Variant 8 синф Иқтисод Iqtisodiyot necha qismga bo’lib o’rganiladi?



Download 104,76 Kb.
bet3/4
Sana22.06.2017
Hajmi104,76 Kb.
#11061
1   2   3   4

So’z ko’rki- maqol

Maqol – xalq og’zaki ijodining juda ixcham, shu bilan birga, sermazmun, eng ta’sirchan bir shaklidir. Maqol xalqning aqli va tajribasining yakuni, xalq donishmandligining mahsulidir.

“So’z ko’rki- maqol”, - deydi xalqimiz. Buni qarangki, xalq maqolning ahamiyatini ham maqol bilan ta’riflab beribdi.

Maqol – nutqning qaymog’I, suhbatning mag’izi, katta- kichik davralarda, yig’inlarda aytiladigan gaplarning boli.

G’oyaviy mazmunga ko’ra maqollar juda xilma – xil, rang- barangdir. Xalq maqollarida ko’p qirrali hayotning barcha sohalari qamrab olingan. Vatan haqidagi xalq maqollarida Vatanga sodiq bo’lish g’oyalari juda ixcham, ser mazmun, ohangdor bir shaklda gavdalantirilgan.

Xalq maqollarida mehnat moddiy va ma’naviy boylikning asosi, insonning ko’rki, ziynati sifatida tasvirlanadi.


5-Sinf 2 variant

Qush bayrami

Tabiatning go’zal va ajoyib vakili qushga bag’ishlangan tadbirlarning ikki xil shakli mavjud. Ularning birinchisi – bolalar orasida erta bahorda qushlar uchib kelganda uyushtiriladi, ikkinchisi- qushsevarlar o’zlari parvarish etayotgan “Qanotli do’stlar” I bilan tanlovda qatnashadilar.

Qush bayrami maktab bolalari, yosh tabiatshunoslar tomonidan bahorda mart oyi kunlarining birida uyushtiriladi: qushlar uchib kelishiga bolalar oldindan tayyorgarlik ko’rishadi, qushlar uchun inlar yasashadi, ularni tom tepalari va daraxtlarga o’rnatishadi, jonli burchaklar tartibga solinadi. Maktablarda qushlarning uchib kelishiga bag’shlangan kechalar uyushtiriladi. Ba’zi bayramlarda yosh tabiatsevarlar parvarishlayotgan sayroqi qushlardan tashkil topgan ko’rgazma namoish qilinadi.

Hozirgi tabiat va hayvonot dunyosini himoya qilish muhim masalaga aylangan vaqtda bolalar orasida qush bayramini o’tkazishga yanada etibor berilmoqda.

6-Sinf ona tili
Ona yurting - oltin beshiging

Vatanni oq sut bergan onaga qiyos qilishadi. Ona – Vatan deb mehr bilan aytishadi.

Bilasizmi, bolajonlar, Siz dunyoga kelmay turib, ota –onanggiz sizga beshik yasashni va uni yasatishni orzu qiladilar. Tol ekadilar. Toldan chiroyli beshikcha yasaydilar.

Tilla beshikchanggiz – dastlabki Vataningiz bo’ladi.

Birinchi tishingiz chiqqanda , kulganigizda, ilk bor ona deganingizda mana shu tuproq onaday sevinadi. Go’dak dunyo esa siz bilan ulg’ayaveradi. Beshiklaringizga sig’may qolasiz. Katta yo’llarga shoshib ketasiz. Bo’ylaringiz o’sib, chinorday yigitlar bo’lasiz. Sanobar daraxtiday go’zal qizlar bo’lasiz. O’shanda sizni allalab, erkalab,yupatib,suyib o’stirgan ilk Vataningiz, ya’ni tilla beshik ona yurtga aylanganini sezib qolasiz.

Har bir qadamingizda, kulgingizda “Ona yurting- oltin beshiging” degan mazmun yotadi. Ana o’shanda siz ona yurtga tayanch bo’lasiz. Ona yurtingiz gullab – yashnaydi. O’z taqdiringizga o’zingiz ega bo’lasiz. Vatan siz bilan ulg’ayadi.


6-Sinf ona tili


Bahorning oq marvaridlari

Onajonim tabiat …

Bugun bu so’zni qandaydir alam, sog’inch bilan ham aytamiz. Urushdan keyingi yillar. Non ham, mehr ham ko’zga to’tiyo payt . Chunki urush azobi, yig’i- sig’i, otasizlik yelkamizdan bosib turardi. Katta-yu kichik karaxt. Bu alamlar ustiga o’sha yillari qish degani juda qattiq kelardi.

Ko’zimiz oftobda. Qatlam- qatlam qor erishida. Bahorni shunchalik orziqib kutardikki … Kunlarning bag’ri ilib, ariq bo’ylarida nish urgan maysani ko’rib, quvonardik. Chuchmoma, yalpizni ko’zimizga surtib, “bahor kelibdi, bahor keldi” deb shataloq otib , tengdoshlarimizga xabar berardik. Yon – atrofga jar solardik. Shundan so’ng qari yosh ko’ribsizki, yalpiz, ismaloq, otquloq tergani ariq yoqalari, bedazorlar sari yurardi. Chamamda, shu ko’katlar uylardan chaqirib olardi.

Ko’p o’tmay tut tanasiga, shoxlariga nomlari turli- tuman qushlar qatori sassiqpopishak, qizilishton kelib qunardi. Ana endi uning “tut pish, tut pish ” degan sayrog’I butun dalani tutib ketardi.
9-sinf diktant matni

Mehrjon

Navro’z va Mehrjon… Har ikki bayram ham kun va tunning teng keladigan mavsumidan boshlanadi. Bu vaqt bahorda – 21-martdan 22-martga o’tar kechasi, kuzda 23-sentabrdan 24-sentabrga o’tar kechasiga to’g’ri keladi. Har ikki bayram ham dehqonchilik, chorvachi-lik bilan chambarchas bog’liq. Navro’zda yaxshi niyat bilan urug’ qadaladi, Mehrjonda esa xirmon ko’tariladi. Shu bois Mehrjonni shukronalik bayrami, hosil bayrami deb ataydilar.

Mehrjon – ona zaminning saxovati, insonga murauvvati, niyatlar ro’yobi hisoblanadi. Xalq sayli sifatida nishonlanadigan bu bayram mehnatkash dehqonning ona zaminga ta’zi-mi ifodasidir.

Buyuk alloma Abu Rayhon Beruniy bu bayramlarni shunday ta’riflaydi: “Quyosh va oy falakning ikki ko’zi bo’lganidek, Navro’z va Mehrjon ham zaminning ikki ko’zidir”.

Millatimiz qadriyati sifatida bu bayram mustaqillikdan so’ng yana keng nishonlana bosh-landi va u joylarda hosil bayrami – qovun sayli, uzum sayli sifatida nishonlanmoqda.

Mehrjon bayramining boshlanishi dalalarda hosilning g’arq pishib yetilishi bilan bog’liq. Dehqonlarimizning aksariyati uni paxtazorlarda nishonlaydilar. Bu yil ham shunday bo’l-moqda. Paxtakorlarning kayfiyati chog’, chunki paxta hosili avvalgi yilga nisbatan 15kun, ayrim hududlarda 20 kun barvaqt yetildi. Buning ustiga cho’g’i baland. Erishilayotgan nati-jalarning bosh omili sifatida paxta yetishtirish bilan bog’liq barcha agrotexnik tadbirlarning o’z vaqtida o’tkazilganligini, resurslardan unumli foydalanilganligini va paxtakorlar mehna-ti o’z vaqtida rag’batlantirilganligini e’tirof etish zarur. Yetishtirilgan hosil sifatiga mutaxa-ssislar yuqori baho berishmoqda. Shu kunlarda yig’im-terim ishlari tashkiliy jihatidan yuqo-ri sur’atlarda olib borilyapti. Jizzax, Sirdaryo, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlari paxta-korlari hosilni terim mashinalari yordamida terib olishga harakat qilishmoqda. Bu yil 1362 ming gektar maydonga Baraka urug’i qadagan paxtakorlarimiz 3600 ming tonnalik xirmon ko’tarishga astoydil yeng shimarganlar.



9-sinf diktant matni

Mashriqzamin – hikmat bo’stoni

1. Do’st shunday kishiki, u hech qachon o’z do’stidan narsasini ayamaydi. (Oraziy) 2. Ilm bir daraxt bo’lsa, odob uning mevasidir. (Muhammad Zehniy) 3. Iste’dod egalarini tarbiyalash shunday bir kimyodirki, u qora tuproqni toza oltinga, noqis toshni esa aybsiz gavharga aylantiradi. (Xoja Samandar Termiziy) 4. Beodoblik shunday selki, u obro’ va vi-qor qasrini qo’porib, idrok bo’ynini har xil arqonlar bilan bog’lab tashlaydi. Oqil kishilar-ning aytishicha, odob rioyasi shunday surmaki, uning gardidan har bir kishiga sursa, e’tibor ko’zini ravshanligi hech qanday sabab bilan zaiflik va illatga yo’liqmaydi. (Navoiy) 5. Ilm martabasi martabalarning zo’ridir, degn gap shubhasiz to’g’ri. Qaysi yerda ilm-u ma’rifat kuchli bo’lsa, o’sha yer baxt maskani hisoblanadi. (Faxrulbanot Sulaymoniy) 6. Olimlar bi-lan o’tirsang foyda olasan, chunki gul yonida o’tirgan odamga gul hidi urib qoladi. (“Otalar so’zi”) 7. Kimki kitobga ko’p boqsa, kitob uning zehnini ochadi, zavqini oshiradi, so’zga chechan qiladi. (“Otalar so’zi”) 8. Hunar va san’at shunday narsaki, u keraksiz bo’lib qolmaydi, ishlatmasang ham yo’qolib ketmaydi, kerak paytda esa senga ko’makchi bo’ladi. (“Favoqih al-julaso”)



8 синф ona tili

K i t o b

Kitob bir necha ming yillar avval paydo bo'lgan, bu davrda u turli xil ko'rinishda bo'lgan. Bobilliklar, ossuriyaliklar va boshqa qadimgi xalqlar yumshoq loydan tayyorlangan taxtachalarga uchli yog'och bilan maxsus belgilar tushirishgan. So'ngra uni oftobda quritishgan yoki olovda pishirishgan. Kitoblar, hatto kutubxonalar ham mana shunday maxsus loy taxtachalardan tashkil topgan. Shoh Ashshurbanipalga (miloddan avvalgi VII asr) qarashli shunday kutubxona yuz yil muqaddam Ossuriya davlatining poytaxti bo'lgan joydan qazib topilgan.

Xitoyda esa dastlab kitobni yupqa bambuk plastinkalarga yozishgan. Keyinchalik ular o'z kitoblarini mo'yqalam (cho'tkacha) va tush bilan ipakka, milodiy II asrdan boshlab qog'ozga yozishgan.

Qadimgi Misrda kitob matnlarini tosh taxtachalarga o'yib yozishgan. Keyin papirusni ixtiro qilganlar. Presslangan qamish plastinkalarni bir necha o'n metrgacha uzunlikdagi tasma shaklida yelimlashgan. Ularni o'rog'liq holda saqlaganlar. Misr papiruslaridari deyarli ikki ming yil davomida Yunoniston va Qadimgi Rimda yozish uchun yaxshi material sifatida foydalanishgan. Misrning Iskandariya shahridagi kutubxona qadimgi dunyodagi eng katta kutubxona hisoblangan.

Miloddan avvalgi II asrda Pergam podsholigidagi ustalar yozuv uchun hayvon terisidari yangi material- pergament tayyorladilar. Yunouiston va Qadimgi Rimda papirus va pergament juda qimmatbaho material bo'lganligi uchun xomaki matn va xatlarni uchi o'tkir tayoqcha bilan ustiga mum surtilgan taxtachaga yozganlar.

8 синф ona tili

K u r a sh

Kurash klassik va erkin turlarga bo`linadi. Bu odatning tarixi xalqimiz tarixi qadar uzun. Kurash bizning xalqimiz paydo bo`lganidan buyon tarkib topib, rivojlanib, takomillasbib bordi. Milliy kurashni biz hozirda spoti turi sifatida qayd etamiz. Aslida esa bu odat xalq bayotining juda muhim tarmog'idir.

Qadimda, yalpi qirg'in qurollari bo'lmagan paytlarda, pahlavonlar u yoki bu xalq, qo'shin, katta lasbkar g'alabasini, bu bilan csa shu podsholikning taqdirini bal qilganlar. Polvonlik bilta-ikkita shaxs misolida emas, umumxalq siymosida ommalashgan.

Yaxshi chavandozlik, kamondan bexato o'q otish, chapdastlik bilan qilich chopish, epchillik, jasurlik, tantilik va mardlik, halollik kurashchilaming bosh fazilatlari bo'lgan. Siz to'y-tomoshalarda, televizor va kinofilmlarda ikki polvonning davra o'rtasida xalq olqishi ostida kurash tushib turganlarining guvohi bo'lgansiz, albatta. Ayniqsa, bu odat qishloqlarimizda ham arianaviy sur'atda davom etib kelayotganligi kishini quvontiradi. Bunday polvonlar kurashi O'zbckistonimizda ikki toifaga bo'linadi. Bular buxorocha kurash va farg'onacha kurash shakllaridir. Bu ikki toifa kurash o'ziga xos jihatlari bilan bir-biridan tubdan farq qiladi. Bu farqlar kurash shartlari, polvonning kiyinishi, xalqimizning hududiy bo'linishi va mazkur aholining ruhiyati, urf-odati, udumlari bilan chambarchas bog'lanib ketgan.



5 – sinf botanika

  • Sentabr

  1. O’zbekistonda tabiiy holda o’sadigan yuksak o’simliklarning qancha turi borligi aniqlangan?

  1. 4500 b) 8000 c) 500000

  1. Yer yuzida tabiiy holda o’sadigan yuksak o’simliklarning qancha turi borligi aniqlangan?

  1. 4500 b) 8000 c) 500000

  1. Dorivor o’simliklar berilgan qatorni ko’rsating.

  1. Shuvoq, isriq, zubturum

  2. Isriq, chakanda, zubturum

  3. Shirach, sallagul, xolmon

  1. O’zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan o’simliklarni belgilang.

  1. Xolmon, shirach, sallagul, anzur piyoz

  2. Isriq, chaknda, zubturum

  3. Shirach, sebarga, sallagul

  1. Yer yuzida gulli o’simliklarning qancha turi uchraydi?

  1. 250 000 b) 533 c) 13 000

  1. Qanday o’simliklar gulli o’simliklar deyiladi?

  1. Gul, uning ichida o’rnashgan changchi hamda urug’chiga ega bo’lgan

  2. Urug’langanda so’ng meva hosil qiladigan

  3. A va B javoblar to’g’ri

  1. Gulli o’simliklar qachon kelib chiqqan?

  1. Bundan 110 million yil ilgari

  2. 130 million yil avval

  3. 200 million yil avval

  1. Tanasida 200 l suv saqlaydigan o’simlik:

  1. Meksika kaktuslari b) Seyshel palmasi c) nilufar

  1. 6000 yilgacha umr ko’radigan o’simlik.

  1. Archa b) ajdar daraxti c) chinor

  1. Poyasi suv tagida, guli suv yuzasida:

  1. Rayhon b) safsan c) nilufar

6 – sinf botanika

Sentabr

  1. Gul qanday qismlardan tashkil topgan?

  1. Gulo’rni, 2 –gulqo’rg’on, 3- changchi, 4 – urug’chi

  1. 2,4 b) 3,4 c) 1,2,3,4

  1. Gulqo’rg’on nimadan tashkil topgan?

  1. Gulkosacha, 2 – gultoj, 3- changchi

  1. 1,2 b) 1,3 c) 2,3

  1. Gultojbarglar qanday rangda bo’ladi?

  1. Oq b) turli c) yashil

  1. Changchi necha qismdan iborat?

  1. 2 b) 1 c) 3

  1. Urug’chi qanday qismlardan iborat?

  1. Tuguncha, 2 – ustuncha, 3-tumshuqcha, 4 - changdon

  1. 1,4 b) 2,3,4 c) 1,2,3

  1. Urug’kurtak qayerda joylashgan?

  1. Tugunchaning ichida b) changdonda c) tumshuqchada

  1. Agar gulda faqat changchi bo’lsa, bunday gul qanday gul deyiladi?

  1. Changchili gul, 2- urug’chili gul

  1. 2 b) 1 c) to’g’ri javob yo’q

  1. To’g’ri gulli o’simliklar berilgan qatorni ko’rsating.

  1. Olma, namatak, rayhon b) behi, nastarin, o’rik c) olma, namatak, shaftoli

  1. Tupgullar qanday bo’ladi?

  1. Oddiy, 2 - murakkab

  1. 1,2 b) 1 c) 2

  1. Qaysi o’simliklarning guli savatchada joylashgan?

  1. Kungaboqar, 2- sachratqi, 3- bo’tako’z, 4- yong’oq, 5- ermon, 6 – karam

  1. 1,3,5,6 b) 1,2,3,5 c) 3,4,5,6


7 – sinf Zoologiya

Sentabr

  1. Hayvonlarning tuzilishi, hayot kechirishi, ko’payishi va rivojlanishini qaysi fan o’rganadi?

  1. Botanika b) Zoologiya c) Mikrobiologiya

  1. Hayvonlarni ekologiyasini o’rganishni birinchilar qatori qaysi olim o’rgangan?

  1. D.N.Kashkarov b) A.T.To’laganov c) T.Zohidov

  1. Yer yuzida hayvonlarning qanchadan ortiq turi tarqalgan?

  1. 3,5 mln b) 1,5 mln c) 2 mln

  1. O’zbekiston Respublikasi “Qizil kitob”ining so’ngi 2003 – yilgi nashriga qancha tur hayvon kiritilgan?

  1. 184 tur b) 200 tur c) 100 tur

  1. Hayvon organizmi qanday to’qimalardan tashkil topgan?

  1. Epiteliy, 2- biriktiruvchi, 3- muskul, 4 - nerv

  1. 1,2,3 b) 1,2,3,4 1,3,4

  1. Hayvonlarning sistematik guruhlarini tartib bilan ko’rsating.

  1. Turkum, 2- oila, 3- urug’, 4 – sinf, 5- tip, 6 - tur

  1. 6,3,2,1,4,5 b) 1,2,3,4,5,6 c) 2,3,4,5,6,1

  1. Soxta oyoqlilar sinfi vakillari berilgan qatorni ko’rsating.

  1. Yashil evglena, 2- amyoba, 3- gidra, 4 – foraminifera, 5- krenniy skeletli nursimonlar, 6- volvoks

  1. 1,2,3 b) 4,5,6 c) 2,4,5

  1. Parazit xivchinlilarni belgilang.

  1. Amyoba, 2- Yashil evglena,3- triponosoma, 4- volvoks, 5- leyshmoniya

  1. 1,2 b) 3,5 c) 4,5

  1. Bir hujayrali, ikki yadroli hayvon:

  1. Tufelka b) amyoba c) yashil evglena

  1. Sporalilar sinfi vakillarining tuzilishi qanday va ularning qaysi organoidlari bo’lmaydi?

1 – murakkab , barcha organlari rivojlangan, 2- soda, 3- harakatlanish, 4 – hazm qilish, 5- ayirish

  1. 1,3,4,5 b) 2,3,4,5 c) 1,2,3,4

8 – sinf Odam va uning salomatligi

Sentabr

  1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida nechanchi moddasida “Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega” deyilgan?

  1. 40 - moddasida b) 20- moddasida c) 41 – moddasida

  1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sog’lom avlod” Davlat dasturi qachon qabul qilindi?

  1. 2000- yil 15 – fevral 46 – sonli qarori

  2. 1993- yil 3 – dekabrdagi 589 – sonli qarori

  3. 2001- yil 15 – fevral 46 – sonli qarori

  1. Abu Rayhon Beruniyning qaysi asari o’simlik va hayvonot mahsulotlaridan tayyorlanadigan mingdan ortiq dorilar haqida ma’lumot berilgan?

  1. “Tip qonunlari” b) Al-Kimyo c) Saydana

  1. Qalqonsimon bez kasalligini o’rganish va davolashga doir olib brogan ishlari uchun Davlat mukofotining sovrindori bo’lgan olim:

  1. O’. Oripov b) Yo.X.To’raqulov c) I.Q.Musaboyev

  1. Odam tanasining asosiy tuzilishi va funksional birligi:

  1. Hujayra, 2 – to’qima, 3 – organlar

  1. 1 b) 1,2 c) 3

  1. Hujayra asosan necha qismdan iborat.

  1. 2 b) 1 c) 3

  1. Hujayraning energiya stansiyasi:

  1. Metoxondriyalar b) lizosomalar c) ribosomalar

  1. Hujayra tarkibining nechadan ortiq % ini suv tashkil etadi?

  1. 90 %ini b) 70 %dan ortiq c) 80 % dan ortiq

  1. Odam organizmida uchraydigan to’qimalar:

  1. Epiteliy, 2- mexanik, 3- biriktiruvchi, 4- muskul, 5 - nerv

  1. 1,2,3,4 b) 2,3,4,5 c) 1,3,4,5

  1. Biriktiruvchi to’qimalarga nimalar kiradi?

  1. Suyaklar, 2- terining ustki yuzasi, 3 – qon, 4 – limfa, 5- silliq tolali muskullar, 6 – tog’ay va paylar

  1. 1,3,4,6 b) 1,2,3,4 c) 3,4,5,6

9-sinf Biologiya

Sentabr


1.Biologiya qanday fan?

a)o’simliklar dunyosi b)hayvonot olami c)hayot haqidagi fan

2. Biologiyani o’rganishning ilmiy tadqiqot usullarini belgilang.

1-kuzatish, 2-taqqoslash, 3-tarihiy, 4- ekspermrntal



  1. 1,2,3,4. b. 2,3,4. c. 1,3,4.

3.Tiriklikning barcha hossalarini o’zida mujassamlashtirgan mayda zarracha:

a.to’qima b.hujayra c. molekula

4. Organizm va tashqi muhit orasida doimo nima sodir bo’lib turadi?

a.o’zgaruvchanlik b.ko’payish c. moddalar va energiya almashinuvi

5. Tirik organizmlarning asosiy hususiyatlari:

1-moddalar almashinuvi, 2-oziqlanish, 3-nafas olish, 4-ajralish,

5-qo’zg’aluvchanlik, 6-harakatlanish, 7-ko’payish, 8-o’sish va rivojlanish

a.1,2,3,4,5,6,7 b. 1,2,3,4,5,6,7,8 c. 3,4,5,6,7,8

6. Dastlabki evolyutsion o’zgarishlarni tiriklikning qaysi tuzilishi darajasida

kuzatish mumkin?

a.hujayra, molekula b.to’qima organ c.populyatsiya

7. Tirik mavjudotlar yerda qachon kelib chiqqan?

a. 3,5 mlrd yil avval b.2,5 mlrd yil avval c.1,5 mlrd yil avval

8. Viruslarni o’rganuvchi soha:

a.Sitologiya b. Anatomiya c. Virusalogiya

9. Bakteriyalar shakli jihatidan necha guruhga bo’linadi?

a.2 b.3 c. 5

10. Bakteriyalarorqali tez tarqaladigan xavfli kasalliklarni belgilang.



1-sil, 2- o’lat, 3-vabo, 4-kuydurgi

  1. 2,3,4 b. 1,2,3 c. 1,2,4

5 -Sinf 6 Sinf 7 Sinf 8 Sinf 9 Sinf

  1. A 1 C 1 B 1 A 1C

  2. C 2 A 2 A 2 A 2 A

  3. B 3 B 3 C 3 C 3 B

  4. A 4 A 4 A 4 B 4 C

  5. A 5 C 5 B 5 A 5 B

  6. C 6 A 6 A 6 C 6 C

  7. B 7 B 7 C 7 A 7 A

  8. A 8 C 8 B 8 B 8 C

  9. B 9 A 9 A 9 C 9 B

  10. C 10 B 10 B 10 A 10 A

5- класс Рус тили ўзбек синфларда

Диктант «Осень»

Жёлтый свет. Я проснулся серым утром. Комната была залита жёлтым светом. Свет был похож на солнечный свет. Это светили осенние листья. За долгую ночь сад сбросил сухую листву. Она лежала на земле и распространяла сияние. Так началась осень. Начался листопад. Листья падали дни и ночи. Я видел сухую листву и алую, коричневую, чёрную, серую и почти белую. Земля порылась разноцветным ковром из осенних листьев. (62 слова)

6-класс

Диктант «Музыка жизни».

Вы пришли из школы и выключили радио. Зазвучала музыка. Вы прекрасно слышите музыку, но это и всё. На самом деле музыки вы не слышите.

Остановитесь, отложите ваши дела и прислушайтесь. Нежная мелодия. Рояль словно жалуется. Вам тоже стало грустно. Не бойтесь погрустить вместе с музыкой. Музыку надо слушать сердцем. Нужно хотеть её слушать. Тогда она станет вашем верным другом в жизни.

9-класс сочинение

Живая вода

Мудрость Востока гласит: «Вода –это жизнь». Не случайно это пословица принадлежит именно мудрецам Востока, ибо здесь вода добывает с трудом. Вода – это главное, что даётся природой человеку. Есть вода – есть радость, есть благополучие, есть смысл продолжения жизни.

Сейчас на земном шаре с водой творится неладное. Воды загрязняются, на глазах одного поколения стали исчезать моря, как это случилось с нашим Аралом. Вода нужна не только человеку, но и самой Земле. Земля остановится ничем, если нет влаги. На ней не вырастут растения, не будут жить животные. Без воды земля - голая пустыня.

Вода и земля – вечные спутники человека. Это мощные силы, которые человек должен понимать, чтобы они были для него благом.

Человек должен бережно, нежно, умно подходить к использованию воды – на радость себе и природе.

Контрольная работа по русскому языку

8 класс (рус синфларда рус тили)

I Замените глаголы в скобках причастиями согласуйте их выделенными словами.

1) В пустыне находится знаменитый (петь) бархан.

2) Сложен он из чистого желтого (осыпаться) песка.

3) Звук бархана(напоминать) рокот мотора самолёта .

II. Рассказать о правописании а, о, на конце наречий.

Вставте буквқ.

Начать сначал..., слев..., от кабинета,вқтереть насух.., вернуться затем…,раскалить докрасн…,выполнить досрогн… .

Ш. Какие частицы называются формообразующими? Что они образуют? Приведите примеры.

IV. Дайте характеристику простым предложениям.

1. В лесу прижилась ласковая и теплая осень.

2.Каксвежи были розы!

3.Пусть сбудутся все ваши мечты.

4.Отчего что такое иней?

V. Творческая работа.

По схемами составить предложения

1) _____ ________ ___.___.___.

2) _____ ____ _____.____. ____

3) _____ ______ и _____ _ _ _ _

VI. Определить вид связи в словосочетаниях вкусное яблоко, купить хлеба, лететь низко, дружная семья, любить детей, жители города.

Контрольная работа по русскому языку.

9-класс

  1. Разобрать предложения по членам:

сведений о жизни и деятельности аль- Хорезми сохранилось очень мало.

Под его руководством велись исследования в области астрономии, математики, географии и других наук.

  1. Расставьте знаки препиная .

Перед нами лежала хмурая долина в темных стогах и рощах зажатая между двумя рядами сопок густо черневших на фоне неласкового звездного неба.

В человеке всё должно бить прекрасно отмечал А.П.Чехов и лицо и одежда и душа и мысли.

  1. Творческая работа.

Составьте предложении и схемам:

  1. Опред -личное + двусоставное

  2. Безличное предя. +безличное преди.

  3. Назывное предл. + двусоставное пр.

  4. «П , - а, -П»

  5. О: О, О, О-…..

  1. Дать полную характеристику предложениями.

  1. Настая вечер, затеплились звёзды, луна сияла на небе.

  2. Ночь начиналась над лесным краям, и только костер трещал и разгорался, нарушая лесную тишину.

  3. После долгих блужданий мы вышли к озеру, которое поблескивало среди камышей.

  1. Определите сколько предложений в данном отрывке.

  2. Хозяин твой и мая, и знаменный, и него гостей бывает в доме много.

Вопросы и задания.

5 – класс

1. Зачем нужно изучать русский язык, говорить и писать правильно?

2. Найдите однокоренные слова?

Водопад, наводнение, водолаз, водичка, водоросли, водитель, водопровод.

3.Подберитепроверочные слова, запишите полученные пары: л…спица, тр… ва-, л… сытый.

4.Заменитевыделенные прилагательные близкими по знанию словами:

Дождливый день известный

Знакомые места нетайный

Ловит мастер искусный

5. Чем отличается предлоги от приставок?

6-класс

1. Что такое лексика?

2. В каком случае е, ё, ю, я обозначают два звука?

3. Выделить корни с чередующимся гласными: положиться на друга, известный учённый, зелёные растения.

4. Как выделяются на письме обращения и вводные слова?

5. Приведите примеры омонимов?

Вопросы для контрольный работы по русскому языку

7-класс рус тили рус синфларда

1. Сделать фонический разбор слов: счалка, ящик.

2. Выписать из предложения глагол, сделать его морфологический разбор.

Независимый Узбекистан занимает свое достойные место на международной арене.

3. Сделать полный синтаксический разбор предложения о богатстве русского языка говорят пословица и поговорки.

4. Просклонять числительные семьсот сорок три.

5. Перечислите разряды местоимений, приведите примеры.

6. Образуйте все формы степеней сравнение от прилагательного умный.

Download 104,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish