Valuta-kredit munosabatlari


 Jahon valuta tizimining evolutsiyasi



Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/77
Sana31.10.2020
Hajmi0.84 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   77
1.5. Jahon valuta tizimining evolutsiyasi.
1867-yilgi Parij valuta tizimi
Valuta tizimi hozirgi shakliga kelgunga qadar uzoq tarixiy davrni
bosib o‘tgan. Birinchi jahon valuta tizimi stixiyali ravishda, sanoat
inqilobidan so‘ng oltin monometallizmi asosida oltin-tanga stan-
darti ko‘rinishida shakllangan. Yuridik jihatdan esa mazkur tizim
1867-yilda bo‘lib o‘tgan Parij konferensiyasida davlatlararo kelishuv
sifatida rasmiylashtirilgan. Bu birinchi jahon valuta tizimi jahon
pulining yagona shakli sifatida oltinni rasmiy tan olgan edi.
XIX asrda xalqaro savdoning rivojlanishi bilan ko‘pchilik dav-
latlar o‘zlarida «oltin standartini» kiritdilar, ya’ni shu davrdan
boshlab mazkur davlatlar valutalarining  kursi va  qiymati, shu
valutalar zaminida yotgan oltin miqdorining qiymati bilan bel-
gilanadigan bo‘ldi. Davlatlarning markaziy (milliy) banklari, o‘z
navbatida, milliy qog‘oz pullarni taalluqli oltin miqdoriga (baho
masshtabiga asosan) almashtirishga majbur edilar.
Masalan, Buyuk Britaniyaning 1  funt sterlingi  (sovereign)
1821-yilda 7,322385 gramm, 1 nemis markasi 1873-yilda 0,385422
gramm, 1 Rossiya rubli 1887-yilda 0,774234 gramm sof oltin
qiymatini ifoda etar edi.
5
 Valutalarning bir-biriga nisbatan kursini
5
 Êðàñàâèíà Ë.Í.  Ìåæäóíàðîäíûå âàëþòíî êðåäèòíûå è ôèíàíñî-
âûå îòíîøåíèÿ. – Ì.: «ÔèÑ». 2004 ã.


21
aniqlash uchun ularning zaminida yotgan oltin miqdorlari so-
lishtirilar edi. Yuqoridagi keltirilgan ma’lumotlarga asosan, Buyuk
Britaniyaning  1  funt  sterlingi  18,9984  (7,322385/0,385422)
nemis  markasiga  yoki  9,4576  (7,322385/0,774234)  Rossiya
rubliga teng edi. Milliy valutalar zaminidagi oltin miqdorlari 1914-
yilgacha o‘zgarmagan va tabiiyki, ular o‘zgarmaguncha, ular-
ning bir-biriga nisbatan kurslari ham barqaror edi. Shu sababli,
«oltin standarti» qat’iy yoki barqaror valuta kurslari tizimi edi,
desak mubolag‘a bo‘lmas. Bu tizim bir qator ijobiy jihatlarga ega.
Xususan, boshqa metallarga qaraganda, oltin tabiatda kam uchray-
digan va noyob metall bo‘lganligi sababli, davlatlar tomonidan
uning  miqdorini  ko‘paytirish  nihoyatda  mushkul.  Binobarin,
davlatlar va markaziy (milliy) banklar o‘z xohishlari bilan oddiy-
gina pul muomalasi hajmini o‘stirishga va inflyatsiyani rag‘bat-
lantirish imkoniga ega emas edilar.
Birinchi Jahon urushiga qadar dunyoning yetakchi davlatla-
rida inflyatsiya nisbatan past va  yetakchi valutalar  kurslarining
keskin tebranishi kuzatilmagan. Bunday holat o‘sha yillarda pul
sarmoyalari  va  ishchi  kuchi  resurslarining  erkin,  hech  qanday
to‘siqsiz  bir  mamlakatdan  boshqa  mamlakatga  oqib  o‘tishi
mumkinligi bilan asoslangan.
1880-yildan to 1913-yilgacha, «oltin standart» tizimi  dav-
latlarga o‘z xarajatlarini inflyatsiya hisobiga moliyalashtirish imko-
nini bermaganligi uchun barcha davlatlarda ijtimoiy mahsulot-
ning hajmi tez sur’atlar bilan o‘sdi.
Birinchi Jahon urushining tugashi bilan aksariyat davlatlar
o‘zlarida qayta «oltin standart»ini joriy etishga urindilar. Biroq
ularning bunday harakatlari zoye ketdi, chunki mavjud sharoitda
«oltin standarti»ni joriy etish uchun zarur omillar yo‘q  edi.
I Jahon urushi oqibatida jahon bozorida davlatlararo muno-
sabatlarda paydo bo‘lgan valuta tartibsizligi uzoqqa cho‘zilmadi va
valuta munosabatlarining «oltin standarti» o‘rniga oltin va yetak-
chi kapitalistik davlatlar valutalariga asoslangan «oltin-deviz stan-
darti» maydonga chiqadi. Bunda xorijiy valutadagi davlatlararo
hisob-kitoblar  uchun  mo‘ljallangan  to‘lov  vositalari  devizlar
deb atala boshlandi.


22

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
navoiy nomidagi
samarqand davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
rivojlantirish vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
fanining predmeti
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
ishlab chiqarish
haqida umumiy
fizika matematika
Toshkent axborot
vazirligi muhammad
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati
Navoiy davlat