Valuta-kredit munosabatlari


 Valuta kursining mazmuni va uni kotirovkalash



Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/77
Sana31.10.2020
Hajmi0.84 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   77
2.2. Valuta kursining mazmuni va uni kotirovkalash
Turli mamlakatlarning valutalari hamda xalqaro pul birliklari
tuzilgan xalqaro bitimlarga xizmat ko‘rsatish jarayonida o‘zaro
almashtiriladi  va har  qanday  ayirboshlashda  bo‘lgani kabi  bu


33
yerda  ham  ularning  bahosini,  aniqrog‘i,  valutalar  kursini
aniqlash muhim hisoblanadi.
Valuta kursi valuta tizimining asosiy elementi hisoblanadi,
shuningdek,  tashqi  iqtisodiy  aloqalarni  rivojlantirishda  turli
mamlakatlar  valutalari  nisbatining o‘zgarishi ma’lum  bir  qiy-
matda ifodalanishini talab qiladi. Valuta kursi tovarlar, xizmatlar
savdosida, kapitallar, kredit harakatida valutalarni o‘zaro ayir-
boshlash  uchun  zarur.  Eksportyor  chet  el  valutasidagi  tushu-
mini o‘z milliy valutasiga almashtiradi, chunki boshqa mam-
lakatlarning valutasi ushbu davlat ichida qonuniy to‘lov va sotib
olish vositasi sifatida qatnasha olmaydi. Importyor milliy valu-
tani chet el valutasiga xorijda sotib olgan tovarlarga to‘lash uchun
almashtiradi.
Jahon bozorida tovarlarni sotganda milliy mahsulot xalqaro
qiymat me’yorlariga ega bo‘ladi. Shuningdek, valuta kursi jahon
xo‘jaligi doirasida tovarlarni absolut almashuvini namoyon qila-
di. Valuta kursi qiymatining asosi jahon narxlarii ostida yotuv-
chi, jahon  bozoriga asosiy mahsulot yetkazib beruvchi  mam-
lakatlarning va boshqa ishlab chiqaruvchilarning milliy narxiga
asoslanadi.  Xalqaro  kapital  harakatining  keskin  o‘sishi  valuta
kursiga nafaqat tovar, balki moliyaviy aktivlar orqali hamda valuta-
larni sotib olish qobiliyati orqali ham ta’sir ko‘rsatadi.
Chet  el  valutasining  milliy  valutadagi  kursini  aniqlash  va
o‘rnatish kotirovka deb ataladi. Kotirovka valutani sotish va sotib
olishda, bir valutani ikkinchi valutaga almashtirish jarayonida
zarur  bo‘lib,  unga  aniq  valutaga  bo‘lgan  talab  va  taklif  ta’sir
ko‘rsatadi. Boshqacha aytganda, valuta bozorida valutaga bo‘lgan
talab va taklif bir valutaning ikkinchi valutaga bo‘lgan nisbati-
ning o‘zgarishiga ta’sir qiladi va kotirovka asosida valutalarning
kursi belgilanadi.
Valuta kursining kelib chiqishi mamlakatlar iqtisodiy faoliyati-
ning muhim va ajralmas tarkibiy qismi bo‘lgan xalqaro savdoni
rivojlantirish bilan bog‘liq. Valuta kursi xalqaro savdoning rivojla-
nishi bilan birga ichki iqtisodiyotga ham ta’sir ko‘rsatadi. Bunga
sabab  valuta  kursining  holati  bilan  mamlakat  iqtisodiyotidagi
barcha sohalar holati o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjudligidir.


34
Valuta kursi asosan kapital va kredit harakatini hisobga olish,
tovar  va  xizmatlar  savdosida  valutalarni  o‘zaro  ayirboshlash
uchun, jahon bozori va milliy bozor narxlarini hamda turli mam-
lakatlarning  milliy  va  chet  el  valutasida  ifodalangan  qiymat
ko‘rsatkichlarini taqqoslash, firma va banklarning chet el valuta-
sidagi mavjud bo‘lgan davriy qayta baholash va boshqa jarayon-
larni amalga oshirish uchun zarur. Shunday qilib, valuta kursi
bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul birliklari-
da ifodalangan bahosidir.
Tashqi jihatdan valuta kursi jahon bozoridagi talab va taklif
asosida aniqlangan bir valutaning boshqa valutaga nisbatan hisob-
lab chiqilgan koeffitsiyenti sifatida namoyon bo‘ladi. Ammo valuta
kursining qiymat asosi valutaning xarid qobiliyati hisoblanadi.
Bu iqtisodiy kategoriya tovar ishlab chiqarishda ishtirok etadi va
tovar ishlab chiqaruvchilar bilan jahon bozori o‘rtasidagi ishlab
chiqarish munosabatlarini ifodalaydi.
Qiymat tovar ishlab chiqarishning iqtisodiy sharoitlarining
barcha jihatlarini ifodalaydi. Bir mamlakat pul birligining boshqa
mamlakat pul birligiga taqqoslanishi ishlab chiqarish va ayir-
boshlash jarayonida yuzaga keladigan qiymat munosabatlariga
asoslangan. Ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar valuta kursi yor-
damida tovar va xizmatlarning milliy narxlarini boshqa davlatlar
narxlari bilan solishtiradilar. Bunday solishtirish natijasida ishlab
chiqarishni  mamlakat  ichkarisida rivojlantirish yoki  chet  elga
investitsiya qilishni rivojlantirishga asoslangan foydalilik darajasi
yuzaga keladi.
Kapitalning xalqaro harakatiga bog‘liq ravishda valuta kursi-
ning o‘zgarishiga valutaning tovarlarni xarid qilish qobiliyati bi-
lan birga moliyaviy aktivlarni xarid qilish qobiliyati ham ta’sir
ko‘rsatadi.
Qonuniy me’yorlarga va amaliyotga mos holda birjada chet el
valutasi kursining, qimmatli qog‘ozlar kursining yohud tovarlar
bahosining o‘rnatilishi ham kotirovkalash deb ataladi. Subyekt-
lar ishtirokida belgilanishiga qarab kotirovkaning 2 turi: rasmiy
va bozor kotirovkasi mavjud. Rasmiy kotirovkada barcha valuta
operatsiyalari uchun valuta kursi davlat tomonidan belgilanadi.
Banklararo valuta savdosida amalga oshiriladigan bozor kotirovkasi


35
banklarning to‘lovga layoqatliligiga, ularning pul mablag‘i aylan-
masi mavqeyiga va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun
bozor kotirovkasi rasmiy kotirovkadan farq qiladi. Jahon amali-
yotida kotirovkalashni amalga oshirishning 2 xil usuli mavjud:
1) To‘g‘ri kotirovkalash. Agar xorijiy valuta birligining ba-
hosi milliy valutada ko‘rsatilsa, bu to‘g‘ri kotirovkalash deb ataladi.
Masalan, 2012-yilning 20-martida 1 AQSH dollariga nisbatan
o‘zbek so‘mining kursi 1839,40 so‘mni, 1 Rossiya rubliga nisbatan
62,65 so‘mni tashkil etdi. 1 AQSH dollari = 1839,40 so‘m. Bu
to‘g‘ri kotirovkalash hisoblanadi va bunday kotirovkalash hozirgi
vaqtda jahondagi ko‘plab mamlakatlarda qo‘llanilmoqda.
2)  Milliy  valutaning  xorijiy  valutaga  nisbatan  bahosi  egri
kotirovkalash deb ataladi. Egri (teskari) kotirovkalashda bir birlik
milliy valutaning xorijiy valutalardagi miqdori o‘rnatiladi, ya’ni
bir birlik milliy valutaning xorijiy valutadagi bahosi ko‘rsatiladi,
masalan:
Kotirovkaning chap tomonidagi valuta kotirovka bazasi, o‘ng
tomonidagisi kotirovka valutasi deb yuritiladi.
Valuta kotirovkasi, odatda, 2 asosiy elementni o‘zida mu-
jassamlashtiradi.
1) sotib  olish kursi  (Vid-bid);
2)  valutani  sotish  kursi  (offer-offer).
Masalan, 1 AQSH dollari = 18369,40 o‘zbek so‘mi sotish
kursi  (offer),
1846,0 o‘zbek so‘mi sotib olish kursi (Vid).
Valutani sotish va sotib olish o‘rtasidagi farq spred (spread)
deb nomlanadi va u yuqoridagi misolda 6,4 so‘m (1846,0-1839,4)
ni tashkil qiladi.
Bank kotirovkasi bilan banklararo bozor kotirovkasi o‘rta-
sidagi farq marja deyiladi va u bankning valuta bo‘yicha pozitsiya-

1 so‘m = 
1839,40 
AQSH dollari yoki 1 so‘m = 0,00054 AQSH dollari 
1 so‘m 
kotirovka bazasi 

1839,40 AQSH dollari 
kotirovka valutasi 


36
si, uning bitimlarining summasi, salmog‘i va boshqa omillarga
bog‘liq  bo‘ladi.  Valuta  kurslarining  turlari  ko‘p  bo‘lib,  ularni
quyidagicha tavsiflash mumkin.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
rivojlantirish vazirligi
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
sinflar uchun
pedagogika universiteti
bilan ishlash
таълим вазирлиги
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
fanining predmeti
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
haqida umumiy
fizika matematika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat
universiteti fizika
Buxoro davlat
Fuqarolik jamiyati
pedagogika fakulteti