Valuta-kredit munosabatlari


-chizma.  To‘lov  balansining  tarkibiy  qismlari



Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/77
Sana31.10.2020
Hajmi0.84 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   77
11-chizma.  To‘lov  balansining  tarkibiy  qismlari
Yuqoridagi bo‘limlar bo‘yicha bir vaqtning o‘zida mam-
lakatga valutalar kelib tushadi va mamlakatdan valutalar chi-
qib ketadi. Bu esa mamlakatdagi valuta zaxirasining ko‘payishiga
yoki kamayishiga olib keladi. Odatda, joriy operatsiyalar va
kapital bilan moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha yuzaga keluv-
 
To‘lov balansi 
Joriy operatsiyalar 
balansi 
Savdo balansi: 
– Eksport 
– Import 
Xizmatlar balansi 
Chetdan tushadigan 
sof daromad 
Xalqaro 
transfertlarning joriy 
balansi 
Nomutanosiblik 
Markaziy bankdagi 
rasmiy valuta 
rezervlari hisobidan 
to‘lanadi 
Qarzlar 
Кreditlar 
Investitsiyalar 
Chet el valutasi 
(ko‘payadi yoki 
kamayadi) 
Kapital bilan 
moliyaviy opera-
tsiyalar balansi 


130
chi nomutanosiblik mamlakatlarning rasmiy valuta rezervi hiso-
bidan qoplanadi.
To‘lov  balansi  mamlakatning  geografik  chegarasiga  qarab
emas, balki rezident, ya’ni bitim qatnashchilarining milliy joy-
lashuv o‘rniga  qarab tuziladi.  Bitim qatnashchilarining  milliy
iqtisodiy va huquqiy hududi, undagi xo‘jalik subyektlarining fa-
oliyatini o‘zida ifodalovchi iqtisodiy manfaatlar markazi trans-
aksiyalar,  tovarlarni  va  xizmatlarni  sotish  va  sotib  olish  yoki
turli  pul  o‘tkazmalari  (kredit),  qimmatli  qog‘ozlar,  qarzlarni,
foiz, dividendlarni to‘lash, bitimlarning bozor bahosi kabi tu-
shunchalarni mujassamlashtiradi.
To‘lov balansi mamlakat rezidentlari bilan chet el rezi-
dentlari  o‘rtasida  bo‘ladigan  transaksiyalarning  barchasini
o‘zida ifodalaydi, ya’ni operatsiyalari, ko‘rsatiladigan xizmat-
lar,  qimmatli  qog‘ozlarni  sotish  va  sotib  olish,  moliyaviy
bitimlar, sovg‘alar, moliyaviy yordamlar va boshqalarni o‘z
ichiga oladi.
Iqtisodiy mohiyati bo‘yicha to‘lov balansi ma’lum davrga
va aniq bir sanaga tuziladigan balanslarga bo‘linadi. Odatda,
ma’lum  bir  davrga  (1  yil,  chorak)  tuzilgan  to‘lov  balansi
mamlakatning xalqaro iqtisodiy munosabatlari bo‘yicha to‘liq
ma’lumot beradi va tahlil qilish uchun qulay hisoblanadi.
To‘lov balansi – mamlakatning  tashqi iqtisodiy aloqalari-
ning  ko‘lami, tarkibi  va  xususiyati  to‘g‘risida miqdor  va  sifat
tavsifini beradi.
To‘lov balansi – aniq bir vaqt mobaynidagi chet eldan kel-
gan tushumlar va chet elga qilingan to‘lovlar miqdorining nis-
batidir.
To‘lov balansi davrli va fursatli bo‘ladi. Davrli to‘lov balansi
aniq bir vaqt (yil, oy, chorak) oralig‘ida tushumlar va to‘lovlar-
ning o‘zgarishini va davlatning tashqi iqtisodiy faoliyati sohasidagi
o‘zgarishlar va iqtisodiyotning holati, rivojlanishini ifodalaydi.
Fursatli  (aniq  bir  muddatdagi)  to‘lov  balansi  statistik  ko‘r-
satkichlarni chop etish shaklida e’lon qilinmasa ham, ma’lum
bir vaqtda bajarilishi lozim bo‘lgan kunlik to‘lov va tushumlar
nisbatini ifodalaydi.


131
Agar valuta tushumlari to‘lovlardan oshsa, balans aktiv, aks
holda passivdir. Hisob-kitob balansi va to‘lov balansi orasidagi
farqlar quyidagidan iborat:
– to‘lov balansida mamlakatning valuta tushumlari va to‘lovlari
o‘z ifodasini topadi, hisob balansida esa davlatning tashqi iqti-
sodiy aloqalar bo‘yicha talab va majburiyatlari hisobga olinadi;
– to‘lov balansi faqat real tushum va to‘lovlarni ifodalaydi,
hisob-kitob balansi esa hali to‘lanmagan qarz va majburiyatlarni
ham o‘z ichiga oladi;
– to‘lov balansida hisob-kitob balansida o‘z ifodasini top-
gan hali «uzilmagan» berilgan va olingan kreditlar hisobga olin-
maydi;
–  to‘lov  va  hisob-kitob  balanslarining  oxirgi  qoldiqlari  –
aktiv  yoki  passiv  bo‘lishi mohiyati  jihatdan  mos  kelmaydi  va
qarama-qarshidir.  Chunki  kreditor  davlatlarning  hisob-kitob
balanslari  asosan  aktiv,  to‘lov  balanslari  esa  passiv  (AQSH,
Germaniya, Yaponiya va boshqalar) bo‘lishi mumkin. Qarzdor
mamlakatlarda esa passiv hisob-kitob balansi qoldig‘i ba’zi vaqt-
larda aktiv to‘lov balansi qoldig‘iga to‘g‘ri keladi;
– to‘lov balansi faqat to‘langan eksport va importni o‘z ich-
iga oladi, hisob-kitob balansi esa hali to‘lanmagan, kreditga berilgan
tovar aylanmasini ham o‘z ichiga oladi.
Shunday qilib, to‘lov va hisob-kitob balanslari orasidagi farq
xalqaro kredit munosabatlarining rivojlanishi bilan aniqlanadi.
E’lon  qilinuvchi  to‘lov  balanslariga  xos  operatsiyalar  xususi-
yatiga ko‘ra ikki asosiy bo‘limni o‘z ichiga oladi:
1-bo‘lim – joriy operatsiyalar bo‘yicha to‘lov balansi:
–  tashqi  savdo  operatsiyalaridan  tushumlar  va  savdo  ba-
lansi;
– xizmatlar (xalqaro yuk tashishlar, fraxt, sug‘urta va bosh-
qalar)  va  notijorat  (patentlar  bo‘yicha  hisob-kitoblar,  texnik
yordam) balansi, investitsiya bo‘yicha daromad va to‘lovlar.
2-bo‘lim – kapital va kredit harakati balansi (qisqa va uzoq
muddatli operatsiyalar).
Tarixan tashqi savdo xalqaro iqtisodiy aloqalarni olib bo-
rish  va  rivojlantirishning  boshlang‘ich  nuqtasi  hisoblangan.


132
Shuning uchun ham, tashqi savdo to‘lov balansida asosiy o‘rin
egallaydi. Tovarlarni eksport va import qilish jarayoni tashqi
savdo balansida o‘z ifodasini topadi. Alohida olingan davlatning
tashqi  savdo  balansi  aktiv  yoki  passiv  bo‘lishi  mumkin.  Bu
hol  mamlakatning  tashqi  iqtisodiy  aloqalarining  rivojlanish
darajasiga, mamlakatning jahon bozoridagi mavqeyiga, uning
eksport qudratiga va boshqa sabablarga bog‘liq bo‘ladi. Yaponiya,
Germaniya kabi rivojlangan mamlakatlarning tashqi savdo ba-
lansining aktiv qoldiqqa ega bo‘lishi bu davlatlarning boshqa
xorijiy mamlakatlar zaminida ham o‘z iqtisodiyotini rivojlan-
tirishga asos bo‘lmoqda.
Xizmatlar  balansi  yuklarni  yetkazib  berish,  sug‘urtalash,
elektron,  telegraf,  telefon,  aloqaning  boshqa  turlari,  xalqaro
turizm, tajriba  almashish, diðlomatik  xizmatlar, ilm-madaniyat
sohasida anjumanlar o‘tkazish, yarmarka, reklamalar o‘tkazish
va boshqalar bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlar bo‘yicha bo‘ladigan
chet el valutasidagi to‘lovlar va tushumlarni o‘z ichiga oladi.
Kapital va kreditlar harakati balansi davlat va xususiy kapi-
talning kirib kelishi va chiqib ketishi hamda xalqaro kreditlar
berish va olish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni ifodalaydi.
O‘zining muddatliligiga ko‘ra kapital va kreditlar oqimi qisqa
muddatli va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin.
Kapital va kredit oqimi balansiga «xatolar va hisobga olinma-
gan» moddasi biriktiriladi. U qisqa muddatli kapitalning hisobga
olinmagan harakatini ifodalaydi. Valuta zaxiralarining o‘zgarishi
Markaziy banklarning xalqaro valuta operatsiyalarini belgilaydi,
ular to‘lov balansini tenglashtirish va milliy  valuta kursini bir
maromda  saqlash  bilan  bog‘liq.  AQSHda  joriy  to‘lov  balansi
«doimiy» passivdir. Manfiy qoldiq 1988-1994-yillarda 100 mln
AQSH  dollar  (yiliga)  atrofida  bo‘ldi,  tashqi  qarzning  tabiiy
to‘planishi  yuz  bermoqda.  Shu  bilan  birga,  AQSHda  boshqa
mamlakatlarning majburiyatlari yig‘ilmoqda. Bir qator davlat-
larda (Germaniya, Yaponiya, Shveysariyada) aktiv qoldiq ko‘zga
tashlanadi. Shu davr ichida yillik sof aktiv Germaniyada 51 mln.
AQSH dollari, Yaponiyada 40,8 mln. AQSH dollar. Shimol-Janub
o‘zaro moliyaviy aloqalari natijasida «uchinchi dunyo» mam-


133
lakatlarining  qarzi  90-yillar  boshida  1,5  trln  AQSH  dollariga
yetdi.
To‘lov balansining qoldig‘i aniqlanganda, uning moddalari
asosiy va balanslovchilariga bo‘linadi. Asosiy moddalarga to‘lov
balansi qoldig‘iga ta’sir etadigan va nisbiy mustaqillikka ega
operatsiyalar kiradi: joriy operatsiyalar va uzoq muddatli kapi-
tal harakati.
Balanslovchi moddalarga mustaqillikka ega bo‘lmagan yoki
cheklangan mustaqillikka ega operatsiyalar kiradi. Bular to‘lov
balansi qoldig‘ini tugatish manbalari va vositalari bo‘lib, ularga:
– valuta zaxiralari harakati;
– qisqa muddatli aktivlarning o‘zgarishi;
– xorijiy yordamning ba’zi bir turlari;
– tashqi davlat zayomlari va boshqalar kiradi.
Asosiy va balanslovchi moddalarning yakuniy ko‘rsatkichlari
bir-birini  qoplaydi,  ya’ni  to‘lov  balansi  rasman  muvozanat-
lashadi.
Agar to‘lovlar tushumlardan oshsa, taqchillikni qoplash mu-
ammosi paydo bo‘ladi. Buning uchun an’anaviy  manbalar va
usullar, ya’ni zayom va tadbirkorlik kapitalini kiritishdan foy-
dalaniladi. Bu vaqtinchalik usuldir, chunki qarzdor davlat foiz,
dividend va zayom summasini to‘lab berishi lozim.
Passiv  qoldiq  balansini  qoplashning  yangi  usuli  Markaziy
banklarning milliy valutada beradigan svop kelishuvi bo‘yicha
qisqa muddatli kreditidir.
To‘lov balansining vaqtinchalik taqchilligini qoplash uchun
XVF  a’zo  davlatlarga  rezerv  (shartsiz)  kreditini  beradi  (kvo-
taning 25 % i chegarasida).
Rivojlangan davlatlar o‘z to‘lov balansi taqchilligini qoplash
uchun  bank  konsorsiumlari  kreditlari,  obligatsiyali  zayomlar-
dan foydalanadi.
To‘lov balansi taqchilligini vaqtinchalik qoplash usullariga
shuningdek, «xorijiy yordam» liniyasidan olingan imtiyozli kre-
ditlar  kiradi.
To‘lov balansini balanslashtirishning oxirgi usuli rasmiy ol-
tin-valuta zaxiralaridan foydalanishdir.


134
To‘lov balansini yakuniy balanslashning asosiy usuliga kon-
vertirlanadigan chet el valuta zaxirasi kiradi.
To‘lov balansini balanslashning  yordamchi usullariga  chet
el va milliy qimmatli qog‘ozlarni chet el valutasiga sotish ham
kiradi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
fanining predmeti
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
umumiy o’rta
Referat mavzu
ishlab chiqarish
fizika matematika
pedagogika fakulteti
universiteti fizika
Navoiy davlat