Urganch davlat universiteti zohid jumaniyozov tarjimaning nazariy va amaliy asoslari



Download 0,49 Mb.
bet1/8
Sana06.02.2020
Hajmi0,49 Mb.
#38879
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tarjima nazariyasi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

ZOHID JUMANIYOZOV

TARJIMANING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI



Toschkent-2018


Zohid Jumaniyozov. Tarjimaning nazariy va amaliy asoslari. –Toshkent, 2018.

Mazkur o’quv uslubiy qo’llanma 5120100 – Filologiya va tillarni o’qitish: nemis tili bakalavriat ta’lim yo’nalishi III kurs talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, unda tarjima nazariyasi va amaliyoti fanining asosiy masalalari aks ettirilgan, shu jumladan, tarjima tarixi, tarjima maktablari, tarjima turlari, tarjima uslubi, tarjimonlik transformatsiyalari, tilning leksik tarkibini tarjima qilish masalalari, tarjimaning ayrim grammatik muammolari, tarjimada kontekst va hakozolar.




Mas’ul muharrir: f.f.n., dots. Р.Хudoyberganov

Taqrizchilar: f.f.n., dots. J.Ermetova

f.f.n., dots. J.Qurbonboyev

Ushbu o’quv uslubiy qo’llanma UrDU ilmiy-uslubiy Kengashining 2017 yil dekabr oyidagi (3-sonli bayonnoma) qarori bilan nashrga tavsiya etildi.


„“nashriyoti, 2017
SO’Z BOSHI
Fan, texnika va texnologiyalar yutuqlari asosida ta’lim tizimini isloh qilishda davr sinovlaridan o’tgan ilg’or tajribalarni o’rganish hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni e’tiborga olgan holda ularning joriy etilishini ta’minlash raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning muhim omili sanaladi. Buning uchun avvalambor sifatli kadrlar tayyorlash uchun zarur bo’lgan o’quv-uslubiy ta’minotni yaratishdek murakkab ammo xayrli faoliyat oldimizda ko’ndalang turadi.

Shu ma’noda mustaqillikka erishganimizdan so’ng oliy o’quv yurtlarining o’quv adabiyotlari bilian ta’minlanganlik darajasi masalasi „Ta’lim to’g’risidagi qonun”, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, shunga aloqador ravishda chet tili o’qitish sifatini oshirishga qaratilgan “Chet tili o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida o’z aksini topgan. Shunday ekan oliy ta’lim ilmiy pedagogik jamoatchiligi oldida hozirgi kunda foydalanib turilgan mavjud chet tillari bo’yicha darslik, o’quv va o’quv uslubiy qo’llanmalarga yanada sayqal berish, ularni ixtisoslashtirish, yetishib kelayotgan mutaxassislar kasblariga moslab muayyan o’zgartirishlar kiritish masalasi turibdi. Shu ma’noda biz tavsiya qilayotgan o’quv-uslubiy qo’llanma oliy o’quv yurtlarining nemis filologiyasi bo’yicha uchinchi kurs talabalariga mo’ljallab tuzildi. Ta’kidlash joizki, o’quv-uslubiy qo’llanma tarjima nazariyasi va amaliyoti fanining 18 soatlik kursi uchun mo’ljallangan. Unda xorijiy filologiya yo’nalishlarining tarjima nazariyasi va amaliyoti fani uchun asos bo’luvchi to’qqizta asosiy mavzu keltirilgan.

Tarjima nazariyasi va amaliyoti kursi filologiya va tillarni o’qitish: nemis tili ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar tayyorlashning muhim tarkibi hisoblanadi.

1-MA’RUZA
MAVZU: TARJIMA NAZARIYASI VA AMALIYOTI FANINING

MAZMUNI VA MUNDARIJASI
R e j a:

1. Tarjima haqida umumiy tushuncha

2. Tarjimaning maqsad, vazifalari va predmeti

3. Tarjima nazariyasi va amaliyoti fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.

4. Tarjimashunoslik fanlarining tasnifi

Tarjima haqida umumiy tushuncha. Tarjima nima degan savolga biz avvalambor nominal ta’rif berib, so’ngra uning ma’nolari haqida gap yuritsak masalaga teran yondashgan bo’lamiz.

Tarjima so’zi – forscha “Tarzabon” so’zidan arabiylashgan (“Tarzabon”- chiroyli so’zlovchi, notiq, tili burro kishi degan ma’noni anglatadi). Arab tiliga “Tarjumon” shaklida o’tgan, undan “tarjima” yoki “tarjuma” so’zi hosil bo’lgan. Tarjima so’zi arab tilida- bir tildan ikkinchi tilga ag’darish, o’girish; izohlash, sharhlash; bibliografiya- degan ma’nolarni anglatadi. Milliy tilimizga o’zlashib tarjima so’zi 1) bir tildagi matnni boshqa tilda qayta yaratishdan iborat ijod turi, misol uchun erkin tarjima, so’zma-so’z tarjima;

2) Bir tildan boshqa tilga ag’darilgan matn ma’nolariga ega. Tarjimadagi so’z va iboralar bir-birini mazmunini to’ldiradi (O’zbek tilining izohli lug’ati. T., O’zbekiston milliy entsiklopediyasi, J.3, 2007.).

Akademik G’.Salomov tarjima nima degan savolga quyidagicha tahrif beradi.

-Tarjima bir tilda yozilgan kitobni ikkinchi tilga o’girish

-Tarjima og’zaki nutq bo’lsa, u holda tarjima bir tilda bayon qilingan fikrni o’zga tilda so’zlovchi kishilarga tushuntirib berish

-Tarjima kitob ham emas, og’zaki nutq ham emas kinofilm bo’lsa, u holda tarjima rol ijro etayotgan aktyorning nutqini ikkinchi va uchinchi va hakozo tillarga o’tkazish demakdir. Bunda o’sha aktyorning nutqiga uning harakatlari, ichki kechinmalari, yuz ifodasi mos kelishi kerak. Bundan ma’lum bo’ladiki, tarjimani har kim o’zicha tushunadi, zero uning ma’no qirralari juda ko’p. Demak, tarjima ko’p sohali, sertarmoq, murakkab hodisadir.

Tarjimaning bosh xossasi uning boshqa til vositalari bilan qayta yaratishdan iborat ijodiy jarayon, so’z san’ati ekanligidir. Masalan, balet ham san’at, ammo so’z san’ati emas, u yerda umuman nutq ishtirok etmaydi. Muallifning muddaosi, asarning g’oyasi, balerinaning mahorati – bular hammasi musiqa, raqs, harakatlar bilan ifoda etiladi. Tasviriy san’atning asosiy quroli bo’yoq, san’atkorning dasturi mo’yqalamdir. Binobarin, balet va tasviriy san’at obidasi, musiqa asari, haykaltaroshlik namunasi va hakozolarni bir tildan boshqa tillarga “tarjima qilish” haqida gap bo’lishi mumkin emas. So’zning fikrni ifodalash xususiyati, ta’sir quvvatiga asoslangan san’at sohasigina tarjimani tadbiq etishi mumkin.

Tarjima - bu ilhom, yuksak iste’dod va intuitsiya bilan chuqur filologik bilim tinimsiz lug’aviy mehnat hamda o’rinli ilmiy sharhning qorishmasidan iborat nazariy-ijodiy jarayondir. (G’.Salomov)

Taniqli tarjimashunos Q.Musaev tarjima tushunchasiga lingvistik tarjimashunoslik nuqtai-nazaridan yondashib, quyidagicha ta’rif beradi:

Insoniyat faoliyatining murakkab shakli bo’lmish tarjima bir tilda yaratilgan nutqiy ifodani, uning shakl va mazmun birligini saqlagan holda, o’zga til vositalari asosida qayta yaratishdan iborat ijodiy jarayondir.

Demak, asliyat mansub bo’lgan til vositalari yordamida yaratilgan nutqiy ifoda (matn) tarjima tili qonuniyatlari asosida vujudga kelgan shunday ifoda bilan almashtiriladi. Shu yo’l bilan asliyat va tarjima tillari matnlarining mazmuni-uslubiy adekvatligi yuzaga keltiriladi.

Tarjima xalqlar o’rtasida-do’stlik, qardoshlik va hamkorlik manfaatlariga, ular o’rtasidagi iqtisodiy-siyosiy, ilmiy, madaniy va adabiy aloqalarning kengayishiga hizmat qiluvchi quroldir.

Tarjima turli xalqlar adabiyotlarining o’zaro aloqasi va bir-biriga ta’siri jarayonini tezlashtiradi.

Tarjimaviy asarlar tufayli kitobxonlar jahon adabiyoti durdonalaridan bahramand bo’ladilar, ularning estetik tuyg’ulari oshadi, didlari o’sadi, ularda go’zal narsalar haqida tushunchalar paydo bo’ladi.

Tarjima tillarning rivojlanishi va takomillashuvi, til lug’at tarkibining boyishi uchun zaruriy vosita hamdir.

Tarjima inson ma’naviy dunyosini boyitadi, ona tilining nozik qirralarini ro’yobga chiqarishda qo’l keladi.

Tarjima jamiyatda yangicha munosabatlar, yangicha qarashlar qaror topishiga olib keladi.

Tarjima Vatan adabiyotiga yangi obrazlar, badiiy-tasviriy vositalar, yangi motivlarni hadya etadi.

Tarjimaning maqsad, vazifalari va predmeti. Tarjimaning maqsadi- horijiy til lisoniy vositalari yordamida yaratilgan matnni ona tili materiali asosida qayta yaratishdan iborat. Buning uchun tarjimon, birinchi navbatda, asl nusxani to’la-to’kis idrok etishi, so’ngra uni o’z tilida bekamu-ko’st ifodalashi darkor.

Muallif yaratgan badiiy-estetik voqelikni to’laligicha idrok etish uchun tarjimon keng mushohada quvvatiga ega bo’lgani holda, badiiy asar tarkibidagi lisoniy vositalarning mazmuniy va uslubiy-estetik jihatlarini to’g’ri anglashi, shu bilan birga muallif nazarda tutgan bosh g’oyani, uning niyat va maqsadlarini, ochiq-oydin ko’zga tashlanib turgan voqea-hodisalar tasviridan tashqari yana matn ortida turgan voqelikni, bir so’z bilan aytganda nafaqat lisoniy, balki g’ayrilisoniy omillarni to’la-to’kis tasavvur etishi zarur. Toki natija shunday bo’lsinki, asliyat o’z kitobxoniga qanday badiiy-estetik zavq baxsh etsa, uning tarjimasi ham asarni asliyatda mutolaa qila olmaydigan kitobxonga huddi shunday taasurot etsin.



Tarjimaning vazifasi- asliyat va tarjima tillari leksik, grammatik va stilistki hodisalari o’rtasidagi uyg’un hamda tafovutli jihatlarni puxta o’zlashtirib olgan holda, asliyatning shakl va mazmun birligini ona tili vositalari yordamida qayta yaratishdan iboratdir.

Asl nusxa muallifidan voqelikni to’g’ri aks ettirish talab etilsa, tarjimondan asl nusxani bekamu-ko’st talqin etish talab qilinadi. Tarjimada asl nusxaning shakl va mazmuni birligini to’la-to’kis ifoda etish uchun tarjima tilida muqobil ifoda vositalari qidirib topish zarurati tug’iladi. Bu jarayon asl nusxa mazmunini o’zga tilda ifoda etishning qator imkoniyatlari orasidan maqbulini tanlab olishni taqozo etadi.

Asl nusxa va tarjima tillari lisoniy imkoniyatlari odatda o’zaro uyg’unlik holatida bo’lmasligi, ya’ni ikki til so’z va iboralarning mazmuni bilan estetik qiymati qator matniy holatlarda bir-birining o’rnini qoplay olmasligi talay tarjimaviy qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Bunday hollarda ifodaning badiiy-estetik qiymatini qayta yaratish tarjimaning asliyat matniga moddiy jihatdan emas, balki vazifaviy jihatdan monand kelishini taqozo etadi.

Tarjimaviy muammolarni hal qilish tarjimondan puxta filologik bilim va tegishli nazariy tayyorgarlikni talab qiladi. Tarjimon nazariy bilimni tarjima amaliyoti tahlili asosida ehtiyoj tufayli vujudga kelib, keng ko’lamda faoliyat ko’rsatayotgan tarjima nazariyasidan oladi.



Tarjima nazariyasining vazifasi – asl nusxa bilan tarjima o’rtasidagi nisbat qonuniyatlarini kuzatishdan, xususiy tarjimaviy hodisalardan hosil bo’lgan xulosalarni ilmiy dalillar asosida umumlatirishdan, shu yo’l bilan tarjima amaliyotiga ta’sir o’tkazib, uning sifatini yaxshilashga ko’maklashishdan iboratdir.

Tarjima amaliyoti maqbul ifoda vositalarini qidirib topish yo’li bilan muayyan tarjima muammolarini hal qilishda zarur andoza, qoida, dalil va isbotlarni tarjima nazariyasidan oladi.

Asl nusxa bilan tarjima o’rtasidagi munosabat hamda konkret hollarda yuz berib turadigan, izohlash, tushuntirish va umumlashtirishni talab etadigan farqlanuvchi, tafovut qiluvchi shakllar hamda ikki til lisoniy-uslubiy hodisalarini qiyoslash orqali asl nusxaning shakl va mazmun birligini tarjimada muqobil vositalar yordamida qayta yaratish yo’l va imkoniyatlarini qidirib topish va shu asosda tarjima amaliyotining sifat o’zgarishiga olib keladigan nazariy umumlashmalar yaratish tarjima nazariyasining predmetini belgilaydi.

Keyingi o’n yilliklarda bizning davlatimizda ham boshqa mamlakatlardagi kabi tarjimachilik sohasi rivojlanib keng quloch yoymoqda. Shu bilan birga tarjima sifati ham asta-sekin yaxshilanib bormoqda. Bunga turtki beradigan omillardan biri - tarjima nazariyasining so’nggi paytlarda jiddiy ravishda oldinga siljib borayotganligidir.

Tarjimaning boshqa faoliyat turlari kabi o’ziga xos metodlari mavjud. Bular jumladan, lingvistik tadqiqot metodi, qiyosiy-chog’ishtirma (solishtirma) metodi, semantik uslubiy metod, komponentlar tahlili metodi (ikki til birliklarining turli kontekstlardagi qo’shimcha ma’no va ma’no belgilari ifodalanishi). Mazkur metodlar biri ikkinchisini mazmunan to’ldiradi.

Shunday qilib, mamlakatimizda tarjimachilik hozirgi kunda o’z tarixi, rivojlanish xususiyatlari, an’analari, tadqiqot metodlari hamda tamoyillariga ega bo’lgan ijodiy jarayonga aylanib qoldi. Uning nazariy asoslari tadqiqotchilar tomonidan yanada chuqurroq o’rganilmoqda

Tarjima nazariyasi va amaliyotining ikkita yo’nalishi mavjud.

Birinchi yo’nalish tilshunoslik (lisoniy) yo’nalishi bo’lib 40 yillarda paydo bo’lgan. Bu yo’nalishning mohiyati tarjimaga asosan hamma holatlarda va barcha janrlarda lisoniy faoliyatdan iborat deb qaraldi. Ushbu yo’nalishni tanqid qilish asnosida ikkinchi adabiyotshunoslik yo’nalishi paydo bo’ldi. Natijada ikkita nazariy soha badiiy tarjima nazariyasi va nobadiiy tarjima nazariyasi yuzaga keldi.



Tarjima nazariyasi va amaliyoti fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Ma’lumki, biron bir matnni bir tildan ikkinchisiga tarjima qilish lingvistikaga oid jarayon hisoblanadi. 1980 yillargacha tilshunoslar til nazariyasi va tarjima orasidagi bog’liqlikka juda kam ahamiyat berib kelishgan. Chunki bunday bog’liqlik avval o’rganilmagan va natijada tarjima nazariyasi asta-sekinlik bilan rivojlana borgan. Bu jarayonning sust bo’lishida bir sabab tilshunoslar til hodisalarini tarjimada qo’llamaganligi deb ham qaraladi.

Tarjima nazariyasi va amaliyoti fan sifatida qiyosiy tilshunoslikdan ajralib chiqqan bo’lib, u tilshunoslikning asosan semantika aspektiga kiradi va semantikaga oid barcha savollar tarjima nazariyasiga taalluqli hisoblanadi.

Shundan kelib chiqib, har qanday mustaqil fan kabi tarjima nazariyasi va amaliyoti fani ham mustaqil fan sifatida bir qancha fanlarga aloqador ravishda o’rganiladi.

Tilning ijtimoiylashuvi va unga aloqador bo’lgan tillarni o’rganuvchi sotsiolingvistika ham bevosita tarjima nazariyasi va amaliyoti bilan bog’liqdir. Mazkur fan sotsiolingvistika bilan bir qatorda psixolingvistika, etnografiya, madaniyatshunoslikka ham aloqadordir.

Bundan tashqari tarjima nazariyasi va amaliyoti matnshunoslik, adabiyotshunoslik (adabiy turlar), tilshunoslik (har qanday tarjima asari biror bir til mahsuli hisoblanadi, ichki tasnif), adabiy tanqid, komparativistika, tabiiy fanlar, aniq fanlar, ijtimoiy fanlar bilan ham bog’liqdir. Shuni aytish lozimki, tarjima biror fan yoki soha doirasida amalga oshirilishi kerak bo’lsa, o’sha soha yoki fan bilan aloqadorlik mavjud. Demak so’z qudrati, ifoda san’ati bilan bog’liq bo’lgan barcha fanlar mazkur fan bilan aloqadordir.
Tarjimashunoslik fanlarining tasnifi. Bugungi kunga kelib tarjimashunoslik sohasi rivojlanishda davom etib quyidagi qismlarga bo’lindi.

Tarjima nazariyasi- tarjima qilish qonuniyatlari, tarjima qilish tamoyillarini o’rganadigan fiologik fan. Badiiy tarjima nazariyasi o’z xususiyatlariga ega. U tarjimachilik tajribasi, yirik tarjimonlarning mahoratini tahlil qilib, umumiy xulosalar ishlab chiqadi va tarjima amaliyotining ravnaqiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Tarjima amaliyoti – tarjima nazariyasi faniga ko’ra uzoq tarixga ega bo’lgan, hozirgi kunda nazariy bilimlar asosida qilinadigan tarjimaviy faoliyat turi hisoblanib, tarjima nazariyasi fani bilan uzviy bog’liqdir.

Tarjima tarixi - adabiyot tarixi bilan tengdosh. O’zbek tarjimachiligi boy, qadimiy tarixga ega. O’zbek mumtoz adabiyotining shakllanishida tarjima adabiyotining roli katta bo’lgan. Sharqning ulug’ badiiy asarlari asrlar davomida xalqimizning ma’navi-estetik kamoloti uchun xizmat qilgan. Qutb va Xaydar Xorazmiy, Sayfi Saroyi, Xomushiy, Muxammad Temur, Dilovarxo’ja, Ogahiy, Almaiy, Sirojiddin Siddiq Xodayliqiy kabi atoqli tarjimon-adiblarning nomi madaniyatimiz tarixida faxrli o’rinni ishg’ol etadi.

Tarjima tanqidi- tarjima jarayonini kuzatib, chop etilayotgan asarlarni baholab boradi, tarjimalar sifatining yaxshilanishiga ko’maklashadi. Tarjima tanqidi tarjimachilik ishining amaliy va tashkiliy masalalarini ko’tarib chiqadi, adabiy tanqid bilan hamkorlikda rivojlanadi. Tarjima tanqidining adabiy tanqiddan farq qiladigan talablari, xususiyatlari mavjud.

O’zbekiston boy tarjima tarixiga ega. Bu tarixni sxematik tarzda quyidagicha tadqiq qilish maqsadga muvofiq.



  1. sohalar va janrlar bo’yicha – aniq va gumanitar fanlarga doir kitoblar tarjimasi; tarjima va lug’atshunoslik;

  2. til tamoyillari bo’yicha (arabcha-o’zbekcha, forscha-o’zbekcha, turkcha-o’zbekcha va hakozolar); bilingvizm va tarjima;

  3. tarixiy an’analar va mahalliy sharoitga oid tipik belgilar bo’yicha (Xorazm tarjima maktabi, Toshkent tarjima maktabi va hakozo);

  4. davrlar bo’yicha (11-12 asrlar tarjima tarixi, 15 asr tarjima tarixi, 19 asr tarjima tarixi).

Tarjimani nazariy va adabiy-tanqidiy jihatdan yoritish muhim vazifa hisoblanadi, bunda quyidagilarga e’tibor berish kerak.

  1. sohalar bo’yicha tadqiq qilish: badiiy adabiyot, ijtimoiy-siyosiy va o’quv pedagogika adabiyoti, ilmiy-texnikaviy kitoblar tarjimasi; terminologiya

  2. janrlar bo’yicha tadqiq qilish: proza, poeziya, dramaturgiya; dublyaj;

  3. til belgilari bo’yicha; ruscha-o’zbekcha, o’zbekcha-ruscha tarjimalar; G’arbiy Ovro’pa adabiyoti asarlari tarjimasi; qardosh tillardan tarjima; bilingvizm va tarjima;

  4. davrlar bo’yicha; yigirmanchi va o’ttizinchi yillar; ulug’ vatan urushi yillari tarjimalari, 50, 60, 70, 80, 90-yillar tarjimalari;

  5. tarjima kitoblarining adabiy-tahliliy tanqidi (davrlar, janrlar, vaqtli nashrlar bo’yicha)

  6. sinxron tarjima (tillar bo’yicha)

Avtomatik tarjima asoslari. a) Sohalar bo’yicha- struktural lingvistika, lingvistik matematika; algoritm; teskari va miqdoriy (chastotali) lug’atlar tuzish hamda avtomatik tarjima masalalari. Programmalashtirish. Tabiiy tildan sun’iy tilga tarjima qilishning o’ziga xos xususiyatlari;

b) tillar bo’yicha - inglizcha-o’zbekcha, nemischa-o’zbekcha va hakozo.



2-MA’RUZA. TARJIMA TARIXIDAN
REJA:
1. G’arb va sharq madaniy aloqalari tarixi

2. Tarjima maktablari

3. Tarjima tarixi saboqlari

4. Badiiy tarjima va adabiy an’ana

5. O’zbek-nemis adabiy aloqalarining shakllanishi va ilk tarjima manbalari

Bundan ming yillar ilgari ulug’ olimlarimiz Ibn Ruid, Ahmad Farg’oniy, Marvaziy, Al Beruniy va boshqa shu kabi ajdodlarimiz dunyoga mashhur original asarlarni yaratish bilan birga tarjima ishlari bilan ham shug’ullanganlar.

Beruniy asl nusxani buzib tarjima qilganlarni tanqid qildi. Buni u o’zining "Hindiston" degan kitobida bir necha bor uqtirib o’tadi.

Munis, Xaydar Xorazmiy, Ogahiy, Oybek, M.Shayxzoda, G’.G’ulom, Mirtemir va boshqa ulug’ shoirlar shoir bo’lish bilan birga mohir tarjimon ham bo’lganliklari hammamizga ma’lum.



Tarjima san’ati og’ir va shu bilan birga faxrli va xayrli ishdir. Badiiy asarni tarjima qilish uchun shoir-adib bo’lish va unda bundan tashqari ikkinchi bir talant - tarjima qilish talanti bo’lishi kerak. Tarjimon o’z ona tilini yaxshi bilgandan tashqari tarjima qilinayotgan asar tilini ham juda yaxshi bilishi, ularning nozik tomonlarini tez payqab olishi eng muhim shartlardan biridir. Tarjimonning umum bilim doirasi keng, turmush tajribasi boy, ilg’or madaniyatni egallagan shaxs bo’lishi kerak. Tarjimon qaysi xalqning tilidan tarjima qilayotgan bo’lsa, o’sha xalqning hayoti va maishiy ahvolini bilmog’i lozim.
G’arb va sharq madaniy aloqalari tarixi. Jamiyat, ma’naviyat taraqqiyoti, uning rivojlanish tamoyillarining qonun va qoidalari barcha mamlakatlar uchun ob’ektiv va umumiy xususiyatga ega. Bu dunyo xalqlari o’rtasida o’zaro ma’naviy, g’oyaviy, adabiy, madaniy aloqalar asnosida ro’yobga chiqadi. Adabiy ayriboshlash o’zaro uzviy bog’liqdir, ya’ni muayyan bir millat qo’lga kiritgan madaniy sivilizatsiya shu millatning o’z xududida qolib ketmasdan, balki turli vositalar, sharoitlar, munosabatlar taqozasiga ko’ra boshqa bir millat madaniy mulki yoki merosiga ham aylanishi mumkin. Bu jahon xalqlari orasidagi qadimdan bo’lgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy aloqalarga bog’liq. Madaniy-adabiy aloqalar tufayli dunyo xalqlari g’oyaviy jihatdan sezilib qolgan bo’shliqlarni to’ldiradi va milliy muhitga, milliy ehiyojga moslab qayta yaratadi. Xuddi shu jarayonda milliy madaniyatlar orasida o’xshashlik yuzaga keladi. Dunyo xalqlari orasidagi, xususan G’arb va Sharq xalqlari orasida o’xshahslik antik davrdan keyin o’rta asr boshlarida vujudga keladi. Xususan 9-12 asrlardagi G’arbu-Sharq madaniy aloqalari ta’sirida o’rta asr Evropa hurfikrligi va Renesans uyg’onish davri madaniyati shakllandi. Bunda sharq falsafasi, ilmi va madaniyati katta o’rinni egallaydi. Yaqin sharqdagi xalifalik sharoitida vujudga kelgan hurfikrlilik va falsafiy ta’limotlar roman xalqlari, xususan Italiya, Fransiya, Ispaniyada istiqomat qiladigan xalqlar orasida keng tarqalib, ularni manaviy yuksalishiga ta’sir o’tkazdi va bu holat ya’ni Sharqdan Evropaga ko’chgan hurfikrlilik G’arbda materialistik falsafaning shakllanishiga sharoit yaratib berdi. G’arb xalqlari madaniy taraqqiyotiga G’arbiy Evropada ro’y bergan madaniy, ijtimoiy yuksalishda o’zbek xalqi ham o’zining kamtarin xissasi bilan ishtirok etishga muyassar bo’lgan. Fanda isbot etilgan dalillarga ko’ra islomlashish davrida, ya’ni arab istilosi vaqtida arablar ipak yo’lining markazida joylashgan O’rta Osiyoga yurish qilganlarida bu hududda o’zidan ko’ra madaniyatliroq xalqlarga duch keldilar va bu madaniy moyillik Arab xalifaligiga ko’chirib o’tkazildi hamda O’rta Osiyoning buyuk ilm – fan sohiblari Arabistonga majburan olib ketildi. Shu tarixiy jarayonda arab tili bosib olingan xalqlar madaniyatiga majburan singdirildi va barcha xalqlar qatori o’zbek mutafakkirlari ham arab tilida ijod qilishga majbur bo’ldi. Ana shu tarixiy jarayon taqozasiga ko’ra buyuk o’zbek olimlari Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Farobiylar Eropaga dastlab arab qiyofasida kirib bordilar. Ular asarlarining arab tilida yaratilganligi Evropada ularning milliy mansubligi arab degan fikrlarning paydo bo’lishiga olib keldi. Undan keyingi G’arb – Sharq aloqalarining tarixida Evropa madaniyatiga samarali ta’sir o’tkazgan alohida bir davr bu – Mavorounnaxrda Ulug’bek hukmronlik qilgan davrdir. Uning homiyligida Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, Jurjoniy, Taftazoniy kabi olimlar ilmiy merosi keyingi davr Evropa madaniyatiga kuchli ta’sir o’tkazdi. 15 – asrning 2 – yarmiga kelib Osiyo madaniyat markazi Xirotga ko’chdi. Ana shu davrda ijod etgan Jomiy va Navoiy hamda Sharq Rafaeli deb nom olgan Bexzod ijodi dunyo madaniyati tarixida o’lmas iz qoldirdi va bu Sharqu – G’arb madaniy aloqalar tarixida alohida bir bo’g’inni tashkil etdi. G’arbiy Evropada miniatura san’atining shakllanishiga Bexzod qo’shgan ulush, u ko’rsatgan kuchli ta’sir Sharq va G’arb ilmiy tarixida bugungi kunda ro’y-rost tan olingan. Turli mintaqalarda yashaydigan millatlarning o’zaro munosabatlari tufayli adabiy, siyosiy, diplomatik, iqtisodiy aloqalari sababli qadimgi davrlardan boshlab hali nashriyot kitobat ishlari yo’lga qo’yilmasdan burun, bir millat 2 chi bir millatning milliy yoki adabiy merosini qo’lyozma holda o’z mamlakatiga olib o’tkazishga muvaffaq bo’lgan. Keyinchalik jahon xalqlari milliy adabiyotlarida o’xshash yoki bir xil syujetdagi asarlar paydo bo’la boshladi. Masalan, 1500 yillardan boshlab Germaniya, Fransiya, Angliya, Ispaniya va Italiyada sharq mumtoz adabiyotining yirik vakili A.Navoiyning asarlari qo’lyozma holda tarqala boshlagan. Bugungi kunda Parij milliy kutubxonasi, Kanadadagi Toronto dorilfununi, Vena qirollik kutubxonasi, Venger Fanlar Akademiyasi, Britaniya muzeyi, Berlin, Venetsiya, Oksford, Vashington dorilfununlari kutubxonalarida Navoiz merosidan “Xamsa”ning to’liq holdagi va undagi beashta dostonning alohida holdagi, “Hazoinul maoniy”ning to’liq holdagi va undagi to’rt devonning ayrim holdagi ko’plab qo’lyozma nusxalari, turli davrlarda ko’chirib tanlangan she’rlar va kulliyot tarzida tartib berilgan to’la qo’yozma asarlari hamda “Lisonut tayr”, “Majolis un-nafois”, “Nasoim ul-muhabbat”, “Tarixi muluku ajam”, “Muhokamat ul-lug’otayn”, “Mezon ul-avzon, “Devoni Foniy” va boshqa shu kabi asarlarning qadimiy noyob qo’lyozma nusxalari saqlanadi. Uning asarlari hatto G’arb olimlari Jan Russo, Regel, Hammer, Kraft va boshqa shu kabi o’nlab sharqshunoslarining shaxsiy kutubxonasida mavjud bo’lgan. Bular „Hayratul-abror”, “Farxod va Shirin”, “Layli va Majnun” va boshqa shu kabi asarlarining qo’lyozma shakli Evropa madaniy markazlarida ro’yxatga olingan. A.Navoiy asarlari G’arbda qo’lyozma tarzida keng tarkalishi G’arb muhitida aynan A.Navoiyning asarlariga o’xshash asarlar yaratilishiga sabab bo’ldi.

Tarjima maktablari. Antik davrdek ilk tarixiy bosqich, asosan tarjima orqali qadim yunon va rim madaniyatlari bir-biri bilan aloqa o’rnatganliklarini ko’rsatadi. Qadim yunonlar yuksak madaniyat sohibi ekanliklari hech kimga sir emas. Bu madaniyat yunonlarning tili va adabiyotida barq urgan, chunki til adabiyotsiz madaniyat qaqrab yotgan cho’l kabidir. Buni yaxshi anglash rimliklar o’z madaniyatini boyitish maqsadida juda ko’p narsalarni yunonlardan meros qilib olishadi. Shu kabi meroslarning eng asosiysi – adabiy asarlar tarjimasi, u misoli ko’prik bo’lib ikki xalq o’rtasida beminnat xizmat qilgan. Bu o’rinda o’z madaniy boyliklarini berayotgan davlat – Yunoniston – juda yuqori madaniy darajada bo’lgan. Yunoniston jahon tsivilizatsiyasining beshigi bo’lgan. Qadimgi yunon yozma adabiyotining bizga qadar yetib kelgan yakkayu yagona yozma namunalari “Iliada” va “Odisseya” dostonlaridir. Bu dostonlar qadim yunonlarning ulug’ shoiri Gomer nomi bilan bog’liq. Shuni ko’ra bilgan rimliklar yunon yozuvchilari yaratgan asarlarni o’z til va adabiyotini boyita oladigan sabab yoki manba deb bilishgan. Xuddi shu nuqtai-nazarda kelib chiqib badiiy tarjima masalalari nazariy jihatdan Tsetseron, Goratsiy va Kvintilan fikrlarida o’z aksini topadi. Qadim yunonlar yaratgan madaniy merosdan bahramand bo’lish hissi rimliklardan so’ng asta-sekin sharqda ham keng tarqaldi. Gomer dostonlaridagi badiiy usullarni boshqa xalqlar jangnomalarida ko’rishimiz mumkin. Qirg’iz xalqining “Manas”, nemis xalqining “Nebelunglar haqida qo’shiq” (“Nebelungslied”), o’zbeklarning “Alpomish” dostonlari shular jumlasidandir. Gomer poemalari bilan “Alpomish” dostoni o’rtasida faqat badiiy vositalarning yaqinligi jihatidangina emas, hatto mazmunning o’xshahsligi jihatdan ham mushtaraklik bor.

Mashhur rim yozuvchisi va dostonchisi (eramizdan avvalgi I asr) Tsitseron yunon dostonchilari Esxil va Demosfenning nutqlarini lotin tilga tarjima qildi. U tarjima qilar ekan, original matn tili me’yorlarini buzmaslikka harakat qildi. Uning fikricha, u original tilda yozilganlarning tuzilishi va ma’nosini, ular xususiyatlarini saqlab qolgan, biroq so’z tanlashda lotin tili xususiyatlarini ham unutmagan. Shu bois bo’lsa kerak, u matnlarni so’zma-so’z tarjima qilmadi, balki so’zlarning to’liq ma’nolarini hamda ayrim qiyin so’zlarning umumma’nolarini izohlagan holda berdi. “O’quvchi, deydi Tsitseron, - mendan sanoq bo’yicha aniqlikni emas, balki ta’bir joiz bo’lsa, “og’irlikni so’raydi” deb o’ylayman”. Shuning uchun ham, uning ta’biricha “Tsitseron yunon mualliflari asarlari, nutqlarini tarjima qilarkan, asarlar va nutqlar xususiyatlarini (ya’ni shakli, mazmuni va fikrlar ketma-ketligini) tarjimada saqlab qolishga harakat qilgan.

1167 yilda Oksford universitetining tashkil topishi olamshumul yangilik bo’ldi. Unga asos solganlar chuqur ta’lim berish, ajdodlar qoldirgan meros, qo’lga kiritilgan tajriba va albatta yunon va lotinchada bitilgan asarlarni o’rgatishni o’z oldilariga maqsad qilib belgilashdi.

Antik davr merosi Misr, Suriya va Kichik Osiyoda hiyla sof holda saqlangandi. Eramizning birinchi asrlarida ellinizm sharqida ikki ilmiy maktab keng shuhrat to’di. Bularning biri Iskandariyada, ikkinchisi Edessada bo’lib ularning huzurida katta-katta kutubxonalar ochilgan, Mashhur olimlar faol ish olib borar edilar. Biroq xristianlar makoni Vizantiyada majusiylar quvg’in ostiga olinishi natijasida VI asrga kelib Iskandariya maktabi tor-mor bo’ldi. Oradan ko’p vaqt o’tmay, nestorianlik mazhabi kufr deb e’lon qilinishi bilan Edessa maktabi ham barham to’di. Nestorianlar mazhabida bo’lgan ko’p olimlar boshpana izlab Eron va O’rta Osiyoga qocha boshladilar. Nisibin shahrida ular maktab yaratib, unda tabiiy fanlarni o’rganishga alohida e’tibor berishdi. 529-yilda yopilgan Afina akademiyasining quvg’inga uchragan olimlari Eronning Jundishopur shahrida boshqa bir yirik ilmiy maktabga asos soldilar.

Arablar istilosidan keyin, markazlashgan davlatning barpo etilishi, oldingi parokanda hududlarni yagona din va til bilan bog’langan holda siyosiy hamda iqtisodiy tomondan birlashuvi Yaqin va O’rta Sharq xalqlariga ma’naviy boyliklarni o’zaro erkin almashish imkonini berdi. Bu davrda arab tili davlat, fan va madaniyat tiliga aylangan edi. Qisqa davr ichida halifalik hududida ko’plab ilmiy o’choqlar paydo bo’ldi. Shaharlarda rasadxonalar qurila boshladi, saroylar, machit va madrasalar qoshida kutubxonalar barpo etildi. Ilmiy bilimlarning tarqalishida savdo-sotiq ishlarining yo’lga qoyilishi katta ahamiyat kasb etdi.

Jahon madaniyati tarixida ikkitata buyuk tarjima maktabi bo’lganligi ma’lum. Ulardan biri qadimgi yunon olimlari yaratgan mumtoz fan asarlarini arab tiliga o’girgan, sharhlagan va ko’chirish ishlari bilan shug’ullangan Bog’dod tarjima maktabi (arab halifachiligining ilmiy markazi, VIII asrning oxiri, IX asrning boshi), ikkinchisi –arab tilida yaritilgan boy ilmiy merosni G’arbiy Ovro’pa tillariga o’girish ishi bilan mashg’ul bo’lgan Toledo tarjima (Ispaniya, XII-XIII asrlar) maktabidir. Toledo tarjima maktabi tarjimon, sharhlovchi va quramachilardan iborat katta bir maktab bo’lib, arab tilida bitilgan sharq mutafakkirlarining asarlarini yoki arab tiliga o’girilgan yunon olimlarining kitoblarini lotin tiliga tarjima qilish, va mazmunin bayon qilish hamda qayta ishlash orqali Ovro’pada fan, texnika va madaniyatning gurkirashiga katta hissa qo’shdi. Har ikkala tarjima maktabi ham jahon fani taraqqiyotida misli ko’rilmagan buyuk rol o’ynagan. Ko’p hollarda hatto olimlar yaratgan asarlarning asl nusxalari beiz yo’qolib ketganida ham, ular ana shu ikki tarjima markazining namoyondalari tomonidan qilingan tarjimalarda saqlanib qolgan.

Tarixda bo’lib o’tgan har-xil urush va alg’ov-dalg’ovlar sababli qadimgi yunon olimlari bunyod etgan juda ko’p kitoblar yo’qolib ketgan. Ammo ular arab tiliga qilingan nusxalar - tarjimalar va sharhlarda qolgan. Shu bilan birga, Yaqin va O’rta Osiyoda arab tilida ijod qilgan mutafakkirlarning ham allaqancha noyob ishlari Toledo maktabi tarjimonlarining hizmati tufayli lotin va yunon hamda keyingi davrlarda boshqa G’arbiy Ovro’pa xalqlari tillariga qilingan tarjimalarda bizning davrimizgacha saqlanib qolgan.

Xalifalikning birinchi ilmiy markazi Bog’dod edi. VIII asrning oxiri, IX asrning boshlarida Bog’dodda juda ko’p olimlar, tarjimonlar va kopchilik yozuvchilardan iborat ziyolilar tashkil topgan. Ularning aksariyati O’rta Osiyo (Xuroson, Movaronnahr, Baqtriya va Farg’ona) va Erondan chiqqan. Shaharda kattakon kutubxona tinimsiz ishlab turgan. Xalifa al-Ma’munning homiyligi ostida (813-833) Bog’dodda “Bayt al Hikma” (Dorul hikmat) atalmish o’ziga hos akademiya qaror topadi. U yerda asosan astronomiya, matematik jug’rofiya bilan bir qatorda O’rta Osiyo va Eron ilmiy adabiyotlari natijalarini o’rganish bilan ham mashg’ul bo’lingan. Ma’mun akademiyasi -“Dorul Hikma”-da Sharq tarjimonlik maktabi faoliyat ko’rsatgani tarixdan ma’lum. Unda arab, fors, hind, yahudiy, turk, yunon olimlari birgalikda ish olib borib, ularning tarjimonlik faoliyatiga O’rta Osiyodan borgan olimlar rahbarlik qilganlar. Mazkur Sharq tarjimonlik maktabi sa’y-harakatlari tufayli antik madaniyat namunalari arab tiliga o’girilib, butun Sharqda mashhurlik topdi. Ayniqsa Aristotel va Platon asarlari faqat Ibn Sino, al Farg’oniy tarjimalari orqali bizgacha yetib kelgan.

Bu “Donishmandlar uyi” o’ziga xos ilmiy markaz bo’lib hizmat qilgan. Bu yerda o’z davrining fan olami uchun kerakli bo’lgan barcha shart-sharoitlar, ilmiy laboratoriyalar, majlislar zali, yosh toliblar ta’lim oladigan madrasa, rasadxona, qo’lyozmalarni ta’mirlaydigan va muqovalaydigan ustaxona, 400 mingga yaqin qo’lyozma kitoblari, katta kutubxona ham mavjud bo’lgan. Bundan tashqari yuzlab sharq olimlari ishlagan bo’lib, avval Yahyo ibn Abu Mansur tomonidan, keyinchalik Muhammad al- Xorazmiy tomonidan boshqarilgan.

Bu akademiyaning asosiy ilmiy yo’nalishlaridan biri tarjimonlik faoliyati hisoblangan. Kutubxonadagi asosiy kitob va qo’lyozmalar, jumladan qadimgi Bobil, rum, yahudiy, yunon, misriy, hind, forsiy va boshqa tillardan arab tiliga ag’darilgan.

Tarjima ishlarida al-Xorazmiy boshliq Ahmad Farg’oniy, Abbos al-Javohiriy, Ahmad ibn Muhammad Sog’aniy kabi iste’dodli buyuk olimlar qatnashgan. Bu olimlarning asosiy maqsadi yunon olimlari Gipokrat va Ptolemey yozgan, asarlarida bayon etilgan quyoshning eng katta og’ishini qaytadan tekshirib aniqlash va yer yuzining diametrini o’lchab, qaytadan ilmiy tadqiqot olib borishdan iborat edi.

Bir necha tillarni bilgan vatandoshimiz ulug’ Beruniy hind tilidan arabchaga bir qancha kitoblarni tarjima qilgan. Uning maqsadi o’z xalqini ilmga, madaniyatga, ma’rifatga chorlash, qo’shni xalqlardagi durdona asarlar bilan tanishtirish edi.

Badiiy tarjima san’atiga dastlabki fikrlar Sharqda IX-X asrlarda bildirilganligi ma’lumdir. Yuqorida ta’kidlab o’tilgan Bog’dod (Bundan tashqari Kufa shahrida ham tarjima maktabi tashkil etilganligi tarixdan ma’lum) tarjima maktabi vakillari ijodning mazkur sohasini rivojlantirishgan. Bu borada buyuk entsiklopedist olim, mutafakkir, shoir va tarjimon Abu Rayhon Beruniyning fikrlari ham o’ta muhimdir. Beruniyning tarjima qilingan asarlari, tarjima qiyinchiliklari, badiiy tarjima xususiyatlari tog’risidagi fikrlari uning umumiy ilmiy-ma’rifiy va falsafiy qarashlari bilan hamohang bo’lib kelgan. Beruniy o’zining “Hindiston” nomli kitobida Gomerning “Iliada” va “Odisseya” dostonlaridan parchalar tarjima qilib ilmiy dalil sifatida keltiriladi. Beruniyning boshqa asarlarida yunon, rim va hind adiblarining asarlaridan qilingan tarjimalar ham uchraydi. Badiiy tarjima Beruniy hayotida muhim rol o’ynagan. U arab, fors, so’gdiy, xorazmiy, suryoniy, yahudiy, hind va yunon tillarini yaxshi bilgan va tarjima bilan ham keng ko’lamda shug’ullangan. Bundan ko’rinib turibdiki Beruniy nafaqat yunon, rim adiblari kitoblaridan balki Markaziy Osiyo xalqlari asarlaridan ham tarjimalar qilgan.

Bog’doddan tashqari, o’rta asr Sharqida turli davrlarda Qohira, Damashq, Rey, Gurganj, Buxoro, Gazna, Samarqand, Isfahon shaharlari ham ilmiy markaz bo’lib hizmat qilgan. Yunon va suriya tillaridan arabchaga o’girilgan kitoblar orqali islom mamlakatlari olimlariga antik davr ilmiy adabiyotining boy asarlari yetib bordi. Keyinchalik bu tarjimalar ko’p hollarda G’arbiy Ovro’paning antik davr ilmiy va madaniyati asarlari bilan tanishishning yagona manbaiga aylanib qoldi.

929-yilda Qurdoba amirligi Bog’dod halifaligina mustaqil bo’lib u yerda Abdurahmon III tomonidan Qurdoba maktabi, X asrning oxiri XI asrnin boshida Xorazmda Ma’mun akademiyasi, XV asrda Ulug’bek davrida Ali Qushchi, al-Koshiy, ar-Rumiylardan iborat Samarqand astronomiya maktabi, XV-XVI asrda Hirotda Alisher Navoiy boshchiligidagi she’riyat maktabi. XIX asrda Xivada Feruz saroyida Ogahiy, Munis, Haydar Xorazmiylardan iborat she’riyat va tarjima maktablari faoliyat ko’rsatdilar. Tarjimachilik borasida Ogahiy “Ravzatus-Safo”, “Nodirnoma”, “Zafarnoma”, “Zubdit ut-Hikoyat”, “Nasihatnomai Kaykovus” va boshqa asarlarni yuksak mahorat bilan tarjima qiladi (jami 20 ta asar, shundan 18 tasi bizgacha yetib kelgan). Bundan tashqari, olim, f.f.d., prof. N.Komilov Xorazm maktabi, uning namoyondalari va ularning ishlari haqida ham ish olib bordi. Xorazm tarjima maktabi tarjimonlarining hayoti, turmush tarzi, tarjima printsiplarini izohlab yoritib berdi.

1919 yilda Petrogradda ochilgan “Vsemirnaya literatura” (“Jahon adabiyoti”) nashriyoti Sharq va G’arb adabiyotining yirik namunalarini, shuning bilan birga qo’shni xalqlar adabiyotidagi ko’zga ko’ringan asarlarni rus tiliga tarjima qilib bosishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan edi. Nashriyot ishiga o’z davrining yirik shoir, yozuvchi va olimlari jalb qilindi. Bular orasida A.Blok, V.YA.Biryusov, M.L.Lozinskiy, K.I.Chukovskiy, K.N.Batyushkov, V.A.Smirnov, akademiklardan S.F.Oldenburg, V.M.Alekseev va boshqalar bor edi. Bu nashriyot 1927 yilgacha o’z faoliyatini davom ettirib, keyin moddiy qiyinchiliklarga uchrab, yopilib qoldi. Bu davr ichida 120 ta kitob nashr qilindi. Bular orasida Onore de Balzak, Gi de Mopassan, Viktor Gyugo, Romen Rollan, Genrix Geyne, Fridrix Shiller, Djordj Bayron, Mark Tven, Djek London va boshqa xorijiy yozuvchi va shoirlarning asarlari bor edi.

“Vsemirnaya literatura” nashriyoti hammasi bo’lib sakkiz yil ishlagan bo’lsada, ammo uning tarixiy tajribasi katta ijodiy maktab bo’lib qoldi.

Rus adabiyotining namoyondasi B.Pasternak ham badiiy tarjimaning ajoyib namunalarini ko’rsatdi. U Yevropa klassiklarining, shu jumladan Uilyam Shekspir va Iogann Volfgang Gyote asarlarini tarjima qilar ekan, harfma-harf, so’zma-so’z tarjima qilish printsipiga qarshi chiqdi.



Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish