Valuta-kredit munosabatlari


I bob. VALUTA MUNOSABATLARI VA



Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/77
Sana31.10.2020
Hajmi0.84 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
I bob. VALUTA MUNOSABATLARI VA
VALUTA  TIZIMI
1.1. Valuta munosabatlari tushunchasi, ularning asosiy
ishtirokchilari
Xalqaro valuta munosabatlari – valutaning jahon xo‘jaligida
amal qilishi borasida shakllanadigan va milliy xo‘jaliklar faoliyati
natijalarining o‘zaro almashuviga xizmat ko‘rsatadigan ijtimoiy
munosabatlar yig‘indisidir
1
. Yoki davlatlar, jahon valuta bozo-
rining  subyektlari,  muayyan  davlatning  rezident  yoki  norezi-
dent shaxslari orasida valutalarni sotish, sotib olish, majburiyat-
larni bajarish va boshqa shu kabi jarayonlarda vujudga keladigan
munosabatlardir.
2
Valuta munosabatlarining paydo bo‘lishi, o‘zgartirilishi yoki
tugatilishining huquqiy asoslari xalqaro kelishuvlar hamda dav-
latning ichki qonun va qoidalari hisoblanadi.
Valuta munosabatlari nisbatan mustaqil munosabatlar bo‘l-
gani holda to‘lov balansi, valuta kursi, hisob-kitob operatsiya-
lari orqali Jahon iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Valuta munosabatlarining holati quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi:
– milliy va jahon iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasi;
– siyosiy ahvol;
– jahon bozorida davlatlararo munosabatlar borasidagi mu-
ammolar va ularning rivojlanish tendensiyalari.
Valuta munosabatlarining asosiy ishtirokchilari sifatida xalqaro
moliyaviy tashkilotlar, davlatlar, davlatlarning rezident va nore-
zident shaxslari maydonga chiqadi.
1
 Êðàñàâèíà Ë.Í.Ìåæäóíàðîäíûå âàëþòíî-êðåäèòíûå è ôèíàíñîâûå
îòíîøåíèÿ. –M.: «ÔèÑ». 2001 ã. C. 21.
2
 Ïëàòîíîâà  È.Í.  Âàëþòíûé  ðûíîê è  âàëþòíîå  ðåãóëèðîâàíèå.  –
Ì.: «ÔèÑ». 2004. C. 67.


6
Rezident  shaxslar  –  bu  muayyan  davlat  hududida  yasha-
yotgan va faoliyat ko‘rsatayotgan hamda shu davlatning fuqarosi
bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslardir.
Norezident shaxslar – bu muayyan davlat hududida yasha-
yotgan va faoliyat ko‘rsatayotgan, lekin shu davlatning fuqarosi
bo‘lmagan yuridik va jismoniy shaxslardir. Masalan, elchixonalar,
vakolatxonalar, chet el firma va kompaniyalarining filiallari va
shu kabilar.
Shu bilan birga, bu yerda shuni ta’kidlab o‘tmoq lozimki,
valuta munosabatlarining faol ishtirokchilaridan biri bu – tijo-
rat banklaridir.
Tijorat banklari milliy, hududiy va jahon valuta bozorlarida
nafaqat o‘z manfaatlari, balki o‘z mijozlari manfaatlarining hi-
moyachisidir. Jahonning yirik tijorat banklari o‘z mijozlarining
topshiriqlarini yaxshi bajarish, ularning moliyaviy manfaatlari-
ni himoya qilish va o‘z tijorat maqsadlari uchun jahon moliya
bozorining yirik markazlarida o‘z filiallarini ochgan.
Tijorat banklarida va mijozlarida turli sabablarga ko‘ra hamda
turli maqsadlarda xorijiy valutaga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Masalan,
agar tijorat bankining mijozi eksportyor bo‘lsa, u xorijiy valuta-
da tushum oladi va valuta kursining tebranishi oqibatidagi risk-
larni hisobga olgan holda, unda shu xorijiy valutada olingan
tushumni himoyalash zaruriyati tug‘iladi. Shu sababli, u maz-
kur  eksport  tushumini  sug‘urtalash  maqsadida  o‘z  bankiga
murojaat etadi. Yoki bank mijozi importyor bo‘lsa, kontragenti
bilan tuzgan o‘zaro shartnoma shartlariga muvofiq, belgilan-
gan muddatda eksportyor bilan hisob-kitob qilish uchun unga
muayyan miqdorda xorijiy valuta zarur bo‘ladi. Shunga mu-
vofiq, mijoz o‘z bankiga xorijiy valuta sotib olish maqsadida
murojaat qiladi.
Yuqoridagilardan tashqari tijorat bankining xorijiy valutaga
bo‘lgan o‘z zaruriy ehtiyojlari mavjud. Bularga masalan, jahon
valuta bozorida oldi-sotdi baholarining farqi sifatida foyda olish
maqsadida xorijiy valutalarni sotib olish va sotish, valuta kursi-
ning tebranishi oqibatida vujudga keladigan valuta risklarining
oldini olish maqsadida xejerlash bilan bog‘liq turli valuta ope-
ratsiyalarini amalga oshirish kabi harakatlarni keltirish mumkin.


7

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
navoiy nomidagi
samarqand davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
rivojlantirish vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
fanining predmeti
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
ishlab chiqarish
haqida umumiy
fizika matematika
Toshkent axborot
vazirligi muhammad
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati
Navoiy davlat