Valuta-kredit munosabatlari


VII bob. TO‘LOV VA HISOB-KITOB BALANSLARI



Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/77
Sana31.10.2020
Hajmi0.84 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   77
VII bob. TO‘LOV VA HISOB-KITOB BALANSLARI
7.1. To‘lov balansi, uning mohiyati va tarkibi
Har  bir  mamlakat  iqtisodiyotining  rivojlanishi  dunyoda
mavjud bo‘lgan ilg‘or an’analarni o‘zida joriy qilishga, mam-
lakat iqtisodiyotini jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashtirish-
ga, umumjahon xo‘jalik komplekslarini yuzaga keltirishda faol
ishtirok etishga bog‘liq. Natijada umumiy erkin savdo hududlari
yuzaga keladi. Kapital, xizmatlar va boshqa moliyaviy resurslar
harakati bo‘yicha xalqaro bitimlar tuziladi. Tovarlar, xizmat-
lar, kapital va pul mablag‘lari harakati bo‘yicha yagona jahon
bozori yuzaga keladi hamda bu hol xalqaro mehnat taqsimoti va
raqobatga asos soladi.
Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasi, ijobiy va sal-
biy jihatlari, kamchiliklari va uning ochiqligi davlatlarning to‘lov
balansida yaqqol o‘z ifodasini topadi.
To‘lov balansi – bu mamlakatning turli tashqi iqtisodiy mu-
nosabatlar bo‘yicha chetga to‘laydigan valuta va chetdan kelib
tushadigan  valutalarning  haqiqiy  nisbatini  o‘zida  ifodalovchi,
jamlovchi balans hujjatidir.
To‘lov balansi mamlakat rezidentlarining boshqa mamlakat
rezidentlari bilan ma’lum bir davrda amalga oshiradigan iqtisodiy
bitimlarining natijalarini o‘zida mujassamlashtiradi. Odatda, to‘lov
balansi bir yilga tuziladi va shu muddat ichida mamlakatga ha-
qiqatga kelib tushgan barcha valuta tushumlari va barcha valuta chi-
qimlarini ifodalaydi.
To‘lov balansi mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan iqti-
sodiy munosabatlar holatini, milliy iqtisodiyotning holatini bel-
gilab  beradi. To‘lov  balansining  holati mamlakatning  xalqaro
iqtisodiy munosabatlari ishonchliligi, mamlakat iqtisodiyotining
barqarorligi va sifat darajasini ko‘rsatadi va mamlakat iqtisodi-


129
yotida mavjud muammolar va ularning oldini olish bo‘yicha cho-
ralar ishlab chiqishga asos soladi.
To‘lov  balansini  tuzish  uslubi  Xalqaro  Valuta  Fondi  to-
monidan ishlab chiqilgan va har bir bitim bo‘yicha ikkiyoqlama
yozuv (transaksiya)  tamoyili asosida  olib  boriladi.  To‘lov ba-
lansi bo‘yicha hisob raqamining kredit tomonida eksport, olin-
gan daromad, passivlarning oshishi va aktivlarning kamayishi,
debet tomonida import, to‘langan valuta, passivlarning kama-
yishi va aktivlarning oshishi (ko‘payishi) aks ettiriladi. To‘lov
balansida chetga to‘lovlar summasi va  – chetdan tushumlar
summasi  ko‘rsatiladi.  To‘lov  balansining  umumiy  qismlarini
quyidagi chizmada ta’riflash mumkin.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
fanining predmeti
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
umumiy o’rta
Referat mavzu
ishlab chiqarish
fizika matematika
pedagogika fakulteti
universiteti fizika
Navoiy davlat