Vatan himoyachilari bo‘lish orzusida



Download 191.31 Kb.
Sana11.10.2019
Hajmi191.31 Kb.
Vatan himoyachilari bo‘lish orzusida


Mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yosh avlodni har tomonlama barkamol, sog‘lom, mustaqil fikrlaydigan insonlar etib voyaga yetkazish, ularni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilayotir.

O‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda maktabdan tashqari qo‘shimcha ta’lim shakli – harbiy-sport sinflari muhim o‘rin tutadi. Ushbu sinflar harbiy-texnik bilimlarni kengaytirish, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar sifatini oshirish, yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash, harbiy-amaliy va texnik sport turlarini ommalashtirish, hamda o‘quvchilarni sog‘lomlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Poytaxtimizdagi 58-maktab qoshida tashkil etilgan ana shunday sinflar samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

– Hozirgi kunda maktabimizda 1,5 ming nafardan ortiq o‘quvchi ta’lim olmoqda, ularning 960 nafari maktabdan tashqari qo‘shimcha ta’lim beriladigan harbiy-sport sinflariga qatnaydi, – deydi maktab direktori Saodat Xudoyqulova. – Maktabimizda bunday sinflar “Alfa-trening” sho‘ba korxonasi bilan tuzilgan shartnoma asosida 2006 yilda tashkil etilgan. Ushbu korxona, shartnomaga muvofiq, o‘z ustaviga mos ravishda mazkur sinflar faoliyatini tashkil etadi va o‘quv dasturini tuzadi.

Bu sinflarda o‘qish davomida bolalar harbiy chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik, faoliyat xavfsizligi asoslari bo‘yicha zarur bilimlarga ega bo‘ladi, o‘zini himoya qilish usullarini egallaydi, ingliz tili, informatika va kompyuter savodxonligi asoslarini chuqur o‘rganadi. Shuningdek, favqulodda hodisalar yuz bergan holatlarda to‘g‘ri harakat qilish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, o‘quvchilarda fuqaro muhofazasiga oid ko‘nikmalarni hosil qilish uchun ham bir necha soatlik mashg‘ulotlar ajratilgan. O‘qishni tugatgan bitiruvchilarga maktab shahodatnomasi va “Alfa-trening” sho‘ba korxonasining sertifikati beriladi.



Asosiy darslardan so‘ng o‘quvchilarga maktabdan tashqari qo‘shimcha ta’lim beradigan harbiy-sport sinflari dasturi bo‘yicha maxsus fanlar o‘qitiladi. Shuningdek, ular uchun “Yosh chegarachi”, “Yosh aviator”, “Yosh desantchi”, “Yo‘l harakati bo‘yicha yosh inspektor”, “Yosh alpinist” singari to‘garaklar tashkil qilingan. Shuningdek, bolalarga kutubxona va zamonaviy kompyuter zali xizmat ko‘rsatadi.


O‘quvchilar sport to‘garaklari va seksiyalari mashg‘ulotlariga ham maroq bilan qatnaydi. Yigit-qizlar basketbol, futbol, stol tennisi, taekvondo, sambo, kurash, voleybol, shashka, shaxmat va yengil atletika kabi sport turlariga ayniqsa ko‘proq qiziqadi.

– Mening orzuim – harbiy bo‘lish hamda Vatanimni himoya qilish, – deydi 8-sinf o‘quvchisi Otabek Rajabov. – Shu maqsadda maktabda harbiy soha va saf tayyorgarligi asoslarini o‘rganyapman, sport bilan shug‘ullanmoqdaman. Maktabni tugatgach, Toshkent harbiy-telekommunikatsiya akademik litseyiga o‘qishga kirmoqchiman.
Download 191.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
rivojlantirish vazirligi
Alisher navoiy
matematika fakulteti
Ўзбекистон республикаси
pedagogika universiteti
sinflar uchun
bilan ishlash
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
fanining predmeti
махсус таълим
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
Navoiy davlat
Buxoro davlat
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Fuqarolik jamiyati
pedagogika fakulteti