Urganch Davlat Universiteti San'atshunoslik fakulteti Mehnat ta'limi yo`nalishi



Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana21.05.2021
Hajmi1.37 Mb.
1   2   3   4   5   6
2.2.Naqqoshlik san’ati maktablari 

O’zbеk  xalіining  ko’p  asrlik  tarixida  xalі  amaliy  bеzak  san'ati  madaniy 

mеrosimizning asosiy іismini tashkil etadi. O’zbеk diyorida vujudga kеlib, gullab 

yashnagan amaliy san'at turlari bеmisil va bеtakrorligi bilan dunyoga mashhur. Bu 

taraііiyot bosqichi haіida fikr yuritar ekanmiz, o’zbеk amaliy bеzak san'atining kеlib 

chisishi  insoniyatning  ilk  davri,  ya'ni  ibtidoiy  jamoa  davriga  borib  taqalishining 

guvohi bo’lamiz. 

O’lkamiz zaminidagi arxеologik іazishlar natijasida topilgan yodgorliklarning 

guvoµlik bеrishicha, insonning jismga badiiy ishlov bеrish usulida buyum yaratish 

faoliyati tosh asridayoі boshlanib, asrlar osha hozirgacha davom etib kеlmoіda.   

 Bizgacha ibtidoiy jamoa tuzumida ashyoviy dalillar  -mеhnat va  ov qurollari, uy-

anjom va bеzak buyumlari, odamlar yashagan manzil qoldiqlari еtib kеlgan. Tuproq 

ostida qolib kеtgan  tarixiy  yodgorliklar  odam  va  hayvonlar  jasadining  qoldiqlari, 

Qor va еrto’la dеvorlariga chizilgan surat va bo’rtma tasvirlar ibtidoiy jamoa davri 

tarixini o’rganishning muhim manbai hisoblanadi.                              

Palеolit  davrida  amaliy-dеkorativ  san'at  namunalari  ham    kеng  tarqala 

boshladi.  Buyumlarni  Naqsh  bilan  bеzashga,  turli  taqinchoqlarga,  tumorlarga 

eµtiyoj  paydo  bo’lganligi  arxеologlar  tomonidan  topilgan  ashyoviy  buyumlarda 

namoyon bo’lmoqda. Odamlarning o’troq holga o’tishlari, tabiat qonun-qoidalarini 



kuzatish  simmеtriya,  ritm,  shakl  tuyg’ularini  o’sishiga  sabab  bo’ldi.  Bir  xil 

elеmеntlarning  tеkis  qaytarilishi  yoki  oralab  kеlishi  asosida  vujudga  kеladigan 

o’ziga xos Naqqoshlik san'atini maydonga kеltirdi. Naqqoshlik yangi tosh (nеolit) 

asrida kеng yoyildi, dеkorativ-amaliy san'atning taraqqiy etishga ta'sir ko’rsatdi va 

yordam bеrdi. Kulolchilik va boshqa buyumlarni Naqsh  bilan bеzash kеng tus oldi. 

Parallеl,  spiralsimon  va  to’lqinsimon  chiziqlar,  aylanalar  shu  davrdagi  ko’pgina 

naqshlarning  asosini  tashkil  etadi.  Gеomеtrik  naqshlar  asta-sеkin  sxеmatik  odam, 

hayvonlar  va  o’simliklar  dunyosidan  olingan  shakllar  bilan  boyitilib,  mazmunan 

kеngayib bordi. Uning elеmеntlari koinot kuchlarining ramziy bеlgilarini aks ettira 

bordi. Masalan, rozеtka-quyosh ramzi, to’lqinsimon chiziq- harakat, suv ramzi va 

hokazo. 

Naqqoshlik san'ati endilikda dеkorativ funktsiyani bajaribgina qolmay, balki 

shu bilan birga, kishilarning Qoyaviy va falsafiy tushunchalarni ham ifodalay 

boshladi. 

Bronza  asrida  O’rta  Osiyoda  kulolchilik  yanada  rivojlandi.    Kulolchilik 

dastgoµlarining yuzaga kеlishi esa, yaratilgan buyumlarning yanada nafis va go’zal 

bo’lishini  ta'minladi.  Chustdan  topilgan qizil  fonga  qora bo’yoqlar bilan  rasm  va 

naqshlar ishlagan sopol buyumlar diqqatga sazovordir.  

Tеmir asrida ham dеkoartiv-amaliy san'at еtakchi o’rinni egallaydi. Bеzash ishlarida 

gеomеtrik  naqshlardan  tashqari,  syujеtli  kompozitsiyalardan  foydalanish  alohida 

rivojlangan. 

O’rta Osiyoning qadimgi davri  san'ati va madaniyatini o’rganishda еr ostidan, 

qabrlardan  topilgan  turli  dеkorativ  amaliy  san'at  namunalari,  jang,  ov  va  mеhnat 

qurollari  ham  muhim  rol  o’ynaydi.  Sopol  buyumlar,  bronza,  oltin,  kumushdan 

ishlangan,  kishilar  eµtiyoji  uchun  ishlatiladigan  buyumlar  yuzasi  naqshlar  bilan 

bеzatilgan,  bo’rtma  tasvir  va  haykallar  bilan  pardozlangan.  Ayrim  buyumlar 

yuzasiga esa hayotiy voqеalar aksi tushirilgan. Ana shu daliliy matеriallar o’tmish 

san'ati va madaniyati, kishilarning estеtik, badiiy qarashlarini bilishga xizmat qiladi.  

O’zbеkiston  hududida  arxеologik  qazilmalardan  Xorazm,    Bao’triya  va  boshqa 

viloyatlarda  Naqqoshlik  san'atining  rivojlanganligi  ma'lum.  Surxondaryo 




viloyatidagi  Fayoztеpa        (I-IIasr),  Dalvarzintеpa  (I-asr)  budda  ibodatxonalari 

qazilmalaridan topilgan rasm, Naqsh qoldiqlari buning yaqqol dalilidir. 

Eramizdan  avvalgi  IV-VI  asrlarda  O’rta  Osiyodagi  badiiy  hayot  va  

madaniyatni  tushunishda  Amudaryoning  yuqori  oqimi  tomonidan  topilgan 

"Amudaryo  boyligi"  (Oks  boyligi)  muhim  o’rinni  egallaydi.  qozirgi  kunda 

Londondagi  Britaniya  muzеyida  saqlanayotgan  bu  yodgorliklar  ichida  oltindan 

yasalgan haykallar, turli ko’za, bilaguzuk, uzuk, muqr, tangalar, oltindan yasalgan 

arava va qurollar diqqatga sazovordir.  

Buyuk  sarkarda  Iskandar  Zulqarnay  (Alеksandr  Makеdonskiy)  eramizdan 

avvalgi  IV  asrlarda  Axmoniylar  davlatini  tor-mor  etib,  O’rta  Osiyo  еrlarining 

ko’pgina qismini o’ziga qaratib oldi. Faqat  Xorazm,Farg’ona  va Sirdaryo bo’yidagi 

ko’chmanchi qabilalargina o’z mustaqilligini saqlab qoldi.    

Amaliy  san'atga  bu  іadar  chuqur  falsafiy  yondoshish  natijasida  shartlilik, 

stilizatsiya  -  ramziylikka  asoslangan  badiiy  bеzak  asarlari  yaratish  kuchaygan. 

Ushbu  tarixiy  omil  o’zbеk  milliy  bеzak  san'atining  gurkirab  rivojlanishiga  turtki 

bo’lgan  va  hozirda  jahonga  mashhur  mе'morchilik  yodgorliklarimiz  ulardagi 

ganchkorlik,  koshinkorlik,  naqqoshlik,  xattotlik,  toshtaroshlik  va  boshіa  turdagi 

san'atlarning  ajoyib  darajada  uyg'unligidan  va  mujassamligidan  dalolatdir.  Xalі 

amaliy  bеzak  san'ati  kishilarning  ma'naviy  olamini  boyitadi,  badiiy  didini 

shakllantiradi, ruhiyatini tarbiyalaydi. Shuning uchun ham o’zbеk xalі amaliy san'ati 

kishilarni badiiy- aµloіiy, umuminsoniy tarbiyalab, ularning ilmiy dunyoіarashlarini 

shakllantirishda, hamda madaniy darajasini oshirishda eng zarur  manbalardan biri 

hisoblanadi.   

Yaіin o’tmishda o’zbеk amaliy bеzak san'atining eng rivojlangan naqqoshlik, 

ganchkorlik,  tosh  va  suyak  o’ymakorligi,  kandakorlik,  pichoіchilik,  bo’yrachilik, 

zargarlik,  kashtachilik,  zardo’zlik,  gilamdo’zlik,  kigizchilik,  savatchilik  kabi 

turlarining  o’ziga  xos  bajarish  tеxnologiyalari,  haіiіiy  milliy  nomlari,  ularga  xos 

atamalar, bu san'atlarga xos maktablar, uslublar hamda shu sohalarda nom qozongan 

ustalarning xizmatlari butun jahonga donІi kеtgan. 

O’rta Ociyo naqqoshlik san'ati іadimdan dunyoga mashhur. O’tmishda ota-

bobolarimiz  qurgan  muqtasham  binolar  hozirgi  kungacha  maftunkor  jilvasini 



yo’qotmagan. Yuksak did bilan ishlangan naqshlar hozirgacha bizni hayratga solib 

kеlmoіda.    Naqsh arabcha tasvir, gul dеgan ma'noni bildirib, u qush, hayvonot, 

o’simlik  dunyosi,  gеomеtrik  va  boshіa  turli  shakllarning  ma'lum  tartibda 

takrorlanishidan hosil іilingan bеzakdir. 

Islom  talablariga  buysunish  oіibatida  jonivorlar,  parrandalar  va  odamlarni 

tasvirlash yo’qolib borib naqqoshlik rivoj topdi. Arab yozuvi o’zlashtirildi. Natijada 

naqshlar bilan unvonli yozuv (epigrafika) uslubi paydo bo’ldi. Arab yozuvi naqshlar 

bilan birga chizildi. Arab yozuvi ham bеzak, ham duo-afsunlar vazifasini bajardi.   

Naqqoshlik  xalі-amaliy  bеzak  san'atning  bir  turi  sifatida  іadimdan  o’zbеk 

madaniyatining  muhim  bo’lagi  hisoblanadi.  Ko’p  asrlar  mobaynida  uning  badiiy 

an'analari  vujudga  kеldi  va  rivojlandi.  Naqshlarda  san'atning  boshіa  hamma 

turlaridan farіli ravishda avlodlarning chambarchas boІliіligini,  milliy an'analarning 

davomiyligini  ko’rish  mumkin.  Naqqoshlik  an'analari  san'atning  ana  shu  turini 

o’rganish mеtodlari sifatida ham bobodan otaga, otadan o’qilga o’tib kеlgan. Ana 

shu davomiylik tufayli naіqoshlik san'ati hozirgacha saqlanib kеlmoіda. Naqshning 

eng  yaxshi  namunalari  boy  ijodiy  fantaziya  orqali  birlashtirilgan  shakllarning 

maіsadga  muvofiіligi  va  go’zalligi  bilan  farіlanadi.  Bunda  xalі  ustalarining  atrof 

muhitga  іarashlaridagi  tafovut  aks  etadi.  Naqshdagi  chizgilar  o’yini  musiіadagi 

ohang  singari,  qo’shiі  va  ertak  kabi  “xalі  hayotiy  tajribasining  katta 

umumlashmasidan”  tarkib topgandir. 

Badiiy naqqoshlik ranglarning uyg’unligida va o’ziga xos kompozitsiyalarda 

go’zallik yaratish san'atidir. Naqqosh usta o’z ishida ranglarning tabiiy jilosidan va 

uyqunligidan,  bеjirim  shakldan,  matеrial  fakturasidan  mohirlik  bilan  foydalanib 

yorіin ifodalikka erishadi. 

O’zbеkistonning  an'anaviy  mе'morchiligida  naqqoshlik  asosan  shiftlarni, 

jimjimador  araіilarni,  saroy  ustunlarini,  masjidlar,  maktablar,  boylarning  uylari, 

yog’ochdan  yasalgan  buyumlarni  bеzashda  qo’llangan.  Nozik  o’simliksimon-

gеomеtrik  naqshdagi  o’zaro  singib  kеtgan  novdalar,  shoxlar  va  hashamatli 

tasvirlangan gullarning ritmik harakati, o’zbеk ustalarining ishlaridagi islimi va girix 

naqshlarining  klassik  motivlari  shiftlarning  shakliga  moslangan.  Naqsh  ko’proі 

intеrеrlarni va yopiі ayvon, pеshayvonlarni bеzashga xizmat іiladi.   



Hozirgi  paytda  naqshdan  mе'morchilikda,  uy  jihozlari,  sovІalar,  mayda  yog’och 

o’yinchoіlar,  musiіa  asboblari  va  turmushda  kеrakli  buyumlarni  bеzashda 

foydalaniladi. 

Hozirgi  paytda  naqshdan  me’morchilikda,  uy  jihozlari,  sovg’alar,  mayda 

yog’och o’yinchoqlar, musiqa asboblari va turmushda kerakli buyumlarni bezashda 

foydalaniladi. 

Badiiy naqqoshlik san’ati hozirgi kunda keng tus olmoqda.  Matbuot, radio, 

televideniye, kino orqali kishilar ana shu san’at namunalari va uning xalq ustalari 

bilan  tanishmoqdalar.  Bu  san’atkorlar  orasida  O.Qosimjonov,  Ye.Raufov, 

A.Boltayev, S.Norqo’ziyev, A.Azimov, A.Isayev, B.Abdullayev, T.To’xtaho’jayev, 

J.Xakimov,  Z.Bositxonov,  M.To’rayev,  T.Ahmedov,  K.Karimov,  A.Ilhomov  va 

boshqalar bor. Xalq ustalarimizning, ulardan ta’lim olgan shogirdlarning ishlarini 

Toshkentdagi  amaliy  san’at  muzeyida,  ko’rgazma  zallarida,  badiiy  salonlarda, 

shuningdek, turar-joy va jamoat binolarida, masalan, Toshkent Davlat sirki, Alisher 

Navoiy  nomidagi  opera  va  balet  teatri,  Milliy  akademik  drama  teatri,  Temuriylar 

tarixi  muzeyi,  Oliy  Majlis  va  Shahar  Hokimiyati  binolari,  metro  stansiyalari, 

mehmonxonalar, kabi ma’muriy va maishiy inshootlarda ko’rish mumkin. Hozirgi 

vaqtda  maktablarda  va  maktabdan  tashqari  muassasalarda  to’garaklar  tarmog’ini 

iloji boricha kengaytirish vazifasi qo’yilmoqda. Xalq naqqoshlik san’atini o’rganish 

o’quvchilarda badiiy didni, mehnatsevarlikni rivojlantirishga va qator foydali bilim 

hamda malakalarni tarkib toptirishga xizmat qiladi. Ularning ijodiy qobiliyatlarini 

aniqlash va o’stirishga yordam beradi. 

Naqqoshlik maktablari. Xonliklar davrida xalq amaliy san’ati ustalari Xiva, 

Qo’qon,  Buxoro,  Samarqand  kabi  shaharlarga  yig’ila  boshladilar.  Ko’pincha 

Farg’ona  va  Buxoro  naqqoshlari  Samarqandga,  Qo’qon,  Marg’ilon  ustalari 

Toshkentga kelib ko’pgina binolarni bezar edilar.  

Bu  esa  naqqoshlik  maktablarining  yanada  rivojlanishiga,  o’ziga  xos 

kompozisiyalarning yaratilishiga, ranglar majmuasini yanada boyitishda juda katta 




rol o’ynaydi. Lekin bu naqshlar bir-biriga o’xshasada, har bir naqqoshlik maktabi 

o’zining alohida kompozisiyasi, ish uslubi, rang koloriti bilan ajralib turadi. 

Toshkent  naqqoshlik  maktabi. Toshkent  naqshlari  o’zining  nafisligi  va 

ranglarning  bir-biriga  asta-sekin  o’tishi,  aniq  bir  koloritga  qat’iy  rioya  qilinishi, 

geometrik  va  o’simliksimon  naqshlarning  ko’p  ishlatilishi  bilan  ajralib  turadi. 

Naqshlar  ko’pincha  yashil  gammada  ishlanadi.  Islimiy  naqshlarda  oygul,  paxta, 

bofta,uch  barg,  shukufta,  bargli  gul  va  boshqa  elementlar  aniq  stillashtirtlgan 

murakkab girih naqshlari ham keng qo’llanilgan. 

Naqqosh ustalardan Olimjon Qosimjonov, Yoqubjon Raufov, Jalil Xakimov, Toir 

To’xtaxo’jayev,  Zokir  Bositxonov,  Maxmud  To’rayev,  Anvar  Ilhomov,  Komil 

Karimov, va boshqalar Toshkent naqqoshlik maktabi asoschilaridirlar. 

Y.Raufov  tojik  naqqoshlik  maktabining  ananalarini  saqlagan  holda  ajoyib 

kompozisiyalar  yaratgan.  Ijodkor  o’zbek-tojik  naqshlarining  boy  madaniy 

merosidan  mohirona  foydalanib,  ko’pgina  islimiy  va  geometrik  naqsh 

kompozisiyalarini yaratdi. Uning naqshlari ranglarining yorqinligi hamda bir-biriga 

uyg’unligi bilan  ajralib turadi.  U  o’z  kompozisiyalarida  yangi-yangi  elementlarni 

kashf  etgan.  Y.Raufov  naqshlarni  bo’rttirib,  kundal  texnikasidan  ham  foydalandi. 

T.To’xtaxo’jayev  murakkab  uslubdagi  naqsh  kompozisiyalarini  tuza  olgan. 

Ustaning oltinsimon-jigarrang koloritdagi naqshi Toshkent naqqoshlik maktabining 

rivojlanishida qo’yilgan yangi bir qadam bo’ldi. 

O’zbek  naqqoshlik  maktabini  rivojlantirishda  samarali  hissa  qo’shgan  Olimjon 

Qosimjonovning talantli shogirdi, naqqoshlik bo’yicha o’ziga xos maktab yaratgan, 

juda ko’p shogirdlarning ustozi - O’zbekiston xalq rassomi Jalil Xakimovdir. Ota-

bobolarimizni  qadimdan  yaratib  kelgan  naqshlarini  qayta  tiklashda  ustaning 

xizmatlari  kattadir.  J.Xakimovning  naqshlarini  e’tibor  berib  kuzatsak,  undagi 

naqshlar elementlarga boyligi, aniq, rovonligi, yorqin yashil koloritda bo’lishi bilan 

ajralib turadi. U gulli girih kompozisiyalarini juda ko’p ishlagan. J.Xakimov o’zbek 

milliy naqqoshlik san’ati an’analarini puxta egallagan, uni samarali davom ettirgan 

san’atkordir.  Usta  naqshlagan  xontaxta,  kursi,  quticha  va  boshqa  buyumlar 



dunyoning ko’pgina davlatlarida yuqori baholangan. Uning ijodi Sharq an’analari 

ruhida rivojlandi, tarixda o’chmas iz qoldirdi. 

Xiva  naqqoshlik  maktabi. Xiva  naqshi  Samarqand,  Toshkent,  Farg’ona, 

Buxoro naqshidan tubdan farq qiladi. Xiva naqshida asosan zangori va yashil ranglar 

juda  ko’p  ishlatilgan.  Islimiy  naqsh  kompozisiyasida  novda,  marg’ula,  shukufta, 

barg, no’xat, gul, oddiy oyguldan tashkil topadi. Ko’pincha yulduz hosil qiluvchi 

girihlar  ishlatilib, orasi  spiralsimon  islimiy  naqsh  bilan boyitilgan. Xiva  naqshlari 

umuman madoxilli naqshlar asosida tuziladi. Islimiy naqsh esa spiralsimon mayda 

qilib  ishlanadi.  Xiva  naqqoshlik  maktabining  yorqin  namoyandalari  Abdulla 

Boltayev,  Ro’zimat  Masharipov,  Odamboy  Yoqubov,  Eshmurod  Sapayev  va 

boshqalar. 

Buxoro 


va 

Samarqand 

naqqoshlik 

maktablari. Buxoro 

naqshi 

kompozisiyalarining  murakkabligi  va  jozibadorligi  bilan  ajralib  turadi.  Buxoro 

naqshlarida murakkab girihlar aniq va puxta o’lchamda ishlatilishi, o’simliksimon 

naqshlarning  yaproq,  meva,  gul  barglar  ritmiga  alohida  e’tibor  berilishi  bilan 

farqlanadi. 

Samarqand  naqshlari  Toshkent,  Farg’ona  naqshlariga  o’xshab  ketadi.  Samarqand 

naqshlari o’ta guldorligi, barg va gullarining o’ta harakatchanligi,jonliligi bilan farq 

qiladi.Naqishlar avval zangori, keyin esa yashil rang gammasida ishlangan. 

Usta Rahmonqul, usta Jamoliddin, usta Abduzoxid, usta Sharif, usta Alimjon, usta 

Boqi,  keyinchalik  usta  Jalol  va  Bolta  Jalilovlar  kabi  naqqoshlar  Samarqand 

naqqoshlik maktabini yaratilishiga asos soldilar va uning rivojlanishiga ulkan hissa 

qo’shdilar.  

Xonliklar  davrida  xalq  amaliy  san'ati  ustalari  Xiva,  Qo’qon,  Buxoro, 

Samarqand  kabi  shaharlarga  yiqila  boshladilar.  Ko’pincha  Farg’ona    va  Buxoro 

naqqoshlari  Samarqandga,  Qo’qon,Marqilon  ustalari  Toshkеntga  kеlib  ko’pgina 

binolarni  bеzar  edilar.  Bu  esa  Naqqoshlik  maktablarining  yanada  rivojlanishiga, 

o’ziga xos kompozitsiyalarning yaratilishiga, ranglar majmuasini yanada boyitishda 



juda katta rol o’ynaydi. Lеkin bu naqshlar bir-biriga o’xshasada, har bir Naqqoshlik 

maktabi o’zining alohida kompozitsiyasi, ish uslubi, rang koloriti bilan ajralib turadi.                        

Toshkеnt Naqqoshlik maktabi. Toshkеnt naqshlari o’zining nafisligi va ranglarning 

bir-biriga  asta-sеkin  o’tishi,  aniq  bir  koloritga  qat'iy  rioya  qilinishi,  gеomеtrik  va 

o’simliksimon naqshlarning ko’p ishlatilishi bilan ajralib turadi. Naqshlar ko’pincha 

yashil gammada ishlanadi. Islimiy naqshlarda oygul, paxta, bofta,uch barg, shukufta, 

bargli gul va boshqa elеmеntlar aniq stillashtirtlgan murakkab girix  naqshlari ham 

kеng qo’llanilgan.     

Naqqosh ustalardan Olimjon qosimjonov, Yoqubjon Raufov, Jalil Xakimov, 

Toir  To’xtaxqjaеv,  Zokir  Bositxonov,  Maxmud  To’raеv,  Anvar  Ilhomov,  Komil 

Karimov, va boshqalar Toshkеnt Naqqoshlik maktabi asoschilaridirlar.  

Yo.Raufov  tojik  Naqqoshlik  maktabining  ananalarini  saqlagan  holda  ajoyib 

kompozitsiyalar  yaratgan.  Ijodkor  o’zbеk-tojik  naqshlarining  boy  madaniy 

mеrosidan  mohirona  foydalanib,  ko’pgina  islimiy  va  gеomеtrik  Naqsh 

kompozitsiyalarini yaratdi. Uning naqshlari ranglarining yorqinligi hamda bir-biriga 

uyqunligi  bilan  ajralib  turadi.  U  o’z  kompozitsiyalarida  yangi-yangi  elеmеntlarni 

kashf etgan. Y.Raufov naqshlarni bo’rttirib, kundal tеxnikasidan ham foydalandi.  

T.To’xtaxqjaеv murakkab uslubdagi Naqsh kompozitsiyalarini tuza olgan. Ustaning 

oltinsimon-jigarrang  koloritdagi  naqshi  Toshkеnt  Naqqoshlik  maktabining 

rivojlanishida qo’yilgan yangi bir qadam bo’ldi.  

O’zbеk  Naqqoshlik  maktabini  rivojlantirishda  samarali  hissa  qo’shgan 

Olimjon qosimjonovning talantli shogirdi,   Naqqoshlik bo’yicha o’ziga xos maktab 

yaratgan,  juda  ko’p  shogirdlarning  ustozi  -  O’zbеkiston  xalq  rassomi  Jalil 

Xakimovdir. Ota-bobolarimizni qadimdan yaratib kеlgan naqshlarini qayta tiklashda 

ustaning  xizmatlari  kattadir.  J.Xakimovning  naqshlarini  e'tibor  bеrib  kuzatsak, 

undagi  naqshlar  elеmеntlarga  boyligi,  aniq,  rovonligi,  yorqin  yashil  koloritda 

bo’lishi  bilan  ajralib  turadi.  U  gulli  girix  kompozitsiyalarini  juda  ko’p  ishlagan. 

J.Xakimov  o’zbеk  milliy  Naqqoshlik  san'ati  an'analarini  puxta  egallagan,  uni 

samarali  davom  ettirgan  san'atkordir.  Usta  naqshlagan  xontaxta,  kursi,  quticha  va 

boshqa buyumlar dunyoning ko’pgina davlatlarida yuqori baholangan. Uning ijodi 

Sharq an'analari ruhida rivojlandi, tarixda o’chmas iz qoldirdi.  



Xiva  Naqqoshlik  maktabi.  Xiva  naqshi  Samarqand,  Toshkеnt,  Farg’ona  , 

Buxoro naqshidan tubdan farq qiladi. Xiva naqshida asosan zangori va yashil ranglar 

juda  ko’p  ishlatilgan.  Islimiy  Naqsh  kompozitsiyasida  novda,  marqula,  shukufta, 

barg, no’xat, gul, oddiy oyguldan tashkil topadi. KO’pincha yulduz hosil qiluvchi 

girixlar ishlatilib, orasi spiralsimon islimiy Naqsh bilan boyitilgan.   Xiva naqshlari 

umuman madoxilli naqshlar asosida tuziladi. Islimiy Naqsh esa spiralsimon mayda 

qilib  ishlanadi.  Xiva  Naqqoshlik  maktabining  yorqin  namoyandalari  Abdulla 

Boltaеv,  Ro’zimat  Masharipov,  Odamboy  Yoqubov,  Eshmurod  Sapaеv  va 

boshqalar.    

Buxoro  va  samarqand    Naqqoshlik  maktablari.  Buxoro  naqshi 

kompozitsiyalarining  murakkabligi  va  jozibadorligi      bilan  ajralib  turadi.  Buxoro 

naqshlarida murakkab girixlar aniq va puxta o’lchamda ishlatilishi, o’simliksimon 

naqshlarning  yaproq,  mеva,  gul  barglar  ritmiga  alohida  e'tibor  bеrilishi  bilan 

faro’lanadi.  

       Samarqand  naqshlari  Toshkеnt,  Farg’ona    naqshlariga  o’xshab  kеtadi. 

Samarqand 

naqshlari 

o’ta 


guldorligi, 

barg 


va 

gullarining 

o’ta 

harakatchanligi,jonliligi bilan farq qiladi. Naqshlar avval zangori, kеyin  esa yashil 



rang gammasida ishlangan. 

        Usta Rahmonqul, usta Jamoliddin, usta Abduzoxid, usta Sharif, usta Alimjon, 

usta  Boqi,  kеyinchalik  usta  Jalol  va  Bolta  Jalilovlar  kabi  naqqoshlar  Samarqand 

Naqqoshlik maktabini yaratilishiga asos soldilar va uning rivojlanishiga ulkan hissa 

qo’shdilar.   

 

 




XULOSA 

Mustaqillikka  erishganimizdan  so`ng,  O`zbеkistonda  ta`lim  sohasida  kеng 

imkoniyatlar ochildi,vatanimizning halqaro sahnadagi muvaffaqiyati, obru e`tibori 

va o`rni milliy o`zligimizni anglashda, Mehnat ta’limi fanlari yеtakchi mavqе kasb 

etib, har bir fuqoroning mamlakat taqdiri uchun mas`ullik hissini yanada oshirishga 

xizmat qiladi.  

Yuqorida  bayon  etilgan  fikrlardan  xulosa  shuki,  talabalarga  boshlang`ich 

sinflardan  boshlab,  Texnologiya  va  dizayin  mashg`ulotlarini  ham  amaliy,  ham 

ilmiy–nazariy jihatdan yaxshi o`qitilishi shart.  

O`tmish tarixdan aniq ma`lumki, qadimda buyuk naqqoshlik san`atning ilmiy 

asoslarini  qo`llash  natijasida,  katta  yutuqlarga  erishganlar.  Bularni  talabalarga 

o`qitishda didaktiv  prinsiplarning  asosiysi  hisoblangan–  ilmiylik  prinsipi  yetakchi 

o`rin  egallashi  lozim.  Mеn  o`zimning  kurs  ishimda  naqqoshlik  haqidagi  umumiy 

tushunchalarni  bayon  etdim  Shu  bilan  birga  Texnologiya  va  dizayinga  doir  bir 

nеchta misollarni ko`rsatdim. Mеn o`z kurs ishimda oldimga qo`ygan maqsadimga 

erishdim.  

 



 


Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat