Valuta-kredit munosabatlari



Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/77
Sana31.10.2020
Hajmi0.84 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   77
Xalqaro  valuta  likvidligini  davlatlararo  muvofiqlashtirish.
Xalqaro valuta likvidligini muvofiqlashtirish valuta tizimining ele-
menti  sifatida  xalqaro  hisob-kitoblarni  zarur  to‘lov  vositalari
bilan ta’minlashdan iborat. Xalqaro valuta likvidligi – mamlakat-


18
ning  (yoki  bir  guruh  mamlakatlarning)  o‘z  vaqtida  xalqaro
majburiyatlarni  kreditor  uchun  muqobil  bo‘lgan  to‘lov  vosi-
talarida qondirilishini ta’minlashdan iborat. Jahon xo‘jaligi nuq-
tayi nazaridan xalqaro valuta likvidligi jahon to‘lov muomalasi-
ni  moliyalashtirish  va  kreditlash  manbalarining  yig‘indisini
bildiradi va u jahon iqtisodiyotning xalqaro zaxira aktivlari bilan
ta’minlanganligiga bog‘liq.
Xalqaro valuta likvidligi 4 asosiy qismdan iborat:
– mamlakatning rasmiy oltin zaxiralari;
– mamlakatning rasmiy valuta zaxiralari;
– xalqaro hisob-kitob pul birliklaridagi hisobvaraqlar;
– Xalqaro Valuta Fondidagi zaxira pozitsiyasi (a’zo mam-
lakat o‘z kvotasining 25 foizi chegarasida, xorijiy valutada so‘zsiz
kredit olish  huquqi).
Xalqaro valuta likvidligining ko‘rsatkichi, odatda, mam-
lakat  rasmiy  oltin-valuta  zaxiralarining  yillik  tovar  importi
summasiga nisbati hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkichning qiy-
mati cheklangan,  chunki u mamlakat oldida  turgan barcha
joriy to‘lovlarni hisobga olmaydi, xususan, unga notijoriy xiz-
matlar hamda kapital va kreditlarning xalqaro harakati bilan
bog‘liq moliyaviy operatsiyalar kirmaydi.
Jahon valuta va oltin bozorlari rejimi. Oltin bozorlari – bu
oltin savdosining maxsus markazlari hisoblanadi.
Davlatlararo valutaning muvofiqlashtirilishini amalga oshiruv-
chi xalqaro tashkilotlar. Davlatlararo valutaning muvofiqlashtir-
ilishini Xalqaro Valuta Fondi amalga oshiradi (1944-yil). Yevropa
valuta tizimida esa – valuta hamkorligining Yevropa fondi (1973-
1993), keyinchalik u Yevropa valuta instituti bilan almashtiril-
gan (1994-1998), 1998-yilning 1-iyulidan boshlab esa Yevropa
Markaziy banki tomonidan amalga oshirilmoqda. Zikr etilgan
xalqaro institutlar xalqaro valuta-kredit va moliyaviy munosa-
batlarning xavfsiz, inqirozsiz tartibini ishlab chiqish va ta’min-
lashga intiladi.
Jahon xo‘jaligi jahon valuta tizimi oldiga quyidagilardan ibo-
rat bo‘lgan muayyan talablarni qo‘yadi:
– xalqaro ayirboshlashni ishonch qozongan va miqdor ji-
hatdan  yetarli  bo‘lgan  to‘lov,  hisob-kitob  vositalari  bilan
ta’minlash;


19
–  jahon  iqtisodiyot  sharoitlarining  o‘zgarishida  valuta
mexanizmining nisbiy barqarorligi va tez moslashuvchanligini
qo‘llab-quvvatlash;
– barcha a’zo-mamlakatlar manfaatiga xizmat qilish.
Ushbu  talablarning  bajarilishiga  takror  ishlab  chiqarish-
ning  qarama-qarshiliklari,  jahon  xo‘jaligining  tarkibiy  tuzi-
lishi  va  jahon  maydonidagi  kuchlar  nisbatidagi  o‘zgarishlar
to‘sqinlik qiladi.
Valuta  gegemonligi  markazlari,  ya’ni  valuta  jarayonidagi
hukmronlik markazlari davriy ravishda mamlakatlar rivojlanishi-
ning notekisligi sababli o‘zgarib turadi. Birinchi Jahon urush-
igacha valuta gegemonligi jahon ishlab chiqarishi va savdosida,
bank va sug‘urta ishida, valuta munosabatlarida hukmron bo‘lgan
Buyuk Britaniyaga tegishli edi. Birinchi Jahon urushi natijasida
moliyaviy markazning Yevropadan AQSHga ko‘chishi funt ster-
ling va  dollar o‘rtasidagi valuta gegemonligi uchun kurashni
kuchaytirib  yubordi.  Ikkinchi  jahon  urushidan  so‘ng  AQSH
dollari yagona gegemon valuta bo‘lib qoldi. 1970-1990-yillarda 3
ta kuch markazlarining shakllanishi valuta hukmronligi yangi
markazlarining paydo bo‘lishiga olib keldi. Bular G‘arbiy Yevropa
va Yaponiya markazlaridir. Bu, o‘z navbatida, AQSH dollari-
ning monopol holatiga putur yetkazdi.
Jahon valuta tizimining amal qilish xususiyati va muvoza-
natliligi  tamoyillarining  jahon  xo‘jaligi  tarkibiy  tuzilishi,
kuchlarning joylashishi va yetakchi mamlakatlar manfaatlariga
mosligi darajasiga bog‘liq. Ushbu sharoitlarning o‘zgarishi nati-
jasida jahon valuta tizimining davriy inqirozi vujudga keladi. Bu
inqiroz zikr etilgan valuta tizimining yemirilishi va yangi valuta
tizimining barpo etilishi bilan yakunlanadi.
Hududiy  valuta  tizimi  –  bu  hududiy  birlashma  a’zolari
bo‘lmish mamlakatlarning davlatlararo kelishuvlar bilan mus-
tahkamlangan valuta munosabatlarini tashkil etish shaklidir.
Jahon va hududiy valuta tizimlari o‘zgaruvchan sharoitlarga
tez moslasha oladigan, egiluvchan bo‘lishi hamda alohida davlat-
lar va jahon manfaatlarida muvozanatni saqlash xususiyatiga ega
bo‘lmog‘i lozim. Faqatgina shunday sharoitlarda valuta tizimi uzoq
muddat davomida muvaffaqiyatli amal qilishi mumkin.


20
Davlatlararo kelishuvlar bilan o‘rnatiladigan valuta muno-
sabatlarini tashkil etishning davlat huquqiy shakli sifatidagi valuta
tizimi bir vaqtning o‘zida paydo bo‘lgani yo‘q. Uning pul tizi-
midan ajralib chiqishi va mustaqil kategoriyaga aylanishi qiymat
pul  shaklining  uzoq  rivojlanishi  va  pulning  o‘rinbosar  ko‘ri-
nishlarining paydo bo‘lishi jarayonida sodir bo‘lgan.
Pul tizimi qiymatning pul shakli paydo bo‘lishi, pul vazifa-
sini noyob metallarga va so‘ng oltinga o‘tishi bilan vujudga keladi.
Bunda  pul  tizimini  tashkil  etish  asoslari  barcha  mamlakatlar
uchun umumiy bo‘lgan. Bu, birinchi navbatda, pul metallidan
tangalarning erkin zarb etilishi,  to‘sqinliksiz qiymat belgilari-
ning oltinga almashtirilishi va oltinning bir mamlakatdan boshqa
mamlakatga erkin harakatini ta’minlaydi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
rivojlantirish vazirligi
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
sinflar uchun
pedagogika universiteti
bilan ishlash
таълим вазирлиги
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
fanining predmeti
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
haqida umumiy
fizika matematika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat
universiteti fizika
Buxoro davlat
Fuqarolik jamiyati
pedagogika fakulteti