Uyali aloqa taraqqiyoti: gsm’dan lte’gacha



Download 73.87 Kb.
Sana26.08.2021
Hajmi73.87 Kb.

Uyali aloqa taraqqiyoti: GSM’dan LTE’gacha

Bir necha yil avval mobil telefon funksiyalari cheklangan edi. Qo‘ng‘iroqlar, SMS-xabarlar, budilnik va “Ilon” («Змейка») o‘yini. 8 megapikselli kamerada suratga olish, ularni Instagramga joylashtirish, o‘z telefoningizdan mikroblog yuritish va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarni “like” qilish imkoniyati yo‘q edi. U zamonlar ortda qoldi, dunyoda esa simsiz va yuqori tezlikda axborot uzatish tarmog‘ining yangi avlodlari paydo bo‘lmoqda. Bizga reklama va xabarlar ko‘rinishida yog‘ilib turgan terminlar ichida adashib qolish hech gapmas. Keling, 2G va 3G ning nima ekanligi, GPRS’ning EDGE’dan qanday farqlanishi va LTE’dan nima kutish kerakligini aniqlashtirib olamiz.



1G

1980-yillarda tarmoq texnologiyalari paydo bo‘lib, uyali aloqa taraqqiyotiga turtki berdi – AQShda AMPS, Yevropada NMT va TACS. U vaqtda modemlar bo‘lsa-da, mobil aloqani axborot uzatish uchun qo‘llash haqida gap bo‘lmagan. Mobil aloqa qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish va ba’zi kamtarona funksiyalar uchun ishlatilgan. Dunyodagi sotuv uchun chiqarilgan ilk uyali telefon – DynaTAC 8000X mana bunday ko‘rinishda bo‘lgan. U 1 kilogrammdan sal og‘irroq bo‘lgan.



  • Axborot uzatish tezligi – 1,9 kbit/sek

  • Bitta qo‘shiqni yuklab olish uchun ketadigan vaqt (4 MB) – deyarli 5 soat

2G

1990-yillar boshida D-AMPS va CDMA raqamli uyali tarmoqlar jadal rivojlandi. SMS-xabar jo‘natish, shuningdek, CSD – axborotni 1 soniyada 14,4 kbit tezlikda uzatish imkonini beruvchi texnologiyalar paydo bo‘ldi. Axborotni uzatish uchun maxsus qo‘ng‘iroqni amalga oshirish talab qilingan. Telefon suhbati kabi daqiqasiga pul olinib, bu qimmatga tushar edi.



  • Axborot uzatish tezligi – 14,4 kbit/sek

  • Bitta qo‘shiqni yuklab olish uchun ketadigan vaqt (4 MB) – 37 daqiqa

2,5G (GPRS)

1997-yilda uyali tarmoqlar va ularning axborot uzatishda qo‘llanilishi haqidagi tasavvurni ostin-ustun qilib yuborgan GPRS texnologiyasi paydo bo‘ldi. U axborot uzatishni uzluksiz amalga oshirish imkonini berdi. Hech qanday qo‘ng‘iroqlarsiz 1 soniyada 100 kbit (nazariy) yoki 56 kbit (amalda) tezlik mumkin bo‘ldi. Uyali aloqa operatorlari liniya band bo‘lgan vaqt emas, trafik bo‘yicha tarif belgilaydigan bo‘ldi.



  • Axborot uzatish tezligi – 56 kbit/sek

  • Bitta qo‘shiqni yuklab olish uchun ketadigan vaqt (4 MB) – deyarli 10 daqiqa



2,75 G (EDGE)

Keyinroq yana bir standart – EDGE paydo bo‘lib, operatorlar uchun 2,5G ni mukammallashtirishning arzon usuli bo‘lib xizmat qildi.



  • Axborot uzatish tezligi – 236 kbit/sek

  • Bitta qo‘shiqni yuklab olish uchun ketadigan vaqt (4 MB) – 2 daqiqa



3G (UMTS)

2G va 3G texnologiyalari orasida ovozli aloqa sifatida farq yo‘q. Biroq, uchinchi avlod tarmoqlarining kengaytirilishi natijasida uyali aloqa operatorlari avval mavjud bo‘lmagan qator xizmatlar, jumladan videoqo‘ng‘iroq va mobil TV xizmatlarini taqdim etish imkoniga ega bo‘ldi.



  • Axborot uzatish tezligi – 384 kbit/sek

  • Bitta qo‘shiqni yuklab olish uchun ketadigan vaqt (4 MB) – 1,5 daqiqa



3,5G

HSDPA va HSUPA — UMTS tarmog‘iga ustqurma texnologiyalar axborot tezligini sezilarli darajada oshirish imkonini berdi.



  • Axborot uzatish tezligi – 14,4 Mbit/sek

  • Bitta qo‘shiqni yuklab olish uchun ketadigan vaqt (4 MB) – 3 soniya



3,75G

HSPA+ — HSDPA/HSUPA texnologiyalarining takomillashtirilgan ko‘rinishidir.



  • Axborot uzatish tezligi – 1 soniyada 42,2 Mbitgacha

  • Bitta qo‘shiqni yuklab olish uchun ketadigan vaqt (4 MB) – bir soniyadan ham kam

Yaqindagina Ucell mobil operatori ushbu texnologiyani Toshkent va Samarqandda ishga tushirdi. Kelajakda kompaniya ushbu xizmat ko‘rsatilgan hududlarni kengaytirishni rejalashtirmoqda.



4G

Hozirgi vaqtda qaysi texnologiyalarning to‘rtinchi avlodga tegishli ekanligi to‘g‘risida ko‘plab munozaralar bo‘lmoqda. WiMAX va LTE ushbu nom uchun asosiy nomzodlar bo‘lib qolmoqda. HSPA+ ham xuddi ularning xususiyatlarini o‘zida aks ettirishi tufayli, u keyingi nomzoddir.Ayni paytda Ucell va Beeline aloqa operatorlari to‘rtinchi avlod tarmog‘ini sinov rejimida ishga tushirgan.



  • Axborot uzatish tezligi – 100 Mbit/sek

  • Bitta qo‘shiqni yuklab olish uchun ketadigan vaqt (4 MB) – yarim soniya

Download 73.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat