Urganch davlat universiteti tarix fakulteti


Amir Temurning obodonchilik sohasidagi ishlari



Download 326,5 Kb.
bet4/21
Sana19.01.2017
Hajmi326,5 Kb.
#664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Baqtriya. ,,Avesto”da Baqtriya ,,bayroqlari doimo baland hilpirab turadigan”- ya’ni shon-shavkat o’lkasi sifatida tilga olinadi. Qadimgi Baqtriyani boshqargan siyosiy sulolalar haqida aniq ma’lumotlar yo’q. Tadqiqotlarga binoan Baqtriya hududlari Surxon vodiysi, Afg’onistonning shimoli-sharqi, Tojigistonning janubiy hududlarida joylashib, turli yozma manbalarda Bahdi, Baqtrish, Batriyona, Baqtriya, Bahli, Bahlika deb tilga olingan. Miloddan oldingi VIII-VII asrlarga kelib qadimgi Baqtriya davlati sharqdagi kuchli davlatlardan biriga aylanadi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Baqtriyaning tabiiy boyliklari qadim davrlarda-yoq sharq davlatlarida mashhur edi. Buyuk Ipak yo’lidan ancha ilgariyoq qadimgi barcha yo’llarning Baqtriya hududi orqali o’tganligi bunga misol bo’la oladi.

Ilk davlatchilikning eng asosiy belgilaridan bo’lgan ko’hna shahar harobalari (Yerqo’rg’on, Afrosiyob, Uzunqir, Ko’ktepa) topib o’rganilgan bo’lib, ular xozir-cha O’zbekistondagi eng qadimgi rivojlangan shahar madaniyatini o’zida aks ettiruvchi madaniy birliklardir. Bu ma’lumotlarga qaraganda ilk temir davri Baqtriya, Marg’iyona, Xorazm va So’g’diyona umumiy jamoalaridagi asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlarni bir necha kichik oiladan iborat uy-jamoalari tashkil etgan.

Boshqaruv tartibida katta oilalar jamoasi boshliqlari yoki uy-xo’jaliklari, shuningdek alohida qishloq qo’rg’onlarini boshqaruvchi eski jamoalar katta o’rin tutgan. Har bir katta oila mumkin bo’lgan qarindoshlik aloqalariga qarab alohida uyga, o’zining qishloq xo’jalik mahsulotlari, zahiralari va chorvadorlari bo’lgan yoki o’zining iqtisodiy jihatdan ta’minlay oladigan xo’jalikni aks ettirgan.

Miloddan oldingi VII-VI asrlarda ancha yirik bo’lgan qadimgi Baqtriya, Xorazm va So’g’diyona davlatlarining aholisi qon-qarindosh bo’lib, bir-biriga o’xshash tilda gaplashganlar va yaqin, o’xshash madaniy an’analarga ega bo’lganlar. Baqtriyada pul munosabatlari puxta yo’lga qo’yilgan. Baqtriya Xorazm, So’g’diyona, Farg’ona bilan Hindiston, Eron bilan qizg’in savdo aloqalari o’rnatgan. Batriyada dehqonchilik va chorvachilik sohasidagi tajribalari yuksak bo’lib, donchilik, sholichilik, polizchilik, uzumchilik bilan mevalar yetishtirish yaxshi yo’lga qo’yilgan. Baqtriya haqida Kvint Kursiy Ruf ,, Baqtriya tabiati boy va rang-barangdir. Ko’plab bog’-rog’lar bo’lib, uzumlari shirin-shakar mevalarga to’liq”1. deb ko’rsatgan.

Yunonlar hukmronlik qilgan davrda Baqtriyada yunon tili rasmiy til hisoblangan. Oromiy, karashti yozuvlari ham muomalada bo’lgan. Baqtriya madaniy hayotida musiqaning o’rni alohida ahamiyat kasb etgan. Shu sababdan ham musiqa asboblarining turi xilma-xil bo’lgan. Turli marosimlar, bayramlar va saroydagi tadbirlarda ud, nay, nog’ora, arfa, burg’u, kamoncha bilan chalinadigan asboblardan foydalanilgan. Shuningdek Baqtriyada haykaltaroshlik, sur’atkashlik, naqqoshlik sohalari yuksak darajada rivojlangan bo’lgan.

Milodddan oldingi II asrning II-choragi boshlariga kelib, Baqtriya yunonliklar boshqaruvidan batamom halos bo’lgan. Lekin, shimoldan kirib kelgan qabilalar harbiy kuchi ta’siri ostida qulagan yunonliklar o’rnida toharlar (yuechjilar) hukmronligidagi yangi siyosiy birlik Tohariston davlati tashkil topadi.

Parfiya . Mintaqamizning Atrek hamda Go’rgon daryolarining yuqori havzasida joylashgan (janubiy Turkmaniston, shimoli-sharqiy Eronning bir qismi) tarixiy makonlardan biri qadimda Parfiya deb atalgan davlatdir.

Qadimgi ,,Nisoyya” shahri harobalari saqlanib qolgan, Niso shahri Parfiyaning markazlaridan biri edi.

Miloddan oldingi I-mingyillikning birinchi yarmida Ossuriyaliklar Midiyaga qarshi yurish qilganda Parfiyaga ham bostirib kirganlar. Lekin miloddan oldingi VI asrning ikkinchi yarmida Parfiya Ahamoniylar qo’l, ostiga tushib qolgan edi.

Shunday qilib Parfiya miloddan oldingi IV asrning 30-yillarida Aleksandr Makedonskiy tobeligiga tushadi. Lekin tezda Aleksandr vafoti tufayli uning davlati parchalanib katta qismi Salavkiylar qo’liga o’tganda, Parfiya Salavkiylar ta’siri ostida qolgan edi. Taxminan I asr vaqt o’tgach Parfiyaliklar Salavkiylardan ozod bo’ladilar. Shunday qilib, parna urug’i sardori Arshak Parfiya hokimiyatini o’z qo’li ostida birlashtirib, Arshakiylar sulolasiga asos solinadi. Arshakiylar sulolasi Tiridat, Antiox III va nihoyat Mitridat I undan keyin Mitridat II davrida kuch-qudrati yanada oshgan. Parfiya lashkari miloddan oldingi 53-yili bostirib kelgan Rim qo’shiniga qaqshatqich zarba bergan edi. Arshakiy sulolasi hukmronligida oliy hukmdor albatta, shu xonadon vakili bo’lishi shart edi. Davlat boshqaruvida ikki kengash qabila zodagonlari va kohinlar kengashlarining roli katta bo’lganini ko’rishimiz mumkin. Albatta, marhum hukmdorlarning vasiyati e’tiborga olingan. O’tgan hukmdor o’rnini o’gli yo uning ukasi yoki arshakiylar sulolasining biron-bir vakili egallashi mumkin bo’lgan. Hatto ikki kengash oliy hukmdorni tahtdan chetlatishga qodir bo’lgan.

Parfiyaliklarda xo’jalik yuritishda asosan agrar masala yetakchi o’rinda bo’lgan. Sholi, bug’doy yetishtirilgan yerlarga, uzumzorlarga yaxshi ishlov berilib, hosildan asosan vino tayyorlangan. Soliqlar asosan davlatga mahsulot sifatida, qisman pul bilan qabul qilingan. Jumladan: Niso shahriga soliq o’rnida vino yuborilgan. Parfiyada ish yuritish, xo’jalik tutishning turli sohalarida o’sha paytlarda qat’iy hisob-kitob tartibi joriy qilingan.

Parfiyada quruvchilik, me’morchilik borasida ham diqqatga sazovor ishlar ko’p edi. Shaharlar, qal’alar, muhtasham binolar barpo etishda mashhur bo’lganlar. Parfiyada yuzlab katta-kichik shaharlar bo’lgan. Ayniqsa savdo-tijorat ishi mamlakat iqtisodiyotida salmoqli o’rinda bo’lgan. Arshakiylar davrida Parfiya sharq va g’arb mamlakatlari o’rtasidagi o’ziga xos iqtisodiy savdo ko’prigi sifatida juda mashhur bo’lgan. Shunday qilib, arshakiylar Parfiyasi Turkiston doirasidan chiqib, siyosiy yuksalishda saltanat darajasiga erishgan birinchi sulola hisoblanadi. Ular yaqin sharq va janubiy Yevropa davlatlari bilan to’g’ridan-to’g’ri g’arbning o’zida munosabat yuritgan Turkistonlik ilk siyosiy kuch edi. Lekin arshakiylar mintaqani siyosiy jihatdan birlashtira olmagan edilar. Xorazm, So’g’diyona, Farg’ona, Baqtriya kabilarni bir siyosiy markaz ostida bo’ysundirish ishining uddasidan chiqolmaganlar.




Download 326,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish