“Vasiyatnoma”dan. M. Behbudiy


Ma’rifat targ‘ibotchisi Behbudiyning o‘lmas



Download 367.3 Kb.
bet16/21
Sana28.09.2021
Hajmi367.3 Kb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Ma’rifat targ‘ibotchisi Behbudiyning o‘lmas

o ‘gitlaridan namunalar

“Marvda aholi aksariya ila rus, arman va eron tab’alaridur. Atrof xalqi turkman bo‘lub, shahariy bo‘lg‘onlari yo‘q. ..Yo‘l ustindagi turkmanlarni boshindagi uzunligi uch yarim qarish, eni ekki qarishdan ziyoda telpagidan bashqa ko‘rgu yeri yo‘q, faqat hanuz belida aksariya ila xanjari bordur. Ammo alar xanjar o‘rnig‘a qalam tutish zamoni kelganini bilmaydurlar”. (“Sayohatnoma”)

 

* * *


“Er – qum. Bir taraf o‘tsiz tog‘, besh-o‘n teva, bir-ekki eski olachiq har yerda oz-oz ko‘rinur. Bu qazoqlarga lozim ediki, o‘zlarig‘a yaqin shaharlar atrofinda yig‘ilib turg‘un bo‘linsalar, valloh, bu ketishni oxiri yo‘q bo‘lmoqdir. Muhtaram qazoq talabalari, qazoq ulamo va ziyolilari muni talqin etsalar kerakdur”.  (“Qizilarvot”)

* * *


“Boku …hiyla vus’at topib, imoratlari besh-olti tabaqag‘acha yuksalibdur… Boku Rusiyaning obodonlik jihatidan beshinchi shahri bo‘lib, ammo musulmon davlatligining ko‘pligi ila Rusiyada ikkinchi shahardur. Chunonchi, munda yuz milyo‘n so‘mlik mulku sarmoyag‘a doro ( ega) bir necha musulmonlar bo‘lub, milyo‘n sohibi musulmonlar yana ortuqroq…bo‘lub shaharning aksari mulki musulmonlar qo‘lidadur. Olloh ziyoda etsun! Bul shaharning yeridan naft (neft. Barcha izohlar bizniki), boshqa til ila, oltun chiqur. Bu kun mehnatkash bir kishining yeridan naft chiqsa, ertag‘a milyo‘nchi og‘a bo‘lur…
“Mo‘tabar sado” va “Iqbol” jaridalari idoralari hamda muridi muhtaramlari Hoshimbek Vaziruf ila Sodiqiyni ziyorat etdim. Idoralarining ahvoli zohiriyasini nihoyatda tang va mashaqqatda ko‘rdum… Bechora mudir va muharrirlarning biri qorong‘u yerto‘lada, digari tor va issig‘ bir do‘konda murattablari ila umr o‘tkazurlar ekankim, manga ko‘b ta’sir etdi”. (“Sayohatnoma”)

* * *


“Iloho, u aziz va faol bandalaring hurmatig‘a bizga basirat et. Eshitar quloq, anglar aql ber…
Ey Ollohi azim-u shon! Bu magar sening g‘azabingmidur? Afu et, biz-insonlarni; hidoyat et! Yer yuzinda sulh va salohi umumi ato ayla, insonlarg‘a insoniyat ber. Zolimlarni qahr et, mahv bo‘lsun zulm. Yashasun adolat va haqqoniyat! Omin…” (“Sayohatnoma”)

* * *


“… muning olti yuz chaqirimi (Kavkaz N.R.) komilan musulmon yerlari ham nihoyatda manbit (ko‘kalamzor) va a’lo yerlardurkim, arpadan sholig‘acha ekilgan va aksariyati bahorikori. Daraxtlari u qadar ko‘pki, Samarqandning Qaradaraxtu Miyonkoli anga nisbatan hechdur. Xalqi bizning pirsiyon, lazgi, dog‘istoniy degan xalqlar bo‘lub, yana doxilan chechen, qumuq va boshqa ismlar ila atalur. Biz turkistoniylar topganimizni to‘y, o‘luk va ko‘pkarig‘a sarf qilgandek, bu musulmon qarindoshlarimizning aksari o‘z molini qiz olib qochib, janjoliga sarf etmoq, bir-biravlarini o‘ldurub, yana qasosi nomashru’ tariqida tarafayndan bir nechalab o‘ldurub, so‘ngra bor pullarini sudu sinod yo‘lig‘a va umrlarini Sibiriyo cho‘llarig‘a sarf qilib, nobud bo‘lar ekanlar”.

* * *


“Astag‘furillo, subhonolloh. Bizni qiladurg‘on aqlsizligimizni qaysi millat qilur? Nikoh, xatna, bu ikki balo shundoq qattiq bir illatki, o‘lmaguncha qutulib bo‘lmaydur. Shaharlarda o‘rtahol, ya’ni o‘turarg‘a xona va bog‘i bor bir kishi nikoh uchun ikki ming so‘m sarf etar va o‘g‘ul xatnasi uchun hech bo‘lmaganda ming so‘m… Oxiri nima bo‘lur? Nima bo‘lur deysiz? Ota-bobosidan qolgan mulk va vatanini o‘z ixtiyori ilan zo‘raki boyni o‘zi o‘lgandan so‘ngra bir yahudiy yo bir armani ajnabiyg‘a sotib to‘y va ta’ziya qarzini berar…Samarqandda bir mahalla borki, aksar xalqi faqru zaruratdan, to‘g‘risi, aql noqisligidan havlilarini pulg‘a qiziqib, yahudiylarg‘a sotgani uchun mahallada oz musulmon qoldi. Mahalla maktabi yo‘q bo‘ldi”.
“…yahudiylar ba’zan o‘luklarini oqshom eltib ko‘marlar. Na uchun? Kunduzi ishdan qolarlar. Biz bo‘lsak, o‘luk va to‘y uchun haftalar, hatto oylar ila ishdan qolurmiz. Xolbuki, shore’i a’zam, payg‘ambari akram sallalohi alayhi vassallam hazratlari o‘lganni tez ko‘mub va ko‘mgandan so‘ngra tez tarqalib, ishga ketmoqg‘a va o‘lukhona xalqini uch kundan ziyoda ta’ziya tutmasg‘a, qaro kiymasg‘a, kir, falokat bo‘lmasg‘a amr etarlar! Ey xalq! Ey musulmonlar! Biz na uchun xudo va rasulni so‘zig‘a va o‘zimizni naf’imizg‘a amal qilmaymiz? Biz devonami?” (“Bizni kemirguvchi illatlar”)

* * *


“Bu ma’dan suvlarg‘a ( Krasnovskiy N.R.) har nav’ kasallar kelur. Qartaygan, bir musht ila oxiratga ko‘chadurg‘on muysafid boylar, boshi qaltiraydurg‘on chollar, holsiz generallar, binnisi(burni)dan tutsang, joni chiqadurg‘on sil va qonsizlar, ko‘p o‘qugon, miyasi achigan talabalar va muallimlar…”

* * *


“Bu shaharda (Rostov N.R.) besh mingdan ziyod musulmon bo‘lub, muning 300 qadari turkiyalik musulmonlar, ammo o‘zlarining maktablari yo‘q. Munda Turkiya davlatining ko‘nsulxonasi va imomi bordur. Tasodifan imom afandi ila muloqot etduk. Yerli musulmonlardan faqat 20 qadar oilaning mulki bo‘lub, bashqasi tamoman ijoranishin emishlar. Musulmonlar ekki mahalla bo‘lub, biri ijora olingan o‘sha uyda namoz qilur. Digarining yangi solingan masjidi bor. Ammo biz musulmonlarni na din va na dunyoga ahamiyat bermaganimiz uchun shuvoqsiz va usti tomadurg‘on holida qolib, bir tarafida namoz qilurlar…”

* * *


“Oh, biz musulmonlar na uchun Qur’ondan, san’at va g‘ayratdan uzoq ketduk? Ostimizdagi paraxo‘dning to‘li 150 gaz ziyoda, ichidagi yolg‘uz hayvon notiq (odam) 300dan ziyoda. G‘alla va boshqa yuki ham bor. Bu jonsiz hayvon bizdek jonli hayvonlarning asari san’atidur. 3 sinfdagining aksari musulmon bo‘lub, faqru zaruratdan oyoq ostida va hojatxonalar hamsoyaligida o‘lturub va anda yotarlar”. (‘Qora dengiz”, 1914)

* * *


“Biz turkistoniylarg‘a turkiy, forsiy, arabiy va rusiy bilmoq lozimdur. Turkiy, ya’ni o‘zbekini sababi shulki, Turkiston xalqining aksari o‘zbakiy so‘ylashur. Forsiy bo‘lsa, madrasa va udabo tilidur…Turkistonning Samarqand va Farg‘ona viloyatlarinda forscha so‘ylaydurg‘on bir necha shahar va qishloqlar bordur. Buxoro hukumatining tili forsiydur…Arabiy til din uchun na daraja lozim bo‘lsa, rusiy ham tiriklik va dunyo uchun lozimdur. Bizg‘a lozimki, o‘z naf’imiz uchun ruscha bilayluk, hukumat maktablarinda o‘quyluk. Davlat mansablarig‘a kirayluk. Vatanimizg‘a va o‘z dinimizg‘a xidmat etayluk…”

* * *


Sizlarg‘a vasiyat qilaman. Maorif yo‘lida ishlaydurg‘on muallimlarning boshini silangizlar!

O‘rtadan nifoqni ko‘taringiz!  Turkiston bolalarini ilmsiz qo‘ymangizlar! (“Vasiyatnoma”dan)



* * *

Haq olinur, berilmas.

Xulosa

Tarixdan maʼlumki, har qanday davrda har bir millatning milliy-maʼnaviy manfaatlari, qadriyatlari, erk va ozodligining jonkuyar himoyachilari, faol targ‘ibotchilari maydonga chiqib, turli ziddiyatli va keskin vaziyatlarga qaramasdan, o‘z fidoyiligi, tashabbuskorligi bilan millat ravnaqiga, abadiyatini taʼminlashga muhim hissa qo‘shib keladi. Xususan, o‘zbek xalqining bu jihatdan faxrlanadigan tarixiy siymolari nihoyatda ko‘p.

XX asr boshlarida O‘zbekiston tarixi, madaniyati va maʼrifati sahnasidagi jarayonlarni shiddatli harakatlantirgan millatparvarlar ana shunday yuksak iftixor baxsh etuvchi buyuk rahnamolardir. Shu boisdan ham yurtimiz rahbari Sh.Mirziyoyev 2020-yilning 24-yanvarida Oliy Majlisga Murojaatnomasida bu borada alohida to‘xtalib, jumladan shunday dedi: “Biz jadidchilik harakati, maʼrifatparvar bobolarimiz merosini chuqur o‘rganishimiz kerak. Bu maʼnaviy xazinani qancha ko‘p o‘rgansak, bugungi kunda ham bizni tashvishga solayotgan juda ko‘p savollarga to‘g‘ri javob topamiz. Bu bebaho boylikni qancha faol targ‘ib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini anglab yetadi”. Shu munosabat bilan “2020-yilda xalqimiz tarixining murakkab damlarida, maʼrifat mashʼalasini baland ko‘tarib chiqqan ulug‘ alloma va jamoat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiyning 145 yillik tavallud sanasi keng nishonlanishi” belgilandi.

Darhaqiqat, ajdodlarimizning boy va betakror maʼnaviy merosi, ibratli hayotiy faoliyati bugun va ertamiz yo‘lini yurituvchi so‘nmas mashʼala, bitmas-tuganmas xazinadir. Jadid maʼrifatparvarlari bu borada o‘ziga xos mavqega ega. Jumladan, Mahmudxo‘ja Behbudiyning ilmiy, ijodiy, pedagogik faoliyati va merosi ham alohida ahamiyatga molik. XX asr o‘zbek adabiyoti va sanʼatida, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarida faol ishtirok etgan, millat maʼrifati, ozodligi, hurligi yo‘lida mardonavor kurashgan bu ulug‘ allomaning sermashaqqat va sermahsul faoliyati tarix sahifalaridan mangu o‘rin egalladi, avlodlar uchun ibrat maktabi bo‘lib qoldi.

Maʼlumki, milliy ma’rifatimiz rahnamosi bo ‘lgan Mahmudxo‘ja Behbudiy XX asr boshlarida Turkistonda vujudga kelgan milliy uyg‘onish harakatining atoqli rahbarlaridan biri sifatida ayni shu davrda o‘zbek xalqi ijtimoiy ongining uyg‘onishida muhim rol o‘ynadi. U Turkistonda yangi usul maktablarining ochilishi, milliy matbuotning yuzaga kelishida faol ishtirok etibgina qolmay, birinchi o‘zbek dramasini yaratib, professional o‘zbek teatr sanʼatining maydonga kelishiga zamin hozirladi. U xalq va jamiyatni maʼrifatlashtirish orqali mustaqillikka erishish g‘oyasini olg‘a surgan va shu qutlug‘ yo‘lda halok bo‘lgan ulug‘ ajdodimizdir.

Biz Behbudiy haqida fikr yuritar ekanmiz, har gal ko‘z o‘ngimizda xalq va millatni yuksak maʼrifat ila taraqqiy ettirishga bel bog‘lagan mahoratli pedagog, mohir dramaturg, salohiyatli adabiyotshunos, qatʼiy pozitsiyali publisist, bir so‘z bilan aytganda, milliy qahramonning viqorli qiyofasi, boy maʼnaviy siymosi gavdalanadi. Bu shunchaki balandparvoz eʼtirof, quruq maqtov emas, jadidchilik harakati va allomaning hayotiy-ijodiy faoliyatidan xabardor barchaning ko‘nglidan kechadigan aniq tasavvur. Chunki Behbudiy yaratgan sanʼat asarlari, teatr sahnasi, noshirlik manbalari, maʼrifat maskanlari bu borada keng maʼlumot, iliq xulosa, o‘chmas xotiralar bera oladi.

Mahmudxo‘ja Behbudiy faoliyati va merosini o‘rganish-u o‘rgatish borasidagi harakatlar adibning o‘zi yashab turgan davridanoq boshlangan bo‘lib, bugungi kungacha alloma to‘g‘risida juda ham ko‘plab maxsus tadqiqotlar olib borildi, ilmiy-pedagogik, badiiy-publisistik asarlar yaratildi. Shu boisdan ham bu borada yana nimadir muhim so‘z aytish, nodir yangilik kashf etish amri mahol. Аmmo, adibning ijodiy merosi hamisha yangiliklarga oshufta, ilmiy-amaliy kashfiyotlar uchun boy maʼrifiy manbadir. Xususan, allomaning o‘z davri nashrlarida chop etilgan ijtimoiy-maʼrifiy xarakterdagi maqolalari ham alohida ahamiyatga sazovor.

Yosh avlod taʼlim-tarbiyasi masalasi barcha jadidchilar singari Behbudiyni ham chuqur qayg‘uga solgan. Yoshlar taqdirini bevosita millat taqdiriga bog‘lagan. Millatning taraqqiy etishi yoki yo‘q bo‘lib ketishi o‘sib kelayotgan yosh avlodning ilm-maʼrifati, maqsad-maslagiga chambarchas bog‘liq deb hisoblagan.

Sadriddin Ayniy allomaning fojiali vafoti munosabati bilan bunday yozgan: “Jafokash shoir Behbudiyning nomini musulmon Sharqi hurmat bilan tilga oladi, chunki u 20 yil mobaynida oʻzining ongi va insoniy qadru qimmatini bilgan barcha mavjudotni erkin hayot, nur va maʼrifat uchun kurashga chorlab keldi”.

1977 yili allomaning asarlaridan saralangan “Saylanma”si chop etildi, asarlari darslik va qoʻllanmalarga kiritildi, bir qator maktab, koʻcha va mahallalar uning nomiga qoʻyildi.

Hozirgi kunda alloma qoldirgan boy va rang-barang adabiy, maʼrifiy meros xalqimizning istiqboliga xizmat qilmoqda.


Download 367.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat