Urganch davlat universiteti tarix fakulteti


O’rta Osiyo xalqlari Ashinaliylar (turk xoqonligi) hukmronligi davrida



Download 326.5 Kb.
bet2/5
Sana19.01.2017
Hajmi326.5 Kb.
1   2   3   4   5

O’rta Osiyo xalqlari Ashinaliylar (turk xoqonligi) hukmronligi davrida.

V asrning oxiri va VI asrning birinchi yarmida Oltoy va Sibirda turkiy qabilalarning ittifoqi vujudga keladi. Nihoyat bu ittifoq munosabatlari o’zaro rivojlanib Markaziy Osiyoda yangi imperiya ,,Turk xoqonligi”ga asos solinadi.(551-yil) hoqon Bumin va uning ukasi Istemi hoqonlik chegaralarini kengaytirabordilar. Turklarning g’arbga tomon yurishiga Istemi boshchilik qilib, unga ,,yabg’u hoqon” unvoni berildi. Shunday qilib turklar hukmronligi sharqiy Turkiston, Sirdaryo va Orol dengizi bo’ylarigacha cho’zilib Xorazm ham hoqonlik chegarasiga eftalitlar hududlarigacha borib yondashdi. Shuni e’tirof etish kerakki, chorvadorlarning g’arbga tomon yurishi istilo emas, balki turkiy qabilalarning sharqiy Turkistonning shimoli va O’rta Osiyoning sharqidagi ulkan dashtlik va tog’lik o’lkalarga navbatdagi ko’chib kelib o’rnashishi edi”1.

Deyarli qisqa bir tarixiy davrda VI asrning 70-80-yillarida Yeniseyning yuqori oqimidan to Amudaryo bo’ylarigacha, Manjuriyadan to Kimmeriy Bo’sforigacha cho’zilgan ulkan maydonda ko’chmanchi chorvadorlarning Buyuk Turk hoqonligi tashkil topadi. Bu ulkan saltanat Xitoy, Eron va Vizantiya kabi yirik davlatlar bilan bog’lovchi Buyuk ipak yo’li ustidan o’z nazoratini o’rnatishga harakat qiladi. Bu ittifoqni hoqon boshqargan. Hukmdorning hokimiyati urug’-aymoq udumlariga tayangan harbiy-ma’muriy boshqaruvga asoslangan. Turk hoqonligi 603-yilda ikkiga ajralgan.

VII asr birinchi choragida g’arbiy hoqonlik nihoyatda kuchaygan edi. Sharqiy chegarasi Oltoyga, janubiysi esa, hind daryosi bo’ylarigacha borib taqaladi. Hoqon oldida turkiy qag’an unvonining arabiy jaranglashidan hosil bo’lgan. Hoqonni taxtga o’tkazishda ma’lum marosimga amal qilingan. Yirik amaldorlar taxt vorisini kigizga o’tqizib, quyosh harakati asosida sharqdan g’arbga to’qqiz marta aylantirganlar. Ishtirok etuvchilar hoqonga ta’zim etishgan. Shunday qilib boshqaruv o’z davri uchun murakkab bir tizimga ega bo’lgan.



Somoniylar sulolasi davlat boshqaruvi.

Jahon tarixida ulkan iz qoldirgan davlatlardan biri bu Arab xalifaligidir. VII asrning ikkinchi yarmidan boshlab xalifalik kengaya borib, uning g’arbiy va sharqiy chegaralari kengaya bordi.

Narshaxiyning yozishicha, ,,673-yil kuzida Arab qo’shinlari Amudaryodan kechib o’tib, Buhoro shahri va boshqa viloyatlarni istilo qila boshladi. Keyingi yurishlari Qutayba ibn Muslim boshchilik qildi.”1 Shunday qilib VIII asrda o’rta Osiyo ham arablar iskanjasiga tushib qolgandi. Lekin tezda arablar istilo qilgan yerlarda axolining mustaqillik uchun kurashi boshlangan edi. Dastlab Xuroson va keyinchalik Movaraunnaxr o’z mustaqilligiga erishdi. Arablardan mustaqil bo’lgan bu davlatga samoniylar sulolasi asos soldi. Buxoro shaxri samoniylar davlatining poytaxti edi. Shunday qilib, buxoro sharqda islom dinining eng nufuzli markazlaridan biriga aylandi.

,,Ismoil Samoniy o’zbek davlatchilig tarixidagi 1600 yildan ortiq tajriba va an’analarni uddabironlik bilan davom ettira bilgan davlat arbobi xisoblanadi”2. U avvalo, mamlakat siyosiy birligini ta’minlash ishiga bel bog’lab Farg’ona, Sayram, Shosh, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Chag’oniyon, Xuttalon, Kesh, Xuroson, Seyiston, G’azna kabi qator viloyatlarni o’z hukmi ostida birlashtirdi. Demak hukmdor sifatida Ismoil Somoniy davlatchilik asoslarini qaytadan tiklashga muvaffaq bo’lgan. Keyinchalik esa, markaziy davlat boshqaruvini joriy eta olgan edi. Bu tizim asosini oliy hukmdor dargohi (saroyi) va devonlar (vazirliklar) majmui tashkil qilgan. Oliy hukmdor Amir unvoniga ega bo’lgan. Oliy hukumdorning ijrosi horis amiriga yuklatilgan. Dargoh havfsizligini amalga oshirish xizmatini bosh hojib va uning hodimlari olib borgan. Dargohda dasturxonchi, eshikog’asi, sharbatdor kabi xizmatlar ham bo’lgan. Har bir devonga idoralar qurib berishgan. Devonlar soni 10 ta bo’lgan. Har biri uchun alohida binolar qurilgan. Jumladan: bosh vazir devoni, moliya ishlari devoni, davlat rasmiy hujjatlarini ishlab chiqish devoni, soqchilar boshlig’i devoni, xat-xabarlar mutasaddisi devoni, saroy ish boshqaruvchisi devoni, muhtasib devoni, vaqflar devoni bilan qozilik ishlari devonidan iborat bo’lgan. Viloyat boshlig’i hokim, shahar boshlig’i esa, rais deb atalgan. Hokimni oliy hukmdor, raisni hokim tayinlangan. Davlat ishiga davlat tilini yaxshi biladigan, huquq me’yorlarini to’liq bilish, tarix, adabiyotni bilishi zarur edi. Shunday qilib davlatchilikning o’sha zamon uchun eng yuqori nuqtasi bu samoniylar davlatchiligi edi. Shu boisdan ham allomallarimiz davlatchilikning mag’zini anglab ,, Davlatning vazifasi insonlarni baxt-saodatga eltishdir” deb yozgan edi. Oddiygina qilib insonni deyilyapti, uning na mazhabi, na millati, yo boshqa tomoni ajratilayotgani yo’q. Demak hali O’rta asrlardayoq, somoniylar sulolasi hukmronligi zamonida mamlakatimizning davlatchilik tarixida buyuk maqsadlar qo’yishib, davlat shu maqsadlarga o’z faoliyatini qarata olgan. Xullas yurtimizda somoniylar hukmronlik qilgan asrlar jo’shqin voqealarga boy, namunali va saboqli davrdir.

,,Somoniylar davrida harbiy qo’shin ikki toifaga bo’lingan: doimiy ravishda faoliyat ko’rsatuvchi saralangan qismlar gvardiya va zarur hollarda viloyatlardan yig’iladigan qismlar. Saralangan qismlardagi xizmat kamida sakkiz bosqichdan iborat bo’lib, oddiy piyoda askarlikdan visoqboshi, ya’ni to’rt kishidan iborat guruhga boshliq darajasigacha bo’lgan yo’lni bosib o’tishga to’g’ri kelgan. Keyin u aylboshi (kichik qo’shin boshlig’i) maqomini egallashi mumkin bo’lgan. Bu darajaga tegishli tartib-intizom, talablar doirasida xizmat qilingandagina erishish mumkin edi”1. Ko’rdikki somoniylar davrida davlat boshqaruvi va harbiy xizmatning o’z davri uchun murakkab va salohiyatli tizimi tashkil etilgan. Mazkur masalaga katta e’tibor bilan qarab kelinganini shundan ham bilsa bo’ladiki, xazinadagi umumiy yillik daromad 45million dirhamni tashkil etgan holda shundan 20 million dirham davlat boshqaruvi va lashkarga sarf etilgan. Albatta, o’shanda ham poraxo’rlik, mansabni suiste’mol qilish kabi illatlar uchrab turgan. Ammo davlat tizimida va lashkarga ketgan sarf-xarajatlar o’zini oqlagan. Masalan, lashkar mamlakatning ichki va tashqi xavfsizligini ta’minlagan. Davlat idoralari esa, manba tili bilan aytganda, kanallar, yer osti ariqlari (koriz) qazish, ko’priklar qurish, shahar qishloqlar obodonchiligi, dehqonchilik borasida g’amxo’rlik qilish, karvon yo’llari xavfsizligini ta’minlash, karvonsaroylar, turli maqsadlar uchun mo’ljallangan binolar, bozorlar, yangi shaharlar bunyod etish kabi katta va serxarajat, ko’pchilik bilan bitadigan tadbirlarga bosh-qosh bo’lib ketgan. Shuning uchun ham bu davrda dehqonchilik, hunarmandchilikning ko’plab sohalari gurkirab rivojlanib, farovonlik hukm surgan.

O’tgan asrlarda bo’lgani kabi Farg’ona, Qashqadaryo, Zarafshon vodiylari, Shosh, Xorazm, Xuroson viloyatlarida dehqonchilik ishlari yuksak darajada amalga oshirib borilib, bug’doy, arpa, sholi, paxta, tariq, zig’ir, kunjut, kanop, no’xat, mosh, yosmiq, beda kabi qator ekinlar yetishtirilgan. Hosildorlik shu darajada bo’lganki, bir siqim don ekib, yuz siqim, hatto undan ham ko’p hosil olingan.

Bog’dorchilik, xususan, uzumchilik va polizchilik sohalarida ham yutuqlar shu kabi edi. Uzumning o’nlab navlari, mevalardan olma, shaftoli, o’rik, nok, anjir, behi, olcha, olxo’ri, anor, bodom, yong’oq, poliz ekinlaridan qovoq, qovun, sabzavotdan bodring, baqlajon, sabzi, piyoz kabilar yetishtirilgan. Xullas, bu boradagi mirishkorlik shu darajada bo’lganki, chet ellardan kelganlar yerning unumdorligi, hosilning yuqoriligi, hamma yerning ko’m-ko’k, ya’ni obod bo’lib turushini ko’rib hayratga tushganlar.

Hunarmandchilikning ahvoliga nazar tashlansa, shu narsa ma’lum bo’ladiki, paxta, ipak, jundan turli xil matolar, tayyor kiyimlar tayyorlanib, o’lka va yon-atrof ahlining talabi qondirilib kelingan. Qog’oz ishlab chiqarishda mamlakatimiz o’rta va yaqin sharqda, Yevropa mamlakatlari orasida birinchilikda turib, ularni bu noyob mahsulot bilan ta’minlab kelganini alohida ta’kidlash lozim. ,,Samarqand qog’ozi kabi qog’ozni , -deb yozgan edi X asr tarixchisi Istaxriy, -dunyoning hech bir yerida uchratmaysiz. Shuningdek shishasozlik (rang-barang shisha idishlar) bezaklar, deraza uchun oyna ishlab chiqarish, kulolchilik (ayniqsa, sopol idish, buyumlarni sirlash) borasida katta tajribaga ega bo’lingan. Ko’nchilik, gilam to’qish, misgarlik, qurolsozlik, temirchilik, kunjut, chigit, zig’ir, kanopdan may olish kabi o’nlab sohalar faoliyat ko’rsatib, jamiyat hayotini yaxshilashda muhim o’rin tutgan.

Somoniylar davrida konchilikka ham katta e’tibor berilgani ma’lum. Ayniqsa, Farg’ona vodiysida bu borada katta ko’lamdagi ishlar amalgam oshirilib, Axsikat, Navqotda oltin, kumush, yuqori Nisoda toshpaxta (astbest), qatron, kumush, oltin, feruza, temir, mis, qo’rg’oshin, Isfara tog’larida toshko’mir, qora, qizil ranglardagi talk slyuda, So’x yaqinida simob, O’zgandda novshadil konlari ishlab turgan. Shuningdek Farg’onada bu vaqtda tuz, neft kabi qimmatli xom ashyolar ham qazib olingan. Tuz konlari Iloqda Ohangaron vodiysi mavjud edi. Ammo bu yerda asosan kumush, qo’rg’oshin qazib olishga zo’r berishgan. Bundan tashqari mazkur vodiy tog’larida gilvata o’tga chidamli oq loy (kaolin), achchiqtosh, feruza, ofit (serpantin) ametist kabi qazilma boyliklari ham bo’lgan. Temir, oltin, mush, kumush, novshadil kuporos, aqiqning yo’l-yo’l turi, tuz konlari Ustrushonada (Shosh, Farg’ona, Chag’aniyon, Samarqand viloyatlari bilan o’ralgan makon) ham ishlab turgan.

Mintaqaning boshqa yerlarida (Xuroson, Badaxshon) ham yoqut, zaharmurda, oltin, kumush, la’l, tuz, toshpaxta, feruza, marmar, oltingugurt, margumush, agat konlari mavjud edi. Arxeologik qazishlar shuni ko’rsatadiki, konchilik texnalogiyasi o’z davri uchun yuqori darajada bo’lgan.

Shunday qilib, somoniylar davri tariximizda o’ziga xos o’rin tutib, bu davrda savdo-iqtisod rivojlanishi mamlakat taraqqiyotini ko’rsatuvchi omildir. Bu davrda savdoda oltin tangalar, ismoiliy, muhammadiy, g’itrifiy, musayyabiy, xorazmiy dirhamlari muomalada bo’lgan. Savdo gurkirab o’sganligi holatlari quyidagicha ta’riflanadi ,,Movaraunnahrning eng asosiy bozori, savdogarlar oqib keladigan joyi bu Samarqanddir. Movaraunnahrda ishlab chiqariladigan aksar mahsulotlar avval Samarqandga olib kelinadi”. Xuddi shunday ta’rifni Buxoro, Poykent, Binkat, Xo’jand, Termiz, Urganch shaharlariga nisbatan ham qo’llasa bo’ladi. Shunday qilib, hukmron sulola bo’lmish Somoniylar hukmronligi davrida mamlakat taraqqiyotida olamshumul ahamiyatga molik ishlarga erishildi. Somoniylar davri iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti ilm-fan rivojini ta’minladi. Bu asrlarda (IX-X) mamlakat obro’sini yer yuziga yoygan ilm-ahillari orasida Al-Xorazmiy,matematik va geograf olim Ahmad Farg’oniy, Farobiylar o’zlarining yaratgan ilmiy asarlari bilan o’rta asr ilmini osmonu-falakka ko’tardilar. Ularning soni o’nlab, hatto yuzlabdir, desak mubolag’a bo’lmaydi. Birgina Muhammad ibn Muso Xorazmiyni o’zi butun olamga tatiydi. U arab xalifaligi hamda Yevropani hind hosobiga o’rgatdi. Ya’ni ularga noma’lum 1dan 9 gacha bo’lgan raqam shakllari orqali qo’shish, ayirish, ko’paytirish, bo’lishning eng maqbul va ilg’or yo’llarini ko’rsatib, sharhlab berdi. Bungacha Yevropaliklar Rim raqamlari bilan tanish edilar xalos.

Yo bo’lmasa olimning ,,Al-jabr-al-muqobala hisobi haqida kitob” asari matematik algebra (aljabrning lotincha jaranglashi) sohasiga asos soldi. XIV asrdan boshlab algebra Yevropada yoyila boshlaydi.

Har qanday regulyar hisoblash jarayonini anglatadigan matematik tushuncha algoritm ham bizning ajdodimiz nomi bilan bog’liq, ham to’g’ri, ham ko’chma ma’noda (al Xorazmiy-algorizm, algoritm). Buyuk astronom , matematik va geograf Ahmad Farg’oniy Hosib ya’ni hisobdon, matematik laqabi bilan mashhur bu ajdodimiz ovropaliklar nazdida Alfraganus nomida e’tiborlidir. Uning o’z vaqtida yerning dumaloqligini isbotlashda keltirgan dalillari hozir ham o’z qadrini yo’qotmaganligini o’ziyoq o’zbek ilmining kishilik madaniy taraqqiyotiga qo’shgan salmoqli o’rnini belgilab beradi. Yana bir mashhur va kishilikni oyoqqa turgazishida ko’p mehnati singan ajdodimiz Farobiy haqida ham uzoq so’zlash mumkin. Uning ,,ikkinchi muallim” laqabi bo’lib, ,,Birinchi muallim” sharqda Aristotel tushuniladi.

Farobiy diqqatini tortgan fan va madaniyat sohalariga bir nazar tashlasak: falsafa, mantiq, matematika, geometriya, astronomiya, fizika, optika, kimyo, tibbiyot, biologiya, musiqa, tilshunoslik, she’riyat, notiqlik, hattotlik, siyosatshunoslik, huquqshunoslik, axloqni ko’rishimiz mumkin. Bu sohalarda u zot amalgam oshirgan ishlar sanog’ining o’zi bir kenglikni talab qiladi. Siyosatshunoslik bobida ham qalam tebratgan mutafakkir ming yil burunoq davlatchilikning mag’zini anglab, ,,Davlatning vazifasi insonlarni baxt-saodatga eltishdir”-deb yozgan edi. Bunda oddiygina qilib insonni deyilyapti, uning na mazhabi, na millati, yo boshqa tomoni ajratilayotgani yo’q. Davlatning jamiyat hayotidagi ma’suliyati va shunga yarasha boshqarish huquqi ishora bo’lyapti”1.

X asr ikkinchi yarmida mamlakatimizda yana ikki buyuk zot o’tgan. Ular: Ibn Sino va Abu Rayhon Beruniylardir. Bu olimlar faoliyati tufayli o’rta asr fani yana bir bosqich yuqoriga ko’tarilgandi. Xullas, yurtimizda somoniylar sulolasi hukmronlik qilgan davrda jo’shqin, qizg’in voqealarga boy, namunali va saboqli davr bo’ldi. Eng muhimi bu davrda mamlakatimizning, xalqimizning tarixiy, madaniy taraqqiyotidagi an’ana va tajribalarimizning naqadar mustahkam poydevorga ega ekanligi namoyon bo’ldi. Zero yuqorida aytilganidek, tushkunlik, qaramlik davrini boshdan kechirgan jamiyat yana yuksaklikka ko’tarila oldi.

Qoraxoniylar davlati. Qoraxoniylar davlati Yettisuv hududida Qarluq (759-940) davlati o’rnida tashkil topdi. Sotuq Bug’roxon (915-955) 942-yili Balosog’un hokimini mag’lub etib o’zini xon deb ataydi. Qoraxoniylar somoniylar davlatidagi milliy nizolardan ustalik bilan foydalandilar. Shunday qilib somoniylar qo’l ostidagi yerlarni qo’lga kiritdilar. Somoniylar hududida ikki ulkan davlat tashkil topdi. G’azna shahridagi somoniylar noibi Sabuqtegin o’lgach uning o’g’li Mahmud G’azna hokimi bo’lgan. Amudaryoni ikkisi o’rtasidagi chegara qilindi. Shunday qilib Amudaryoning so’l tomonida shimoliy Hindiston yerlaridan Kaspiyning janubiy qirg’oqlarigacha yerlar hozirgi Afg’oniston, shimoli-sharqiy Eronni o’z ichiga olgan G’aznaviylar davlati bo’lsa, ikkinchisi Qoshg’ardan Amudaryogacha cho’zilgan sharqiy Turkistonning bir qismini Yettisuv, Shosh, Farg’ona hududlarini o’z ichiga olgan edi. Qoraxoniylar davrida markaziy boshqaruv tizimi ikki idora: dargoh va devonlardan iborat bo’lgan. Oliy hukmdor viloyat va shaharlarga hukmdor sulola namoyondalarini tayinlagan. Viloyat hukmdorlari ilig unvoniga ega edi.

Qoraxoniylar davrida markaziy (dargoh) boshqaruv tizimiga e’tibor berilgan. Saroy ishlari boshqaruvchisi mehmonlarni qabul qilish hizmati boshlig’i ,,Biruq” deb atalib, xazinachi, oshxona mutasaddisi, sharbatdor, yotoq, kiyim-kechak bilan ta’minlovchi xizmat, ov uyushtirish xizmati (qushchi) kabi har birining o’z o’rni bo’lgan.

Qoraxoniylardan Ibrohim Tamg’achxon islomning ashaddiy tarafdorlaridan bo’lganligi haqida ma’lumotlar bor. Demak Qoraxoniylar o’z qonuniy ishlarida islom tartiblariga qattiq rioya etganlar.

Ga’znaviylar davlati boshqaruvida ham dargoh va devonlar turgan. Hukmdorlar amir unvonida bo’lishgan. Lekin hojiblik unvoni diqqatga sazovor. Jumladan: ulug’ hojib, saroy hojibi, navbatdagi hojib, hojib-jomador kabi unvonlar mavjud edi. Demak hojiblik go’yo bir tabaqa sifatida namoyon bo’ladi. O’z davri uchun hojiblik ritsarlik tushunchasiga yaqin bo’lishi mumkin”1. Devonlar esa ijroya idorasi bo’lganligi ma’lum. Vazir devoni, harbiy ishlar devoni, diplomatik, hisob-kitob, pochta habar devoni faoliyat ko’rsatganligi manbalarda ma’lum.

G’aznaviylarning mamlakat ravnaqi haqida so’z ketsa XI asr fan va madaniyati olamshumul yutuqlarga erishganligini ko’rsatish mumkin. Beruniy, Firdavsiy, Gardiziy, Bayhaqiy, Nosir Husrav va ibn Sino kabi olimlar yetishganligi g’aznaviylar hukmronligi davrining natijasi edi.
Xorazmshoh Anushtaginlar davlati. Xorazm davlati o’z mustaqilligiga G’aznaviylar va saljuqiylar hukmronligiga qarshi kurashi jarayonida erishdi. ,,996-yilda shimoliy Xorazm shohi Ma’mun ibn Muhammad (995-997) ikki qismga bo’linib ketgan o’lkani birlashtirib xorazmshoh unvonini oladi”1 va Urganchni o’z poytaxtiga aylantiradi. Shuni ta’kidlash joizki, Xorazmda XI-XIII asr boshida kechgan siyosiy va uning mintaqaga ta’siri katta qiziqish uyg’otadi. Anushtaginlar sulolasining boshlovchisi Anushtagin (vafoti 1097) hisoblanadi. Anushtaginlar sulolasining keyingi hukmdorlari Otsiz, Alouddin Takash so’ngra Alouddin Muhammad davrida Ozarbayjon, Eron, Xurosondan Hindistongacha yerlar Xorazmshohlar izmiga tushgan edi. Shunday qilib Chingizxon bosqini arafasida Xorazmshohlar sulolasi dunyoning eng qudratli siyosiy kuchlaridan biriga aylangandi. Orol dengizidan Hind okeanigacha, Iroqdan sharqiy Turkistongacha bo’lgan ulkan hudud taqdiri Xorazmda hal bo’lardi”2.

Anushtagin Xorazmshohlar davrida davlat boshqaruvi ikki nizomdan iborat bo’lib, u dargoh va devonlar majmuidan iborat edi. Hojiblik hizmati xorazmshohlar davrida ham saqlangan. Hojiblarga muhim vazifalar topshirilgan. Xo’jalik xizmati ustozdorga yuklatilgan. U dargohning barcha masalalari bilan shug’ullangan. Bosh xazina mablag’laridan nonvoyxona, oshxona, otxona va saroy xizmatchilarining xarajatlarini qoplagan. Uzetozlar bu kishilardan tilxat olgan. Amiri oxur mansabi ham ma’suliyatli hisoblanib, uncha-muncha kishi bu lavozimga tayinlanmasdi. Podshohning ov ishini amiri shikor uyushtirgan. Saroydagi muhim xizmatlardan yana biri toshtordir. U yuvinish anjomlarini saqlovchi ma’nosini bersada, bu mansabdagi kishi sultonning eng yaqin odamiga aylangan. Shunday qilib Anushtagin Xorazmshohlar o’z xalqini dunyoga olqishlash yo’lida sa’y-harakat qilib kelganlar. Va shu boisdan tarixga buyuk Xorazmshohlar nomi ila kirib kelgan.

Bu davrda davlat boshqaruvi ikki tizimdan: dargoh va devonlar majlisidan iborat bo’lgan. Dargohda hojib, ulug’ hojib tutgan mavqesi haqida aytilgandi. Hojiblik xizmati Xorazmshohlar davrida ham o’z ahamiyatini saqlab qoldi. Ulug’ hojib hukmdorning g’oyatda muhim vazifalar, masalan, maxsus muzokaralar olib borish va hatto, vazirlar faoliyatini taftish etish kabilar topshirilgan. Shuningdek hojib lavozimidagi amaldorga butun bir viloyat noibligi topshirilgan”1.

Amiri oxur mansabi ham ma’suliyatli hisoblanib, uncha muncha kishi bu lavozimga tayinlanmagan. Chunki uning bo’yniga sultonga tegishli otlar parvarishi yuklatilgan. Otlarning soni esa, 30 mingtagacha bo’lgani ma’lum.

Podshohga ovlarni o’rniga qo’yish tadbirlarini amiri shikor nazorat qilgan. Saroydagi muhim xizmatlardan yana biri bu toshtdordir. Garchi toshdor yuvinish anjomlarini saqlovchi ma’nosini bersa-da, ammo aslida bu mansabni egallagan kishi sultonning eng yaqin kishilaridan biriga aylangan. Hukmdor unga o’zining eng maxfiy filrlarini ham izhor qilishi mumkin edi.

Yana bir muhim lavozim bu qissadordir. U hafta davomida sultonga tushgan arzlar, shikoyatlarni yig’ib, juma kuni kechasi hukmdorga topshirardi. Keyin esa har bir arzchi shikoyatiga tegishli javobini berardi. Bu mansabga ham har kim tayinlana berilmasdi. Zero, hukmdor bilan oddiy xalq o’rtasida aloqa bog’lab, raiyyat ahvoli va zoridan xabardor qilib turish sababli ishini hamma ham halol bajara olmasligi tabiiy. Dargohda shuningdek, chashnigir-sultonga beriladigan ovqat, ichimliklarni tekshirib ko’ruvchi, jomador, sultonning kotibi (davatdor), sharobdor, farrosh, bayroqdor (amiri alam), xos xizmatkorlar boshlig’i (maliki xavas) kabi xizmat va vazifalar bo’lgan. Ijroiya ishlarini devonlar (vazirliklar) olib borib, bu tizim tepasida vazir (bosh vazir) turgan. Vazir ham hukmdorning eng yaqin kishilaridan, birinchi maslahatchisi sifatida gavdalanadi. O’z faoliyatida u faqat sulton oldidagina javobgar bo’lgan. Rasmiy tadbirlar turli maqsaddagi muzokaralarda hukmdor nomidan ish tutgan. Unga barcha amaldorlar, noiblar, harbiylar bo’ysungan. Ishdan olish, ishga tayinlash, maosh, nafaqa tayinlash, xazina va soliq tizimini nazorat etish, mahalliy vazirlar hisobotini olish kabi qator vazifalar uning vakolatida bo’lgan.

Devonlarga kelsak, ularning faoliyati saljuqiylar zamonidagi tizimdan deyarli farqlanmagan. Insho yoki tug’ro devoni rasmiy hujjatlar, yozishmalarni tuzish bilan shug’ullangan.

Moliya ishlari bilan istifo devoni, davlat nazorati tadbirlari bilan ishrof devoni, harbiy masalalar, chunonchi qo’shinni qurol-aslaha bilan ta’minlash, qo’shin qismlari shaxsiy tartibini nazorat qilish, harbiylarga ajratilgan yer-suv nazorati, harbiy ko’riklar o’tkazish kabilarni nazorat qiluvchi devon devoni xos deyilgan. Haqiqatan ham bu mahsus devon hisoblanib, hukmdor sulolaga tegishli yer-suv, mol-mulk, sulton mamluklariga maosh berish vazifalari bilan bog’liq bo’lgan. Ikki og’iz so’z Xorazmshohlar qo’shini haqida: Xorazmshohlar o’z davrini eng qudratli lashkariga ega bo’lganlar. Yuqorida zikr etilgan qoraxitoylarga qarshi harbiy yurishda Sulton Muhammad ixtiyorida 600 ming otliq askar bo’lgan. Huddi shunday kuch Bag’dod yurishiga tashlangan. Mog’ullar bosqini arafasida esa, Xorazmshohlar taxminan 600 ming otliqni o’z qo’l ostida birlashtirish imkoniga ega edilar.

Oliy hukmdorning maxsus shaxsiy gvardiyasi haros ham bo’lib, ular faqat mamluklardan iborat bo’lgan. Sulton Muhammadning shaxsiy gvardiyasi 10000 kishini tashkil qilgan. Shuningdek, harbiy nazoratchi, sipohsolar, sohibi jaysh (viloyat qo’shini boshlig’i), amir ul-umaro, malik (10000 qo’shin boshlig’i), chovush (chopar), josus (razvedkachi) askar qozisi kabi xizmat va vazifalar bo’lgan.

Ulkan mintaqadagi siyosiy yaxlitlik va barqarorlikka erishilishi, tabiiy ravishda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda ijobiy o’zgarishlar hosil bo’lishiga sabab bo’lishi aniq edi. Mamlakatda sun’iy sug’orishga katta e’tibor berilgan. Natijada dehqonchilikning rivojlanishida uzilish bo’lmagan. Ilgarigi ma’lum bo’lmagan mahsulot turlarining barchasi yetishtirilgan. Shaharlarda hayot qaynab, savdo-sotiq, hunarmandchilik rivojlangan. Mamlakatda ishlab chiqarilgan turli xildagi gazlamalar, zargarlik buyumlari, kiyim-kechaklar, gilam, poyondoz, teri, jun, yog’-moy, sovun, qurol-aslaha, egar-jabduqlar va meva, quruq meva, ipakliklar, javohirlar va boshqa ko’plab mahsulotlar ham ichki bozorda, ham tashqi bozorda xaridorgir edi. Albatta, bunda tegishli davlat idoralarining hissasi ham katta bo’lgan. Chunonchi, doim bo’lganidek, muxtasiblar bozorlardagi narx-navo, mahsulotlarning sifati, toshu tarozuning ahvolidan xabardor bo’lishni to’xtatmaganlar. Karvon yo’llarida to’xtash joylari, suv omborlari, havzalari qurilgan yo borlari tamirlangan. Katta karvonlarni qo’riqlab borishga hatto sultonning shaxsiy pahlavonlari ham jalb etilgan.

Xorazmshohlar davri fan va madaniyat ravnaqi a’lo darajada edi. Yurtimiz an’anaviy ravishda fan va madaniyat beshigi bo’lib kelarkan, gap faqat u yoki bu davrda iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyot ahvoli va davlat arboblarining nechog’lik ilm-ma’rifatli ekanligi, qolgan barcha xorazmshohlarning barchasi chuqur bilim egasi edilar. Xorazmshoh Otsiz qasidalar, ruboiylar yozgan, san’at va ilmga katta ixlos bilan qaragan. Takash, El-Arslon, Sulton Muhammad va boshqa xorazmshohlar keng bilimli she’r va san’atni qadrlovchi bo’lganlar, nazmda ijod qilganlar. Xorazmshoh Ma’mun II (1010-1017) fan va madaniyatga homiylikda o’rta asrlardagi eng dongdor hukmdorlardan sanalib, poytaxt Urganchda o’z davrining akademiyasiga asos soldi. Bu maskanda yaratilgan shart-sharoitlardan Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Abu Saxl Masixiy, Abdulxayr Hammor Nasr Iroq, Ibn Miskavayx kabi buyuk daholar bahramand bo’lib, o’z ijodlarini charxlagan edilar. Kezi kelganda shuni ham qayd etib o’tish kerakki, Xivaning 2500 yilligi tantana qilingan 1997-yilda O’zbekiston prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov farmoni bilan Xorazmda Ma’mun Akademiyasi qaytadan tiklandi. Demak, ,,oradan ming yil o’tib tarixiy adolat qaror topdi va bu hol shubhasiz o’zbek davlatchiligi tarixini tiklashda katta ahamiyat kasb etadi”1.



Download 326.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik