Valuta-kredit munosabatlari


-jadval Joriy  operatsiyalar  balansi



Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/77
Sana31.10.2020
Hajmi0.84 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   77
3-jadval
Joriy  operatsiyalar  balansi
Kreditga sotib olingan tovarlar bu yerda aks ettirilmaydi. Savdo
balansining aktivligi yoki passivligi iqtisodiy ahamiyatga ega va
uning talqini davlatlarning jahon xo‘jaligida tutgan o‘rni, hamko-
rlar bilan aloqalari xarakteri va umumiy iqtisodiy siyosatiga bog‘liq.
Bir  qator  sanoati  rivojlangan  mamlakatlar  (Yaponiya,  Ger-
maniya  va  boshqalar)  uchun  savdo  balansining  aktiv  qoldig‘i
xorijda ikkinchi iqtisodiyotni yaratish uchun qo‘llaniladi.
Tushum 
Chiqim 
1. Tovarlar va xizmatlar eksporti 
2. Transfertlar: 
– chet eldagi investitsiyalardan 
tushum  
– mazkur davlatdagi chet el 
fuqarolarga to‘lovlar (pensiya, 
aliment, sovg‘alar, pul 
o‘tkazmalari va b.) 
3. Chet eldan moliyaviy yordam 
1. Tovarlar va xizmatlar importi 
2. Transfertlar: 
– mamlakatdagi chet el investi-
tsiyasidan kelgan daromadlarning 
to‘lanishi 
– chet elliklarga transfert to‘lovlari 
– rezidentlarning chet eldan aktivlar 
sotib olinishi 
3. Chet elga moliyaviy yordam 
Joriy operatsiyalar qoldig‘i + 
Joriy operatsiyalar qoldig‘i – 


137
To‘lov  balansining  passiv  qoldig‘i,  odatda,  davlatning  jahon
xo‘jaligida mavqeyi zaif ekanligini bildiradi. Bu hol valuta tushum-
larining tanqisligini sezayotgan rivojlanayotgan mamlakatlar
uchun ayniqsa xosdir. Sanoati rivojlangan mamlakatlar uchun bu
boshqacha ma’no kasb etishi mumkin. Masalan, AQSHning sav-
do balansidagi taqchillik murakkabroq tovarlarni ishlab chiqara-
yotgan  uning  xalqaro  raqobatchilarining  (G‘arbiy  Yevropa,
Yaponiya, Gonkong, Tayvan, Janubiy Koreya va boshqalar) bo-
zorda faol oldingi o‘rinlarni egallashi bilan bog‘liq, deb tushuniladi.
– xizmatlar va tijorat xarakteriga ega bo‘lgan to‘lovlar balan-
si. Bu balansda quyidagi operatsiyalar bo‘yicha yuzagi keladigan
to‘lovlar va tushumlar summasi aks ettiriladi.
1. Xorijiy davlatlarda diðlomatik va savdo vakolatxonala-
rini ochish va ularni saqlash.
2. Xorijiy davlat hududida harbiy qismlarni saqlash.
3. Sport aloqalari.
4. Madaniy aloqalar.
5. Xalqaro kreditlarga foiz to‘lash va foiz olish.
6. Pul o‘tkazmalari.
7. Ilmiy texnika aloqalari.
8. Yuk tashish va jo‘natish.
9. Boshqa to‘lovlar va tushumlar.
Hozirgi kunda G‘arbiy Yevropada 10 mln dan ortiq xorijlik
ishchilar  mavjud.  Ular  asosan  Turkiya,  Germaniya,  Portu-
galiya kabi davlatlarning fuqarolaridir. Bu emigrant ishchilar-
ning 80 %i Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya kabi mam-
lakatlarda ishlaydi. Ular ishlab topgan pullarining bir qismini
o‘z davlatiga jo‘natib turadi.
Bu balans mamlakat nafaqat tovar eksport qilishdan, balki
transport, brokerlik, sayyohlik, ilm-fan sohasida va boshqa so-
halarda boshqa davlat jismoniy va yuridik shaxslariga turli xizmat-
lar ko‘rsatishdan va boshqa davlatlar turli subyektlarining xiz-
matlaridan foydalanish mumkinligidan dalolat beradi. Xizmat-
lar balansida shu xizmatlar bo‘yicha valuta tushumlari va chi-
qimlari hisobga olib boriladi.


138
Mamlakat savdo balansida salbiy qoldiqqa ega bo‘la turib,
xizmatlar balansida ijobiy qoldiqqa ega bo‘lishi mumkin va
aksincha.
Transfert to‘lovlari aholi va davlatlarning pul o‘tkazmalari,
turli hadya va sovg‘a-in’omlarni o‘zida aks ettiradi va shu jara-
yonlar bo‘yicha mamlakatga kelib tushuvchi va  mamlakatdan
chiqib ketuvchi valutalar oqimini o‘zida mujassamlashtiradi. Bu
bo‘limga yana turli pensiya, stiðendiya, nafaqa kabi to‘lovlar,
xalqaro yordam, grantlar, subsidiya kabilar ham kiradi.
Kapital bilan moliyaviy operatsiyalar balansi – kapital (qarz,
investitsiya, kredit) ning mazkur davlatdan chet elga va aksin-
cha chet eldan mazkur davlatga harakatini ifodalaydi. Bu balans
moddiy va moliyaviy aktivlarni sotish va sotib olish bilan bog‘liq
kapital oqimini aks ettirib, u uzoq muddatli investitsiyalar (to‘g‘ri
va  portfel  investitsiyalari),  qisqa  muddatli  mablag‘lar  migra-
tsiyasini ham o‘z ichiga oladi.
To‘lov balansida to‘g‘ri va portfel investitsiyalar turkumiga
kiritilmagan boshqa investitsiyalar, rezervlar, bo‘naklar, mud-
dati o‘tgan to‘lovlar xalqaro valuta fondlarining uzoq muddatli
kreditlari ham o‘z ifodasini topadi. To‘lov balansini tuzish ja-
rayonida  barcha  tuzilgan  bitimlar,  kapital  yoki  xizmatlar  so-
hasida baholar va vakolatlarning bir xilmasligi, turli xato va tashlab
ketishlarga yo‘l qo‘yishga olib kelish mumkin. Shu sabab to‘lov
balansida «Xato va tushib qolishlar» degan modda mavjud bo‘lib,
unda statistik xatolar, qayd etilmagan operatsiyalar inobatga oli-
nadi.
Odatda, bu modda summasi har yili barqaror, minimal miq-
dorda bo‘ladi. Agar uning miqdori sezilarli darajada bo‘lsa, u
holda bu:
– to‘lov balansini tuzish uchun taqdim qilingan tashqi iqti-
sodiy aloqalar, savdo bo‘yicha hujjatlarda xatolar mavjud ekan-
ligidan;
–  yoki  ro‘yxatdan  o‘tmagan  kapital  oqimi  mavjud  ekan-
ligidan dalolat beradi.
To‘lov balansining ikki asosiy qismi: joriy operatsiyalar
va kapitallar xarajati balansi bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Joriy


139
operatsiyalarning taqchilligi tovarlar va xizmatlarni eksport
qilish tovarlar va xizmatlarni import qilishni to‘lashga yetarli
emasligini ko‘rsatadi. Bu taqchillik chetdan yordam (qarz)
olish yo‘li bilan yoki chetga moliyaviy yoki moddiy aktiv-
larni sotish yo‘li bilan moliyalashtiriladi. Oxirgi jarayon esa
kapitallar harakati balansida o‘z ifodasini topadi va aksin-
cha, birinchi balansning ijobiy qoldiqqa ega bo‘lishi chetdan
moliyaviy va moddiy aktivlar sotib olish, ya’ni ikkinchi ba-
lans bo‘yicha pul mablag‘lari chetga chiqib ketishini o‘zida
aks ettiradi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
Referat mavzu
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
ishlab chiqarish
fizika matematika
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati