Valuta-kredit munosabatlari


III  bob. VALUTA  OPERATSIYALARI



Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/77
Sana31.10.2020
Hajmi0.84 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   77
III  bob. VALUTA  OPERATSIYALARI
VA UNING TURLARI
3.1.Valuta bozori, uning turlari va ishtirokchilari
Zamonaviy valuta bozori yalpi jahon xo‘jaligi miqyosida amal
qiluvchi, murakkab va muntazam iqtisodiy tizim sifatida may-
donga chiqadi.
Valuta bozori yangi sharoitlarga moslashgan holda tinimsiz
rivojlanib kelgan. U xorijiy valutadagi veksellar bilan savdoning
lokal markazlaridan tortib, to birdan bir haqiqiy xalqaro bozor
shakligacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi.
Hozirda valuta bozori va valuta operatsiyalarini amalga oshi-
rish texnikasini o‘rganish bilan bog‘liq masalalar muhim aha-
miyat kasb etmoqda. Valuta bozorining amal qilish mexanizmini
bilish O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy munosabatlari-
ning samarali amalga oshirilishi uchun muhimdir.
Valuta bozori – bu mexanizm bo‘lib, uning yordamida xo-
rijiy valutalarning oldi-sotdisi bilan bog‘liq operatsiyalar amalga
oshiriladi.  Xorijiy  valutalarning  oldi-sotdisiga  bo‘lgan  zarurat
xalqaro operatsiyalarni amalga oshirish paytida yuzaga keladi:
tashqi savdoda, xorijiy valutada kredit berilganda, xorijiy valu-
tadagi zaxiralarni valuta kursi tebranishidan sug‘urta qilganda.
Bir valutani boshqa bir valutaga o‘tkazish zarurati shunda-
ki, odatda,  xalqaro savdo shartnomalari va kapital bilan ope-
ratsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar o‘z milliy valutalariga ega
mustaqil davlatlarda yashaydilar. Tabiiyki, xalqaro shartnoma-
larda ishtirok etuvchi har bir taraf hisob-kitoblarni o‘z milliy
valutasida amalga oshirishdan manfaatdor. Biroq xalqaro savdo
shartnomalari va kapital bilan operatsiyalar erkin muomalada
yuradigan valutada amalga oshirilmog‘i lozim.
Masalan, yaponiyalik  eksportyor braziliyalik  importyorga
«Toyota» avtomobillarini sotmoqchi. Bunda eksportyor import-


44
yordan  to‘lovni  yapon  ieynasida,  Braziliya  kruzerosida  yoki
AQSH dollarida amalga oshirishni talab qilishi mumkin. To‘lov
valutasi oldindan kelishilib, shartnomada qayd etiladi. Ammo
yuqoridagi misolda qanday valuta ishlatilishidan qat’iy nazar, u
valuta kursidan kelib chiqqan holda boshqa valutaga o‘tkazilishi
lozim. Agar yapon iyenasi qo‘llanilsa, unda braziliyalik import-
yor o‘z milliy valutasini kurs asosida yapon iyenasiga aylanti-
rishi  lozim.  Braziliya  kruzerosi  qo‘llanilganda  esa,  aksincha,
yaponiyalik  eksportyorda  ularni  iyenaga  aylantirish  zarurati
tug‘ilardi.  Agar  AQSH  dollari  qo‘llanilsa,  braziliyalik  impor-
tyor kruzeroni AQSH dollarlariga,  yaponiyalik eksportyor esa
AQSH dollarini iyenaga aylantirishi kerak bo‘ladi.
Xorijiy valutalar bozorining asosiy vazifasi yuqoridagi mi-
solda keltirilgan valutalarning o‘zaro almashuvini amalga oshi-
rishdir. Valuta bozorida valutalarni almashuv kursi shu valuta-
larga bo‘lgan talab va taklif asosida shakllanadi.
Milliy iqtisodiyotlarning baynalmilallashuvi, xalqaro iqti-
sodiy  munosabatlar  ahamiyatining  o‘sishi,  erkin  suzadigan
valuta  kurslarining  joriy  etilishi  valuta-moliyaviy  sohaning
ko‘lami  va  ahamiyati, xususan, valuta  bozori  mavqeyi  oshi-
shiga olib keldi.
Valuta bozori quyidagi funksiyalarni bajaradi:
– tovarlar, xizmatlar va kapitallar xalqaro muomalasiga xiz-
mat  ko‘rsatish;
– iqtisodiy, siyosiy va boshqa omillar ta’sirida shakllanadigan
talab va taklifni balanslash orqali valuta kurslarini aniqlash;
– valuta risklaridan himoyalanish uchun mexanizmni taqdim
etish;
– davlat tomonidan pul-kredit va iqtisodiy siyosatni amalga
oshirishda bozordan foydalanish.
Jahon  valuta  bozorining xususiyatlariga  ko‘ra,  u  aniq  bir
manzilga ega  emas  yoki ma’lum  bir joyda  jismonan  mavjud
emas. Jahon valuta bozori telefon hamda zamonaviy telekom-
munikatsion tizim orqali savdo amalga oshadigan bozordir. Bu
bozorning o‘ziga xos xususiyati nafaqat uning jismonan mav-
jud emasligida, balki uning sutkada 24 soat faoliyat ko‘rsatishi,


45
ochilmasligi va yopilmasligi, muomala hajmi jihatidan nihoyatda
yirikligidadir, ya’ni 1 sutkada jahon valuta bozorida 1 trln AQSH
dollari sotiladi va sotib olinadi.
Valuta bozori rivojlanishiga xalqaro ssuda kapitallari bozori-
ning kengayishi katta ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, mazkur
bozorlarning o‘sib, bir-biriga kirishib ketish jarayoni kuchay-
moqda.
Hozirda banklararo valuta bozorida banknotalar yoki tangalar
yo‘q, boshqa  to‘lov vositalarining,  ya’ni veksellar  va cheklar-
ning ahamiyati esa minimaldir. Valuta operatsiyasi har qanday
moddiy asosni yo‘qotdi, ya’ni milliy pul birliklari bir-biriga nis-
batan faqat korrespondent hisob raqamlaridagi yozuvlar sifatida
mavjud. Bu esa, o‘z navbatida, valuta bozori uchun yuqori dara-
jadagi integratsiyaga erishish imkonini berdi.
Valuta  bozorining  murakkab  iqtisodiy  tabiati,  uning  ko‘p
yo‘nalishli  tarkibiy  tuzilishi,  operatsiyalarning  tashkil  etilishi
ularning obyektlari va subyektlari bilan belgilanadi.
Valuta bozori banklararo, mijozlararo va birja bozorlarida,
shuningdek,  broker  va  to‘g‘ridan  to‘g‘ri  naqdli,  muddatli  va
shu kabi bozorlarga bo‘linadi.
Umumiy olganda, valuta bozorini quyidagi turlarga bo‘lish
mumkin.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
navoiy nomidagi
samarqand davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
rivojlantirish vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
fanining predmeti
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
ishlab chiqarish
haqida umumiy
fizika matematika
Toshkent axborot
vazirligi muhammad
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati
Navoiy davlat