Valuta-kredit munosabatlari


 Valuta inqirozida valuta kurslarining o‘zgarishi va



Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/77
Sana31.10.2020
Hajmi0.84 Mb.
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   77
8.2. Valuta inqirozida valuta kurslarining o‘zgarishi va
valutani boshqarish siyosati
Valuta kurslarining o‘zgarishi valuta inqirozi davrida muhim
o‘rin tutadi va doimiy ravishda kurslar o‘zgarishiga e’tibor be-
rishi lozim.
Fiksirlangan kurslarga nisbatan suzuvchi kurslar rejimining
afzalligi va zarurligini, uchta iqtisodiy ko‘rsatkichga – pul mas-
sasi, narxlar va ishlab chiqarish quvvati hamda davlatning iqti-
sodiyotni boshqarishdagi  o‘rniga qarab asoslab berish mumkin.
Taniqli iqtisodchi olim M.Fridmenning fikricha, bozorning
o‘zi valuta chayqovchiligi bilan bog‘liq ishlarni hukumatdan ko‘ra
birmuncha yaxshiroq olib boradi. Neoklassik yo‘nalish tarafdor-
lari  iqtisodiyotni  valuta  kurslarini  shakllantirish,  bozor  omil-
larini  kuchaytirish  va  suzuvchi  kurslarni  xalqaro  hisob-kitob-
larda avtomatik qo‘llashga o‘tish yo‘li bilan barqarorlashtirish
mumkin deb hisoblashadi. Valuta inqirozlarining oldini olishga
yo‘naltirilgan bir nechta nazariyalar mavjud.


151
Masalan, optimal valuta zona nazariyasida haqqoniy valuta
kurslarini o‘rnatishda, ularning o‘zgarish ko‘lami va zarurligini
aniqlovchi obyektiv ko‘rsatkichlarni topishga harakat qilingan
holda mezonlar ishlab chiqilgan.
Valuta  kurslarining  normativ  nazariyasi  esa  valuta  kursini
iqtisodiyotni boshqarishdagi qo‘shimcha instrument sifatida ko‘rib
chiqadi va bunda o‘zgaruvchan kurs rejimini qo‘llashni tavsiya
etadi, ya’ni davlat tomonidan boshqariluvchi, bu nazariya asos-
chilarining fikricha, valuta kurslari xalqaro tashkilotlar o‘rnatgan
paritetlar va kelishuvlar asosida shakllanishi kerak.
Shunga qaramay, yuqorida aytib o‘tilgan nazariyalar valuta
kursiga ta’sir etuvchi barcha omillarni hisobga olmaydi, balki
ma’lum moliyaviy holat sharoitida ko‘proq yoki kamroq mos-
lashuvchan bo‘lishi mumkin bo‘lgan valuta siyosatining yo‘na-
lishlari haqida tasavvur berishga imkon beradi.
1997-yil davomida Ukrainada 1 AQSH dollari 1,8-1,9 grivenga
teng barqaror kurs hukm surgan. Lekin bunday barqarorlik iqti-
sodiyotdagi barqarorlikka emas, balki davlatning mohirona tarz-
da kursni ushlab turish uchun o‘tkazgan tadbirlarining natijasi
bo‘lgan.
Bunday barqarorlikning zaruratiga davlatning Xalqaro Valu-
ta Fondi va Jahon bankidan kredit resurslarini olishga bo‘lgan
intilishi  sabab  bo‘lgan.  Buni  esa  ichki  iqtisodiyotdagi  ko‘r-
satkichlarni XVF talablarining bajarilishiga bog‘liqligi bilan tu-
shuntirish  mumkin.
Yil davomida griven kursining barqarorligini saqlash uchun
Ukraina Milliy bankining o‘sha davrdagi 2,3 mlrd. AQSH dol-
larini tashkil etuvchi rezervlari Ukrainaning banklararo valuta
birjasiga joylashtirilgan edi. 1998-yilning oxirida AQSH dollariga
bo‘lgan talabning doimiy o‘sib borishi natijasida valuta rezervlari
hisobidan qoplangan summa 0,8 mlrd. AQSH dollariga qisqargan.
Shuni  aytib  o‘tish  kerakki,  Ukraina  Milliy  bankining  valuta
rezervi XVFdan olinadigan kreditning ko‘proq qismini olishni
ko‘zda tutgan.
Kursni asossiz tarzda past darajada ushlab turish maqsadga
muvofiq emasligi haqida ko‘plab iqtisodchi va siyosatchilar
1997-yilda aytib o‘tganlar va Ukraina Milliy banki 1 AQSH


152
dollari 2-2,1 grivendan yuqoriroq bo‘lishi kerak, deb hisob-
lagan. Bunday siyosat valuta rezervlarining sezilarli qismini
iqtisod  qilishga  imkon  bergan.  Biroq  aksariyat  iqtisodiy
ko‘rsatkichlar XVF orqali nazorat qilinadi va AQSH dollari
kursi bilan hisob-kitob qilinadi.
1998-yilning  avgust oyidan yuz  bergan inqiroz  davomida
Ukraina  Milliy  banki  tomonidan yangi  valuta  koridori  joriy
qilingan. Uning vazifasi o‘sib borayotgan xavotirga qaramay,
barqarorlikning muayyan kafolatlarini yaratish edi. U esa o‘sha
paytda moliyaviy bozordagi vaziyat batamom hukumat nazo-
rati ostidan chiqib ketmasligining garovi bo‘lgan. Yangi kori-
dor  to‘g‘risidagi  qarorning  qabul  qilinishi  investorlarga  kaf-
olatni ta’minlashga qaratilgan edi. Bu esa, o‘z navbatida, XVF-
ning kreditlarni berish to‘g‘risidagi qaroriga ta’sir qiluvchi omil
hisoblanardi. Lekin hattoki ancha past yoki yuqori chegaraga
ega bo‘lgan koridorning joriy qilinishiga usiz ham ancha ka-
mayib  qolgan  Milliy  bank  zaxiralarining  yetmasligi  sababli
Ukraina hukumati qo‘shimcha moliyaviy va ma’muriy choralarni
qo‘llashga qaror qilgan. Bu choralar:
– valuta tushumini majburiy sotish;
– birjada valuta sotib olish tartibini murakkablashtirishga olib
kelgan.
Valutani majburiy  sotish  eksport  sotuvlaridan  kelib tusha-
digan foydaning kamayishi natijasida eksportning kamayishiga
olib keldi. Eksportning pasayishi, o‘z navbatida, xorijiy valuta
taklifini banklararo valuta birjasida tushib ketishiga olib keldi hamda
kapitalning oqib ketishiga yo‘l ochib bergan. Uning natijasida
milliy valuta kursi pasayib ketgan. Shunday qilib, Ukraina Milliy
bankining maqsadi valuta zaxiralarini to‘ldirish bo‘lganligi sa-
babli majburiy sotishni joriy qilish eksportning pasayishiga va
Ukrainaga dollar oqimining qisqarishiga olib kelgan.
Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, odatda, valuta koridori
valuta kursi ma’lum belgi atrofida tebrangan hollarda kiritiladi.
Valuta koridori kiritilishining sababi shundaki, bozor ishtirokchi-
larini valuta risklaridan himoya qiladi va kurs tebranishi kurslari-
ning qisqarishiga olib keladi. Valuta kursining bu holati valuta-
rezervlari harakat kursining qarshiligi koridorning yuqori che-


153
garasiga nisbati holatida sarflanadi va harakat qarshiligi quyi che-
gara nisbatida hosil qilinadi.
Koridorni  kiritganda  o‘zgarmaydigan  valuta  kursiga  eri-
shishning yuqori chegaradan chiqib ketishi o‘rinsiz vosita bo‘lib,
ular valuta rezervlarining sarflanishiga olib keladi. Inqiroz ho-
latida bu qulay usul bo‘lib, valuta savdolarini o‘tkazadigan vaqtda
o‘sish kursining limiti kiritilishiga olib keladi.
Valuta koridori kiritilgandan keyin rasmiy kurs tezda yu-
qori chegaraga yetadi va natijada uning talab-taklifdan o‘sishi
bilan valuta koridori mustahkam valuta kursiga aylanadi hamda
muntazam ravishda quyidagilar vujudga keladi:
– qora valuta bozorining vujudga kelishi;
– milliy valutaning real narxlar aniqlanishi mexanizmining
natijasida bozor iqtisodiyotining asosiy prinsiðlarining buzilishi
va iqtisodiyotning yomonlashuvi;
–  investitsiyaning  qisqarishi  va  chet  el  mamlakatlarining
moliyaviy yordamiga muhtojlik.
Valuta  koridorining  yana  bir  salbiy  jihati  tijorat  banklari
faoliyatining diskriminatsiyasi bo‘lib, valuta koridori banklarga
sharoit  yaratish,  valutani  savdoda  boshlang‘ich  kursda  sotib
olish va qo‘shimcha foyda olish maqsadida uni qimmatroq kursda
qayta sotish usulidan foydalanishga olib keladi. Bunday holat
ba’zida bank sohasida yaxshi raqobatning yomonlashishiga, qol-
gan banklarning inqirozga uchrashishiga olib kelishi mumkin.
Bundan tashqari, ba’zi davlatlarda boshlanishida banklarga ochiq
valuta pozitsiyasiga ega bo‘lish taqiqlangan holatlar mavjud. Bu
holat moliyaviy mustahkamlikni pasaytiradi va bunday kurs-
ning tushib ketishi banklar uchun valuta riskini oshiradi.
Ko‘p iqtisodiyotchilarning fikriga ko‘ra, kelajakda Yevropa
hamjamiyati bilan integratsiya talablarini bajarish MDH dav-
latlarida milliy valuta kursini takomillashtirib qolmay, balki ular-
ning Yevropa tovar va xizmatlar bozoriga kirishiga keng yo‘l
ochadi. Buni shunday tushunish kerakki, Yevropa moliya bo-
zori ba’zi MDH davlatlari iqtisodiyotiga juda yaqin hamda qu-
layroq. Bundan tashqari, Rossiya, Belarus va Ukraina kabi dav-
latlar tovar ayirboshlashning ko‘p qismini Yevropa davlatlari
bilan amalga oshiradi.


154
MDH davlatlari va boshqa Sobiq Ittifoq davlatlari valuta in-
qiroziga uchragan. Hukumat tomonidan tub islohotlar va iqti-
sodiy  erkinlashtirish  hech  qanday  risksiz  olib  borilishi,  shu-
ningdek,  tadbirkorlar  uchun  qulay  sharoitlar  yaratib  berilishi
inqirozning oldini olishi mumkin.
Ma’lum davlat doirasida valuta-moliyaviy inqirozning vu-
judga  kelish  sabablari  valutani  boshqarish  siyosati,  xususan,
valuta kursining rejimi va to‘lov balansini tuzishda yetarli cho-
ralarning ko‘rilmaganligi, shuningdek, boshqa mamlakatlardagi
valuta inqirozining asoratlari natijasi hisoblanadi.
Valuta kurslarining beqarorligi, inqirozlarning chuqurlashuvi
valuta kursiga qattiq ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlashga,
intiluvchi valuta kursiga doir turli nazariyalarni rivojlantirishga
olib  keladi.  Xarid  qobiliyatining  pariteti  nazariyasini  mu-
vofiqlashtiruvchi valuta nazariyasi, asosli valuta nazariyasi, bel-
gilangan kurs va paritet asosida valuta barqarorligi nazariyasi,
suzuvchi valuta kurslari nazariyasi, valuta kursining normativ
nazariyasi va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Bugungi kunda
MDH davlatlarida qo‘llanuvchi valutani muvofiqlashtirish siy-
osati  tahlili uchun  bu  nazariyalarda  tavsiflangan  mezonlarni
qo‘llash  mumkin.  Xarid  qobiliyati  pariteti  nazariyasi  mam-
lakatlarda muomalada bo‘lgan pul miqdorining o‘zgarishi valuta
kursining  o‘zgarishini  keltirib  chiqaradi  va  valuta  kursining
obyektiv  qiymatini  inkor  etadi.
Muvofiqlashtiruvchi valuta nazariyasi yo‘nalishiga ega silju-
vchi  paritetlar  nazariyasi,  paritetlar  nazariyasi,  pul  birligin-
ing oltin paritetini boshqarish yo‘li bilan kursga ta’sirini taklif
etadi.  Keyns  milliy  valuta  kursini  narxga,  eksportga,  ishlab
chiqarishga,  bandlikka,  tashqi  bozor  uchun  kurashga  ta’sir
etish  uchun  joylashtirishni  taklif  qilgan.  Bu  tavsiyalar  30-
yillarda Buyuk Britaniyada va boshqa mamlakatlarda qo‘llanilgan.
Kurslar  muvozanati  nazariyasi  «to‘lov  balansi  muvozanatini
ta’minlovchi kurs muvozanat nuqtasi hisoblanadi» degan tavsiy-
ani beradi.   Keyns muvozanat prinsiðini qoniqtiruvchi pullar
operatsiyalar bo‘yicha to‘lov balansi muvozanatini saqlashi va
kapital harakati normal bandlik darajasini ta’minlashi lozim,
deb hisoblaydi.


155
Asosli  valutalar  nazariyasi  valutalarni  asosli,  qattiq  va
yumshoqlarga bo‘lish shart deb, bozor iqtisodiyoti sharoitida
rezerv valuta saqlash zaruratini tasdiqlaydi, hattoki bu mil-
liy manfaatlarga zid bo‘lsa ham, belgilangan paritetlar asosida
valuta  barqarorligi  nazariyasi  belgilangan  paritet  va  kurslar
rejimini tavsiya qiladi. Faqatgina to‘lov balansining sezilarli
barqarorligida o‘zgarishlarga yo‘l qo‘yadi. Bu nazariya taraf-
dorlari iqtisodiy matematik modellarga tayanib, valuta kursini
o‘zgaruvchan  kurslarga  mos  holda  jahon  bozorida  narxlar
o‘zgarishiga yetarli javob bermasligini inobatga olgan holda
to‘lov balansini muvozanatda saqlashning samarali vosita ekan-
ligini e’tirof qiladilar.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
vazirligi muhammad
махсус таълим
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
pedagogika fakulteti
fizika matematika
universiteti fizika
Navoiy davlat