Valuta-kredit munosabatlari



Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/77
Sana31.10.2020
Hajmi0.84 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   77
6-chizma.
Shartnomada importyor tomonidan eksportyorga kredit beri-
lishi,  ya’ni  yetkazib  beriladigan  tovar  uchun  oldindan  avans
to‘lovini amalga oshirish kerakligi ko‘zda tutilgan bo‘lishi ham
mumkin. Bunday holatlarda importyor bitimda ko‘rsatilgan vaqt
ichida  eksportyorga  valutani  o‘tkazish  to‘g‘risida  o‘z  bankiga
ko‘rsatma beradi. Shundan so‘ngina eksportyor tovarni jo‘natadi
va hujjatlar to‘plamini importyorga yuboradi.
Bank o‘tkazmasi shaklidagi hisob-kitoblarda shartnomada qat-
nashuvchi tomonlardan biri doimo ma’lum darajada riskka tortil-
gan bo‘ladi. Eksportyor uchun tovar to‘liq jo‘natilgandan so‘ng
yakuniy hisob-kitoblar amalga oshirilmay qolish riski va import-
yor  uchun  esa  avans to‘lovlari  bajarilgandan  so‘ng  tovar  yet-
  
 
 
 
 
 
  
 
 
 
 
6) 
  
 
 
7) 
 
 
 
 
 
5) 
 
  
 
 
 
 
1) 
  
 
 
 
 
4) 
 
 
  
 
 
 3) 
   
 2) 
 
 
 
Eksportyorning 
banki 
 
Importyorning 
banki 
 
Eksportyor 
 
 
Importyor 
 
 
Yuk tashuvchi 
tashkilot 


94
kazilmay  qolish  riski  mavjud.  Shuning  uchun  ham,  jahon
amaliyotida  yetkazib  berilgan  tovarlar  uchun  hisob-kitobning
ushbu shakli ma’lum darajada cheklangan bo‘lib, har doim ham
qo‘llanilavermaydi, odatda, xalqaro hisob-kitobda boshqa hisob-
kitob  shakllari  (hujjatlashtirilgan  akkreditiv  va  inkasso)  bilan
birga qo‘llaniladi. Masalan, yetkazilib beriladigan tovarlar uchun
akkreditiv bo‘yicha inkassoga olingan hujjatlar bo‘yicha tovar
summasining 10-15 %i to‘lanib, 75-80 % summasiga esa vek-
sellar  yozilishi va  qolgan  5-10  %i  bank o‘tkazmasi  tariqasida
oldindan avans sifatida yoki importyor tomonidan tovarlar tek-
shirilgandan so‘ng to‘lanishi ko‘zda tutilgan bo‘lishi mumkin.
Bundan  tashqari,  olingan  tijorat  kreditlarini  qoplashda  va
inkassoni  to‘lashda  ham  bank  o‘tkazmasidan  foydalanilishi
mumkin.
Bank o‘tkazmasi shaklidagi hisob-kitoblar qo‘llanilishiga ko‘ra
o‘zining soddaligi bilan boshqa hisob-kitob shakllaridan ajralib
turadi, chunki valuta mablag‘larini o‘tkazuvchi mijozga ariza-
dan boshqa tijorat hujjatlarini rasmiylashtirish va bankka taqdim
etishni talab qilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasida bugungi kunda vakolatli banklar
eksport va import operatsiyalari bo‘yicha bank o‘tkazmasi shak-
lida hisob-kitoblarni amalga oshirmoqda. Vakolatli banklar eks-
port qilingan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha hisob-
kitoblarni amalga oshirayotganda O‘zbekiston Respublikasi hudu-
dida joylashgan benefitsiar foydasiga to‘lovni o‘tkazish to‘g‘risidagi
xorijiy banklar topshirig‘ini bajaradi, bunda to‘lanayotgan sum-
maning qanday qoplanilishi ko‘rsatilgan bo‘lishi talab etiladi.
To‘lov  topshirig‘i  benefitsiar  tomonidan  ma’lum  tijorat
yoki moliyaviy hujjatlar taqdim qilingandan keyingina (hujjat-
lashtirilgan  o‘tkazmada)  unga  to‘lanishini  ko‘zda  tutishi
mumkin. Bunday holatlarda tegishli hujjatlar taqdim qilinguni-
cha benefitsiar hisobvarag‘iga shartli ravishda summa o‘tkaziladi.
Agar summa o‘tkazilgan kundan boshlab 15 kun ichida eks-
portyor  hujjatlarni  taqdim  qilmasa,  uning  hisobvarag‘idagi
o‘tkazma summasi hisobdan  chiqariladi va xorijiy bankka
o‘tkazma xususida ko‘rsatma berilishi haqida so‘rov yuboriladi.


95
Hozirgi davrda O‘zbekistonda eksport va import bo‘yicha bank
o‘tkazmasi orqali to‘lovlar keng tus olgan. Bunga asosiy sabab
mamlakatimiz banklarida bunday operatsiyani bajarish va huj-
jatlarni rasmiylashtirish soddaligidadir. Bundan tashqari, shuni
ham aytish kerakki, respublikamizda shartnoma summasining
15 %igacha oldindan avans sifatida to‘lashga ruxsat berilgan. Bu
esa o‘zbek importyorlariga nisbatan to‘lovga qobillik nuqtayi na-
zaridan  hali  ham  xorijiy  firmalarning  ishonchsizligi  mavjud
bo‘lganligi sababli katta ahamiyatga ega. Bunday shart-sharoit-
larda aksariyat import shartnomalari quyidagicha amalga oshi-
riladi: qarshi tomon bankining kafolati evaziga shartnoma sum-
masining 15 %i oldindan avans sifatida to‘lanadi va qolgan 85%
iga esa akkreditiv ochiladi. Bunday ketma-ketlik o‘zbek import-
yorlariga shartnomada ko‘rsatilgan sifat va hajmda tovarning yetib
kelmaslik riskining oldini olishga imkon beradi.
Biroq  shunday  bo‘lsa-da,  importyorlar  uchun  haqiqatda
yetib kelgan tovarlar bo‘yicha hisob-kitob qilish shakllari ichida
eng qulayi bank o‘tkazmasi hisoblanadi, chunki importyor to-
var va hujjatlarni bank orqali emas, bevosita o‘zi qabul qiladi va
shundan keyingina to‘lovni bajaradi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar amaliyotida ochiq hisobvaraq
bo‘yicha hisob-kitoblar ma’lum darajada keng tus olgan (ayniq-
sa, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda bunday hisob-kitoblar
tez-tez uchraydi). Firmalar o‘z qayd kitoblariga hisob-kitob ope-
ratsiyalarini amalga oshirish uchun kontragentlarining qarzdor-
ligi aks ettiriladigan hisobvaraqni bir-birlariga ochadilar. Odatda,
ochiq hisobvaraq bo‘yicha olib boriladigan hisob-kitoblar bank-
larning ishtirokisiz amalga oshiriladi, banklar bunda faqat ope-
ratsiyaning yakuniy bosqichida – to‘lovni amalga oshirishdagina
qatnashadi. Tovarlar jo‘natish uchun yuklatilgandan so‘ng so-
tuvchi xaridorga tovar va transport hujjatlarini yuboradi, so‘ngra
yuklangan  tovarlar  summasini  uning  hisobiga  yozib  qo‘yadi.
Xaridor o‘z qarzdorligini qoplash maqsadida (agar shartnomada
barter  hisob-kitobi  ko‘rsatilgan  bo‘lsa)  tovar  yetkazib  berishi
yo xizmat ko‘rsatishi, yoki (agar sotuvchi va xaridor o‘rtasida
o‘zaro qarz va majburiyatlar mavjud bo‘lsa) o‘zaro qarz va maj-
buriyatlarini  kechib  yuborishi (kliring),  yoki  bank  o‘tkazmasi


96
orqali qarzini to‘lab berishi, yoki o‘z majburiyatlarini qoplash
uchun chek yoki oddiy veksel yozib berishi, yoki sotuvchi to-
monidan taqdim qilingan o‘tkazma veksel (tratta) ni akseptlashi
mumkin.
Hisob-kitobning  ushbu  shakli  qo‘llanilayotganda,  odatda,
xaridor haqiqatda ham tovar uchun to‘lov amalga oshirilishini
kafolatlashini  sotuvchi  talab  qilishi  lozim.  Chunki  sheriklar
o‘rtasidagi doimiy aloqa va o‘zaro ishonchni qozonish hamma
vaqt ham yetarli bo‘lavermaydi. Shu sababli shartnomada tovar
uchun to‘liq summa to‘lanmagunga qadar tovarga egalik qilish
huquqi sotuvchida ekanligi qayd qilinishi mumkin.
Ba’zi hollarda to‘lovni ta’minlash maqsadida tashqi iqtisodiy
faoliyatda qatnashuvchi tomonlar yetakchi korxona aksiyalarini
garovga qo‘yishlari ham mumkin. Bu toifadagi majburiyatlarni
bajarishning ta’minlash shakli yetarli darajada ishonchli hisobla-
nadi. Bunday holatda tomonlar o‘rtasida alohida garov shartno-
masini tuzishga ehtiyoj tug‘ilmaydi, balki tashqi savdo shartno-
masida garov berilayotgani, garovning summasi, qay holatda ga-
rovga qo‘yilgan aksiyalar to‘lovni qoplash uchun majburan soti-
lishi ko‘rsatilsa, bas. Lekin aksiyalar garovga olinganda ularning
haqiqiy  qiymatini  tegishli  hujjatlar  bilan  tasdiqlash  talab  qili-
nishi lozim. Bundan tashqari, vaqt o‘tishi bilan aksiyalar narxi
o‘zgarishini ham e’tiborga olish kerak.
Ochiq hisobvaraq bo‘yicha hisob-kitob xaridorga tijorat krediti
sifatida  tovar  yetkazib  berishni  o‘zida  ifodalaganligi  uchun  u
eksportyorning manfaatlariga mos  kelavermaydi, chunki bun-
day hisob-kitob usuli yuqori risk darajasiga ega. Shuning uchun
ham, ochiq hisobvaraq bo‘yicha hisob-kitoblarni uzoq vaqt davo-
mida o‘zaro biznes aloqada bo‘lgan va o‘zaro ishonchni qozon-
gan firmalar, goh sotuvchi, goh xaridor sifatida aloqa qiladigan
xo‘jalik subyektlari, yirik kompaniyalarning filiallari va boshqalar
qo‘llashi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi hududida joylash-
gan korxonalar bunday talabga javob bermaganligi uchun ochiq
hisobvaraqlar bo‘yicha hisob-kitoblar deyarli qo‘llanilmaydi.
Hisob-kitoblarning inkasso shakli bank o‘tkazmasiga nis-
batan ancha ishonchliroq. Inkassoga shartli ravishda quyidagicha
ta’rif  berish  mumkin.


97
Inkasso eksportyorning (kreditorning) o‘z bankiga import-
yordan (qarzdordan) bevosita yoki boshqa bank (lar) orqali ma’-
lum bir summani to‘latib olish yoki belgilangan muddat ichida
summa to‘lanishini tasdiqlatish to‘g‘risidagi topshirig‘ini o‘zida
ifodalaydi.
Bugungi kunda xalqaro savdoda akseptli inkasso shaklidagi
hisob-kitoblar keng tus olgan. Bunda inkasso ham naqd to‘lov
shaklida olib boriladigan hisob-kitoblarda, ham tijorat krediti
shaklida olib boriladigan hisob-kitoblarda qo‘llaniladi.
Ma’lumki, xalqaro hisob-kitoblar xalqaro miqyosda o‘zaro
kelishilgan qonun-qoidalarga asoslangan holda olib boriladi. Shu
jumladan,  inkasso  shaklidagi  hisob-kitoblar  ham  Parijdagi
Xalqaro  Savdo  Palatasi  tomonidan  ishlab  chiqilgan  «Inkasso
bo‘yicha umumlashtirilgan qoida va an’analar»ga tayangan holda
amalga oshiriladi.  Mazkur qoidada  inkassoning turlari: to‘lov
hujjatlarini taqdim qilish, to‘lovni amalga oshirish va akseptlash
tartibi,  to‘lovning  bajarilganligi,  akseptlanganligi  yoki  to‘lov
bajarilmaganligi (akseptlanmaganligi) haqidagi xabarni uzatish
tartibi kabi muhim masalalar batafsil yoritilgan. Garchi ushbu
qoidani amalda qo‘llash har bir mamlakat uchun majburiy emas,
balki tavsiya xarakterida bo‘lsa-da, jahonning deyarli barcha mam-
lakatlarida inkasso bo‘yicha operatsiyani amalga oshirishda asos
sifatida qo‘llaniladi.
Umumlashtirilgan qoidada har bir inkassoning turi bo‘yicha
ta’rif berilgan, inkasso operatsiyasini amalga oshirish usuli va
tartibi ko‘rsatilgan, inkasso operatsiyasida ishlatiladigan turli ata-
malarga yagona izoh berilgan va boshqa muhim masalalar ko‘rib
chiqilgan. Bu esa tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi
banklar amaliyotida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kelishmovchi-
liklarni hal qilish va ularning oldini olishda katta ahamiyatga ega.
Inkasso bo‘yicha hisob-kitobda qatnashuvchi manfaatdor to-
monlarning o‘zaro kelishuviga asosan mazkur qoidadan chetga
chiqishga ruxsat beriladi, biroq bu holda agar tomonlar o‘rtasida
biron kelishmovchilik yuz bersa, Xalqaro xo‘jalik (arbitraj) su-
diga murojaat qilish huquqidan mahrum bo‘ladilar.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
navoiy nomidagi
samarqand davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
rivojlantirish vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
fanining predmeti
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
ishlab chiqarish
haqida umumiy
fizika matematika
Toshkent axborot
vazirligi muhammad
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati
Navoiy davlat