Markaz direktorining 2021-yil “___” ______________dagi ____-sonli buyrug‘iga 2-ilova
“Ustoz-shogird” an’anasi bo‘yicha o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va malakalarini oshirish bo‘yicha
YO‘RIQNOMA
I. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Yo‘riqnoma xalq ta’limi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida (keyingi o‘rinlarda ta’lim muassasalari) “Ustoz-shogird” an’anasi asosida o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘rgatishni amalga oshirish tartibini va faoliyatni olib borishini belgilaydi.
2. Ta’lim muassasasida “Ustoz-shogird”likka muayyan sohada katta tajribaga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan o‘quvchilarda kelajak kasbni yoki hunarni o‘rganish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan shogirdlarning malakasini oshirishga ko‘maklashish va tanlagan kasbi yoki hunari bo‘yicha vazifalarini bajarishga vijdonan munosabatni tarbiyalash maqsadida amalga oshiriladi.