Valuta-kredit munosabatlari


-jadval To‘lov  balansining  taxminiy  strukturasi



Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/77
Sana31.10.2020
Hajmi0.84 Mb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   77
5-jadval
To‘lov  balansining  taxminiy  strukturasi
Ijobiy balans qoldig‘i joriy operatsiyalarda mamlakatning sof
investori sifatida boshqa mamlakatlar bilan munosabatini ang-
latadi, aksincha holat esa joriy operatsiyadagi taqchillikni bildiradi.
Bu o‘z navbatida mamlakatdagi chet el investitsiyalarini qisqarti-
radi va mamlakat import mahsulotlarining pulini to‘lash, yet-
kazib berilgan va ko‘rsatilgan xizmatlar, o‘tkazmalarni to‘lash
bo‘yicha sof qarzdor bo‘lib qoladi.
Umuman olganda, joriy operatsiya balansi o‘zida milliy daro-
mad va milliy xarajatlar o‘rtasidagi farqni ko‘rsatadi.
Kapital oqimi mamlakatdan mamlakatga kapital harakatini
ifodalovchi kapital harakati balansida ko‘rsatiladi.
Shu nuqtayi nazardan kapital harakati hisobvarag‘ida aktiv-
lar bilan xalqaro oldi-sotdi kelishuvlari, ya’ni aksiyalarni, obli-
gatsiyalarni, ko‘chmas mulklarni va boshqalarni sotishdan tush-
gan  tushum chet elliklarga ham xarajat, chetdan aktiv sotish,
sotib olish natijalari ko‘rsatiladi. Boshqacha aytganda, bu fikrni
quyidagi tenglik bo‘yicha ifodalash mumkin.
Kredit 
Debet 
1. Iste’mol tovarlari eksporti 
2. Harbiy mudofaa mahsulotlari 
eksporti 
3. Iste’mol tovarlari importi 
4. Harbiy mudofaa mahsulotlari 
importi 
Savdo balansi = 1+2-3-4 
5. Xizmatlar eksporti 
(investitsiyalardan tushum, chet el 
turizmdan tushum va boshqalar) 
6. Xizmatlar importi (ma’lum bir 
mamlakatga investitsiyalardan foyda 
o‘tkazish, chet elga turizm uchun 
to‘lovlar va boshqalar) 
 
7. Chetdan sof o‘tkazmalar 
Joriy operatsiyalar balansi=savdo balansi+5-6-7 
8. Norezidentlarning qarzlari 
9. Norezidentlarga shaxsiy kreditlar 
Kapital harakati balansi=8-9 
Umumiy balans=joriy to‘lov balansi+kapital harakati balansi 
10. Chet el hukumatining qarzlari 
11. Davlat rezervlarini ko‘payishi 
(kengayishi) 
Jami kredit 
Jami debet 


142
Chet elga aktivlarini sotish mamlakatning chet el valuta za-
xiralarini  ko‘paytiradi,  aksincha,  sotib  olish  ularni  kamayti-
radi.
Kapital harakati hisobvarag‘idagi ijobiy qoldiq mamlakatga
sof kirib keladigan kapital oqimini aniqlab beradi.
Aktivlarni sotib olish uchun qilingan xarajatlar chetga ular-
ni sotishdan tushgan daromadlardan yuqori bo‘lsa, kapitalning
oqib ketishi hisobvarag‘idagi taqchillikni ko‘rsatadi.
Joriy  to‘lov  balansidagi  kapital  harakati  balansi  haqidagi
ma’lumot umumiy yoki rasmiy balansda umumlashtiriladi.
Aynan umumbalans qoldig‘i, odatda, to‘lov balansi qoldig‘i
deb ham ataladi.
To‘lov balansining taqchilligini Markaziy bankning rasmiy
rezervlarni qisqartirish hisobidan moliyalashtirish mumkin. Bu
holatda ichki bozorda xorijiy valutaga bo‘lgan taklif oshadi. Bu
operatsiyalar eksportga monand hisoblanadi, balansning kredit
tomonida qo‘shuv ishorasi (hatto bu operatsiya tufayli Marka-
ziy bankning valuta zaxirasi kamaysa ham) bilan hisobga olinadi.
Bunday holda ichki bozordagi xorijiy valuta nisbatan taklifining
bir  muncha  kamayishi,  uning  almashuv  kursining  oshishiga
olib keladi. Bu iqtisodiyotning mutanosiblashuviga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi.
Aksincha, to‘lov balansining aktiv qoldig‘i Markaziy  bank
rasmiy valuta rezervlarining o‘sishi bilan kuzatiladi. Bu bo‘lsa,
debetda minus ishora bilan aks ettiriladi, chunki bu operatsiya
ichki bozordagi xorijiy valuta taklifini kamaytiradi va importga
monand hisoblanadi. Bunda ichki bozordagi milliy valuta takli-
fining nisbatan ko‘payishi, uning almashuv kursi esa bir mun-
cha pasayishiga olib keladi. Bu esa iqtisodiyotga rag‘batlantiruvchi
ta’sir  ko‘rsatadi.
Markaziy bankning xorijiy valutani bunday oldi-sotdilari ras-
Kapital 
harakati 
balansi 

Aktivlarni 
sotishdan 
tushumlar 
– 
Chetdan aktivlarni sotib 
olish uchun qilingan 
xarajatlar 


143
miy  rezervlar  bilan  operatsiyalar  deyiladi.  Bu  operatsiyalar
qoidaga ko‘ra Markaziy bank tomonidan belgilangan valuta kursi
rejimini  ushlab  turish  uchun o‘tkaziladi.  Rasmiy  rezerv  bilan
operatsiyalar natijasida joriy hisoblar qoldig‘ining summasi ka-
pital harakati hisobvaraq va rezerv miqdorining o‘zgarishi nolga
teng bo‘lishi kerak.
Umumiy balans taqchilligi mamlakatga xorijiy valuta oqimining
ko‘payishiga, profitsiti esa uning kamayishiga olib keladi.
Mamlakat  umumiy  balansida  taqchillik  mavjudligi  uning
Markaziy bank faoliyati bilan bog‘liq. Agar Markaziy bank xo-
rijiy  valutani  sotib  olmagan  va  sotmagan  bo‘lsa,  u  valutalar
almashuv kursini to‘lov balansi taqchilligi yoki ijobiy qoldig‘ini
bartaraf qilish darajasida avtomatik ravishda belgilashi mumkin.
Kapital  harakati  balansining  ijobiy  qoldig‘i  joriy  qoldiq  ope-
ratsiyalarini moliyalashtirish, aksincha, joriy operatsiyalar ak-
tiv  kapital  harakati  balansi  taqchilligini  moliyalashtirayotgan
bo‘lar  edi.
To‘lov balansini tuzishda quyidagi qoidalar qabul qilingan:
– Eksportdan olinadigan daromadlar va xorijdan keladigan,
to‘lanadigan foizlar to‘lovlaridan daromadlar joriy operatsiyalar
hisobvarag‘idan «plus» ishora bilan belgilanadi.
– Importga to‘lovlar va xorijiy majburiyatlar bo‘yicha foiz
to‘lovlari joriy operatsiyalar hisobvarag‘ida «minus» ishora bilan
belgilanadi.
– Xorijliklarga moliyaviy talablarning o‘sishi, xorijliklar
oldidagi  majburiyatlarning  kamayishi  va  kapitalning  chiqib
ketishi kapital harakati balansida «minus» ishora bilan belgi-
lanadi.
– Xorijliklarga moliyaviy talablarning kamayishi va xorijliklar
oldidagi majburiyatlarning ko‘payishi kapital harakati balansida
«plus» ishora bilan belgilanadi.
Ba’zan statistik hisob-kitoblardagi har xilliklar ham to‘lov
balansining nollik natija olmasligiga sabab bo‘lishi mumkin. Agar
xalqaro bitim alohida belgilanganda, unda moddalar sabablarga
ko‘ra balanslashgan (tenglashgan) bo‘lishi mumkin. Lekin bi-
timlar amalga oshirilishiga qarab balansda aks ettiriladi. Balans


144
tuzish  bilan  shug‘ullanayotgan  mutaxassislar  aksariyat  hol-
larda savdo (eksport va import) oqimlarini va kapital oqimlarini
(qolgan  dunyoga  nisbatan  haqiqiy  moliyaviy  talablarning
o‘zgarishi) alohida hisobga oladilar. Ular xalqaro tovar oqim-
lari to‘g‘risida bojxona xizmatlaridan hisobotlar, moliya bozor-
laridan – talablarni o‘zgarganligi to‘g‘risida va xorijliklar oldi-
dagi majburiyatlar to‘g‘risida hisobotlar oladilar. Lekin ko‘plab
savdo-moliya bitimlari ayrim hollarda bu hisobotlardan tashqarida
qolib  ketadi,  chunki  bu  bitimlarning  soni  ko‘p  va  ularning
barchasini hisobga olish qiyin. Ba’zan bu bitimlarni yashirish
hollari (pullarni yashirish, noqonuniy pullarning kelib tushi-
shi, shubha tug‘diruvchi holatlarni berkitish yoki soliqlardan
qochish) ham uchrab turadi. Mazkur sabablarga ko‘ra to‘lov
balansida maxsus modda mavjud (xatolar va tushirib qoldiril-
ganlar). Unda joriy operatsiyalar hisob raqamidagi teng summa
va kapital harakati balansi aks etgan, lekin qarama-qarshi belgi
bilan va hisob raqamlardagi barcha moddalar xususan, «Xato-
lar va tushirib qoldirilganlar» moddasi nollarga tenglashtiriladi.
Odatda, bu moddadagi ko‘rsatilgan summalar katta emas va
o‘zgarmasdir.
Agar «Xatolar va tushirib qoldirilganlar»ning summasi tez
o‘sib ketsa, to‘lov balansini tuzayotganda tashqi iqtisodiy fao-
liyat qatnashchilarining hisobotlari to‘liq taqdim etilganligidan,
nazorat sust olib borilayotganligidan va kapital chiqimi yoki
kirimining to‘liq ro‘yxatdan o‘tkazilmayotganligidan dalolat
beradi.
Misol uchun AQShda o‘tgan oxirgi o‘n yillikda «Xatolar va
tushirib qoldirilganlar» moddasi «+» belgisi bilan berilgan. Juda
ko‘p mutaxassislar buni xorijliklar AQShga o‘z aktivlarini joy-
lashtirayotganligidan dalolatdir, deb xulosa qilishmoqda. Lekin
ko‘p hollarda kerakli tashkilotlarga bu haqda xabar berishmaydi.
Natijada, ko‘rsatib o‘tilgan kapital oqimlari past bo‘lib chiqadi,
kapital harakati balansida muhim hisob-kitoblar chetda qolishiga
olib keladi.


145

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
fanining predmeti
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
махсус таълим
Referat mavzu
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
ishlab chiqarish
vazirligi muhammad
fizika matematika
pedagogika fakulteti
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati