Valuta-kredit munosabatlari


 1976-1978-yillarda Yamayka va 1979-yilgi



Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/77
Sana31.10.2020
Hajmi0.84 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   77
1.7. 1976-1978-yillarda Yamayka va 1979-yilgi
Yevropa (hududiy) valuta tizimlari
Inqirozga uchragan Bretton-Vuds valuta tizimi o‘rnini bosa ola-
digan valuta tizimini tartibga solishning yangi tamoyillari 70-yillarda
shakllandi. Jahonda integratsiya jarayonlari kuchaydi, rivojlangan
davlatlar orasida kuchlar nisbati o‘zgarib, rivojlanayotgan davlat-
lar ta’sir doirasi kengaydi. Valuta jarayonida to‘lovlar nomutanosibligi
kuchayib, valuta kurslarining beqarorligi va baholar o‘sdi.
To‘rtinchi jahon valuta tizimiga 1976-78-yillarda AQSHning
Kingston  (Yamayka)  sharti  XVFga  a’zo  davlatlarning  bo‘lib
o‘tgan xalqaro valuta-moliya konferensiyasida asos solingan.
1978-yilda bu kelishuv ratifikatsiyalangandan so‘ng XVF Ni-
zomiga o‘zgartirishlar kiritildi. To‘rtinchi jahon valuta tizimining
asosiy tamoyillari:


28
1. Oltin-deviz standarti o‘rniga rasmiy ravishda SDR stan-
darti joriy etildi. Bu yangi xalqaro hisob-kitob pul birligi valuta
tizimining,  valuta  paritetlarining  asosi  sifatida  e’lon  qilindi
(1985-yilning iyuliga qadar AQSH dollari 31 valutaning asosi,
SDR esa 12 valutaning asosi edi).
SDR valuta savatidagi AQSH dollarining ulushi 33% dan
42% gacha ko‘tarildi. Bunga sabab 1981-yilda SDR savatidagi
valutalar sonining 12 tadan 5 tagacha kamayishidir. Buning
oqibatida  AQSH  dollari  SDR  tizimidagi  hisob-kitoblarni
monopollashtirdi. 1984-yilga kelib rasmiy valuta zaxiralari-
dagi AQSH dollarining ulushi 60% dan oshib ketdi, SDR-
ning ulushi esa 2,4 %ni tashkil etdi.
XVFga a’zo davlatlarga valuta paritetlarini istagan valutada
o‘rnatish  huquqining  berilishi,  dollar  standartidan  ko‘p
valutali standartga o‘tilishini qonuniylashtirib qo‘ydi. Zaxira
valutasi sifatida AQSH dollari bilan birga, maydonga SEK,
GPY, CHF, FRF va boshqa shu kabi pul birliklari chiqdi.
2.  Oltin  demonetizatsiyasi  yuridik  jihatdan  yakunlandi,
uning  rasmiy  bahosi,  oltin  paritetlari  va  dollarning  oltinga
almashtirilishi bekor qilindi. Yamayka valuta kelishuviga aso-
san oltin endi qiymat o‘lchovi va valuta kurslarini aniqlash-
ning asosi bo‘lib xizmat qilmasligi kerak.
3. A’zo-mamlakatlarga istagan valuta kursi tartibini tanlash
huquqi berildi. 1973-yilning martidan qat’iy belgilangan kurslar
o‘rniga erkin suzuvchi valuta kurslarining joriy etilishi ko‘pchilik
davlatlarda katta valuta intervensiyalariga qaramay, kurslar bar-
qarorligiga olib kelmadi.
4. XVF orqali davlatlararo tartibga solish kuchaytirildi. Ammo
bu ham jahon valuta tizimini barqarorlashtirishga olib kelmaydi.
1979-yilning martida jahon valuta tizimida hukmron bo‘lib
kelgan  AQSH  dollariga  qarama-qarshi  ravishda  xalqaro
(hududiy) valuta tizimi barpo etildi– Yevropa valuta tizimi
(YEVT). Dastlab bu  tizimda  12  Yevropa  davlatidan 8 tasi
ishtirok etgan (Buyuk Britaniya, Gretsiya, Ispaniya va Por-
tugaliya davlatlaridan tashqari).
Yevropa valuta tizimining Yamayka valuta tizimidan farqi qu-
yidagilardan iborat:


29
1. YEVT SDRga emas, EKYUga asoslangan.
2. Yuridik jihatdan oltin demonetizatsiyasini mustahkam-
lagan Yamayka valuta tizimidan farq qilgan holda, Yevropa
valuta tizimi, a’zo davlatlar rasmiy oltin zaxiralarining 20%
ini birlashtirgan holda oltindan EKYUning qisman ta’minoti
sifatida foydalanadi.
3. Valuta kurslari rejimi, valuta kurslarining o‘zaro bir-biriga
nisbatan tebranishining belgilangan chegaralarda (markaziy kurs-
dan Q,- 2,25%, Italiya uchun Q,6%) suzishiga asoslangan.
4. YEVTda davlatlararo hududiy valuta tartibga solinishi YEFVS
orqali amalga oshadi. YEFVS a’zo davlatlar markaziy banklariga
o‘zlarida hosil bo‘lgan to‘lov balanslari kamomadlari va valuta
intervensiyasi bilan bog‘liq hisob-kitoblarni qoplash uchun qisqa
va o‘rta muddatli kreditlarni beradi
Yevropa valuta tizimining barpo etilishi obyektiv reallik edi.
Bu valuta tizimi G‘arbiy Yevropa integratsiyasi asosida paydo
bo‘lib, uning asosiy maqsadi Yevropani Yamayka valuta tizimining
beqarorligidan himoya qilish edi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
rivojlantirish vazirligi
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
sinflar uchun
pedagogika universiteti
bilan ishlash
таълим вазирлиги
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
fanining predmeti
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
haqida umumiy
fizika matematika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat
universiteti fizika
Buxoro davlat
Fuqarolik jamiyati
pedagogika fakulteti