Valuta-kredit munosabatlari


 Xalqaro kreditlar bo‘yicha risklar va ularni boshqarish



Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/77
Sana31.10.2020
Hajmi0.84 Mb.
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   77
9.5. Xalqaro kreditlar bo‘yicha risklar va ularni boshqarish
Yuqorida ko‘rsatib  o‘tilgandek, kreditning foiz stavkasi bu
bank qo‘ygan investitsiyaning bahosi hisoblanadi. Xalqaro bank
krediti  bahosi  xuddi  har  bir  moliyaviy  aktiv  bahosi  singari
o‘zida ikki narsani, ya’ni risksiz komponent va risk uchun muko-
fotlarni mujassamlashtiradi. Risksiz komponentning bahosi o‘z-
o‘zidan daromadning minimal stavkasi talabidan kelib chiqadi.
Bu bozor uchun normal hisoblanib, bunda inflyatsiyaning
ham o‘rni bo‘ladi. Risksiz komponent uchun ko‘pincha huku-
matning qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlari foizi olinadi. Risk
uchun mukofotning bahosi o‘zida 3 omilni mujassamlashtiradi:
1. Likvidlik riski uchun mukofot.
2. Foizli risk uchun mukofot.
3. Kursli valuta riski uchun mukofot.
Bularga izoh beradigan bo‘lsak, masalan, likvidlik riski bu
mijozning kreditni qaytarmasligining eng katta xavfi hisoblanadi.
Bu  yerda  bankdan  kredit  xavfsizligini  oshirish  talab  qilinadi.
Chunki bu yerda mijoz kreditni butunlay qaytara olmaslik ho-
latiga tushadi.
Foizli risk esa kelajakda foiz stavkasini oshirishning xavfini
qoldiradi.  Bu,  albatta,  kreditdan  olinadigan  daromadlarning
tushishiga olib keladi. Foiz stavkalarining darajasi va harakatining
o‘zgarishi natijasida zarar ko‘rish xavfi tug‘iladi. Foiz riski debi-
torlarni ham, kreditorlarni ham o‘z qa’riga tortadi.
Foiz risklarining boshqarilishi aktiv va passivlarni boshqari-
lishidan tashkil topadi. Foiz risklarini boshqarishning bir nechta
tamoyillari mavjud. Bular quyidagilardan iborat:


175
1. Bankning foiz marjasi qancha yuqori bo‘lsa, foiz risk dara-
jasi shuncha past bo‘ladi.
2. «Spred» tamoyili. Bunda olingan aktivlar bo‘yicha o‘rtacha
tortilgan stavka va to‘langan majburiyatlar bo‘yicha o‘rtacha tortil-
gan stavka o‘rtasidagi farq tahlil qilinadi. Tahlil uchun ma’lu-
motlar, odatda, bankning statistik hisobotidan olinadi.
3. Bankning o‘zgarmas va suzib yuruvchi foiz stavkalari bilan
balansdan tashqari aktiv va passivlarni tahlil qilishdan iborat.
Foiz risklarning darajasi esa quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi:
– aktivlar tuzilishidagi o‘zgarish, shu jumladan kredit va
investitsiyalarning hajmi, aktivlarning qayd qilingan va suzib
yuruvchi  stavkalarda,  ularning  bozordagi  narxining  dina-
mikasi;
– passivlarning tuzilishidagi o‘zgarish, ya’ni shaxsiy va za-
yom mablag‘larining mutanosibligi, muddatli va jamg‘arma de-
pozitlar;
– foiz stavkasi dinamikasi.
Foiz risklari darajasini boshqarish va nazorat qilish uchun
bank faoliyatining aniq bir holatiga bog‘liq holda muhim strate-
giyalar ishlab chiqish lozim.
Valuta riski  – unchalik yaxshi  bo‘lmagan  almashish kursi
natijasida bank tomonidan boshqarilayotgan kreditga pul oqimini
kamaytiradi. Xalqaro kredit mahalliy kreditdan farq qiladi, bunda
bank boshqa davlatdagi kreditlash riskini ham baholashi kerak
bo‘lib  hisoblanadi.  Xalqaro  kreditning  deyarli  barcha  opera-
tsiyalarida tomonlardan biri albatta valuta konversiyasiga, ya’ni
konversiya riskiga to‘qnash keladi. Shunday ekan, bunday risk-
ning oldini olish uchun ko‘plab banklar xalqaro kreditni chet
el valutasida emas, balki o‘z mahalliy valutalarida berishni xohlay-
dilar.  Bu  harakati  bilan  bank  valuta  kursini  o‘zgarishidan
ko‘radigan xavfni va o‘zining moliyaviy holatining yomonlashu-
vi oldini oladi.
Keyinchalik, olingan kredit mijozning o‘z mamlakatida yoki
boshqa mamlakatda ishlatilishi kerak bo‘lsa, bunda kreditni olgan
mijoz o‘ziga kerakli valutaga almashtirib olishiga to‘g‘ri keladi.
Agar kreditni olgan mijoz bank-kreditor mamlakatiga importni


176
moliyalashtirsa, u o‘sha mamlakat valutasiga ega bo‘ladi. Lekin
bu  valuta  qarz  to‘lash  uchun  foydasiz  bo‘lishi  mumkin,  agar
hukumat  chet  el  valutasini  chetga  o‘tkazish  ustidan  nazorat
olib borayotgan bo‘lsa, bu valuta riskini nazorat qilish deyiladi.
Bunday riskning oldini olish uchun kredit oluvchi mam-
lakatning valutasi holatidan boxabar bo‘lishi kerak. Va oldin-
dan  bo‘ladigan  keskin  devalvatsiyalarning  prognozini  qilish
kerak.  Chunki  devalvatsiya  qarzni  qaytarish  qobiliyatini  pa-
saytirishi mumkin. Ayrim mamlakatlarda mijoz kreditni yoki
uning foizlarini chet elga to‘lash uchun hukumatdan ruxsat-
noma olishiga to‘g‘ri keladi. Albatta, bunday holatlar xalqaro
kredit berishga to‘sqinliklar qilishi mumkin.
Xalqaro kreditni baholashda moliyaviy risk ham muhim o‘rin
tutadi. Moliyaviy risk – bu xalqaro kredit berilgan vaqtdan so‘ng
kredit olgan mijoz qarzni to‘lay olmaydigan holda, ya’ni to‘lovga
layoqatsiz bo‘lgan holda yuzaga keladi. Bunday xavfni baholash
uchun bank bir qancha omillarni tahlil qilib chiqadi. Bular xalqaro
miqyosda «uchta C»: Character – reputatsiya, xarakter; Cash
flow or capacity – pul oqimi va ishlab chiqarish quvvati; Ca-
pital – kredit oluvchi kapitali kabi ko‘rsatkichlar bilan hisobla-
nadi.
Bank xalqaro kredit oluvchining faoliyatini baholashdan ol-
din  uning  jiddiy  kompaniyami  yoki  yo‘qmi,  majburiyatlarini
bajara oladimi va o‘z biznesi to‘g‘risida yetarli malakaga ega ekanligi
haqida ma’lumotlar to‘playdi.
Kredit oluvchining faoliyatini baholash uchun bankning o‘z
tajribasi, boshqa banklarning kredit berish malakasi asosiy baza
hisoblanadi.  «Dun&Bradstreet»  xilidagi  firmalar  yer  yuzidagi
barcha kredit oluvchilar, har xil kompaniyalar, xo‘jalik va hu-
kumat agentliklari haqida moliyaviy va tijoriy ma’lumotlarni be-
radi. Hozirgi kunda ko‘plab banklar maxfiy ravishda mijozlar-
ning  operatsiyalari  haqida  ma’lumot  almashadilar.  Bundan
tashqari, bank kredit tarixini o‘zida mujassamlashtirgan kredit
paketini ham yuritadi.
Bank kredit oluvchining pul oqimi, ishlab chiqarish quvvati
va kapitalini baholash uchun moliyaviy hisobot talab qiladi (fir-


177
maning balansi, daromadlar haqida hisobot va pul oqimi haqida
hisobot).
Firmaning balansi o‘sha paytdagi moliyaviy holatini ifoda-
laydi. Daromadlar hisoboti esa firmaning o‘sha yildagi daromad-
lari  va  xarajatlarini  ko‘rsatib  turadi.  Albatta,  bu  ma’lumotlar
mustaqil auditorlar tomonidan tasdiqlangan bo‘ladi.
Bank uchun hisobotlar olish oson bo‘lmaydi. Chunki ular-
ning shakllari hamma mamlakatlarda ham bir xil emas. Balans-
dagi moddalar va daromadlar hisobotidagi raqamlarni solish-
tirib, bank mijozning operatsiyalari haqida ma’lumot oladi. Ba-
lans va hisobotlarining bir necha yilliklarini tahlil qilish orqali
moliyaviy ko‘rsatkichlarni qay holda o‘zgarayotganini ko‘rishi
mumkin va oxirida bu raqamlarni asosiy raqobatdoshlar ko‘r-
satkichlari bilan taqqoslab, firmaning faoliyatiga va istiqboliga baho
beradi.
Agar bank firmaning sho‘ba korxonasi arizasini ko‘rsatadigan
bo‘lsa,  bu  uchun  firma  miqyosidagi  global  operatsiyalari  va
umumiy  moliyaviy holat  haqidagi  ma’lumotlar kerak  bo‘ladi.
Bu, albatta, qiyin bo‘ladi, chunki dunyo mamlakatlarida ekkaun-
ting  (hisob-kitob)  amaliyoti  har  xil  va  ular  bir-biridan  farq
qiladi. Bundan tashqari, kompaniya o‘zining ichki operatsiyalari
bilan bankni chalg‘itishi mumkin.
Yuqorida sanab o‘tilgan, kredit berishda ko‘riladigan risklar
bank tomonidan  o‘rganilib  chiqilgandan  so‘ng, bu  kredit ba-
hosiga  yo  ijobiy,  yo  salbiy  ta’sir  etishi  mumkin.  Chunki  bu
risklardan  himoyalanish  o‘z-o‘zidan  kredit  bahosining  oshi-
shiga olib keladi. Banklar va bankirlar boshqa kreditorlarga nisba-
tan  riskdan ko‘p himoyalanuvchi yoki qochuvchi bo‘lishi ke-
rak. Buning sababi shundaki, bank boshqa kreditorlarga nisbatan
o‘z  mablag‘i bilan emas, balki jalb qilingan mablag‘lar, ya’ni
jismoniy, huquqiy shaxslarning vaqtincha bankda turgan mab-
lag‘lari bilan ishlaydi. Bankning kredit berish imkoni jalb qilin-
gan resurslarga bog‘liq bo‘ladi.
Bank, o‘z navbatida, bu jalb qilingan mablag‘larni talab qi-
lingan vaqtda mijozga qaytarib berish imkoniyatiga ega bo‘lishi
lozim. Bu imkoniyat esa bank faoliyatida mavjud risklarni o‘z


178
vaqtida aniqlash,  ularning oldini olish choralarini  ishlab  chi-
qishni taqozo etadi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat