajmi218,5 Kb.
#472189
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1404473807 53700


MAVZU: “UMUMTA'LIM MAKTABLARINING O'RTA SINFLARIDA MUSIQIY TA'LIMNI O'QITISHNING MAQSAD,
VAZIFALARI VA MAZMUNI ”
MUNDARIJA:
I.KIRISH:
I.BOB: “UMUMTA'LIM MAKTABLARINING O'RTA SINFLARIDA MUSIQIY TA'LIMNI O'QITISHNING MAQSAD, VAZIFALARI VA MAZMUNI ”
1.l. Birinchi sinfda musiqa o’qitishning mazmuni va metodikasi
1.2. Birinchi sinf o’quvchilarining psixologik-fiziologik xususiyatlari
1.3. Musiqa darslarida musiqa tinglash va tahlil qilish
II.BOB: MAKTABDA MUSIQA DARSINING ROLI
2.1. Musiqa dasrlarini o’qitishning ta’lim standarti
2.2. Musiqa o’qitishning asosiy yo’nalishlari, ilmiy-metodik ta’minoti va tashkiliy jihatlarini hisobga olgan xolda musiqa darslarini rejalashtirish
III.XULOSA
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH:
1-sinfda o’quvchilarning butun musiqa ta’limiga negiz solinadi, shuning uchun bu sinfda o’qituvchi o’qitish metodikasini ayniqsa yaxshi bilishi, maktab yoshidagi kichik bolalarning yosh va individual xususiyatlarini, ularning musiqa va vokal-qo’shiqchilik imkoniyatlarini chuqur bilish zarur. 1-sinf o’quvchilari psixologik-fiziologik xapakteriga ko’ra ma’lum darajada xotirasi to’liq rivojlanmagan, diqqat-e’tibori, ovoz apparatlari to’la shakilanmaganligi sababli, ovoz pardalari nozik, ovoz diapazonlari cheklangan bo’ladi. Uzoq vaqt surunkasiga qo’shiq kuylash bolalar ovoz apparatlarining shakillanishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun dars strukturasini buzib, musiqa savodi va musiqa tinglash faoliyatlari o’rnida ham qo’shiq kuylatish xollariga yo’l qo’yish tavsiya qilinmaydi. O’quvchilarning ovoz apparatlariga putur yetkazmaslik ovozni saqlashning muhim sharti birinchi sinfdan boshlaboq o’quvchilarning ovoz diapazonini aniqlash, ishchi diapazonlaridagi notalardan tashqariga chiqmaslik va uni kengaytirib borishga alohida e’tibor berish lozim. Kichiq maktab yoshidagi o’quvchilar o’zlariga xos juda mayin va yoqimli tembrga ega bo’ladilar. 1-sinfdan boshlab o’quvchilarning vokal va xor malakalari takomillashtirib boriladi. O’tirib va turib kuylaganda gavdani to’g’ri tutish, nafasni rejaga sola bilish, kuylaganda unli va undoshlarni, melodik, garmonik intervallarni to’g’ri talaffuz qilish, dinamik tuslarga rioya qilgan xolda (mayin ovozda, yoqimli) kuylash ustida muntazam ravishda ish olib boriladi. Bolalar ovozini parvarish qilish, vokal va xor malakalarini oshirishda ashula o’rganishdan oldin maxsus vokal mashqlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bundan avval o’quvchilarni ishchi diapazonining prima (o’rta) tovushlaridan boshlab pastga tomon yo’naluvchi tetraxordlardan foydalaniladi. Nafas esa me’yorida, shovqinsiz, yelkani ko’tarmay, o’z vaqtida olish va mayin atakada kuylashga alohida e’tibor beriladi. «Qattiq ataka» boshlang’ich sinflarda juda kam ishlatiladi. Chunki, qattiq atakada kuylash xali juda ham nafis bo’lgan ovoz apparatlarining zo’riqishiga olib keladi. Buni amalga oshirish uchun dasturdagi qo’shiqlarda o’qituvchining o’zi o’quvchilarning qobiliyati va imkoniyatlarni hisobga olgan xolda tanlab oladi.

Download 218,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish