Valuta-kredit munosabatlari



Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/77
Sana31.10.2020
Hajmi0.84 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   77
Inkasso ta’rifi. Umumlashtirilgan qoidaga muvofiq inkasso
bu bank operatsiyasi bo‘lib, u:


98
1) akseptni yoki to‘lovni qabul qilish;
2) qarshi tomondan aksept yoki to‘lov amalga oshirilsagina
hujjatlarni taqdim etish;
3) boshqa shartlarda hujjatlarni taqdim etish maqsadida huj-
jatlardagi olingan ko‘rsatmalarga asoslangan holda amalga oshir-
iladi (har bir holat uchun alohida).
Boshqacha aytganda, inkasso bu hisob-kitob bank operatsi-
yasi bo‘lib, bunda emitent-bank o‘z mijozining ko‘rsatmalariga
qat’iy rioya qilgan holda va mijozi taqdim etgan hujjatlariga ko‘ra
qarzdordan (importyordan) akseptni yoki to‘lovga qarshi tijorat
hujjatlarini berish yoki har bir holat uchun alohida o‘zga shart
bilan hujjatlarni berish va operatsiyani amalga oshirish bo‘yicha
o‘z zimmasiga olgan majburiyatdir.
Odatda,  emitent-bank  mijozining  ko‘rsatmalarini  bajarish
uchun  boshqa  (inkassolovchi)  bank  xizmatidan  foydalanadi.
Mijozning  ko‘rsatmasida  belgilangan  bank,  agar  bunday
ko‘rsatma  berilmagan  bo‘lsa,  emitent-bank  tanlagan  ixtiyoriy
bank yoki aksept va to‘lov sodir bo‘layotgan mamlakatda joy-
lashgan  boshqa  bir  bank  inkassolovchi  bank  sifatida  faoliyat
ko‘rsatishi mumkin.
Inkassolovchi bank qarz to‘lovchiga hujjatlarni bevosita taqdim
qiladi va shuning uchun taqdim qiluvchi bank deb ham yuriti-
ladi.
Bank  mijozining  ko‘rsatmasini  bajarish  uchun  boshqa  bir
bankning  xizmatidan  foydalanar ekan,  u  inkassolovchi  bank-
ning xizmat haqini o‘z mijozi hisobidan to‘lab beradi. Bundan
tashqari, agar chet el qonun-qoidalariga va odatlariga ko‘ra mu-
ayyan majburiyatlar mijozning topshirig‘ini bajaruvchi bank zim-
masiga yuklatilsa, u holda mijoz bu majburiyatlarni pul ko‘rinishida
qoplab berishi shart.
Inkasso operatsiyasida qo‘llaniladigan hujjatlar Umumlash-
tirilgan qoidalarda ikki guruhga ajratiladi:
I. Moliyaviy hujjatlar (o‘tkazma veksel (tratta), oddiy veksel
(solo),  chek,  to‘lov  tilxati  va  to‘lovni  amalga  oshirish  uchun
ishlatiladigan boshqa hujjatlar).
II. Tijorat hujjatlari (yukni ortish hujjatlari, mulkka egalik
huquqini beruvchi hujjatlar, sifat sertifikati, kelib chiqish ser-


99
tifikati, sug‘urta polisi va boshqa moliyaviy hujjat xarakteriga ega
bo‘lmagan hujjatlar).
Shu sababli inkassoning 2 turi mavjud:
– «sof» inkasso, ya’ni faqat moliyaviy hujjatlar qo‘llanila-
digan inkasso;
– «hujjatlashtirilgan» inkasso, ya’ni moliyaviy hujjatlar bi-
lan  tijorat  hujjatlari birga yoki  faqat tijorat  hujjatlarining  o‘zi
qo‘llaniladigan inkasso.
Umumlashtirilgan qoidalardan foydalanishning qulayligi
shundaki, u inkasso bo‘yicha hisob-kitob operatsiyasini ba-
jarish amaliyotida yuzaga keladigan ko‘pgina masalalar va ata-
malarni yagona talqin qilish imkonini yaratadi.
Xalqaro Savdo Palatasi qoidalariga amal qilish majburiy hisob-
langan  mamlakatlarda  inkasso  shaklidagi  hisob-kitoblarni
qo‘llashda banklar va ushbu banklarning mijozlari uchun ham
umumlashtirilgan qoidalarga rioya qilish majburiydir.
Inkasso bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi
quyidagicha (7-chizma):
1. Eksportyor va importyor o‘rtasida shartnoma tuziladi. Maz-
kur shartnomada, odatda, qaysi banklar vositasida hisob-kitob
amalga oshirilishini tomonlar kelishib oladilar.
2. Bitimga muvofiq eksportyor tovarlarni jo‘natish uchun
yuklatadi.
3. Eksportyor yuk  tashuvchi  tashkilotdan transport hujjat-
larini oladi va o‘zining banki orqali importga yuboriladigan huj-
jatlar to‘plamini tayyorlaydi. Ushbu to‘plamga, agar bitim shartida
ko‘zda  tutilgan bo‘lsa,  xaridor  tomonidan  akseptlanishi  zarur
bo‘lgan o‘tkazma veksel ham kiritiladi.
4. Eksportyor hujjatlar to‘plamini inkasso topshirig‘i bilan
o‘z bankiga taqdim qiladi. Umumlashtirilgan qoidaga ko‘ra inkas-
soga hujjatlarni taqdim qilgan eksportyor – «ishonuvchi», eks-
portyorning banki esa remitent-bank deb yuritiladi.
5. Remitent-bank dastlab taqdim qilingan hujjatlarni inkasso
topshirig‘i va shartnoma shartlariga mos kelishini tekshiradi, so‘ngra
hujjatlarni topshiriq bilan birga xorijiy vakil-bankka jo‘natadi.
Inkasso  topshirig‘ida  remitent-bank  importyordan  olinadigan
mablag‘larni o‘tkazish va agar shartnomada trattaning ishtirok


100
etishi qayd qilingan bo‘lsa) o‘tkazma vekselni akseptlash xusu-
sida importyorning bankiga ko‘rsatma beradi.
6. Inkasso operatsiyasida qatnashuvchi importyorning banki
(«inkassalovchi bank») importyorga («to‘lovchiga») hujjatlarni
tekshirish hamda bitimga muvofiq to‘lovni amalga oshirish yoki
vekselni akseptlash maqsadida inkassa topshirig‘ini va hujjatlar
majmuyini taqdim qiladi.
Agar eksportyorning banki bilan importyorning banki o‘rtasida
bevosita vakillik munosabatlari o‘rnatilmagan bo‘lsa, eksportyor-
ning banki importyorning mamlakatida joylashgan va vakillik mu-
nosabatlari o‘rnatilgan boshqa bir uchinchi bankka murojaat qiladi.
Bunday holatda uchinchi vositachi bank «inkassolovchi bank» hi-
soblanadi va u bevosita o‘zi yoki importyorning banki orqali huj-
jatlarni to‘lovchiga taqdim qiladi. Hujjatlarni to‘lovchiga taqdim
qilgan bank «taqdim qiluvchi bank» deb yuritiladi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
fanining predmeti
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
umumiy o’rta
Referat mavzu
ishlab chiqarish
fizika matematika
pedagogika fakulteti
universiteti fizika
Navoiy davlat