Valuta-kredit munosabatlari


IV bob. VALUTA SIYOSATI VA



Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/77
Sana31.10.2020
Hajmi0.84 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   77
IV bob. VALUTA SIYOSATI VA
UNING ASOSIY  SHAKLLARI
4.1. Valuta siyosati va uning mohiyati
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bozor iqtisodiyoti sharoitida
xalqaro valuta munosabatlari bozor va davlat tomonidan tartibga
solinadi.
Valuta bozorida valutaning talab va taklifi hamda ularning kurslari
nisbati shakllanadi. Bozor tomonidan tartibga solish qiymat qo-
nuni, talab va taklif qonunlariga bo‘ysunadi. Valuta bozorlarida raqo-
bat sharoitida bu qonunlarning harakati valuta almashuvining ha-
rakati  tovarlar,  xizmatlar,  kapitallar  hamda  kreditlar  harakati
bilan bog‘liq bo‘lgan jahon xo‘jaligining xalqaro valuta ehtiyojlari
oqimlarining  muvofiqligini  ta’minlaydi.  Bozorlardagi  baholar
mexanizmi va valuta kurslarining o‘zgarishi sabablari orqali iqti-
sodiy agentlar valuta xaridorlarining ehtiyojlari va taklifining im-
koniyatlari to‘g‘risida ma’lumot oladilar.
Shunday qilib, bozorni valuta operatsiyalarining holati haqida
axborot beruvchi manba sifatida ham ko‘rish mumkin. Lekin dav-
lat qadim zamonlardan valuta munosabatlariga aralashib kelmoq-
da, avval bilvosita, keyinchalik esa bevosita (davlatlarning jahon
xo‘jaligi aloqalarida o‘rinlarining muhimligini hisobiga olgan hol-
da). XX asrning 70-yillarida oltin standarti bekor qilinishi bilan
oltin pullarning valu-ta kursini tartibga soluvchi sifatida ishlashi
to‘xtatildi. Kurslarning kuchli tebranishlari va valuta inqirozlari
iqtisodiy-ijtimoiy oqibatlarga ega bo‘lib, milliy va jahon iqtisodi-
yotiga salbiy ta’sir etdi.
Valutaning bozor va davlat tomonidan tartibga solinishi bir-
birini to‘ldirib keladi. Bozor tomonidan tartibga solish esa valuta
munosabatlarini tartibga solishdagi salbiy oqibatlarning oldini
olishga qaratilgan. Bu ular o‘rtasidagi foyda va zararlar bilan
belgilanadi. Inqirozlar, urushlar, urushdan keyingi vaziyatlar-


63
da davlat tomonidan tartibga solish ustunlik qiladi. Iqtisodiy
vaziyat yaxshilanishi bilan esa valuta operatsiyalarining erkinli-
gi vujudga kelib, bu sohada bozor raqobati qo‘llab-quvvatlana-
di. Ammo davlat har doim valuta munosabatlari ustidan na-
zorat qilish va uni tartibga solish maqsadida o‘z valuta nazorati-
ni saqlab qoladi.
Valuta siyosati bozor iqtisodiyotini tartibga solish tizimida
muhim o‘rin egallaydi. Valuta siyosati – mamlakatning joriy stra-
tegik maqsadlarga muvofiq xalqaro valuta va boshqa iqtisodiy mu-
nosabatlari sohasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar ma-
jmuasidir. U iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadlariga erishishga
qaratilgan, ya’ni iqtisodiy o‘sishining barqarorligi, inflyatsiya va
ishsizlikning o‘sishini to‘xtatish, to‘lov balansi tengligini ush-
lab turish va boshqalarni ta’minlashga qaratilgan.
Valuta siyosatining yo‘nalishi va shakllari mamlakatning valuta
bo‘yicha iqtisodiy vaziyati, jahon xo‘jaligi evalutsiyasi, jahonda
ishlab chiqarish kuchlari joylashtirilishiga ko‘ra aniqlanadi. Har
xil taraqqiyot bosqichlarda birinchi o‘rinda valuta siyosatining
aniq maqsad va masalalari chiqadi. Bular:
– valuta inqirozini bartaraf etish va barqarorligini ta’minlash;
– valuta cheklovlari;
– valutani erkin ayirboshlashga o‘tish;
– valuta operatsiyalarining erkinligi va boshqalar.
Hukumatning valuta siyosati valuta qonunchiligi bilan rasmiy-
lashtiriladi. Bu qonunchilik o‘z ichiga mamlakat ichida va tashqa-
risida valuta qimmatliklari bilan operatsiyalarni tartibga soluvchi
huquqiy  qoidalar  majmuasi,  shuningdek,  valuta  muammolari
bo‘yicha davlatlararo kelishuvlar (ikki tomonlama va ko‘p tomon-
lama) ni oladi.
Valuta siyosatini amalga oshirish yo‘nalishlaridan biri – bu
valutani tartibga solishdir. Valutani tartibga solish valuta ope-
ratsiyalarini amalga oshirish tartibi va xalqaro hisob-kitoblarni
davlat  tomonidan  aniq  belgilab  berishdir.  Bu,  o‘z  navbatida,
milliy, davlatlararo va hududiy darajada bajarilishi mumkin.
Valuta siyosati valuta muammolari bo‘yicha qarorlarni tay-
yorlash, qabul qilish va amalga oshirishni o‘z ichiga oladi.


64

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
fanining predmeti
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
umumiy o’rta
Referat mavzu
ishlab chiqarish
fizika matematika
pedagogika fakulteti
universiteti fizika
Navoiy davlat