Urganch shahridagi jayxun ko’chasi bilan shovat kanali kesishmasi hududida istiroxat bog’ini loyihalash yong’in xаvfsizligi



Download 262,45 Kb.
bet1/7
Sana09.04.2022
Hajmi262,45 Kb.
#538554
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Atrof muhit асосий


URGANCH SHAHRIDAGI JAYXUN KO’CHASI BILAN SHOVAT KANALI KESISHMASI HUDUDIDA ISTIROXAT BOG’INI LOYIHALASH YONG’IN XАVFSIZLIGI
Bino va inshootlarning yong’in xavfsizligi odatda ularning o’tga chidamlilik darajasi bilan ifodalanadi. Bu esa o’z navbatida ularda ishlatilgan qurilma va ashyolarning yonuvchanlik xususiyatlariga bevosita bog’liq bo’ladi. Qurilish ashyolarining yuqori harorat ta’siridan alangalanib yoki cho’g’lanib yonish natijasida parchalanishi ularni yonuvchanligini bildiradi.
QMQ 2.01.02-85 raqamli yong’in xavfsizligi me’yorida qurilish ashyolari yonuvchanlik xususiyatlari bo’yicha uchta guruhga bo’lingan: yonmaydigan, qiyin yonadigan va yonuvchi guruhlar.
Yonmaydigan guruhlarga, alanga yoki yuqori harorat ta’sirida yonmaydigan va ko’mirlanmaydigan qurilish ashyolari kiradi, jumladan bularga tosh, beton, temirbeton, gips, alibastr kabilar misol bo’laoladi. Bunday ashyolardan yaratilgan qurilmalar, yonmaydigan qurilmalar deb yuritiladi.
Qiyin yonuvchi guruhlarga yonuvchi va yonmaydigan ashyolar aralashmasidan tashkil topgan qurilmalar, ya’ni tarkibida 8% dan ko’proq organik birikmalari bo’lgan asfaltbeton va gipsli beton qurilmalar va hajm og’irligi 900 kg/m3 dan oshmagan somonliloy qorishmalari, antipiren suyuqligi bilan chuqur shimdirilgan yog’och qurilmalar va shuningdek fibrolit hamda polimer ashyolar kiradi. Bunday ashyolarning ishtirokida yaratilgan qurilmalar, qiyin yonadigan qurilmalar deb qabul qilingan.
Yonuvchi guruhga, yuqori harorat manbaining ta’siridan yonadigan va manba yuqolgandan keyin ham cho’g’lanib yonishi davom etadigan, ya’ni yonmaydigan va qiyin yonuvchi ashyolarning talablariga javob bermaydigan, organik ashyolar kiradi. Olov yoki yuqori harorat ta’siridan muhofizalanmagan yonuvchi ashyolardan yasalgan qurilmalar yonuvchi deb ataladi
O’tni o’chirish uskunalari.
O’tni o’chirish uskunalari: qo’lda ishlatiladigan birlamchi vositalar; bir joyda muqim o’rnatiladigan va mexanik yoki avtomatik harakatga keltiriladigan uskunalar; harxil masofadagi hududlarda harakatlanaoladigan ko’chma uskunalar va boshqalarga bo’linadi.
Birlamchi o’t o’chirish vositalariga, tashkilot ishchi va xizmatchilari yoki ixtiyoriy yong’in drujina (IYoD-DPD) a’zolari tomonidan ishlatishga mo’ljallangan, yong’inga qarshi «qalqonlar»da izohlangan oddiy asboblar, maxsus yeng va dastaklar bilan jihozlangan ichki o’t o’chirish kranlari va boshqa uskunalar kiradi.
M a’muriy binolar va sanoat korxonalarida, yonuvchi ashyolar va portlovchi moddalar saqlanadigan omborxonalar hududida, yong’in xavfi mavjud bo’lgan joylarda o’t o’chirishda qo’llaniladigan asboblar o’rnatilgan, «yong’inga qarshi qalqon» chizma 29 da [14] aks ettirilgan
Unda yong’in xavfsizligi me’zonlariga ko’ra quyidagi o’t o’chirish vositalari va asboblari zarur bolganda oson olinadigan qilib osib qo’yilgan bo’lishi shart:
2 dona qo’lda ishlatiladigan ko’pikli o’t o’chirgich;
1 dona karbonat angidridli o’t o’chirgich;
2 tadan misron va ilgakli changaklar;
2 ta bolta; 2 ta yong’inga qarshi suv uzatgich elastik yenglar;
2 ta maxsus tayyorlangan konussimon chelaklar;
2 ta bel kurak; 1 ta bochkada suv va 1 ta qutida qum va h.o.
Bunday qalqonlar ma’muriy binolarning hovli tomonidan, binoga kirish eshigiga yaqin joyda o’rnatiladi. Ishlab chiqarish korxonalarida, yong’in xavfi mavjud bo’lgan sexlar va omborxonalarga kirish eshiklariga yaqin joylarda o’rnatiladi. Himoyalanayotgan hududning har 5000 kvadrat metriga 1 ta «qalqon» xisobidan loyihalashtiriladi.
Undagi suv bochkasining hajmi 200 l dan kam bo’lmasligi kerak, qum solinadigan qutining hajmi esa 2-3 m3 atrofida bo’ladiO’t o’chiruvchi ko’piklar. Kimyoviy yoki havoli mexanik ko’piklar, ko’pik hosil qiluvchi kukunlarni suyuq muhitda eritish yo’li bilan hosil qilinadi. Buning uchun tarkibida javhar o’rnini bosuvchi alyuminosulfat Al2(SO4)3 bilan ishqor o’rniga natriy bikarbonat NaHCO3 moddalarining quruq holatdagi qorishmalaridan tayyorlangan kukun, maxsus moslamalarda bosim ostida suvga aralashtirib, elastik quvurlarda oqiziladi. Bu holda kukun zarrachalarining suvda bo’kishi oqibatida, javhar bilan ishqor moddalarining o’zaro birikishi natijasida gaz ajralib chiqaboshlaydi va ko’pik hosil bo’ladi. Qo’lda ishlatiladigan o’t o’chirgich vositalarida ham shu yo’sinda ko’pik hosil qilinadi. Faqat unda ko’pik hosil qiluvchi javhar qismida, sulfat javhari H2SO4 yoki sulfat tuzi bilan oksidlangan temir Fe2(SO4)3 moddalarining aralashmasi ishlatiladi.

Download 262,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish