Urug’ning biologiyasi



Download 78 Kb.
bet1/12
Sana30.12.2021
Hajmi78 Kb.
#95893
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
urugning biologiyasi


Aim.uz

Urug’ning biologiyasi.

Reja:


  1. Urug’shunoslik fanining maqsadi va vazifasi.

  2. Urug’ning sifat ko’rsatkichlari.

  3. Urug’ning xo’jalik va biologik xususiyatlari.

Urug’shunoslik – urug’larning rivojlanishi va hayotini, ularning muhit omillariga talabini, yuqori sifatli urug’larni yetishtirish va ularni ekishga tayyorlash usullarini o’rganadigan fan.

Urug’shunoslikda ekologik va agrotexnik omillarning urug’ sifa­tiga ta’siri, urug’ morfologiyasi, biologiyasi (urug’ hosil bo’lish ja­rayoni), fiziologiyasi va biokimiyosi, shuningdek, donning ekinboplik sifatlarining nazorati o’rganiladi va amalga oshiriladi.

Urug’shunoslikning tadqiqot predmeti – urug’lik material, va­zi­fasi – ekiladigan materialning sifatini oshirish, tadqiqot uslub­lari – ekish materialining sifatini baholash uslublari. U alohida, mustaqil fan sifatida mavjud va o’simlikshunoslikka yaqin turadi.

Urug’lik – o’simlikning biologik va xo’jalik xossalarini o’zida saqlaydigan, embrional holatdagi o’simlikdir. SHuning uchun hosildorlik urug’ sifatiga bog’liq. O’simlikshunoslikda urug’lik deb ekish uchun mo’ljallangan urug’lik material tushiniladi. Haqiqiy urug’ (don, dukkakli), mevalar yoki ularning bir qismi (g’alladoshlar doni va boshq.) to’pmeva (lavlagi), boshoqchalar (tulkidum), tuganaklar (kar­toshka).

Ekishga tayyorlangan urug’lar tegishli navdorlik va ekinboplik (ekish) sifatlariga hamda yuqori hosildorlik xossalariga ega bo’lishi lozim.

Urug’ning ekinboplik sifati – uning ekishga yaroqlilik xususi­yat­lari majmuasi (unuvchanlik, o’sish energiyasi, tozaligi, namligi, ka­sal­lik va zararkunandalar bilan zararlanganligi va boshq.)dan iborat. Nav­dorlik sifati – urug’ning nav tozaligi, tipikligi, reproduksiyasi va boshqa ko’rsatkichlari bo’yicha talablarga javob berishidir. Hosildorlik sifati – urug’ning aniq ishlab chiqarish sharoitida ma’lum miqdordagi hosil berish xususiyatidir. ekin hosildorligi urug’ning irsiy, modifikasiya o’zgarishlariga bog’liq bo’ladi va u o’stirish sharoitlariga bog’liq holda shakllanadi. Bir xil genotip (nav)ga ega turli urug’lar bir xil o’stirish texnologiyasi sharoitida tur­licha hosil berishi mumkin. Navdorlik, ekinboplik, hosildorlik si­fati yuqori bo’lgan urug’lar yaxshi yetishtirish texnologiyasi qo’llanilganda mo’l va sifatli hosil olishni ta’minlaydi.

Urug’shunoslikda urug’larning ekishga bop-nobopligini bilish maqsadida tahlil qilishning maxsus uslublari mavjud va ular Davlat Standartlarida belgilangan. O’zbekistonda urug’lik sifatini nazorat qilishda Davlat Standartlaridan foydalaniladi. Urug’lar nazorati bo’yicha analizning usul-amallari, metodlarini ishlab chiqish va stan­dartlash ishlarini urug’lar nazorati bo’yicha xalqaro assosiasiya – ISTA olib boradi.

Ishlab chiqarishda dala ekinlarini ekish materiali asosan "urug’" va "meva" bo’ladi.

Urug’ – qo’shaloq otalanish natijasida hosil bo’lgan urug’kurtakdan hosil bo’ladi va u murtak, oziqa moddalar, urug’ po’stidan iborat. Meva urug’chi (onalik) tugunidan hosil bo’ladi. U bir yoki bir nechta urug’lardan iborat.

Donli ekinlarda don hosil bo’lish jarayoni 1870 yilda A. Novas­kiy tomonidan o’rganilgan. Bug’doyda: sut, sariq (mum), to’la va pishib o’tgan fazalar aniqlanadi. Don hosil bo’lishi uch bosqichga bo’linadi: shakllanish, to’lish va pishish.

Nafas olish. Namlik yuqori bo’lganda urug’lar qiziydi, mog’orlaydi, ekinboplik va tovar xossalarini yo’qotadi.


Download 78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish