Valuta-kredit munosabatlari


 Muddatli valuta operatsiyalari



Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/77
Sana31.10.2020
Hajmi0.84 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   77
3.3. Muddatli valuta operatsiyalari
va ularning amalga oshirilishi
Muddatli valuta operatsiyalari – bitim tuzilgandan keyin bi-
timdagi kurs bo‘yicha kelishilgan xorijiy valutani ma’lum mud-
dat o‘tgach yetkazib berishga kelishiladigan valuta bitimlaridir.
Bundan muddatli valuta operatsiyalarining ikki xususiyati kelib
chiqadi:
1. Bitim tuzilishi bilan bajarilishi o‘rtasida ma’lum davr-vaqt
bor.
2. Muddatli valuta operatsiyalari bo‘yicha valuta kursi ma’lum
muddat o‘tganidan keyin foydalanilsa ham, bitim tuzilayotgan
paytda belgilanadi.
Odatda, bu operatsiyalar valuta kursi o‘zgarishidan himoyala-
nish yoki qo‘shimcha foyda olish maqsadida amalga oshiriladi.
Muddatli valuta operatsiyalarining quyidagi turlari mavjud:
– forvard operatsiyalari;
– fyuchers operatsiyalari;
– opsionlar bilan operatsiyalar;
– SVOP operatsiyalari;
– valuta arbitraji.
Forvard operatsiyalari. Muddatli valuta operatsiyalari deb bel-
gilangan, ammo ikki ish kunidan oshiq bo‘lgan muddatda amalga
oshiriladigan operatsiyalarga aytiladi.


52
Forvard valuta bitimi – bu voz kechib bo‘lmaydigan va bank
bilan uning  mijozi o‘rtasidagi ma’lum miqdordagi kelishilgan
valutani bitim tuzilayotgan vaqtda qayd qilingan  ayirboshlash
kursida kelgusi muddatlarda amalga oshirish bo‘yicha majburiyat-
larning bajarilishidir. Bu vaqt aniq bir sana yoki ikki sana orasida
namoyon bo‘ladi. Forvard valuta bitimining o‘ziga xos xususiyat-
lari mavjud:
a) bu voz kechib bo‘lmaydigan va majburiy shartnomadir.
Bitim tuzilgandan  keyin mijoz bitimdan voz kechishga haqqi
yo‘q.  Mijoz  shartnomada  ko‘rsatilgan  chet  el  valutasini  sotib
olishi yoki sotish shart;
b) bitim chet el valutasidagi aniq bir miqdorni tashkil etadi.
Mijoz  bitimda  ko‘rsatilgan  miqdordan  ko‘proq  valutani  sotib
olishga ham, sotishga ham haqqi yo‘q;
v) bitim kelishilgan aniq bir sanada bajarilishi shart. Mijoz
forvard bitimining bajarilish sanasini uzoqlashtira yoki yaqin-
lashtira olmaydi.
Agar bank sotish va sotib olish haqida bitim tuzsa, u faqat
mijoz  bilan  kelishmay,  balki  tashqi  valuta  bozori  bilan  aloqa
qiladi. Bu shuni anglatadiki, bank mijoz yoki bir qancha mijoz-
lar bilan tuzgan forvard bitimlari uchun, albatta, valuta bozori
orqali  valutaning  sotib  olinishi  yoki  sotilishi  qoplanishini
ta’minlashi kerak. Dilerning pozitsiyasi har qanday ma’lum kun
yoki davr oxirida doimo teng holga kelishi shart. Bu shuni ang-
latadiki, sotib olinayotgan va sotilayotgan valutalar balanslash-
tiriladi.
Agar mijoz qandaydir sabab bilan bitim shartlarini bajara ol-
magan holda bank, baribir, bozor bilan tuzgan bitimini bajarishi
kerak bo‘ladi. Shuning uchun bank mijozidan bitimda kelishilgan
barcha shartlar bajarilishini talab qilishi shart. Mijoz shartlarni
bajara olmagan taqdirda bank bitimning muddatini «uzaytiradi»
yoki «yopadi».
Forvard  valuta  bitimi  qat’iy  belgilangan  yoki  opsionli
bo‘ladi.
a) qat’iy belgilangan valuta bitimi – kelgusida aniq bir sana-
da bajarilishi shart bo‘lgan bitim.


53
b) opsionli valuta bitimi – mijozning xohishiga ko‘ra yoki
bitim tuzilgan vaqtdan uning bajarilishigacha bo‘lgan davr ichida
xohlagan kunda amalga oshiriladi.
Forvard kursi spot-kursidan forvard marjasi miqdoriga farq
qiladi. Marja mukofot ko‘rinishda bo‘lishi mumkin, bunda for-
vard-kurs  spot-kursdan  yuqori  bo‘ladi;  yoki  diskont  (chegir-
ma)  ko‘rinishida  bo‘lishi  mumkin,  bunda  forvard  kurs  spot-
kursdan past bo‘ladi.
Forvard valuta bitimi asosan to‘lovlarni sug‘urtalash uchun
qo‘llaniladi.
Muddatli bitimlar bo‘yicha son ko‘rinishida kotirovkalana-
digan valuta kurslari autrayt deyiladi.
Forvard yoki muddatli bitimlar xalqaro savdoda tijorat ope-
ratsiyalarini amalga oshirayotganda valuta riskidan sug‘urtalanish
imkonini beradi. Tijorat operatsiyalarini sug‘urtalashning mo-
hiyati shundaki, tashqi savdo, tijorat banklari bilan birga valuta
kursi  harakatidan  salbiy  natijalarni,  ya’ni  riskni  yo‘qotish
maqsadida valutani sotish-sotib olish bitimi ham tuziladi.
Xorijiy  valutadagi  muddatli  operatsiyalar  zaruriyati,  shu-
ningdek, turli nosavdo, moliya operatsiyalarini sug‘urtalash bi-
lan ham shartlanadi:
– xorijiy valutadagi qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilmalar, pul
bozoridagi depozitlar, xorijdagi filiallarga berilgan qarzlar, to‘g‘ri
investitsiyalar va boshqalar valuta aktivlarini tashkil etadi va ular
mos valutani muddatli, sotish yo‘li bilan sotilishi kerak;
– chet el valutasida xorijiy kapitallar bozoridan olingan qarz-
lar valuta passivlarini tashkil etadi va sug‘urtalash mos valutani
muddatga sotish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Chet el valutasidagi muddatli bitimlar quyidagi maqsadlarda
amalga oshiriladi:
– tijorat maqsadlarida valuta konversiyasi, ya’ni valuta riskini
sug‘urtalash  uchun  valuta  tushumlarini  oldindan  sotish  yoki
to‘lovlar uchun xorijiy valutani sotib olish;
– xorijga portfel va to‘g‘ri investitsiyalarni, ular amalga oshi-
rilgan  valuta  kursining  mumkin  bo‘lgan  pasayishi  natijasidan
ko‘riladigan zararlardan sug‘urtalash;


54
– kurslar o‘rtasidagi farqdan spekulyativ foyda olish.
Muddatli valuta operatsiyalarini konversiya, sug‘urtalash va
chayqovchilik operatsiyalarga bo‘lish mumkin. Ularning barchasida
chayqovchilik elementi mavjud.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Alisher navoiy
Toshkent davlat
tashkil etish
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
tibbiyot akademiyasi
bilan ishlash
o’rta ta’lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
universiteti fizika
fizika matematika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
Samarqand davlat
tabiiy fanlar